March 29

IDOLLARNING QORA DUNYOSI JJK FF

Sen zulmatga cho‘mgan qalbimning kichik nurisan...

Chapter : 9
Chanel : Kzkffic
Written by : Miran Kanzaki

Rona xayolga berilib yotganida eshik ochildi. Jungkook vazmin qadamlar bilan xonaga kirdi. U to‘g‘ri qiz yotgan joyga to‘xtadi.

~ Uxlamayotganingni bilaman. O‘rningdan tur boradigan joyimiz bor...

~ Qayerga?... - qizning lablari tirtab shivirladi.

Jungkook divanga o'tirgancha gapirdi.

~ Muhim uchrashuvga borasan. - Jungkook qo'lidagi qutini stol ustiga qo'ygancha gapirdi.

~ Buni kiyib ol. Sochlaringni ham yaxshi turmaklab ol.

Rona yotgan joyidan o'tirgancha erkakga tikildi.

~ Nega siz bilan borishim kerak? U yerga borishim shartmi? - qiz dadillashgancha gapirdi.

Jungkookning qop-qora ko'zlari xonada xavfli yiltilladi.

~ Ko'p gapirmay tezlash. Senga 20 daqiqa vaqt. Yuvinib o'zingga qarab ol.

~ Istamasamchi? Men majbur emasman. - Qiz tixirlik qila boshladi.

Jungkook asabiylashgancha telefonini divanga qo'yib qizning jag' qismini o'zining katta barmoqlari orasiga oldi.

~ Ortiqcha qarshilik qilma. Uchrashuv tugagach birga qaytamiz xavotir olma senga zarar yetkazmayman

Rona katta barmoqlar orasida qolgan yuzini olishga urindi.

~ Unda... bir iltimosim bor. Taeha... u bilan uchrashamanmi? - qiz miltillagan nigohlar bilan qaradi.

Jungkook qizning katta va qop-qora ko'zlari va uzun qayrilma kipriklariga bir muddat tikilib qoldi.

~ Buni o‘ylab ko‘raman.

U qizning yuzidan qo‘lini tortdi.

Rona u uzoqlashganini ko‘rib qutini ochdi. Qutida esa ipak matodan tikilgan uzunligidan butun bo‘yni qoplaydigan yelkasi va tizza tomoni ochilgan ko‘ylak bor edi.

Rona hech qachon bunaqa qimmat kiyim kiymagani bois bir muddat qo‘lida qoldi.

Rona pov *

~ Bu ko‘ylakning chiroyliligini. Hech qachon bu qadar qimmat ko‘ylakni hatto ushlab ham ko‘rmaganman. Nahotki ipakdan tikilgan bo‘lsa. Jungkookning didi men o‘ylaganimdan ancha yaxshi ekan. Hmmm bekorga biasim qilmaganmanda... Ammo... - qiz boshini eggancha jim bo‘lib qoldi. So‘ng bundan bir necha kun oldin Jungkookning nafratini esladi.

Qiz 5 daqiqacha o‘ylanib qoldi. So‘ng sekin ko‘ylakni egniga kiyib ko‘rdi. Ko‘ylak uning tanasini san‘at asaridek qoplab oldi. Tillarang sochlarini tarab tartibga keltirdi. Yengil makiyaj va xushbo‘y atirini sepdi. Barchasi mukammal tarzda yakunlangach oynadagi tasviriga tikildi. Oyna aksida unga kiborxonimlardek kiyingan jozibali ayol turardi. Qiz so‘nggi mukammallik uchun labiga pushti rangli blesk surdi.

Shu vaqt ortidan Jungkookning ovozi eshitildi.

~ Tayyor bo‘lgan bo‘lsang pastga tush!

Qiz to‘satdan eshitilgan ovozdan cho‘chib ortga burildi.

~ Hozir...

Jungkook bir lahza unga qaragan Ronaning tasviridan qotib qoldi. Oppoq va nozik badanga yopishgan ipak ko‘ylak , tizzasidan to‘pig‘igacha ochiq turgan yurmach nozik oyoqlarni ochiq-oydin ko‘rsatar edi. Sarg‘ish sochlar va xushbo‘y vanilla ifori... Bularning bari uni bir lahzaga sehrlab qo‘ydi.

Rona ham uning tanasi bo‘ylab kezib yurgan nigohni sezib sumkasini olib titroq qadam tashlagancha tuflisini kiydi.

Jungkook o‘zini tezda yig‘ib yana avvalgi qiyofasiga qaytdi. Ikkisi eshikdan chiqqach zal bo‘ylab liftga yaqinlashgancha pastki qavat tugmasini bosdi. 5 daqiqada pastda ularni kutib turgan qop-qora Ferrari avtomobiliga yaqinlashishdi.

Rona ichki qo‘rquvda tinch yursada asabiylashyotgani barmoqlarida sezilardi. Qo‘riqchi eshikni ochgach avvaliga Ronaga keyin esa Jungkook joylashishdi.

Rona eshik yaqinida o‘tirib atrofni tomosha qilib bordi. Jungkook esa telefonda kimdir bilan blooth orqali gaplashib ketdi. Ferrari 20 daqiqada qandaydir qo‘rg‘on yonida to‘xtadi. Jungkook pastga tushib atrofni jim kuzatgach qizga tushish mumkinligini aytdi.

Ronaning ko‘rinishi

Qiz mashinadan ehtiyotkorlik bilan tushar ekan Jungkook ortidan yurishini ishora qildi. Ikkisi klub ichiga kirishar ekan tor yo‘lakda ularni kutib turgan bir nechta qo‘riqchilarga ko‘zi tushdi. Ronaning yuragiga g‘ashlik o‘tira boshladi. U qadamlarini arang bosar xuddi kimdir uni kuzatayotgandek tuyulardi. Klub ichkarilar ekan borgan sari maydon kattalashib qanaqadir xonaga bora boshlashdi. Jungkook oldinda yurar va qizga bir-bir qarab qo‘yardi.

~ Qayerga keldik Jungkook... - qiz ikkisi eshitiladigan past ovozda gapirdi.

Jungkook qo‘rquvdan oqarib ketgan qizning yuziga qarab gapirdi.

~ Qo‘rqma. Bu oddiy uchrashuv! Yonimdan bir lahzaga ham qimirlama!

Katta va qadimiy aksesuarlar joylashgan xonada chiroq biroz xiraroq yonardi. Xona o‘rtasida joylashgan katta aylanma stol va atrofida joylashtirilgan divanlar gavdalandi. Divanda o‘tirgan bir nechta erkaklar va ularning tizzasida o‘tirgan yosh qizlar egilgancha erkaklarga ovqat yedirardi. Ronaning yuzi burishib ketdi. Tutun va achchiq tamaki isi, alkogolning dimoqni achishtiradigan o‘tkir ifori...

Jungkookni ko‘rgan bazi erkaklar o‘rnidan turishdi. Faqatgina yoshi 55-60 yosh atrofidagi bir erkak markazda jim turardi.

~ Xush kelibsan Jungkook. Davraga qo‘shil! - erkak uzun tamaki qutisini og‘ziga solgancha joy ko‘rsatdi.

Jungkook ham tavoze qilib salomlashdi.

~ Minnatdorman janob Yang.

U stolni aylanib o‘tib bo‘sh o‘rindiqqa joylashdi. Rona nima qilishini bilmay bir chekkada turar ekan haligi qariya ham unga joylashishga ruxsat berdi. Jungkook qizni yoniga o‘tirishga imo qildi.

Qiz Jungkookning yonidan omonatgina joylashar ekan barcha nigohlar unga tushganini ich-ichidan sezardi.

~ Bu qiz sevgan ayolingmi Jungkook? - qariya chuqur tamaki tortgancha gapirdi.

Jungkook bir Ronaga qaradiyu uzun barmoqlarini qizning yelkasiga qo‘ydi.

~ Yo‘q , janob Yang. Bu qiz mening yordamchim.

Qariya qizni boshdan oyoq kuzatib sezilar sezilmas lab chetida jilmaydi.

~ Tushunarli. Qani qorinlaring ochgandir yegulikdan tatinglar! Han ularga ichimlik quy!

Jungkook yoniga qo‘yilgan taomlardan bir-ikki tatigan bo‘ldi. Rona ham bir-ikki qoshiq yedi. Xonada hidlar uning boshini aylantirardi. Stol atrofidagi barcha sekinlik bilan harakat qilar xuddi vaqt o‘tishini sekinlatishga urinyotganga o‘xshashardi.

Taomlar yeb bo‘lingach yana ichkilikbozlik boshlandi. Jungkook 2 qadah viski ichdida shunchaki atrofni kuzata boshladi. Qiz bir og‘iz ham alkogol ichmaganini kuzatib turgan bir erkak sekin gap boshladi.

~ Jungkook bunaqa ketvorgan ayollarni qayerdan topasan? Balki bizni ham bir-ikkitasi bilan xushnud qilarsan... - erkak xirillab nafas olgancha Ronaga qarab gapirdi.

Rona o‘zidan bir lahza ham nigohini olmagan erkakdan o‘ng‘aysizlana boshladi.

Jungkook ikkisini ham kuzatib xavfli nigohlarini erkakga qaratdi.

~ Janob Shin ... Menimcha sizga yordamim shart emas. Eshitishimcha yaqin haftada xilvatxonalarizga yangi go‘zallar kelibdi. Balkim siz bizni xursand qilarsiz to‘g‘rimi janob Yang?..

Janob Yang ham suhbatni tinglar ekan qadahini bir ko‘tarib qo‘ydi .

~ To‘g‘ri aytasan Jungkook. Men ham bu yangilikni eshitdim.

Jungkook mag‘rur jilmayib yana bir qadah ichdi. Qachondan buyon zerikib titrab o‘tirgan qizga bir teginib xushyorlantirdi.

~ Janob Yang... Menda Janob Shin kabi xilvatxonalar bo‘lmasada yoqimli ovoz va betakror raqs tusha oladigan qiz bor. Uni bu kecha uchun atayin olib keldirdim.

Atrofdagi barcha erkaklar Jungkook va yonidagi qizga nigohlarini qaratishdi. Rona hozir nima bo‘lishini sezib qotib qoldi.

Jungkook qizga qoshini ko‘tarib ishora berdi.

~ Qani o‘zingni ko‘rsat. Agar hozir ularni o‘zingga mahliyo qila olsang karyerangni qaytarishingga yordam beraman. Barcha orzuying amalga oshadi. Mashhurlik, bredlararo shartnoma va vahokozalar... Qizaloq, o‘rningdan tur va sahnada o‘zingni ko‘rsat!

Rona Jungkook aytgan gaplardan xayollari chalkashib ketdi. U ana endi nima maqsadda olib kelganini tushundi. U qizni pullamoqchi!!!

~ Ammo...

~ Tshhh tur o‘rningdan

Rona xayollariga kelgan fikrlardan qo‘rqar unga och bo‘ridek tikilib turgan 35-40-50 yoshdagi erkaklar orasidan qutilolmasligini his qilardi...

Bir vaqt qariyaning ovozi eshitildi.

~ Qani unda mahoratini ko‘rsatsinchi....

Rona ming qo‘rquv va dahshat bilan titrab o‘rnidan turib xona to‘rida joylashgan sahnaga bordi. Musiqa sadolari yangrab qiz barmoqlariga mikrofonni oldi. Mikrofonni sozlab lablatiga yaqinlashtirdi. Endi xonadagi xira yoruqlik o‘rnini yorqin va turfa rangli chiroqlar egalladi. Sahna yuzasiga oppoq nur tushdi.

Rona chuqur nafas olib tavakkal deya o‘zi yoqtirgan qo‘shiqni ayta boshladi. Uning ovozi garchi repga moslangan bo‘lsada mayin musiqaga monand vokalda aytdi. Qo‘shiq va mayin ovoz barchaga yoqdi. Qizga qiziquvchilar endi yanada ortdi. Qo‘shiq so‘zlari tugadi. 7 daqiqadan buyon jon qulogi bilan eshitgan erkaklar qarsaklar chalishdi. Qiz bir tarafdan qo‘rquv ila jim tursa, ikkinchi tarafdan Jungkook bunchalik pastkashlikka bormas deya o‘yladi. Qiz sahnadan tushib yana avvalgi joyiga joylashdi. Endi bu safar sahnani raqqoslar egallab o‘zlarining shahvoniy harakatlari bilan sahnani yondirishdi.

Bu orada qiz Jungkookga tikilib tezroq ketishni istayotganini bildirdi.

~ Hali vaqt erta. Yana 1 soat sabr qil! - Jungkook past ovozda qizga gapirdi.

Qiz iltijoli ko‘zlari bilan jimgina atrofni kuzatdi.

Jungkook telefoniga kelgan qo‘ng‘iroqdan xonani tark etdi.

Raqqoslardan tashqari yarim ochiq kiyingan ayollar erkaklarning tizzasida o‘tirib xira yorug‘likda o‘pisha boshladi. Ochiqchasiga bo‘lyotgan bu harakatlarni kuzatgan qiz yuragiga yana g‘ulg‘ula tusha bordi.

Bir vaqt janob Shin qizning yonidan joylashgancha ichimlik quyib qizga uzatdi.

~ Nega ichimlik ichmayabsan qushcha? Tomog‘ing qo‘shiq aytguncha chanqagandir buni ol... - stakanni qizning yoniga surdi.

Rona jimgina harakatsiz turdi. Na javob qaytardi na etibor berdi. Qizning iltifotsizligini sezgan erkak o‘zi stakanni ichdi va stol ustiga qoydi.

~ Xavotir olma zaharlanmagan! Xo‘jayining seni yolg‘iz qoldirganidan xavotirdasan shekilli. Raqamingni ber ertadan mening kompaniyamda ishlaysan... - erkak barmog‘ini qizning sochlariga uzatdi.

Qiz bir qadam yonga siljidi. Buni korgan Shin lab chetida jilmaydi.

~ Narxing qancha?

~ Nima?!

~ Shunchalik o‘zingni olib qochganingga ko‘ra narxingni oshirmoqchisan shekilli. O‘zingdan begunoh farishta yasama ! - erkak dadil yaqinlashib qizning beliga barmoqlarini qo‘ydi.

~ Nima qilyapsiz torting qo‘lizni... - qiz uning qo‘llarini siltab tashladi.

Shu vaqt Jungkookning ovozi eshitildi.

~ Janob Shin marhamat qilib joyimni bo‘shatib qo‘ying!

Shin ovoz kelgan tarafga qaradi. Jungkookning xavfli yuz ifodasi, tomirlari bo‘rtib turgan qo‘llar...