September 11, 2025

𝐔𝐍𝐅𝐈𝐍𝐈𝐒𝐇𝐄𝐃 𝐌𝐈𝐒𝐒𝐈𝐎𝐍

𝐓𝐔𝐆𝐀𝐋𝐋𝐀𝐍𝐌𝐀𝐆𝐀𝐍 𝐕𝐀𝐙𝐈𝐅𝐀

𝐅𝐢𝐫𝐬𝐭 𝐜𝐡𝐚𝐩𝐭𝐞𝐫

𝐂𝐡𝐚𝐧𝐞𝐥: 𝐊𝐚𝐧𝐳𝐚𝐤𝐢 𝐞𝐦𝐩𝐢𝐫𝐞

𝐁𝐲: 𝐌𝐢𝐫𝐚𝐧 𝐊𝐚𝐧𝐳𝐚𝐤𝐢

Fanfik fantastic janrda boʻlib hech biri haqiqatga yaqin emas!

Erta tong quyoshi xonaga oʻz zarrin nurlari sochar ekan yotoqxonada xotirjam uxlayotgan qizning yuziga erkalagandek sochdi. Qiz koʻzlarini erinibgina ochar ekan qoʻllari bilan chalkashgan sochlarini bir bir qashlagancha hojatxonaga kirdi. Qiz tik turgancha yozilmoqchi boʻlganida nimadir xato ekanligini sezdi. Uyqusi endigina tarqala boshlagan qiz qancha harakat qilmasin hech moʻljallagan ishini bajara olmadi.

Chon IL pov *
Koʻzlarimni ochganimda qandaydir yotoqda yotganimni his qildim. Oʻrnimdan turgancha buning hammasi qoʻrqinchli tush deya oʻzimni anglashga urindim. Ammo bir necha qadam tashlaganimda oʻzimda nimadir yoʻqligini his qildim. Tezda uni aniqlashga urinar ekanman oʻsha* qadrli narsam yoʻqligini payqadim.

~ Jin ursin u... qani? Mening qadrli narsam qani??? , - yigit tanasining har bir burchagini koʻzdan kechirar ekan tanasi oʻziniki emasligini angladi.

~ Bu ... B..u qanaqasi boʻldi. Bu qanaqa tana boʻldi?! Mening qadrli narsam yoʻq... Yoki uxlab yotganimda menga nimadir qilishdimi?!

Chon IL tezda yonida turgan toshoynaga tikildi. Unga sargʻish kalta sochli, kipriklari uzun , oq-sariqdan kelgan terili ayol tikilib turardi.

U hayratda qolgancha yuzlarini yuvdi va yana aksiga tikildi. Yana oʻsha manzara...

~ Men... Men... Qa...naqasiga qiz bolaga aylanib qoldim... Axir men oʻgʻil bolamanku. Mening chiroyli yuzim qayerda qoldi. Jin ursin nimalar boʻlyapti...

U polga choʻkkalab oʻtirgancha sochlarini barmoqlari orasiga changallab nima boʻlayotganini tushunishga urindi. Sekin asta kechagi voqealar yodiga tushdi...

.

Park Chon IL 27 yoshda. Oddiy oʻrta hol oiladan chiqqan.

Bundan 3 kun oldin Han daryosi boʻyi... Kechki payt soat 22:40 lar atrofi.

Kechki mayin shamol esar ekan Chon IL daryo boʻyidagi toza havodan nafas olar ekan koʻzi koʻprik ustida turgan bir qizga tushdi. Qizning nigohlari daryoga qaratilgan xuddi nimanidir izlayotgan kabi unga qattiq oʻylanib turgan edi. Chon IL qizni bir muddat kuzatdi. Qizning qorongʻida yuzi aniq koʻrinmasada shamol taʼsirida sochlari yengil oʻynar qotib qolgan nigohlarida esa hech qanday reaksiya yoʻq edi. Birozdan keyin qiz koʻprikning panjarasidan ochgancha dengizga yanada yaqin boʻldi. Qiz qoʻllarini koʻp tutib turmasligi uning titrayotgan barmoqlaridan malum edi. Chon IL nimadir xato ekanligini sezib qiz tarafga qarab yugurdi. Bir lahza... Bir lahza kechikish va suvga qulagan tana ovozi uning quloqlari ostida jarangladi.

~ Xonim... , Chon IL esa qichgirgancha qoldi. U qizga nimadir boʻlmasligi uchun oʻzini suvga otdi. Bir necha soniyalar ichida oʻzini suv ostida koʻrdi. Oʻzidan sal narida choʻkib borayotgan qizning tanasi hech qanday harakatsiz turardi. U qiz tomon qoʻllarini uzatdi. Ikkisining qoʻllari bir lahzaga tutashdi ammo soʻnggi lahzalarda nimadir boʻldi va uyogi qorongʻulik....

Oʻzimga kelganimda oʻzimni qandaydir oʻzgacha joyda ekanligimni his qildim. Bu yer xuddi... Men hech qachon koʻrmagan joyga oʻxshardi. Bir necha daqiqadan soʻng yonimga kichkina qanotchali oppoq kiyingan mavjudot paydo boʻldi va menga jilmaydi.

~ Salom...
~ Salom Chon IL... Xoʻsh bu yer senga yoqdimi?
~ Toʻgʻrisi unchalik emas. Men qayerdaman?
~ Sen 2 olam orasidagi saltanatdasan. Bu yerda ruhlar va arvohlar oz makonlariga joʻnaydi.

~ Nima?! Ammo men tirikmanku...

~ Yoʻq. Sen arosatda qolgansan! Aslida sen hali yashashing kerak edi faqat yanglishlik tufayli bu yerga kelib qolding. Hozir esa hukmdorimiz seni oʻz olaminga yoki manzilingga yuborishni koʻrib chiqyapti. Omading kelsa bu yerda qolishing ham mumkin.

~ Yo xudoyim... Bolishi mumkin emas. Axir men qanaqasiga... Men bunaqa narsalar ertakda boʻladi deb oʻylardim. Shu hisobda sen mitti mavjudotcha... Farishtamisan?

Farishta jilmaygancha sargʻish sochlarini silkitdi.

~ Deyarli toʻgʻri taxmin qilding. Xoʻsh... Mmm menimcha vaqt boʻldi. Qani yur...

Mitti farishta menga yoʻl boshlancha yurdi. Katta oynavand saroy misoli ulkan xonalar , oppoq va tillarang jilo berilgan peshtoqlar ... Bularning hammasi juda ham insonni hayratga solardi. Bundan ham qizigʻi atrofda yurgan mitti qanotchali mavjudotlar va shu bilan birga boʻylari 6-7 metr keladigan devdek jonzotlar hayratimni oshirib axiyri devorlari tilla bilan qoplangan, olmoslar bilan sayqallangan eshik ochilib meni ichkariga kiritdi. Ichkarida esa uzun sochlari ortga qarab chiroyli qilib turmaklangan boshida marvaridlar bilan bezalgan toj kiygan oʻrta yoshlardagi goʻzal ayolni koʻrib qotib qoldim. U juda ham chiroyli edi. U mening angrayib qolganimni sezib bir lahzada koʻrinishi keksa ayolga aylandi. Buni korib ogʻzim lang ochilib qoldi. U hatto qiyofasini ham oʻzgartira olardi.

~ Xush kelibsan Chon IL. Saroy senga yoqdimi?

~ Xayrli kun xonim... Minnatdorman saroy juda katta va ajoyibotlarga toʻla ekan.

Xonim jilmaydi va taxtiga oʻtiradi.

~ Albatta. Bu saroy hammaga yoqadi. Xoʻsh... Umuman olganda sen bu yerga kelishingga 30 yil bor edi ammo notoʻgʻri harakat tufayli erta kelib qolding...

~ Ha buni bilaman xonim... Haligi buni togirlasa boʻladimi? Men hali yashamoqchi edim. Axir hali yosh boʻlsam...

Xonim oʻylangancha turib qoldi va birozdan soʻng menga tikildi.

~ Aslida seni shundaysiga manzilingga yuborishim mumkin edi. Ammo senda hali hech kimga bermagan tanlovim bor. Sababi esa Azroil joningni olishga ulgurmasidan oldin oʻz oyogʻing bilan kelganing... Mmm yana boshqa tarafdan esa sen joningga qasd qilmagansan bu esa dozohga tushmasligingni oz boʻlsada taminlaydi. Ammo seni toʻgʻridan toʻgʻri jannatga ham yubora olmayman. Senda unga kirish uchun yetarli savob yoʻq...

~ Unda... Nima boladi taqdirim..., iltijoli koʻzlarim bilan tikildim.

~ Xoʻsh... Shuni oʻyladim va oxiri bir imkoniyat berishga qaror qildim. Unga koʻra sen topshirigʻimni bajarish davomida oʻz tanlovingni qila olasan. Birinchi yoʻl bu oʻzing istagandek hayotga qaytasan va qoʻshimcha 20 yil muddat bilan jami 50 yildan keyin saroyga qaytasan. Ikkinchi tanlovda esa toʻgʻridan toʻgʻri jannatga kirishing ammo olamingga qaytmasliging istasang sen uchun maxsus saroydan lavozim taklif qilaman. Xoʻsh taklifim qanday?

Men hozirgi jarayonni uzoq oʻyladim. Agarda rost gapiryotgan boʻlsa men onam va oilam uchun olamimga qaytardim.

~ Mmm... Men roziman... Faqat qanaqa shart ekan !

~ Unda yaxshilab eshitib ol. Vazifang olamingdan Jeon Jungkook ismli bir insonni himoya qilish. Koʻpi bilan 2 yil vaqting bor. Kamida esa 6 oy.

~ Yaxshi muddat oʻtdi ham deylik. Men unga qanday yaqinlashaman. U haqida eshitmaganman. Eng qizigʻi esa u qanday yaxshilik qilganki uni himoya qilishim kerak.

~ Buyogʻini oʻzim hal qilaman. Sen shunchaki vazifangni bajar. Yana bir gap sen har bir qilgan xato ishing tufayli komada yotgan tanang oʻlishi mumkin.

~ Toʻxtang men oʻz tanamda qaytmaymanmi?

~ Yoʻq. Vaqtinchalik boshqa tanada yashaysan. Vazifang tugagan vaqti oʻz tanangga qaytasan. Endi esa seni Mideya kuzatib qoʻyadi.

Ha barchasi mana shular edi. Demak 2 yil... Bu vaqt ichida tezroq vazifamni tugatishim kerak..ammo ayol tanasida oʻzimni noqulay his qilyapman... Jin ursin endi men ayollardan zavqlana olmas ekanmanda...

Bir necha daqiqadan soʻng oʻzimga keldim. Yuzimni yuvib sochlarimni ortga qaytardim. 2 yil ayol tanasida yashash... Hah bu qiyin boʻlsa-da eplasa boʻladigan ish... Sekin tashqariga qaraganimda oʻzimni saroydek uyda koʻrdim.

~ Bu yomonmas. Demak boy oiladanman. Men kambagʻal oilada voyaga yetganman. Bir vaqtlar orzu qilgan mashinalarim esa bir chekkada turardi

Tanaga moslashishim va hech kimga begona ekanligimni sezdirmasligim kerak.

Shkafni ochganimda qandaydir xona bor edi. Chiroqni yoqqanimda esa hayratdan ogʻzim ochilib qoldi. U yer xuddi millionlab pullarni saqlaydigan bankdek men faqatgina nomini eshitgan brendlardan kiyimlar toʻplami, soatlar, aksessuarlar, tilla va olmos bilan bezatilgan taqinchoqlar bilan toʻla edi. Ichimdagi maxluq ularni tegib koʻrishga majbur qildi. Qiz bolaga oʻxshab kiyinishga urindim. Xoʻsh nima kiysam ekan...

Kim Rona 24 yoshda. Janob Kimning kenja farzandi.

Koʻp oʻtmay sal qiz bolaga oʻxshab kiyindim. Xonadan chiqishim bilan xizmatchilardan biri yonimga kelib menga gapira boshladi.

~ oʻzingizga keldizmi xonim. Kechiring bilmay qolibmiz. Hoziroq janob Kimga xabar beramiz.

Men gapirishga urindim ammo ovozim chiqmasdi. Tomogʻimda nimadir bordek gapirishimga xalaqit berdi. Birozdan keyin pastda Kim janoblari meni kutayotganini aytishdi. Pastga tushdim.

~ Menimcha otasi boʻlsa kerak.

Janob Kim 70 yoshlardagi qari erkak boʻlib atrofida ayoli bilan 2 oʻgʻli ham bor edi.

~ Oʻzingga keldingmi Rona?! , u imo-ishora bilan gapirdi.

Shunchaki bosh irgʻadim. Men aslida imo ishorani tushunmayman ammo qandaydir moʻjiza tufayli tushundim.

Shunda miyamga bu tana egasi soqov bolgan taxminiga keldim.

Tansiq va shirin ovqatlardan yeb oldim. Oldin hech qachon bu kabi ovqatlarni yemaganman. Keyin Janob Kim ovozi bilan oʻgʻillariga gapirdi. Men shunchaki ularni tingladim. Suhbati yakunlangach esa janob Kim qanaqadir uchrashuv va baxtsiz hodisa haqida aytdi. Men unchalik tushunmasam ham oʻzimni ushlab turdim.

Shu tariqa oradan bir hafta oʻtdi. Men sekin qiz haqida Maʼlumot toʻplay boshladim. Baxtimga u kundalik tutgan ekan. Oz boʻlsada qizning hayoti haqida bilib oldim. Bu orada gapirishga ham urindim. Tomogʻimdan gʻira shira ovoz chiqardi. Keyin esa topshiriq haqida ham unutganim yoʻq edi. Kundalikda Jungkook ismini koʻrib bu tana egasi va oʻsha men izlagan odam oʻrtasida yaqinlik borligini tushundim.

~Demak xonim meni atayin shu tanaga yuborgan...

Bir kuni kechki payt uyga notanish yigit kirib keldi. Boʻylari baland, sochlari chiroyli turmaklangan qoʻlida esa Rolex soat... Oiladagilar uni yaxshi kutib olishdi. Menga esa qandaydir guldasta berdi.

~ Jin ursin guldasta olish bu ahmoqlik ... Ammo qiz bola boʻlib yashayotgan ekanman buni sezdirmasligim kerak.

Ular suhbatlashishar ekan men yanada koʻproq maʼlumot topish uchun internetni ancha titkiladim. Bu yigit oʻsha Jungkook edi. Haa demak oʻljam oʻz oyogʻi bilan kelibdi... Kundalikni oʻqir ekanman qizning sirli ichki dardlari va qanaqadir sherlari bor edi. Jin ursin demak u qiz uni sevgan va yigit uni rad etgan... Ammo nega ayni damda uyimda?!!! Bu yerda bir gap bor...

Ancha izlanishlarimdan keyin bari ayon boʻldi. Jungkook qizning unashtirilgan yigiti boʻlgani qizni esa soqov va hissiyotsizlikda ayblab uni rad etgan boʻlsa nima uchun yana qaytib kelgani sir edi...

Mening asosiy vazifam esa oʻsha lanati yigitni himoya qilish.

~ Oh xonim boshqa vazifa yoʻqmidi?! Oʻlganning ustiga tepgandek tushgan tanamni qarangda... Men bu nozik tana bilan osha toʻnkani qanday himoya qilaman.

Miyamni tozalash va xayollarimni jamlash uchun hech kimni ogohlantirmasdan yashirincha klubga ketdim.

Shovqinli va odamlar bilan toʻla klub ichida oʻzimni kimligimni unutgim keldi. Eng qimmat viskilar bilan tomogʻimni hoʻllab davra ichiga kirib rosa oʻynadim. Oʻzimni shunchalik unutdimki toki qoʻllarimni qattiq tutgan erkakni korgachgina kayfim ozgina tarqalgandek boʻldim..