February 28

DANGEROUS DESIRES KNJ FF 21+ FINAL CHAPTER

“𝓧𝓪𝓿𝓯𝓵𝓲 𝓲𝓼𝓽𝓪𝓴𝓵𝓪𝓻 - 𝓫𝓾 𝓼𝓮𝓿𝓰𝓲 𝓿𝓪 𝓷𝓪𝓯𝓻𝓪𝓽𝓷𝓲𝓷𝓰 𝓮𝓷𝓰 𝓼𝓱𝓲𝓻𝓲𝓷 𝓳𝓪𝔃𝓸𝓼𝓲𝓭𝓲𝓻"

FINAL CHAPTER
WRITTEN BY: MIRAN KANZAKI
CHANEL : MIRAN DIARY || KANZAKI EMPIRE

Oradan 3 kun vaqt o'tdi. Shanxay kechki soat 21:20.

Divanda o'tirgancha televizor ko'rib o'tirgan qiz eshik taqillaganini eshitgach u tarafga qaragancha yaqinlashdi. Eshik qo‘ng‘irog‘i qayta-qayta chalinardi. Rona eshik ochish yoki ochmasligini ko‘p o‘yladi va axiyri oldin kimligini bilishni istadi.

~ Kim kerak sizga?

~ Yetkazib berish xizmatidanmiz xonim!

~ Men hech narsa buyurtma qilmaganman!

~ Janob Aleksandr buni yuborishimizni tayinladi xonim. Istasangiz eshik yonida qoldirib ketamiz. Faqat jo‘natmani olganizni tasdiqlash uchun imzoyingiz kerak.

Rona biroz o‘ylangancha eshikni ochdi. Ammo eshik ochilishi bilan yelkasiga sanchilgan ignadan qiz hushidan ketdi. Eshik ortidagi erkaklar qizni yelkasiga ortgancha tezda pastga tusha boshlashdi. Liftga chiqishgach telefonini ochgancha xo‘jayiniga qo‘ng‘iroq qilishdi.

~ Janob qiz qo‘limizda. Uni siz aytgan manzilga olib boraylikmi?

~ Yaxshi. Aleksandr bilishidan oldin tezda uni maxfiy uyimga olib boringlar.

Bu vaqtda...

Jungkook Shanxayga kelishi bilan Aleksandr borishi mumkin bo‘lgan barcha bar va mehmonxonalarni 3 kun davomida tekshirdi. Endigina Rona va u joylashgan mehmonxonani topgan edi hamki lift eshigi nosozligini ko‘rdi. Boshqa lift esa pastga tushishiga hali 45 qavat borligi uning sabrsizligini oshirdi. U zinalar orqali chiqishni afzal ko‘rib chiqa boshladi. 15 minutlarda haligi lift endi uning qavatiga kelgandi. U bunga etibor bermasdan yuqoriga kotarilaverdi. Tez orada terlab qoldi. Yana 5 ta qavat zinasi uni kutib turardi. Qancha qiyinlik bilan kutilgan qavatga yetgach o‘zi izlayotgan 5023- xonaga yaqinlashdi. Eshik yarim ochiqligini ko‘rgach u biroz shubhalandi. Tezda ichkariga kirgach televizor yoniqligini hech kim yuqligini payqadi. Uning yuragida g'ashlik paydo bo'lgancha tezda liftga yaqinlashdi.
Liftga kirgach dostiga qongiroq qilgancha gaplashar ekan kuzatuv kameralari yodiga tushdi. Texnik qavatga tushgach ichkari kirib bir qancha pul berib kamera yozuvlarini ochdirdi. Nomalum erkaklar chiqib ketganiniga endigina 10 daqiqa ham bolmagandi. U mashinalar turargohiga tushib mashinalar orasidan ularni izlay boshladi. Mashina uncha uzoq bolmagan qora rangli yengil mashina edi.

Mashina sekinlik bilan harakatlanib yo'lakga chiqar ekan o'rtada qurol o'qtalgan Jungkookni korib ular uni bittada tanishdi.

~ Jin ursin bu Jungkook deganimasmi?, -ruldagi
erkak sherigiga qaragancha gapirdi.

~ Menimcha shu, adashmasam uni Tokiodagi uyushmada xojayin bilan korgandim.

~ Nima qilamiz? Qizni xojayinga tiriklayin olib bormasak bizni o'ldiradi.

~ Hozir undan qutilishimiz kerak. Yaxshisi ustiga bostirib boramiz.

~ Yaxshi.

Ikkisi mashinani togri Jungkookning ustiga bostirib boshladi. Jungkook to'pponchasini mashina baloniga qaratib o'q otdi.
O'qlar balonga tegsa ham tasir qilmasdi. Mashinaga arang chap bergach yerga yiqilib tushdi. Mashina g'izillagancha avtoturargohdan chiqdi. Jungkook ustidagi changni qoqib motosikliga yugurdi. Mashina ozini keng yo'lga chiqib olgach qutuldim deb o'yladi. Ammo uni taqib qilyotgan motosiklni ko‘rib yanada tezlikni oshirdi. Katta yo‘l bo‘ylab poyga o‘ynashgandek bir-birini quvlashar ekan tunda chiroqlar nurida tovlanayotgan shahar manzarasi hech biriga qiziqmas edi go‘yo. Jungkook tezda mashinaga yetdi . To‘pponchasi bilan bir qo‘lida mashiga o‘q uzar , mashinadagi ikkinchi erkak ham qurolini chiqargancha unga o‘q uza boshlashdi. O‘qlar yomg‘iri har ikkisini ham yalab o‘tar ammo boshqa begunoh insonlarga tegyotganidan bexabar edi. Kop o‘tmay katta chorrahaga yaqin qolishdi. Tezlikni oshirishsa oshirar aslo tushiray demasdi. Kop o‘tmay politsiya mashinasi sirenalari yangray boshladi. Svetafor chirogi qizilga aylandi. Ammo allaqachon kech edi. Mashina ham motosikl ham birozdan so‘ng katta yo‘lda uchib ketdi. Sababi mashina tomonga kelyotgan yuk mashinani na o‘g‘rilar na Jungkook payqadi. 5 daqiqa o‘tar o‘tmas asfaltga sochilib ketgan motosikl bolaklari va pachoq bo‘lib ag‘darilgan yengil mashina va uni bosib turgan katta ogir yuk tashuvchi mashina avtohalokatga uchradi.

Yerga kuchli zarb bilan yiqilgan Jungkookning qulogida mashinalarning signaliyu shaharning shovqinli ovozi so‘nggi bor eshitildi.

Jungkook pov*

Ko‘z oldim qorong‘ulashib o‘zimni xuddi tubsiz jarlikka qulagandek his qildim. Qulogimda shaharning shovqiniyu mashinalarning toxtovsiz signali eshitildi. Hayot ko‘zimga birinchi bor go‘zal ko‘rindi. Qulogim bitib bir lahzaga yonimda Rona paydo boldi. Oppoq nurdek ozidan shula taratar kulgancha menga qo‘lini uzatdi.

~ Jungkook, vanihoyat biz abadiy birga bo‘lamiz!!! Mayin jilmayish va tanadan ajralgan ruh qizga ergashgancha yuqoridan tushib turgan shulali joyga yaqinlashdi....

Oradan 2 kun otib. Seul...

Ko‘p o‘tmay avtohalokat haqida malumotlar butun internetga tarqaldi. Voqea joyida vafot etgan barcha dafn etildi.

Namjoon ish hujjatlarini tekshirib o‘tirar ekan telefoniga kelib tushgan xabarni ochib ko‘zlari kattalashib ketdi. Xabarda singlisi va kuyovining jasadi topilgani va uni Xitoyda dafn etish yoki Koreyaga qaytarish so‘ralgandi. 3 oylik qidiruvda ham topilmagach singlisining jasadi rasmini ko‘rib yuragi juda qattiq xuruj qildi. Stolda egilgancha dorisini izlar ekan uni apil-tapil ochib dorilarni yuta boshladi. Kop o‘tmay dori tasir ham qilmadi. Qanchadir vaqt o‘tib xuruj to‘xtadi. Ungacha esa Namjoonning holi toygandi. Ehtiyotkorlik bilan o‘rnidan turib Seonani chaqirdi. Qizdan xabar kelavermagach qongiroq qildi. " Xizmat doirasidan tashqarida" ovozi esa siqilgan yuragini battar ezg‘ilardi. Uni qayerdaligini aniqlash uchun taqinchog‘iga o‘rnatilgan chipni ishga tushirdi. Chip qizni qayerdaligini ko‘rganini bilgach kozlari kattalashdi. Ish boshqaruvchisini chaqirgancha baqirdi.

~ Ikkisini yonimga tiriklayin olib kel. Bir tola sochiga ham zarar yetmasin. Ha yana Jackga qongiroq qil va Shanxaydan Rona va Jungkookning jasadlarini ertaga kechgacha yetkazib kelsin!

Kechki Seul ... soat 22 : 15. Namjoon qadahiga viski quygancha shaharni tomosha qilardi. Polda esa Seona va uning sobiq yigiti egilib yotardi. Qiz ko‘zini ochganida qo‘li va oyoqlari bog‘langan yonida esa qochib ketmoqchi bo‘lgan sevgilisining jonsiz tanasi qonga belanib yotardi. Namjoon shaharni tomosha qilib bo‘lgach ortiga burilgancha qorquvdan titrayotgan qizga gapira boshladi.

~ Ishonch... Ishonch shunaqangi tuyg‘uki bir marta sinsa qaytarib bo‘lmaydigan tuyg‘u! Senga shuncha kamchilik va erkaliklaringga qaramay istagan narsangni muhayyo qildim. Hatto bokira emasligingga qaramasdan mana shu haromidan orttirgan bolangga o‘z familiyamni bermoqchi bo‘ldim. Sen iflos esa hech biriga arzimasdan xiyonat va yolg‘on ishlatishda davom etding. Sen la‘nati bekorga yonimga kelmagansan. Mana shu haromining gapiga kirib hatto menga yurak xurujini kuchaytiradigan dorilarga almashtiribsan. Kichkina Seona men o‘ylagandan ancha uzoqqa boribsan... - Namjoon iloji boricha o‘zini tutib divanga o‘tirdi. Qizning yuzini og‘riqli siqqancha o‘ziga qarashga majburladi.

~ Senga nima kam edi Seona?! Sendan faqat mehr va sevgi kutib barcha qilmishingga ko‘z yumganim yetmadimi? Yoki ... - u ko‘zini biroz yumib tishini g‘ichirlatdi.

~ Meni... kechiring... Joonieee... Men ahmoqlik qildim... - qiz shishib ketgan ko‘zi bilan qaradi.

~ Sevgi va ishonch bittada sinsa nima bolishini bilasan Seona! Endi men uchun hech qanday ahamiyatga ega emassan! Qorningdagi bola uchungina tirik qoldiraman. Uni tug‘ishing bilan vazifang tugaydi va o‘z qo‘llarim bilan o‘ldiraman. Ungacha esa ko‘zimga ko‘rinmaganing maqul!

Qiz tirik qolganiga shukr qilib jon hovuchladi. Namjoon uni boshqa qattiq qo‘riqlanadigan uyiga yubordi.

Seona

Oradan 4 oy o‘tdi. Seona jon hovuchlab kutgan on keldi. Uning kichik jussasi homiladorlikdan egilib arang harakatlanardi. Shifoxonaga ham yuborilmagan qiz qamoqday saqlanayotgan uyida tugishga majbur bo‘ldi. Hamshira qiz va doya ayol yordami bilan 16 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirdi. Mittigina qiz tug‘ildi. Namjoon kutgan farzand vanihoyat tug‘ildi. 1 oy vaqt o‘tdi. Seona holsiz yotgan vaqti kirib kelganida qiz allaqachon uxlab qolgan yonida esa mittigina qizaloq yotardi. Unga aslida qizmi o‘g‘ilmi farqi yo‘q edi. U sekingina barmogini yaqinlashtirganda mitti barmoqlari bilan o‘rab olgan chaqaloqni ko‘rib o‘zida g‘alati hissiyotni sezdi. Chaqaloqni ko‘targancha yuzidan o‘pdi. Xushbo‘y hid undan taralardi. U bir lahza chaqaloqdan nigohini uzib Seonaga tikildi. Nimjon va suyagi etiga yopishib qolgan, charchagan va horg‘in tanani ko‘rib biroz achingandek bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham sevgan insoni. To‘g‘ri Namjoonda haligacha 2 xil tuygu orasida yonardi . Bir tarafi qizni kechirib yarashishni istasa ikkinchisi xiyonatini kechira olmasdi. Mitti chaqaloqni olib xonani tark etdi. Uyda yolgiz Seona qoldi. Ertasi kuni Seona uyg‘onganida bolasi yuqligini ko‘rib xavotirga tushdi. Butun uyni izladi ammo bolasini topolmadi. Qiz devorga suyangancha miyasida tahlil qildi va buni Namjoon qilganini payqadi. Uzoq yalinishlardan so‘ng Namjoonga qongiroq qila oldi. Lekin samarasiz urinishlar. 2 oy vaqt ichida Seona telbaga aylana boshladi. Tunlari sobiq yigiti va bolasi tushiga kirib uni qo‘rqitar 16 yoshda naq 20 yilga qarigandek ahvolga tushdi. Tanasi ovqat va suvsiz oriqlashib ketgan , suyaklari bilinib yotar xuddiki tirik murdaga o‘xshardi. Kop bora uydan qochishga urindi ammo har safar ozini yana xonasida topar bu xuddi o‘lmasdan turib jahannamda yonayotgandek his qilardi. Kuchli stress va og'riqlarga chidolmagan qiz tomirini singan oyna bo‘lagi bilan kesdi.

Shifoxona...

Palatada arang saqlanib qolgan qizning ahvoliga hamma achinardi. Uning ko‘rinishi arvohnikidan farq qilmasdi. Namjoon shifoxonaga yetib keldi va nafas rostlagancha palataga kirdi. Hushsiz yotgan Seonaning sochlariga qo‘lini teggizdi. Nozik barmoqlari arang qimirlar uni bu ahvolga keltirganiga endi chindan afsuslandi. Bu qizni azoblashni istardi ammo bu safar kichik mehr yuragida xotiralar singari porlab boshladi. Uni ilk marta ko‘rgani, qizning jilmayib uzr so‘ragani , nechi yil uni yashirincha kuzatganlari , ilk tuni, ilk bo‘sasi va .... Barcha barchasi yuragidan sizib ko‘zlarida yosh paydo qildi.

~ Meni kechir mitti Seonam. Senga nisbatan bunchalik adolatsizlik qilmasligim kerak edi. Ko‘zlaringni och. Endi qizimiz bilan birga yashaymiz. Barini unutib yangitdan hayot boshlaymiz...

Oradan 7 yil vaqt o‘tdi...

Qabriston yonida o‘tirgan qizaloq bilan Namjoon sukut saqlardi. Qizi Arin guldastani qabr yoniga qoygancha dadasiga savol berdi.

~ Dadajon bu kimlarning qabri? Ular farishtaga aylanishganmi? - qiz otasiga qaragancha gapirdi.

~ Onang, Rona xolang va Jungkook amakingning qabrlari qizalog‘im...

~ Ular endi qaytib kelishmaydimi?

~ Yo‘q qizim - qizining sochlarini togirlagancha gapirdi.

~ Nega? Bizni korishga kelishmaydimi yoki bizdan xafa bolishganmi? - qizcha davom etdi.

~ Afsuski kela olishmaydi.

~ Hatto oyim hammi? Nega ular bizni tashlab ketishdi? Axir u menga vada bergandi qaytib kelaman deb.

~ Hatto oying ham kelmaydi. Lekin sen xafa bolma qizim yoningda men borman. Agarda oyingni korishni istasang kozlaringni yum va yuraging ritmiga quloq solib tur. U endi shu yeringda abadiy yashaydi....

"Bazan biz ahamiyat bermagan lahzalar eng tinch va baxtli onlarimiz bo'ladi. Vaqt esa shunchalik shiddat bilan o'tadiki buni sezmay qolamiz. Baxtli onlarni yaqinlarimiz bilan esda qolarli o'tkazaylik toki bir kun eslagan vaqtimiz bir-birimizga aytolmagan gaplarimizga afsuslanmaslik uchun" - muallifdan.