𝚄𝙽𝙵𝙸𝙽𝙸𝚂𝙷𝙴𝙳 𝙼𝙸𝚂𝚂𝙸𝙾𝙽
Qoʻllarimni tutgan insonga qaraganimda esa oʻsha toʻnkani koʻrdim.
U esa qoʻlimdan tutgancha meni davradan chetga olib chiqdi. Chetga chiqqanimizda esa menga urusha ketdi.
~ Bu yerda nima qilyapsan-a?! Nega hech kimni ogohlantirmasdan kelding? Men sening ortingdan itday yurishga majburmanmi-a?
Unga katta ochilgan koʻzlarim bilan qaradim va qoʻlini siltab tashladim. Shu lahza unga qarab baqirishni butun vujudim bilan istadim ammo tomogʻimdan achishish va gʻalati ovozdan boshqa hech narsa chiqmadi. Jungkook esa asabiylashgancha telefonidan kimgadir qoʻngʻiroq qila boshladi. Bir qoʻli bilan esa klubdan tortqilab olib chiqdi. Klubda odamlar koʻpligi tufayli baland poshnali tufli kiyganim uchun kimgadir qoqilib ketdim. Yerga zarb bilan yiqilib oyogʻim qaytib ketdi. Bu juda ham ogʻriqli edi. Ovozim esa juda ham past va tushunarsiz chiqdi. Negadir koʻzlarimga yosh keldi. Men deyarli bu tanaga oʻrganib qoldim ammo oʻzimdagi gʻalati hislar meni yigʻlashga majbur qildi. Bu bir tarafdan oyogʻim ogʻrigʻi tufayli boʻlsa, ikkinchi tomondan men butun umr bunaqa soqov boʻlib hech kim bilan gaplasha olmasligim tufayli edi. Jungkook soʻkingancha yonimga choʻkkaladi va koʻzyoshlarim oqib turgan iyagimni barmoqlari orasiga olgancha oʻziga qaratdi.
~ Balki bas qilarsan! Qachongacha? Qachongacha oʻzingni jabrdiyda begunoh qilib koʻrsatmoqchisan-a? Nega tushunmaysan? Men seni sevmayman! Oʻzingni menga loyiqman deb oʻylaysanmi? Mana bu miyangni ishlat va shunchaki aytganlarimni qil!
Men uning gaplarini eshitar ekanman qandaydir dalda beradigan soʻz kutgandim ammo yoʻq... U shunchaki oʻzining asl basharasidan bir parchasini koʻrsatdi.
~ Jin ursin laʼnati Chon IL... Nega yigʻlayapsan? Sen axir erkaksan. Bu toʻnkadan nimani kutganding. Laʼnati bu tana menga salbiy taʼsir qilyapti shekilli.
Jungkookning qoʻlini iyagimdan olib tashladim. Koʻzyoshlarimni ham artdim. Oʻzim oʻrnimdan turgancha ogʻrisa ham yurishga urindim. Lanati tuflini esa qoʻlimga olgancha yalangoyoq yura boshladim. Jungkook ortimdan kela boshladi.
~ Hoy , qayerga ketyapsan? Toʻxta Rona!
Men esa tezroq bu toʻnkadan uzoq boʻlishni istardim. Koʻp oʻtmay yonimga qora avtomobil toʻxtadi. Undan esa oʻgay akalarimdan biri tushib keldi. U mashinadan tushgancha Jungkookga qaradi.
~ Ah keldingmi Taehyung?! Arzanda singlingni olib ket. Qanday qilib begona erkaklar orasida raqsga tushganiga hayronman.
Taehyung bir menga bir Jungkookga qaradi va menga mashinaga kirishimni aytdi.
~ Topganing yaxshi boʻldi. Toʻgʻrisi oʻzimning ham jonimga tegdi. Nuqul bir narsalarni boshlab yuradi. Xoʻsh bu safar nima qildi?
Taehyung Jungkookning yelkasiga qoʻlini qoʻygancha gapirdi.
~ E , xullas qizni senga berdim. Janob Kimga bergan vadamni bajaryapman. Xoʻsh otang seni ham tinch qoʻymagan koʻrinadi. Istasang yur klubga qaytamiz.
Taehyung mashinaga yaqinlashib haydovchiga uyga olib borishini buyurdi.
~ Hech qanday ahmoqgarchilikni boshlama Rona! Toʻgʻri uyga borasan . Dadam chet elda hozir. Hech qanday muommo kerakmas menga...
Boshimni charm qoplangan yumshoq oʻrindiqqa tiragancha koʻzlarimni yumdim. Shu vaqt ichimdan qandaydir inson ovoz eshitildi. Koʻp oʻtmay esa atrofimni tuman qoplab oʻzgacha dunyoda oʻzimni topdim. Qarshimda esa tananing haqiqiy egasi menga tikilib turardi.
~ Sen qiz?! Bu tana egasimisan?
~ Nega oʻzingni namoyon qilmayapsan. Axir sen tanadasanku. Biz bitta tanada qanday yashayapmiz...
~ Bilmayman... Ammo oʻzligimga qaytishni istamayman.
~ Seni tushunyapman. Tanangda deyarli 1 oydan oshdi yashaganimga. Ancha qiyinchiliklar koʻrgansan. Ehtimol men senga yordam berarman. Tanang menga vaqtinchalikka kerak. Keyin yana yashayverasan.
Qiz boshini egib uzoq oʻylandi va javob berdi.
~ Bu tana menga kerakmas. Ammo taqdirimni oʻzgartirmoqchi ekansan mayli xotiralarim tufayli yordam beraman.
~ Bu boshqa gap. Unda men sening taqdiringni yaxshilashga harakat qilaman sen esa xotiralar bilan yordam berasan. Hali koʻrasan seni xafa qilgan barchasidan oʻch olaman.
Koʻzlarimni ochganimda yotoqxonamda ekanimni sezdim. Demak uxlab qolganman.
~Xoʻsh soat nechi boʻlgan ekan? , soat millari esa 02:40 ni koʻrsatmoqda... Demak hali erta...
Bu vaqtda esa Taehyung va Jungkook hali ham klubda koʻngilxushlik qilishar edi. Ketma-ket sharob quyilgan stakanlar , sigaret tutuni bilan toʻlgan xonalar, yarim yalongʻoch kiyingan qizlar erkaklarning yonida hozir-u nozir edi.
~ Ah Jungkooki boʻldi boshqa ichmayman. Men vip xonaga ketdim. , Taehyung quchogʻida turgan qizning qulogʻiga shivirlagancha kulishib vip xonaga ketdilar.
Jungkook esa yolgʻiz barmen yonida qolib yana bo'kkuncha ichdi. Telefon qoʻngʻirogʻiga kelgan xabarlarga javob bermay sigarasini chekdi. Bir qattiq tortdi va birozdan soʻng chiqarib tashladi.
~ Jin ursin hayot bunchalik qiyin boʻlmasa Aleksandr. Oʻzim sevmagan insonga uylanishga majburman. Dadam esa sevganimga uylanishimga qarshi...
Aleksandr ham vino solingan idishini bir chayqatib bir koʻtarishda ichib yubordi.
~ Doʻstim , Jungkook. Hayotga bir marta kelamiz. Zavqlanib yashash kerak. Xoʻsh nima qilibdi sevganing boʻlmasa? Balki ikkisi bilan ham yashab koʻrarsan.
~ Gʻalatimasmi? Uylanadigan qizimning otasi oʻta nufuzli oiladan. Otasi bilsa ish pachava . U qizni esa koʻrgani koʻzim yoʻq ammo majburman.
~ Hoy Jungkook. Ishni murakkablashtirma. Ehtimol qizni
keyinchalik yoqtirib qolarsan. Hayotda hamma narsa boʻlishi mumkin.
Jungkook sochini bir qoʻli bilan ortga qaytargancha biroz oʻylandi.
~ Toʻgʻrisini aytsam u qizga rahmim kelyapti. U men haqimda toʻliq bilmaydi. Bilgan taqdirida ham hech narsani isbotlolmaydi. Menga faqatgina kompaniya ulushlari kerak. Unga uylansam Taehyung ham, Janob Kimni ham kompaniyadan chiqarib yuboraman. Bechora doʻstim hatto asl yuzimni ham bilmaydi. Oz qoldi Aleksandr qasos onlari yaqin...
Aleksandr yana bir qadah viskini toʻldirgancha Jungkook bilan urushtirdi:
~ Bu kunni naq 20 yildan buyon kutar ekanmiz albatta oz qoldi. Barchasi uchun qasos olamiz. Hozircha esa shunchaki yaxshi doʻst va yaxshi kuyov rolini o'yna!
Jungkook viskini oxirigacha ichdi va boʻshagan qadahni stolning ustiga qoʻydi.
~ Men charchadim. Ertaga gaplashamiz doʻstim.
Jungkook kiyimlarini toʻgʻirlagancha klubdan chiqib ketdi. Soʻnggi rusumdagi atigi 2 kun oldin sotib olgan qora BMWsini o't oldirgancha haydab ketdi. Tungi shahar koʻchalari mayin shamol esar ekan mashina oynasidan kirayotgan shabada Jungkookning tim qora sochlarini silab oʻtardi. Bu vaqtda esa Jungkookning qoʻli rulda boʻlsa ham miyasi allaqachon oʻtmishni eslardi...
Oʻsha vaqtni hozirgacha gʻira-shira eslayman. Yomgʻirli kun edi... Onam , otam va kichik singlim bilan 8 yoshli bolakay boʻlmish men ketar ekanman mashinamizda uyga qaytayotgan edik. Barchasi yaxshi ketayotgan edi qachonki mashinamiz toʻsatdan oldinga siljib toʻxtab qolmaguncha. Rulni boshqarayotgan otam boshini rulga zarb bilan urib oldi. Koʻp oʻtmay undan qon oqib boshladi. Bu shunaqangi tez sodir boʻldiki hattoki nima boʻlayotganini anglab yetmasimizdan oldin u vafot etdi. Oyimning chinqirgan ovozi , singlimning qoʻrqib yigʻlayotgan ovozi koʻz oʻngimda qoldi. Koʻp oʻtmay mashinamiz atrofida odamlar toʻplandi. Ular juda qoʻrqinchli korinishar qop-qora kiyimlar va qoʻlidagi qurollardan odamni seskantirardi. Ularning dagʻal ovozlari oyimni mashinadan tushirishga majbur qildi. Oyim qorqa-pisa yuragini hovuchlab mashinadan tushmasligimizni buyurdi. Oʻzi esa qaltiragan holda chiqdi. Men juda ham qoʻrqardim. Singlimni esa tinchlantirishga harakat qildim. Oyimning bir ogʻiz gaplarigina yodimda muhrlandi.
~ Menga nima boʻlishidan qatʼiy nazar aslo mashinadan tushmaysan. Singlingni himoya qil. Uning yonida sendan boshqa hech kim qolmadi.
Lablarim titrab koʻzyoshlarim yuzimni yuvdi faqatgina hadikkan yuragim bilan onamni yonimda qoldirishga urindim. Ammo u menga quloq solmadi.
Onamni soʻnggi marta koʻrgan lahzam ham oʻsha boʻldi. Koʻp oʻtmay quroldan otilgan oʻq ovozi va yerga qulagan jonsiz tanasi... koʻz oldimda bir kunda ikki yaqinimni oʻldirishdi. Tanaga yaqinlashib turgan oʻsha qotil yuzi... Bu dunyodagi eng jirkanch inson yuzi edi...
20 yil ... Men qasos oʻtida yondim. Endi esa maqsadimga erishishga oz qolganda bundan voz kechmayman. Barining badalini esa oʻsha qadrli qizi orqali toʻlataman....
Odatdagicha kunlarim oʻtardi. Bu qizning hayoti men oʻylagandan koʻra ancha murakkab va chalkashliklarga toʻla edi. U universitetning bitiruvchisi boʻlganligi sababli men ham bora boshladim. Universitet juda hashamatli. Koʻkka boʻy choʻzgan zamonaviy uslubda qurilgan bino. Haybatidan uncha-muncha binolarni ortda qoldirsa qoldiradi ammo ortda qolmaydi. Qimmat brend kiyimlar va soʻnggi rusumdagi avtomobil... Barchasi menda bor. Universitetimda qizlar ham juda koʻp. Bari bir-biridan chiroyli va ketvorgan qizlar. Agarda oldingidek oʻgʻil bola boʻlganimdami bari bilan koʻngilxushlik qilgan boʻlardim. Darslarim tugab oʻqishdan chiqar ekanman soat millari allaqachon 17 ni koʻrsatar edi. Mashinam tomonga yurar ekanman u yerda koʻrgan tanish yuzni korib yuzim buzildi.
Qoʻlida kichik guldasta tutgan , sochlarini chiroyli turmak qilgan, tanasini yanada kelishgan qilib koʻrsatib turgan klassik uslubdagi stil uni yanada yoqimli koʻrsatar edi.
~ Jin ursin yaqinda geyga aylanmasam boʻlgani...