Frozen hearts
Chapter: 9
Written by: Kim Rona
Muzlagan yurakni sevgi eritishi mumkinmi?
Asabiylashgancha xonamga kirdim. Taehyungning o'sha qizga bo'lgan munosabati meni adoyi tamom qilardi. Men buni ancha oldin bilgandim. Ko‘z oldimga homilador holimda eski sevgilisini olib kelgani bu men uchun juda ham og‘riqli. Qanday qilib u meni bundan ogoh etmasdan 6 oylik homilam meni qiynamoqda. Axir men u uchungina shu yerdamanku ?! Uning farzandini yuragim ostida ko‘z qorachig‘imdek asrayabmanku... U esa shunchaki mendan sovidi... Nahotki u uchun bu hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa... yo‘q ... yo‘qqq bo‘lishi mumkin emas... Hech qachon .... hech qachon u mendan faqatgina bola uchun foydalanmas... Ammo yuragim yomon narsani his qilyapti... Juda yomon narsa... Jennieee men buni bilaman. Ikkalang meni yo‘q qilmoqchisanlaaar...
Qo‘lim titragancha sochimni yuvdim. Boshim qattiq og‘rimoqda... Yuvib bo‘lgach erinibgina tungi ko‘ylagimni kiydim. Homiladorligim tufayli ancha semirganman. Qornim chiqib tanam beo‘xshov holatga kelgan. Hatto bu holatim o‘zimga ham yoqmayapti...
Sochlarimni asabiy tarzda taray boshladim. Chigallashgan qalin sochlar osonlikcha taralmay g‘ashimga tegardi. Shu payt eshik ochilgancha Taehyung kela boshladi. U mening holatimni sezgandek barmoqlari orasiga dori qutidan tinchlantiruvchi dori olgancha og‘ziga solib ichdi. Ikkinchi dorini oyna yoniga yaqinlashgancha bir lahza meni kuzatdi.
Bu yerda nima qilyapsiz ?
~ Sendan xavotir oldim. Ahvoling yaxshimas . Bu dorini ichib ol.
~ Stolning ustiga qo'ying keyinroq ichaman.
Taehyung dorini stol ustiga qoʻygancha oʻrnidan turdi. Bu vaqtda men sochlarimni yoyib tarar ekanman qoʻllarimdan taroqni oldida taray boshladi.
~ Shu kunlarda juda g‘alatisan? Nega kayfiyating yo‘q? , Taehyung sochlarimni taragancha gapirdi.
~ Buni aslida sizdan sorashim kerak! Nega o‘sha Jenniening atrofida girdikapalaksiz? Yoki meni nima qilyotganlarizni bilmaydigan darajada ahmoq hisoblayabsizmi Tae?!...
Taehyung taroqni stol ustiga zarb bilan otgancha qizni tomog‘idan qisdi.
~ Menga tahdid qilyapsanmi? Yoki ortimdan iskovich itday kuzatish joningga tegdimi?...
Nafasim qisilib tomogim achchiq tamni his qila boshladi.
~ Tae... Tae...
Erkak qizning ko'karib boshlagan yuzini sezgach qizning tomog'idan barmoqlarini oldi.
~ Jennie haqida yomon gapira ko'rma! Tushundingmi Rona?! Aks holda homiladorligingga qarab o'tirmayman.
Taehyung tezda xonadan chiqib ketdi. Rona alamdan yuzi qizarib boynini silagancha yotoq ustiga otirib qoldi.
~ Hali shunaqami? Eski sevgiling qaytib unga talpinib qoldingmi ... Hali meni bilmabsan Kim Taehyung. O'sha Jennie qanday kelgan bo'lsa shunday daf qildiraman....
Taehyung ish uchun mo'ljallangan xonasiga kirgancha shkafdan viskisini oldi. Qadahiga to'latib quygancha deraza yoniga keldi. Qorong'u tunga cho'mgan o'rmon va pastki qismda joylashgan shahar manzarasi ko'zga juda chiroyli tashlanardi.
~ Jin ursin... Birinchi kundan janjal... Umrim o'z nihoyasiga yetib bormoqda ammo ikkisini ham himoya qila olamanmi?
Bir necha qadahdan so'ng mast bo'lishga ulgurgan Tae hujjatlardan boshini ko'targancha xonasidan chiqdi. Ichkilikdan boshi aylanar arang yotoqxona eshigini topib bordi. Soat tungi 02:20 ni ko'rsatar yotoqda esa Rona tinch uyquda yotardi. Uning uyg'otib yuborishni istamaygina telefon fonarini yoqib, o'zi esa qizning yoniga joylashdi. Fonarni o‘chirgach bir muddat qolini peshonasi va ko'zini yopgancha ko'zlarini yumdi. Bir vaqt bag'riga kirgan iliqlikdan ko'zlarini ochdi. Rona Taehyungning issiqligini his etib uning ko'ksiga boshini qo'ygancha uxlardi. Taehyung hozir arazlaydigan vaqt emasligini his etib qizga qarshilik qilmadi. Shu tariqa vaqt o'tib o'zi ham uxlab qoldi. Ertasi kuni dam olish kunligi bois hech kim erta uygonishga harakat qilmadi. Tong nurlari yopilgan baxmal pardalardan o'tolmasdan boshqa xonalarni yoritardi.
Soat allaqachon 7:40 ni ko'rsatmoqda. Taehyung telefoniga kelgan chaqiruvdan kozlarini ishqalab ochdi. Bagrida Rona haliyam sokin uxlardi. Qongiroqda " Jennie" yozuvini korgach xushyor tortgancha yashil tugmani bosdi.
~ Salom... Uygondingmi Taehyung? Esingda bolsa bugun tahlil natijalari chiqishi kerak. Birga boramizmi ?
~ Ha hozir. Meni pastda kutib tur. 15 daqiqada tushaman.
Taehyung qo'ngiroqni o'chirgancha o'rnidan turdi. Rona ham qongiroq ovozi va Taehyungning harakatidan deyarli oziga kelgan edi.
~ Qayerga ketyapsiz Tae?, qiz yoyilgan sochlarini ortga qaytargancha eriga savol berdi. Taehyung yuvinish xonasidan chiqqancha kiyimlari joylashgan xonaga yo'l oldi.
~ Bazi ishlarim bor hal qilishim kerak - Taehyung orqasiga qaramasdan kiyimlarini alishtira boshladi. Rona sekin erining ortidan quchgancha erkalandi.
~ Ammo bugunga boshqa rejamiz bor ediku?
~ Keyingi safar boramiz. Buguncha uyda dam ol.
~ Tae... Hali ham xafamisiz mendan - labini ishirgancha erining old tomoniga otib koylak tugmalarini otkazdi qiz.
~ Kecha oshirvording. Bu hol boshqa takrorlanmasin!
Tae jiddiy qiyofaga kirgancha gapirdi.
8 oydan buyon erining xarakterini o'rganib olgan Rona uni qanday yumshatishni bilardi. Ko‘ylak tugmalarini o‘tkazib bo‘lgach kastyumi va bo‘yinbog‘ini to‘g‘irlagancha oyogi uchida turib erining yuzidan bolalarcha o‘pib qo‘ydi. Taehyung doim qizning shu harakatidan erib ketar va hissiyotlari sekin ochilardi.
~ Hop... Faqat tezroq qayting. Kelishizga qulupnayli muzqaymoq va bananli sut olib keling, - Rona jilmaygancha qollari bilan erining yelkasini qoqib qo'ydi. Rona endi ortga burilib ketyotganda Tae qolidan ushlagancha o‘ziga qaratdi va bag‘riga bosdi.
~ Bilaman oxirgi vaqtlar senga vaqt ajratolmayabman. Ammo tez orada yana avvalgidek boladi. Faqat sen menga bosim berishga urinma tushundinga?
Qiz erining bagrida turgancha barmoqlari bilan kastyum yuzasini siladi.
Taehyung qizni yolgiz qoldirgancha pastga tushib ketdi. Pastda Jennie bilan mashinasi tomon yurgancha tez orada qorgonni tark etdi. Yolgiz qolgan Rona tezda kastyum ichiga berkitilgan mitti kamerani tekshirish uchun noutbukiga uladi. Bir necha daqiqa otib ulangach xizmatkori olib kelgan mevalardan yegancha audioni eshita boshladi...
Bu vaqtda hammasidan bexabar Taehyung va Jennie sekin mashina ichida suhbatlashib ketishardi.
~ Ayshhhh Taehyung yuragim ozgacha bolib ketyapti. Tahlil natijalari ishqilib mos kelarmikan... - Jennie barmoqlari titragancha telefonda tahlil natijasini kutardi.
Taehyung mashina rulini aylantirgancha u ham natijalarni yurak siqib kutardi.
~ Xavotir olma hammasi yaxshi bo‘ladi. Muhimi uning ahvoli hozir normal holatda. Tez orada o‘ziga kelib qoladi.
Qanaqadir tahlil haqida borayotgan xabarni eshitgan Rona qo‘lidagi olmani chaynagancha o‘ylandi.
~ Tahlil deydimi? Qanaqa tahlil ekan bu?
~ Yuragim tinchlanmayapti. Agarda mos kelmasa keyin nima qilamiz... Men Jihosiz yasholmayman... , Jennie yig'lamsirab miyasida ming xil xayollar bilan olishardi.
~ Vahima qilma! Mabodo meniki mos tushmasa ukasinikini togirlataman.
~ Axir u hali tugilmaganku! Qolaversa xotining rozi bolmasachi?
~ Men ozim tushuntiraman. Sen bundan xavotir olma...
Rona Taehyungning Jenniega beryotgan javobi uni shoshirib qo‘ydi.
~ Nima?! Hali tugilmagan bolamni bu lanati uchun kotarib yuribmanmi? Qanaqadir h*romisigami? Hech qachon men va bolamdan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymayman!!!