𝑭𝑹𝑶𝒁𝑬𝑵 𝑯𝑬𝑨𝑹𝑻𝑺
𝑬𝒑𝒊𝒔𝒐𝒅𝒆 : 7
𝑩𝒚 : 𝑲𝒊𝒎 𝑹𝒐𝒏𝒂
𝑪𝒉𝒂𝒏𝒆𝒍: 𝑴𝒚 𝒎𝒂𝒈𝒊𝒄 𝒘𝒐𝒓𝒍𝒅
Bugun yangi biznes hamkorim bilan uchrashishim kerak edi ammo uni korib hayratdan qotdim. Nahotki bu ilk muhabbatim boʻlmish Jennie boʻlsa. Axir men uni izlamagan joyim qolmagan edi. Endi esa 7 yil oʻtib yana uchrashdik. Uning qop-qora chuqur koʻzlari, chiroyli koʻrinishdagi mukammal lablari va har koʻrganimda yuragimga oʻt solgan nigohlari... Boʻlishi mumkin emas... Jennie qanday qilib... Jin ursin boshim qotdi... Ammo uni koʻrib necha yillar oldin koʻmilgan ogʻriqlarim bir lahzada qalbim chetidan chiqdi... U yanada goʻzal va latofatli boʻlib ketibdi... Aysh... Taehyung oʻzingni qoʻlga ol... Sen endi oʻsha oʻspirin yigit emassan...
Jennie ham Taehyungni korib bir lahza qotib qoldi pastki labini tishlagancha bir muddat turdi va qoʻlini Taehyungga choʻzdi.
~ Jennie?... , Taehyungning lablaridan shugina soʻz chiqdi.
~ Salom... Taehyung... , qiz yigitning oldida o'ngaysizlandi.
~ Salom... Koʻrishmaganimizga 7 yil boʻlibdi... , Taehyung uni oʻtirishga taklif qildi va lab chetida jilmaydi.
Jennie ham qarshisidagi yigitga tikilgancha jilmaydi.
~ Korinishing yaxshi. Biznes hamkorim boʻlib chiqishingni kutmagan edim.
Jennie zoʻraki jilmaygancha boshini irgʻadi.
~ Rahmat. Oʻzing ham uncha oʻzgarmabsan... Kutilmagan holat boʻldi men uchun ham.
Taehyung nigohini uzmagancha qizning har bir harakatini sinchkovlik bilan kuzatar yonidagi stakandagi vinoni simirgancha oʻtirardi.
Taehyung stakanni bir chetga qoʻydi va nigohini uzmagan holda Jenniega yuzlandi.
~ Xoʻsh, anchadan buyon koʻrishmagan ekanmiz dildan suhbat quramiz degan umiddaman... Nima yangiliklar bilan bandsan? Oxirgi marta hatto yaxshi gaplasha olmagan ham edik...
Jennie bir lahza oʻtmishni esladi soʻngra Taehyungga tikildi.
~ Albatta. Menda hammasi yaxshi. Oʻzingda nima yangiliklar? Eshitishimcha yaqinda koʻngilsizlik yuz beribdi. Ishlaring yaxshimi?
Taehyung yuzini biroz oychanlik qopladi soʻngra tezda eski holatiga yani jiddiylikka oʻtdi.
~ Ha hammasi joyida. Kichik koʻngilsizlik tez orada hal boʻladi. Hmm biznes hamkorim ekansan ochigʻi bir tarafdan xursandman. Eski tanishlar bilan uzoq ishlayman deb oʻylayman.
Jennie Taehyungning gapidan biroz maʼnoli jilmaydi va gapirdi;
~ Men ham xursandman. Hmm eski tanishlar... Albatta 15 yillik doʻstlik uchun eskilik qilaman toʻgʻrimi?
~ Umuman olganda eski emas qadrdon doʻstlar desam boʻlar edi... Ammo oxirgi voqealarni hisobga olganda... Eski qadrdon desam toʻgʻriroq boʻladi deb oʻylayman Jennie?!
Jennie ham ichkiligini bir qadahda koʻtargancha ichdi.
~ Esimda... U davrlarni qoʻy Taehyung... Biznesga qaytaylik. Xoʻsh... Biznes hamkor boʻlar ekanmiz ertadan boshlasak boʻlar?...
Taehyung biroz jiddiylikdan yiroqlashdi va koʻzlarini qizdan uzmadi bundan Jennie nigohlarini boshqa tarafga qaratdi.
~ Albatta ertadan boshlaymiz. Hmm endi biznesdan ozroq uzoqlashsak... 7 yil oldin ... Nega hech qanday xabarsiz yoʻq boʻlib qolding? Uzoq boʻlsa-da qon-qarindoshligimiz sifatida hech boʻlmasa ogohlantirsang boʻlardi...
Jennie nigohlarini pastga qaratgancha oʻtmishni yodga oldi ammo hozir Taehyungga hech narsa ayta olmasdi... Ayniqsa oʻgʻli Jiho haqida...
~ Tushunarli. Unda ertadan boshlaymiz... Haligi... Taehyung toʻgʻrisi bu haqida gaplashishni istamayman... Ehtimol keyinroq... , Jennie gapini tugatmasidan telefoniga qoʻngʻiroq boʻldi va bu Jihonning tarbiyachisidan edi. Jennie sekin telefonni olgancha boshini biroz egib tashqariga chiqdi. Tinimsiz qoʻngʻiroqlarga javob berar ekan Annaning gapidan hushdan ketay dedi.
~ Xonim kechirasiz bezovta qilyapman ammo... oʻgʻliz Jihoning ahvoli juda yomon. Tezroq shifoxonaga kelmasangiz boʻlmaydi...
~ N...ima?! Qaysi shifoxona? Oʻgʻlimga nima qilding ? Menga manzilni tashla...
Jennie sumkasini stol ustida qoldirgani uchun qaytib kirdi. Taehyung hali ham Jennieni kutayotgan edi. Jennie kelishi bilan boshini koʻtardi va tikildi.
~ Nima boʻldi?! Biron muhim ishing bormi Korinishing yaxshi emas?
Jenniening nigohlari qattiqlashgan nafas olishi notekis edi va birdan boshida ogʻriq turib hushidan ketishiga oz qoldi. Taehyung uni yiqilishdan oldin yelkasiga suyab qoldi. Shu lahzada eski hirslar uygʻondi. Koʻzlar bir lahzaga bir-biridan uzilmadi. Qizdan kelayotgan yoqimli Chanel ifori va unga uyqash lavanda ifori... Taehyung bir lahzaga oʻzini yoʻqotdi ammo hozir oʻzgacha vaziyat tufayli Jennieni yelkasiga suyagancha toza havoga olib chiqdi. Birozdan keyin Jennie oʻziga kelganida yonida Taehyung ekanligini sezib oʻzini o'ng'aysizlanib undan uzoqlashdi.
~ Hechqisi yoʻq. Menimcha bu ahvolda uyga bora olmaysan istasang tashab qoʻyaman.
Jennie biroz oʻylandi va keyin Taehyungning xarakterini bilgani uchun rozi boʻldi.
Oradan yarim soat oʻtgach shifoxonaga yetib kelishdi. Taehyung avvaliga qizni ahvolini tekshirgani keldi deb oʻyladi ammo kichkina bolani koʻrib yuragi boshqacha urib ketdi. Palatada 5-6 yoshlardagi kichkina nimjon bola turli xil moslamalarga ulangancha arang nafas olardi. Jenniening xavotirlanib kirganini koʻrgach yuragi allanechuk gʻash boʻldi.
Taehyung buni sal uzoqroqdan tomosha qilayotgan boʻlsa ham Jenniening hayotiga qiziqdi.
~ Menimcha bu uning oʻgʻli... Qiziq qachon turmush qurgan ekan? Bu bolaga juda ham achindim. Hozir oʻynaydigan davrida shuncha moslamalardan nafas olish qiyin boʻlsa kerak...
Taehyung oʻyga choʻmib oʻtirar ekan telefon qoʻngʻirogʻidan oʻziga keldi. Shifoxonadan chiqqach qoʻngʻiroqqa javob berdi.
~ Oppaa... Qachon kelasiz? , qoʻngʻiroq ortidan Ronaning erkalangan ovozi eshitildi. Taehyung chuqur nafas oldi va javob qaytardi.
~ Oppa... Mmm bugun ertaroq kelasiz deb oʻylagan edim... Birga dorama koʻrmoqchi edik esizda boʻlsa... , qizning yosh bolalardek harakati Taehyungga kulguli tuyuldi. Biroz jilmaydi va keyin ancha vaqtdan buyon izlagan odamini topgani uchun qiziqish ustun kelib uyga kechroq borishni oʻyladi.
~ Mmmm buguncha oʻzing koʻrib tur... Mening muhim ishlarim bor...
~ Ammo Taehyung..., qiz gapini tugatmasi qoʻngʻiroq o'chdi.
Oradan bir oy vaqt oʻtdi. Bu orada Taehyung va Jennie deyarli har kuni ish yuzasidan gaplashishar va uchrashar edi. Rona esa oʻqish bilan boʻlib Taehyungga eʼtibor bermay qoʻydi. Bundan esa Taehyungning koʻngli sovib borgan sari Jenniega boʻlgan hislari uygʻonar va kichik yangiliklar uni Jenniega bogʻlab qoʻyardi... Va bir kuni hammasi fosh boʻldi....
Oradan 5 oy vaqt oʻtdi. Taehyung Jennie bilan ochiq-oydin gaplashdi va aslida Jennie oʻgʻli tufayligina Fransiyadan qaytgani malum boʻldi. Unga koʻra Jihoga otasining qon-tahlillari va bir qancha tekshiruvlar kerak edi. Jennie buni Taehyungga tan olishga majbur boʻlgach barini yigʻlab aytib berdi. Vaqt esa borgan sari kamayib ketar har lahza oʻgʻlining hayoti qil ustida turardi.
~ Taehyung... Jihoga tezroq ilik oʻtkazish operatsiyani qilishimiz kerak... U sening qoningdan boʻlgan... Agarda unga nimadir boʻlsa men yasholmayman iltimos... oʻgʻling uchun yordam ber...
Taehyung barini hazm qilishga urinar ekan oʻzining ham umri poyoniga yetib borar kasalligi kuchayardi ammo buni hech kimga sezdirmas edi. U merosxoʻri borligidan bir tarafdan xursand boʻlsa ikkinchi tarafdan Ronaga achinardi. Axir Jenniega boʻlgan sevgisi qaytalangan boʻlsa ham Ronadan qanday qilib buni tushuntirishni bilmasdi... Va axiyri bir qarorga keldi. Barini kechki nonushta vaqti aytishga qaror qildi. Undan oldin esa Jennieni oʻzi bilan uyiga olib bordi.
Rona ovqatlanish uchun pastga tushgan vaqtida Taehyung va begona qizni koʻrib avvaliga hayron qoldi. Taehyung qizning kelishini kuzatib gapni nimadan boshlashni bilmasdi.
~ Xayrli kech azizim... Bu qiz kim ?
Qizning tushunarsiz ifodasini koʻrib Taehyung oʻzini qoʻlga oldi va jilmaydi.
~ Senga ham xayrli kech Rona. Bu Jennie bugundan boshlab biz bilan yashaydi.
Jennie jilmayib qoʻlini choʻzdi ammo Rona eʼtiborga olmadi.
Jennie bu noqulay holatdan qoʻlini qaytarib oldi .
Taehyung Ronaning hurmatsizligidan jahli chiqdi.
Jennie yuzaga kelgan vaziyatni yumshatish uchun Taehyungning koʻksiga qoʻlini qoʻygancha tinchlanishini aytdi.
Rona begona qizdan rashk qilib xonasiga chiqib ketdi...
Taehyung Jennie xonasini koʻrsatib oʻzi esa Ronadan hisob soʻrash uchun xonasiga ketdi...