𝐌𝐘 𝐒𝐄𝐗𝐔𝐀𝐋𝐈𝐓𝐘 𝐏𝐀𝐑𝐓𝐘𝐎𝐑
" You are the sun, I will never regret! "
Sen mening hech qachon kecholmaydigan gunohimsan"
Bugun unga oʻz his-tuygʻularimni anglab yetganimni aytmoqchi edim afsuski u allaqachon begona erkakning quchogʻida yalang tanasi bilan yotganini koʻrib ich-ichimdan sindim. Qoʻllarim bexosdan toʻpponchaga yetgancha ikkisini ham otib tashlagim keldi. Ammo... Bardoshim yetmadi. U begona erkakning koʻksiga boshini qoʻyib yotar ekan bir lahzada sindim. Yoʻq... Qoʻllarim qaltirab majolim ketdi... Boshqa payt boʻlganda uni aniq oʻldirar edim. Ammo haqqim yoʻq. U hech qachon meni sezmagan. Ehtimol oʻz hislarimni aytishga allaqachon kechikkandirman. Men faqatgina oʻzimni oʻylay olmayman. U shusiz ham hamma yaqinlaridan ayrildi. U bu yigitga oʻzini topshirgan ekan demak uni sevadi.... Chan... Sen uni allaqachon yoʻqotding...
Bangchan qoʻlidagi titrayotgan toʻpponchani qayta joyiga solgancha xonadan chiqib ketdi. Gullarni esa tashqaridagi axlat qutisiga zarb bilan otib yubordi. Mashinasiga oʻtirgancha musht qilib siqilgan barmoqlari bilan charm bilan oʻralgan rulni zarb bilan urdi. Alam, dard asab va sinish uni atigi 5 daqiqada telbaga aylantirdi...
Taehyung bilan Seulga qaytgan kunimdan beri 1 oy oʻtdi. Ikki oy Fransiyada birga yashadim. U bilan juda ham baxtliman. Biz hali ham toʻliq er-xotin sifatida toʻy qilmadik ammo bu men uchun ahamiyatsiz. Bugun u uchun syurpriz qilmoqchi edim. Sababi esa homilador boʻlibman. Shifokor menga bu gaplarni aytganida esa oʻzimni yoʻqotib qoʻyay dedim. Nahotki men ona boʻlsam... Nahotki... Bu quvonchli xabarni aytishdan oldin uylarni yaxshilab tozalatib , yaxshi ovqatlarni tayyorlatdim. Toʻgʻri ovqat tayyorlashda yaxshi emasman ammo qoʻlimdan kelgancha harakat qildim. Unga qoʻngʻiroq qildim. Afsuski koʻtarmadi. Soat esa tungi 22 :25 ni koʻrsatmoqda ammo hali ham kelmadi. Negadir xavotirlana boshladim. Ish boshqaruvchisiga ham qoʻngʻiroq qildim qanaqadir majlisda ekanligini aytdi. Ertalabgacha kuta-kuta uxlab qolibman. Tongda uygʻonganimda ham u kelmadi...
Qiz asabiylikdan uyoqdan buyoqqa yurar ekan ichki qoʻrquvi ortar edi.
~ Jin ursin nega hali ham kelmadi? Yoki biron nima boʻldimikan? U hech qachon bunday qilmas ediyu doim meni ogohlantirar edi. Axiyri kiyinib kompaniyaga borishga qaror qildim. Yaxshi kiyinib , oʻzimga qaradim. Yengil lab boʻyogʻi va ishga mos chiroyli kostyum -shim kiydim. Oynaga tikilgancha oʻz goʻzalligimga mahliyo boʻlgancha yengil makiyaj qildim. Hammasi alo darajada. Xoʻsh... Endi mashinamda yetib olsam boʻlgani. Koʻraylikchi janob Kim xotiniga etibor bermaslikka majburlagan qanday ishi bor ekan. Oʻzim yoqtirgan rusumdagi mashinamni haydagancha WJ kompaniyasiga yetib keldim. Umuman olganda bu kompaniyaga atigi 3 marta kelganman. Bu yer menga haqiqiy boylarning iflos nafslari uchun bir-birini oʻldirishga tayyor jang maydonini eslatadi. Yengil qadam tashlagancha ichkariga kirdim
Oppoq marmar toshlar bilan qoplangan, oynavand zamonaviy uslubda qurilgan bino. Bunaqa bino Seulda koʻp emas. Oʻzida juda ham koʻp tarmoqlarni birlashtira olgan WJ kompaniyasini Kim oilasi salkam 50 yildan buyon boshqaradi. Liftga chiqqancha atrofimdagi bazi gʻiybatlarni eshitishga ham ulgurdim.
~ Eshitdingizmi kecha Sara xonim qaytibdi?
~ Yoʻq. Kim u ?
~ Janob Kim Taehyungning unashtirilgan qizi... Kecha ikkisini birga koʻrishibdi. Yaqinda toʻyi boʻlishi ham mumkin ekan.
~ Gʻalatimasmi u yaqinda oʻgay singlisiga ham uylandi deb eshitgandim? Seningcha Sara xonimga uylanadimi?
~ Bilmadim. Ammo oʻgay singlisiga ham qoyil qoldim. Qanday qilib toshyurak atalmish janob Kimni oʻziga ilintirgan ekan-a?Menimcha qiz uni aniq shamanlarga borgan.
~ Qoʻysangchi... Lekin... Boʻlishi ham mumkin... Oʻgay singlisini juda goʻzal deb eshitgandim. Hmmm ammo Sara xonim ham juda chiroyli. Seningcha ikkisi ham janob Kim uchun jang qilsa qaysi biri gʻolib boʻladi deb oʻylaysan?
~ Mmm... Katta ehtimol bilan Sara deb oʻylayman. Uning oilasi Kim oilasi bilan bemalol raqobatlasha oladi. Qolaversa Sara xonim yolgʻiz farzand va juda ham qatʼiyatli. Uni baʼzilar yoʻlbarsga oʻxshatishadi...
~ Hmmm... Unda aniq Sara xonim gʻolib boʻladi. Yanachi Sara xonim janob Kimni juda qattiq yaxshi koʻrganini eshitgan edim. Unda anu oʻgay singlisi jazmani sifatida qolar ekanda... Axir toʻyi ham boʻlmaganku...., 2 qiz yonida turgan qiz aslida ustidan kulayotgan oʻsha jazmani deb atashgan Rona ekanligini bilmasdi. Rona oʻzini qanchalik tahqirlangan sifatda his qilsa ham tilini tishladi.
~ Shunaqami? Jazman denglar... Koʻramiz kim jazmanu kim haqiqiy sevgilisi ekanligini... Demak kecha uning yonida boʻlgan ekanda... Oʻsha qizni kelgan joyiga qaytarmasam Rona emasman....
Liftdan chiqqach shartta Taehyungning xonasiga yoʻl oldim. Kotibasi asabimni buzib kirishimga xalaqit qildi.
~ Xonim, iltimos janob hali band . Majlis tugashini kutib turing..., kalta sochlarini silkitgancha kotibasi yoʻlimni toʻsdi.
Uni itargancha eshikni ochib ogohlantirmasdan xonaga kirdim. Xonadagi muhit esa meni ajablantirdi. Sababi 10 dan ortiq xodimlar va Taehyung nimanidir muhokama qilayotgan edi.
Taehyung meni koʻrishi bilan menga ajablangancha tikildi.
~ Rona?! Nima qilyapsan bu yerda?!... , koʻzlarini uzmagan holda menga gapirdi.
Mening yuzlarim qizarib ketgan, qoʻllarim titrardi...
~ Taehyung sizdan bir narsani soʻramoqchiman!
~ Hozir majlisdaman chiqib tur! , u qiyofasini jiddiy tutgancha gapirdi.
~ Yoʻq! Bu muhim. Hoziroq gaplashmoqchiman!
Taehyung jahlimdan maqsadimni tushungandek xodimlariga ketishini buyurdi. Uning roʻparasida oʻtirgan qizni koʻrib Sara degan taxminga keldim. U ikkimizni obdon koʻzdan kechirgancha joyidan jilmadi. Undan boshqa hamma xodim chiqdi.
Men hali ham jahldan tushmay qizga tikildim.
~ Siz nega hali ham oʻtiribsiz? Hammaga chiqishni aytdik!
Qiz soxta jilmayish qilgancha ilmoqli gapira boshladi.
~ A yugʻe... Men begonamasman. Bemalol gaplasha bering.
~ Bu ERIM bilan shaxsiy masalam. Marhamat qilib bizni yolgʻiz qoldirsangiz!
Taehyung bir qizga bir menga tikilgancha boshlanadigan janjalni tinchgina kuzatardi.
Lekin bu laʼnati qiz chiqay demasdi. Noutbukiga tikilgancha jim turdi . Shunda asabim dosh bermay qizning yoniga bordim va noutbukini yopdim .
~ Sizga chiqib keting dedim! Shaxsiy masalam bor deyapman! Karmisiz ?
~ Kechirasizu aslida siz bizga xalaqit berdiz. Shaxsiy masalangizni boshqa joyda hal qiling.
Aytgancha... Mmmm Taehyung qachon uylanding? Sen menga uylanishing kerak ediku? Nega mening xabarim yoʻq?
Taehyung yuz ifodasida hech qanday oʻzgarish yoʻqligicha unga qaradi.
Sara narsalarini yigʻishtirgancha chiqib ketdi. Keyin esa eshikni yopib Taehyung yonimga keldi!
~ Nega kecha kelmadiz? Bu ayol kim ? Nega bunday dedi sizga?
Rona avval stolga joylashib menga majlisimni buzadigan darajada qanday muhim ishing borligini ayt!
~ Men shu masalada keldim. Bu ayol kim?! Nega men bu haqida bilmayman! Nega kecha ogohlantirmadiz hech boʻlmasa!
Rona menga gapiryotganingda ovozingni pastlatib sekin asta gapir!
~ Taehyung... Siz meni aqldan ozdiryapsiz! Men kechasi bilan xavotirlanib yaxshi uxlolmadim. Qancha xavotir olganimni bilasizmi? Bir ogʻiz kelmayman muhim ishim bor deyish qiyinmi?
~ Kecha telefonim quvvati o'chdi! Koʻngling joyiga tushdimi.
~ Qayerda yotdiz? Yoki Sara degani bilan birgamidiz?
~ Jin ursin... Taehyung iltimos aqldan ozdirmang meni! Kim bu ayol oʻzi? Nega u haqida kompaniyada hamma biladiyu lekin men haqimda jazman deyishgacha borishadi!
Men siz uchun kimman Taehyung? Xotinizmi yoki jazmaniz? Hamma uni sizning xotiningiz deb oʻylayishini bilasizmi? Menmasmi sizning xotiniz -a?!
~ Rashk qilyapsanmi? , u iljaygancha menga tikildi.
~ Taehyung... Men sizga nima deyapman siz esa nima deyapsiz...
Men asabiylashgancha unga gapirar ekanman u gaplarimni jiddiyga olmasdi. Sekin menga yaqinlashgancha katta kaftlari bilan yuzimni oʻziga qaratdi.
~ Mening yovvoyi mushukcham rashk qilishni ham bilar ekanmi?...
U gapimni oxirigacha aytmasimdan lablarimni oʻziniki bilan birlashtirdi.
Yengil va yoqimli boʻsa orqali bir qadar jahlim tarqaldi. U boʻsani uzgach bosh barmogʻi bilan labimni silagancha koʻzlarimga tikildi.
~ Yovvoyi mushukcham ancha katta boʻlibdi. Xoʻsh boʻsa senga yoqdimi?
~ Hoy... Gapni burmang... Kecha qayerda ediz?...
~ Yaxshi qaysar mushukcham. Aytsam tinchlanasanmi?
~ Kecha ishlarim koʻpayib ketdi. Baʼzi muhim ishlar tufayli uyga bora olmadim. Mehmonxonada yotib qoldim. Yonimda hech qanday ayol yoʻq edi. Saraga keladigan boʻlsak u oʻtmishda qolgan. Hech qanaqasiga u mening xotinim boʻlmaydi. Sen mening yagonamsan!..
~ Boʻldi Rona! Menga ishonasanmi yoki gʻiybatchilargami?
~ Unda tinchlan. Endi esa uyga bor. Bu chiroyli qomatingni boshqalarga koʻz koʻz qilma. Kechki romantik uchrashuvimiz uchun tsyyorlan... , Taehyungning qoʻli belimdan pastlashib sonimga tegdi.
~ Boshqa kalta koʻylak kiyma... Bu nozik tana egasining rashkini keltirma...
~ Yaxshi... Unda kutaman... Sizga yana bir gapim bor...
~ Kechga aytasan. Hozir majlisimni tugatishim kerak mushukcham. Qani janjal chiqarmay uyga jo'na!
Konglim bir qadar xotirjam boʻldi. Bir qadar kechki tunga qanday kiyimlar kiyishni oʻylab uyga qanday kelganimni sezmadim. Keyin esa telefonimga qoʻngʻiroq keldi. Bu Yunaridan edi.
~ Salom Rona? Nimalar bilan bandsan?
~ Salom Nari... Yaxshimisan? Men... Unchalik muhim emas.
~ Soat 16 ga bo'shmisan? Esingda boʻlsa bugun Channing tugʻilgan kuni. U hozir Seulda. Balki nimadir qilarmiz?
~ Ha bo'shman. Toʻgʻri aytasan... Yodimdan kotarilay debdi. Hozir bo'sh boʻlsang birga tayyorlanarmiz.
Koʻp oʻtmay Nari bilan koʻpgina sovgʻa salom oldik. Shirinlik va viski olishni ham unutmadim. Bir necha soatdan soʻng esa uning uyiga bordik.
Tugʻilgan kun ajoyib oʻtdi. Ancha vaqt ichdik, suhbatlashdik. Nariga qoʻngʻiroq boʻlib uchrashuvga ketdi. Men esa yana biroz qolib nishonladim.
~ Menimcha kech boʻlib qoldi Chan. Soat ham 19 boʻlibdi.
Chan negadir oʻzgacha koʻrinardi. U kutilmaganda mendan boʻsa ola boshladi.
Uni oʻzimdan nari qilishga urinar ekanman ammo u oʻzida emasligi aniq edi .
~ Chan... Nima qilyapsan? Qoʻyib yubor...
~ Iltimos bir kun men bilan qol...
~ Bugun yonimda qolishingni istayman. Atigi bir kun. Bir kungina oʻzingni menga topshir....
~ Nima deganing bu Chan. Menimcha sen mastsan! Men...men yaxshisi ketaman... Uni oʻzimdan itargancha eshikka yaqinlashdim... Ammo boshimga teggan jismdan yerga oʻtirib qoldim... Yerga yiqilib yotar ekanman koʻzimga tanish yuz ifodasi koʻrindi... Sara....
Koʻp oʻtmay qiz hushidan ketib hech narsani sezmay qoldi. Qoʻlida turgan jismni yerga otar ekan Chan qizni turtgancha gapirdi.
~ Nima qilding Sara... Oʻldirib qoʻymadingmi?
~ Qoʻrqma oʻlgani yoʻq! Bugun u seniki. Xohlaganingni qil. Taehyung esa menga... Kayfingni sur ...
Sara bir chetga oʻtgancha qizning kiyimlarini yecha boshladi. Qizni sekin Chan bilan koʻtargancha yotoqxonaga olib bordi. Changa esa ishini tezroq boshlashini aytdi.
~ Boʻlaqol. Tezroq videoga olsam tezroq qiz butunlay senga qoladi.
Chan kiyimlarini yechib sekin hushsiz qizning ustidan koʻtarildi....