February 10

MY SEXUALITY PARTYOR 18+ KTH FF

" You are the sun, I will never regret! "
Sen mening hech qachon kecholmaydigan gunohimsan"

Chapter : 12
Written by : Miran Kanzaki
Chanel : Miran diary || Kzkffic

Erta tong quyoshning iliq nurlari butun Seul bo‘ylab yorqin nur sochdi. Soat millari ertalabki 07:35 ko'rsatmoqda. Taehyung yotoqxonada yotgancha og'ir nafas oldi. Uyqusizlikdan qizargan qahvarang ko'zlari xira miltillaydi. Bugun Yakshanba kun. U biroz yotgach o'rnidan turib yuvinish xonasiga kirdi. Kiyimlarini yechgancha sovuq dush ostida bir necha daqiqa turdi. Sovuq suv tomchilari uning kelishgan va baquvvat mushaklari orasida bir singgancha sirg'alib polga tushardi. Taehyung ko'zlarini yumib o'yga toldi.

~ Jin ursin, barcha ishim xuddi noto'g'ridek. Yonimdagi barcha menga dushman. Ikkiyuzlamachilar kompaniyamda to'lib ketgan. Hech kim meni bu qahr va sovuq auram ortidagi insonni Ronachalik yaqindan ko'rmagan. Sara... U shunchaki mening qo'limdagi ayni vaqtida kerak bo'lgan o'yinchi. U bilan tuzgan shartnomam ko'pga bormasligi kerak. Rona hozircha Jungkook bilan tursin. Sara uni men bilan ko'rsa unga tahdid qilishdan qolmaydi. Ammo bu qancha davom etar ekan? 3 oy...6 oy nainki 1 yilmi? Bu ayriliq meni hozirdan yeb bitirmoqda. Uning xushbo‘y lavanda iforisiz men borgan sari telbaga aylanmoqdaman. Uning xushbo'y ifori mening darmonim edi. Ahvoli yaxshimi? Jungkook unga yetarlicha g‘amxo‘rlik qilishiga ishonaman. Vaqt... Kompaniyani yaxshilab olgunimcha menga vaqt kerak. Saradan esa hozircha foydalanishim kerak.

Taehyung sovuq suvni o‘chirgancha sochiqqa o‘ranib yuvinish xonasidan chiqdi. Kiyimlari taxlangan shkafdan yengilroq sport kiyimini kiygancha golf uchun asboblarini kichik sumkachasiga joyladi. Pastki qavatga tushib mashinasini tayyorlab golf uchun qurilgan maxsus ochiq stadioniga yo‘l oldi.

Taehyungning ketayotganini ko‘rgan Sara endigina og‘iz juftlashga ham ulgurmasi Taehyung mashinasiga o‘tirgancha gazni bosib ketib qoldi. Sara asabiylashib zinalardan qayta ko‘tarilib xonasiga kirdi va toshoyna qarshisiga o‘tirdi.

~ Jin ursin hatto salomlashishga ham ulgurmadim. Har doimgidek muz qiyofasini saqlab yuradi - oziga ozi gapirgancha Sara ham yuvinish uchun yuvinish xonasiga kirib ketdi. Yarim soatdan so'ng chiqqach sochlarini quritib ovqatlanish uchun pastga tushdi. Oshxonada xizmatchilar yo'qligini ko'rib noiloj muzlatgichni ochdi. Muzlatgichda mevali biskvitli tort , har xil sitrus va ho'l mevalar borligini ko'rib ishtahasi yanada ochildi. Tortni likopchaga kesib olib yoniga har xil mandarin, qulupnay va bananlarni kesib ovqatlanish stoliga qo'ydi. Taehyungning pastki qavatda viski va vinolar joylashtiriladigan xonasini eslab bitta vino shishasini ko'tarib ham chiqdi. Stakanka qip-qizil tusli vinoni quyib vilka bilan tort bo'laklarini paqqos tushira boshladi.

~ Mmm buncha mazali bu. Buni kecha tayyorlashgan shekilli. Borgan sari ishtaham ochilyapti. O'zi shirinlikka hushim bo'lmasada homiladorlik har ko'yga solishi rost ekanda - Sara o'ziga gapirib kulgancha likopchasidagi shirinlikni tugatdi. Yana bir bo'lak yegisi kelib muzlatgich yoniga ketdi...

Sara

Taehyung mashinasini golf maydoniga kelgach to'xtatib yaqin atrofdagi skameykaga o'tirib telefonini ochdi. Axiyri do‘sti Jiminga qo‘ngiroq qilgancha kelishini kutdi. Kop o‘tmay Jiminning mashinasi ham ko‘zga tashlandi.

~ Bugun rejalashtirganimiz yodingdan chiqdimi Jimin? Yoki kecha qizlar bilan qolib ketdingmi? - Taehyung ko‘zoynagini yechgancha cho‘ntagiga soldi.

~ Mendan bir safar oldin kelganingga javranma! - Jimin mashinasidan golf sumkasini olib malla sochlarini ortga qaytardi.

~ Qo‘ysangchi. Doim erta kelganmanku. Qani ketdik nargi tepalikka joy qildirganman.

Taehyung va Jimin bir-biriga hazil qilib keyin quchoqlashib ko‘rishdi. Ikkisi tepalikka chiqqach maxsus qildirgan joylariga borgach kechgacha hordiq chiqarib o‘ynashdi. Ikkisi ham allaqachon 22 yoshda bo‘lsada yolgiz qolishsa kichik o‘spirin bolalardek o‘zini tutishardi. Taehyung faqatgina Ronaga emas balki Jiminga ham o‘zining iliq va sof tomonini ham ko‘rsatgan edi.

Park Jimin 22 yoshda. Taehyung ikkisi yoshlikdan do‘st. Biznes va sanoat yo‘nalishida o‘qiydi. Taehyung bilan tengdosh bo‘lsada kompaniya ishlariga qiziqmaydi

Oradan 2 hafta o'tdi. Bu vaqtda Rona ancha o'ziga kelib qoldi. O'zini chalg'itish uchun har xil ishlar bilan shug'ullandi. Ammo yuzi kulsada ichidan borgan sari muzlab ketardi. Uning kongli borgan sari Taehyungdan soviy boshladi. Biron marta Taehyung xabar olmasligi esa ichini yeb-bitirardi. Axiyri Taehyung bilan oxirgi marta gaplashib orasini ochiq qilish uchun unga sms yubordi. Rona kelishilgan qahvaxonada Taehyungni kuta boshladi. Oradan 20 daqiqa o'tib qahvaxonaga Sara kirib keldi. Figurasi ancha to'lishib qolgan , yuzlari biroz shishgan shunday bolsada qomatiga mos chiroyli kiyingancha Ronaning qarshisiga o'tirdi.

~ Seni kutmagandim! Bu yerga nega kelding! - Rona qahvasining qoshig‘i bilan aylantirgancha nafratli nigohlar bilan Saraga qaradi.

~ Sen bilan yaxshilikcha gaplashib olmoqchiman Rona! Nima qilsam Taehyungning hayotidan butunlay chiqib ketasan-a? Sen tufayli haligacha oromim yo‘q! - Sara zaxarxandalik bilan Ronaga gapirdi.

~ Sen bilan gaplashadigan gapim yo‘q! Taehyung bilan esa qachon istasam o‘shandagina tinch qo‘yaman.

~ Sen lanati suyuqoyoq! - Sara asabiylashib yoniga qoyilgan issiq qahvani Ronaga sepib yubordi.

~ Taehyung meniki! Undan voz kechasan! Biz u bilan sensiz baxtli yashaymiz! Sen bizning baxtimizga rahna solishga haqqing yo‘q! - Sara baqirgancha stol ustidagi barcha narsani polga irgitib yubordi.

Bu ahvolni ko‘rgan qahvaxonadagi barcha Sara va Ronaga qarashdi.

Issiq qahva qo‘lini kuydirgan Rona ham axiyri o‘zini tutib turolmay Saraning yuziga tarsaki tushirdi.

~ Aslida sen lanati bitchsan! Senmasmi Taehyung bilan baxtli hayotimizni buzgan javob ber lanati ! - Rona bir qoli bilan Saraning sochini mahkam ushlab ikkinchi qo‘li bilan yuziga 2 marta tarsaki tushirdi. Ammallab Ronaning qolidan chiqqan Sara stolni ham itarib yuborib bir-birining sochini yula boshladi.

~ Taehyung ham , merosi ham , kompaniyasi ham bari meniki. Bu narsalar men tugilishim bilan taqdirimga yozilgan. Kechagina paydo bo‘lib barini egallashga haqqing yuq lanati bitch ! - Sara bisotidagi barcha ingliz va koreyscha lug‘ati bilan so‘kinib chiqdi.

Rona ham bo‘sh kelmasdan uning uzun sochlarini tirnog‘i bilan changallab yuzini timdalab tashladi.

~ Men kechagina paydo bo‘lgan qizmasman bildingmi. Senga o‘xshagan qancha nozik oyimni o‘rningni ko‘rsatishga kuchim yetadi ifloscha. Bangchan bilan barini reja qilganingni bilaman. O‘sha tun sen boshimda urganing ham yodimda. Sen maraz tufayli bolamdan ayrildim. Endi qo‘limdan qutilib bo‘libsan!!! - ikki 2 bir-birini sochini yulishib kop narsalarni sindirib tashlashdi. Axiyri alam va gazab ustunlik qilib Ronaning qo‘llari titrab qonida o‘zgarish paydo boldi. U o‘zini yo‘qotib qo‘ygandi. Sarani polga yotqizib ustiga chiqqancha yuziga qattiq musht tushira boshladi. U shunchalik kuchli zarb bilan urardiki xuddi mushti orqali barcha alamini olmoqchidek edi. Saraning yuzi qonab , tishi sindi. Sochlari tartibsiz chigal holatda edi. Ustida Rona aqldan ozib o‘zini yo‘qotgan kichik mushtlari qonga botgan , sochlari tartibsiz, yuzidan issiq ter tomchilari oqar shilingan yuzidan kichik qon oqardi. Kafedagi barcha ularni jim kuzatishar hech kim ajratish niyati ham yo‘q edi go‘yo. Birozdan so‘ng politsiya xodimlari kelib Ronani qo‘lga olishdi uni Saraning ustidan ammallab ajratib olishdi. Sara esa bukchaygancha qornini quchib tinmay bir so‘zni gapirardi.

~ Bu telbani olinglar, qamanglarrr , bolam... Bolamni o‘ldirishga urindi deb baqirib yig‘lardi. Ikkisini alohida politsiya avtomobillariga o‘tkazib ketishdi. Ammo tinimsiz qon ketgan ahvoli yomonlashgach Sarani shifoxonaga olib ketishga majbur bo‘lishdi.

Rona yo‘l davomida qimir etmay boshini changallab ketdi. Uning quloqlari ostida Bangchan va Saraning kulgusi yangrar, Saraning kafeda aytgan haqoratlari va yana o‘sha chaqoloq yig‘isi yangrardi. Turli xil ovozlar va kulgi va yig‘i bilan aralashib qizni butunlay aqldan ozdirardi. Politsiya xodimlari uni kuzatgancha mahkamaga olib borishdi. Uni temir va zang bosgan xonaga qamab qo‘yishdi. Ko‘p o‘tmay bu janjal videolari internetda virusdek tarqaldi. Ko‘plab izohlarda Ronaga nisbatan haqoratli va negativ fikrlar yozildi. Buning asosiy sababi esa Saraning homiladorligi uning yuzini bir qadar aybsiz ko‘rsatardi. Bundan xabar topgan Taehyung tezda shoshilib kompaniyadan chiqishdi. Unga tinimsiz kelgan qo‘ngiroqlar sadosi aynan shifoxonadan edi. Taehyung mashinaga qattiq gaz bergancha asfalt yo‘lda shinalarini chiyillatib birinchi qamoqxonaga yo‘l oldi. U kelguncha Jungkook Ronaning yoniga kelgan u qizni bag‘riga bosgancha qizning sochlarini silab ovutardi. Taehyung esa shunchaki eshik yonida ularni so‘zsiz kuzatib turardi. Taehyung ortiga yurib og‘ir qadamlar bilan mahkamadan chiqdi. Tinimsiz kelgan qongiroqqa axiyri javob berdi.

~ Janob Kim, vanihoyat ko‘tardiz Kim xonimning ahvoli og‘ir. Zudlik bilan shifoxonaga kelishiz kerak. Bola tushish arafasida!!!...

~ Nima? Qanaqa bola!...