MY SEXUALITY PARTYOR
" You are the sun, I will never regret! "
Sen mening hech qachon kecholmaydigan gunohimsan"
Shifoxonaning tor yo'lagida kutish zalida Taehyung jahl ustida qilgan ishini o'ylar, asabiylikdan yuragini hovuchlab uyoqdan buyoqqa tez-tez qadam tashlardi. Axiyri o'rindiqqa o'tirgancha boshini quyi solib kozlarini yumdi. Bir necha lahza shu tariqa o'tdi. Eshik ochilgach shifokor 1 soatlik operatsiyadan chiqqach toliqqan holda Taehyungni chaqirdi.
~ Janob Taehyung iloji bolsa xonamda gaplashsak!
Taehyung o'rnidan turgancha shifokorning ortidan yurdi. Eshik g'ichirlab ochilgach xona yorugligi kozni olay derdi.
~ Marhamat otiring Janob Kim - Shifokor Nam unga kursini taklif qilgancha toliqqan kozlarini uqaladi.
Taehyung kursiga o'tirgach umidli ko'zlari bilan Nam janobga qaradi.
~ Avvalambor sizga sabr tilayman. Ayolingiz juda og'ir ahvolda keldi. Biz qo'ldan kelgancha hayotini saqlashga harakat qildik. O'pkasi va nafas yo'llarini suv yopib qo'ygan. Oshqozon va bachadoniga meyordan ortiq suv to'plangan va natijada bolaning ham nafas yo‘llarini yopib qoygan. Kechirasiz janob qoʻlimizdan kelganini qildik afsuski... Uni saqlab qola olmadik....
Taehyung shifokorning gaplarini eshitib esankirab qoldi:
~ Bola?! Bo‘lishi mumkin emas ! U homiladormidi.... , boshini changallagancha o‘rnidan turib ketdi. Janob Namga yaqinlashgancha hayratdan katta ochilgan ko‘zlari bilan tikildi.
~ Ayolingiz homilador edi! Buni bilmasmidiz? Homila nobud bo‘ldi....
~ Jin ursin lanati! ,- stolga musht tushirgancha jagi qisildi.
~ Javob ber Doktor Nam! Uning ahvoli hozir yaxshimi? Yana farzandli bo‘la oladimi?, Shifokorning yoqasidan tutgancha gapirdi Taehyung.
Doktor Nam Taehyungning vajohatidan aqldan ozyotganini sezgancha yoqasini bo‘shatishga urindi.
~ Janob Kim tinchlaning! U hozircha yaxshi. Ammo farzandli bo‘la olmaydi. Bachadonni olib tashlashga majbur bo‘ldik. Faqat siz tinchlaning! , yoqasini boshatgach chuqur nafas olgancha qizargan yuzini yelpidi.
Taehyung undan metin qo‘llarini olgach devorga urgancha tezda xonadan chiqib ketdi.
~ Boshim shunaqa og‘riyaptiki hech narsani miyamda sintez qilolmayapman. U homilador bo‘lgan... ammo nega men bu haqida bilmayman.... Uning menga qilgan xiyonati kamdek undan bola orttirishga ham ulgurdimi... Miyamda ming xil savollar... Yuragim og‘riyapti... Men unga ishongan edim. Butun yuragim bilan sevgan edim. U menga xiyonat qilishi... Buni hali ham hazm qilolmayapman... Nega ?! Nima uchun doim bu holat menda bo‘ladi. Endigina kimgadir ishonganimda bari meni yiqitishga urinadi... U men tufayli boladan ayrildi. Ammo men bu bola kimdan hamligini bilmayman... Ronaaa ko‘zlarimga tik qarab mendan qasos oldingmi?! , - Taehyung zal boylab shularni oylab yurar ekan qiz yotgan palata yoniga yaqinlashib qoldi. Palata eshigini ochgancha ichkariga kirdi. Turli xil moslamalarga ulangan qiz narkoz tasirida uxlardi. U sekin stulga o‘tirgancha barmoqlarini qizning kokargan yuzlari va lablariga yuritdi. Qizning chandiq va iz bolgan bo‘yinlari , tish izlari kokargan. Peshonasi bint bilan o‘ralgan. Shunda ham qizning chiroyi kamaymagan aksincha shu holatida ham go‘zal. Qahvarang ko‘zlarini tikkancha qizning barmoqlariga tegindi. Sovuq qotgan, shilingan barmoqlar... Uni olgancha labiga yaqinlashtirdi. Biroz o‘pib yuziga bosdi.
~ Qo‘llaring muzlab qolibdi moviy ko‘zligim... Nega menga buni ravo ko‘rding? Mendan shunchalik nafratlanarmiding? Hatto homilador ekanligingni ham mendan yashirding... Shunchalik ham ahmoq bo‘lamanmi Rona... Nega buni sezmadimmmm
Oradan 1 kun o‘tdi. Taehyung ishga ketishga majbur boldi. Qiz hali ham o‘ziga kelmagan. Taehyung ishxonada muhim hujjatlarni ko‘rib o‘tirar ekan eshik ochilgancha mayda qadamlar bilam tuflisini taqillatgancha Sara kirib keldi. Oq kofta va tizzasiga yetar-yetmas yupka qiygan nozik oyoqlarini koz-koz qilgancha Taehyungning qarshisiga o‘tirdi.
~ Salom ahvoling yaxshimi Tae? Charchagan ko‘rinasan? , Sara manoli jilmayish qilgancha stol ustidagi muzdek qahvani simirdi.
Taehyung kozoynagini yechmagan holda bir nazar tashadi.
~ Umuman olganda charchadim. Menda biron ishing bormi Sara?, yana qogozga tikilgancha o‘qishda davom etdi.
~ Eshitdimki singling... shifoxonaga tushibdi. Ahvoli yaxshimi? Unga nima boldi o‘zi? - ayyorona kozini suzgancha vaziyatni bilsa ham bilmagandek tutardi.
~ Senga nima qizigi bor Sara? Nega bunga qiziqyapsan?
~ Shunchaki xavotir oldim. Nima mumkinmasmi ?
~ Kechagina bir-biringni ko‘rishga kozlaring yo‘q ediyu ? , Taehyung xotirjam tarzda gapirdi.
Sara bundan jilmaygancha o‘zini erkin tutdi.
~ Aniqrogi u meni xushlamadi! Meni bilasan Taehyung men hamnaga do‘stonaman...
~ Bas qilsangchi Tae... Undan xavotir olyapman homilador qiz bolsaaa...
Taehyung qogozni stol ustiga qo‘ygancha Saraning qop-qora ko‘zlariga tikildi.
~ Mennn....Ishxonadagilarning hammasi buni gapirishyapti... mish-mishlar degandek...
Taehyung o‘rnidan turib Saraning bo‘ynini bo‘g‘di.
~ Qasam ichaman Sara... Agarda shu mish-mishlar ortida sen chiqsang o‘zim seni o‘ldiraman! , Taehyung qizning qulogiga labini yaqinlashtirgancha shivirladi.
Nafasi bo‘g‘ilgan Sara bir zumda qizil tusga kirdi. Taehyung uni shu qadar bo‘g‘diki xonaga kotibasi kirmaganida aniq qizni o‘ldirib qo‘yardi.
~ Kechirasiz janob...., - Kotiba Halen eshikni shoshib yopgancha hozirgina ko‘rgan hodisasini romantik munosabat deb o‘yladi. Sababi esa Taehyung va Sara juda yaqin va uning lablari Saraga juda yaqinligi edi.
Taehyung Saradan qo‘lini bo‘shatgach Sara polga tiz chokib bogilib nafas ola boshladi. Barmoqlari bilan boynini silagancha arang ogir nafas olardi.
~ Akhhhhh akhhhhh... Taehyung....
Taehyung xonadan chiqib ketdi. Yuvinish xonasiga borib oynaga qaradi. Unga ko‘zlari qizargan, horgin va yuzi so‘lgan qiyofasi turardi.
~ Hammasiga ming lanat bolsin!
Bu vaqtda xonada qolgan Sara hali ham polda o‘tirar , tilida achchiq so‘zlar aylangancha sokinardi.
~ Lanati iblis o‘ldirib qo‘yay dediyaaa.... Bu lanati qizdan qanday qutulsam ekannnn... Tezroq uni yo‘qotishim kerakkkk
Ko‘zlarimni ochganimda boshim og‘rir , tomogim achishardi. Juda ham chanqab ketdim. Oppoq shiftga deyarli yarim soatdan buyon tikilib turibman qimirlay desam jonim og‘rirdi. Keyin kechagi voqealarni eslay boshladim. Suvga sho‘ngiganim , nafas ololmay baqirganim ustimdan esa bosib turgan tana... Hammasi gira-shira xuddi qorqinchli tush ko‘rayotgandekman. Moslamalarning chiyillashi va dori hidi... Bu menga yoqmaydigan his. Demak bu tush emas... Qo‘limni qornim ustiga olib bordim. U bo‘m-bo‘shdek edi go‘yo... Shoshmaaa... Bolammmm.... U ... unga nima boldi... men endigina uni yurak urishini his qilardim... Kozim yoshlanib yotoqqa tusha boshladi. O‘zimni majburlab chokkalab o‘tirdim. Tomirimga ulangan kapilnitsani olib tashladim. Hoziroq shifokorni topishim kerak... Bolamni his qilmayabmannnn....
~ Kim bor? ... o‘rnimdan turgancha sekinlik bilan yura boshladim. Boshim tinmay aylanar, konglim aynir xuddi yiqilib tushgudek bolardim... eshikni amallab ochib zalga chiqdim. Zal qop-qorongu... Xuddi svet o‘chgandek. Sekinlik bilan qadam tashladim. Devorga suyangancha paypaslandim.
~ Kim bor? Doktor bormi? Yordam beringlaaa bolamni his qilmayabman....
Birozdan keyin chiroq yondi. Birdan yongan chiroq ko‘zlarimni qamashtirdi. Polga sirpanib tushdim. Oyogimdan qon oqardi.... Barmogim bilan buni qon ekanligini bilgach dunyo ko‘zimga tor ko‘rindi.... Nahotki....
Qiz shu lahza hushidan ketdi. Bu haqda navbatchi hamshiralar xabar topgach tezda uni xonasiga kuzatishdi. Doktor Nam buni eshitgach uni tekshirish uchum xonaga qaytdi. Qizni kozdan kechirishar ekan qizning oyoqlaridan sharillab qon oqardi. Ehtimol yara ochilganidan....
Qizga og‘riq kamaytiruvchi dorilar quyishdi. Yara izlarini kuzatar ekan haqiqatdanam bir kun bolmasdan qaltis harakatlari tufayli yara ochilib ketgandi.
Bu vaqtda Taehyung telefoniga kelgan smsdan tezda ishxonasidan chiqdi.
Qiz allaqachon yana oziga keldi yonida unga tikilib turgan Taehyungni korib qolini undan tortib oldi.
~ O‘zingga keldingmi? Ahvoling yaxshimi? , Taehyun bosiqlik bilan sorardi.
~ Nega keldingiz?! Hayotimni barbod qilib ustimdan kulish uchunmi? Sendan nafratlanaman Kim Taehyung! Bolamning qotilisan!
Taehyung qizning jazavaga tushyotganini bilib tishini-tishiga qoyib barini jimgina eshitdi.
~ Sen qotilsan, razilsan! O‘z farzandingning qotilisan!!! Qayerdagi bir bi*chning videosiga ishonib mendan farzandimni yulib olding!!! Endi esa hatto boshqa onalik baxtiga ham muyassar bo‘la olmayman!
~ Tinchlan Rona... Nima desang ham bariga chidayman. Men nohaq edim kechir meni... , Taehyung qizni bagriga bosishga urindi.
Jazavaga tushgan qiz hatto uni yaqinlashishiga ham ruxsat bermadi.
~ Ko‘zlarimga ko‘rinma ! Sen doim shunday bolgansan. Faqat o‘zini o‘ylaydigan menga emas boshqalarga ishonadigan to‘nkasan! Sen misoli baxtiqarosan senga faqat shu yarashadi. Baxtsizlik va yolgizlik. Bekorga onang seni tashlab ketmagan!!! , qiz alam ustida ichidagi hamma dardni sochar, achchiq gaplarini oylamasdan aytardi. Xuddi 3 yillik alamlarini bittada chiqarishga urinardi.
Taehyung buni yuragi og‘rib eshitar, bola ozidanligini bir tarafdan konglidagi shubhalarni biroz tarqatdi. Ammo qizning alam ustida aytgan onasi haqidagi gap jon-jonidan o‘tib ketib tishini g‘ichirlatdi.
~ Rona tshhhh.... bas .... iltimos onam haqida gapirma....
~ Yo‘q.... ortiq ichimda saqlab o‘tirmayman! Sen xudbinsan, razilsan! Bolamning qotilisannnnn.... qiz alamdan yiglab yubordi.... ~ Men.... men.... hiqichoq tuta boshladi. Tomogim
qurib nafas olishimga halaqit berardi....
~ Men... men.... men.... endigina .... men.... uning.... yurak..... yurak.... , qiz uyogini gapira olmadi.
Taehyung qizni bagriga kiritib qattiq bosdi. Sochlarini siladi. Uzun va sargish sochlarini ortiga qaytardi. Keng peshonasidagi cholkasini ham ortga qaytarib o‘pdi.
~ Tshhhh.... tinchlan.... Tinchlan gozalim.... Yuragimni ogrityapsannnn....
~ Sen.... sen.... sendaaa.... yurak... yurak .... bormi hali.... qiz titragancha gapirardi.
~ Boldi tshhhh.... tinchlan... hammasi yaxshi boladi.... Meni kechir.... men buni bilmagan edim.... agar bilganimda edi hech qachon buni qilmasdim. Senga zarar bermasdim.....
~ Tae.... Tae .... , qiz hiqillagancha Taehyungning bagrida shivirlardi.
~ Suv ichgim kelyapti... Suv... Taehyung qizni bagridan chiqarmagan holda javob berdi.
~ Ozgina chida... Suv mumkinmas hali....
~ Juda .... chanaqadim.... Suv.... , qiz qaysarlik qila boshladi.
~ Yaxshi hozir. Faqat ozroqdan ho‘pmi?
Tae qizni bagridan chiqarmagan holda doktor Namga qongiroq qildi. Doktor ruxsat bergach suv olib kelishlarini buyurdi.
Qizning sochlarini togirlab silay boshladi.
~ Tshhhh qaltis harakat qilma. Hech qayering og'rimiyaptimi?
~ O‘tib ketadi chida... , peshonasidan yana bir bor o‘pib qoydi.
~ Qara kozlaring yiglayverganidan shishib ketibdi...
~ Tae.... Endi farzandli bololmaymanmi....
~ Bas qil... Hozir eng keragi sensan men uchun....
Suvni oz-ozdan ichgan qiz toymasa ham stakanni qaytarib berdi...
Ikki sevishgan yonma-yon turushar ekan palata oynasida ularni korgan Sara figoni falakka chiqardi.
~ Jin ursinnnn... Bu lanati haliyam u bilanmi?....
~ U hech qachon seniki bolmaydi. U baribir bir kuni sendan zerikkach yonimga qaytadi.
~ Sen lanati ilon... Barini sen qilgansan.... Bari uchun qasos olaman hali
~ Qolingdan kelsa isbotla ! Taega merosxor kerak. Senga oxshagan tugmas xotindan bir kuni voz kechadi!