September 13, 2025

𝕋ℍ𝔼 𝕀𝔻𝕆𝕃 𝕐𝕆𝕏𝕌𝔻 𝕀𝔻𝕆𝕃𝕃𝔸ℝℕ𝕀ℕ𝔾 ℚ𝕆ℝ𝔸 𝔻𝕌ℕ𝕐𝕆𝕊𝕀

𝓒𝓱𝓪𝓹𝓽𝓮𝓻: 7

𝓑𝔂:𝓜𝓲𝓻𝓪𝓷 𝓚𝓪𝓷𝔃𝓪𝓴𝓲

𝓒𝓱𝓪𝓷𝓮𝓵: 𝓚𝓪𝓷𝔃𝓪𝓴𝓲 𝓮𝓶𝓹𝓲𝓻𝓮

Ozgina mastlik va ehtiros tanasini egallagan yigit qiz tomon yaqinlasha boshladi....

Sekingina yaqinlashar ekan barmoqlari bilan qizning adashgan sochlarini ortga qaytardi. Uzun kipriklar, shishgan qirmizi lablar uni shunchalik jalb qilar ediki ichidagi hislarni oʻzi ham anglamasdi. Sekin qizning lablariga yaqinlashdi endigina egilib ham boshlagan ediki qoʻngʻiroq ovozi barini buzdi. Qiz ham uyqu aralash g'ingshib biroz qimirladi. Feliks oʻzini ortga tortib telefoni tomon ketdi. Qoʻngʻiroqni asabiylik bilan koʻtarar ekan uning ortidan tanishining ovozi keldi.

~ Xayrli tun janob Lee sizni bezovta qilganimdan afsusdaman ammo otangiz sizni hoziroq uyga kelishingizni istayabdi.

~ Jin ursin, yarim kechasimi?!

~ Haa janob...

Feliks nam sochlarini ortga qaytargancha silkitdi.

~ Yaxshi yarim soat shu yoqda boʻlaman.

~ Hoʻp boʻladi janob...

Feliks asabiy soʻkingancha telefonini divanga otib yubordi. Keyin esa kiyimlarini tayyorlab kiyinib oldi. Ketish oldidan qizning yoniga keldi va peshonasidan oʻpib qoʻydi.

~ Tez orada qaytaman qaysar qizaloq.

Feliks mashinasiga oʻtirgancha shu bilan otasining yoniga ketdi. Orada taxminan 2 soat oʻtdi.

Rona uyqusida alahsiray boshladi va oʻsha qorongʻu tunni yana oʻz boshidan kechirdi. Qoʻrqib ketgan qiz chinqirib uygʻonib ketdi va dir-dir titragancha telbalarcha bir soʻzni takrorlardi.

~ M....mmmen.... Mennnn qotil... emas...man ... U menga.... yomonlik ... Qilmoqchi boʻldi.... Mening... aybim... yoʻq...

Yana oʻsha dahshatli voqeani koʻrdim. Buning hammasi xuddi oʻsha kungidek edi. Qonlar ... Ular meni taqib qilayotgan edi goʻyo... Ortimdan esa qandaydir odam ergashar meni taqib qilardi... Juda ham qoʻrqib ketyapman...

~ Nega bu yer qorongʻu... Bu sukunat meni yutib yuboradigandek goʻyo... Feliks... U ham yoʻq... Iltimos... Kimdir meni qutqarsin... Bu qorongʻu dunyoda oʻzim yoʻq boʻlib ketaman....

Qizning koʻziga ertalabgacha uyqu kelmadi. Kechasi bilan barini oʻylab chiqdi. Va oxiri bu yaxshilik bilan tugamasligi aniq edi. Agarda uning qotilligi fosh boʻlsa shu paytgacha erishgan barcha urinishlari bir zumda kulga aylanar va qotil tamgʻasi bilan yurishi mumkin edi. Ertasi kuni qiz begona uydan chiqib Feliksga minnatdorchilik bildirgancha xabar qoldirdi. Oʻzi esa kompaniyasiga bordi. Shu tariqa 2 haftacha tergov ishlari boʻldi. Vanihoyat sud kuni ham kelar edi... Tez orada politsiya boʻlimidan kimdir muxbirlarga maʼlumot sotgani tufayli sud kuni shov-shuv orqali qizni politsiya xodimlari kompaniyadan olib ketdi. Barcha muxbirlar , jurnalistlar va blogerlar qizga tinimsiz savollar berib internetda viral boʻlib ketdi. Xabarlarda esa :

" Bundan 1 oy oldin nomalum sabablarga koʻra oʻlim topgan Jeon Corporation sobiq raisi Jeon Je Minning qotilligida gumon qilinayotgan shaxs bundan 3 yil oldin debyut qilgan qizlar guruhi azosidan biri boʻlib chiqdi. Bugun Sud jarayoni boshlanar ekan keling birgalikda hammasini kuzatib boramiz.

~ Rona xonim Janob Je Min bilan qanday munosabatingiz bor edi?

~ Nima uchun uni oʻldirishga urindingiz?

~ Sud jarayonida yutib chiqishingizga ishonchingiz komilmi?....

"....

Meni entertimentdan majburan olib ketishdi. Sud boʻlishiga hali 8 soat bor edi ammo nega bunchalik erta hamma bundan xabar topishdi. Ular shunchalik koʻpki koʻzlarim qamashib ketyapti... Men bir vaqtlar mashhur idol boʻlishni istar edim ammo bunaqa tarzda emasdi... Qulogʻim ostida ularning shovqin suroni va menga otilgan malomat toshlari yuragimni parchalagandek tuyulyapti... Ehtimol barcha dalillar allaqachon toʻplanib meni fosh qilishga ham ulgurgandirlar... Buvijon meni kechiring qarigan chogʻizda sizga faqatgina zarar keltiryapman... Feliks qayerda ekan. U bilan oʻsha kundan beri gaplasha olganim yoʻq... U meni unutdimikan...

Koʻp oʻtmay sud zalida paydo boʻldim. Mening hatto yaxshiroq advokatim ham yoʻq. Menga hech kim yordam bermasligi aniq edi. Axir menda ularga beradigan yaxshiroq pulim ham yoʻq. Birinchi sud men uchun yomon oʻtdi . Yolgʻiz oʻzim hech narsa qilolmadim. Shu tariqa barcha ayblovlar va kamera yozuvlari dalil sifatida keltirildi. Barcha suddagilar mendan nafratlanisha yotgani aniq edi. Ularning yuz ifodasidan maqsadlari ham aniq. Men hech narsa qila olmadim. Oʻzimni himoya qilishga hech qanday ortiqcha gap ham yoʻq... Bari tugadi... Dalillar va guvohlar tufayli sudni choʻzib oʻtirishmadi. Meni 20 yilga hukm qilishdi... Yosh umrim nomusim tufayli xazon boʻldi... Bu dunyoda adolat bormikan...

Oradan bir yil oʻtdi...

Qamoqxonaga kelganimga ham 1 yil boʻlibdi. Hayotim xuddi zindondek oʻtyapti. Buvimlar ham olamdan oʻtdi. Ularning yuragi qamoqxonaga kirganimni koʻtara olmadi. Barcha orzularim yer bilan bitta boʻldi. Hayotga esa qiziqishim ham yoʻq. Har kuni bir xil hayot tarzi. Ertalab ovqatlanib boʻlgach ishlashga majburiy qanaqadir korxonaga boramiz. Avetda ozroq yegulik yeymiz va kechki ovqatni esa yana qamoqxonada yeymiz. Oylik ham yozilgan bizga. Qamoqxonada boshida kelganimda juda qoʻrqqan edim . Qamoqxonamizda hatto televizor ham bor. Ular meni televizorda koʻrishgan ekan. U yerdagi ayollar toʻda -toʻda boʻlib guruh yaratishgan ekan. Boshida qorqdim. Ular meni mazax qilishdi, kulishdi va oxiri achinishdi ham. Ularning orasida eng kichiki boʻlganim uchun koʻpgina ishlarni menga yuklashar xuddi yugurdakdek korishar edi. Meni ismim bilan emas koʻp "idol qiz" deb atashardi. Juda ham gʻalati taqdir oʻyinlari borda... Bir-ikki marta meni oʻldirib qoʻyishlariga ham oz qoldi. Yaxshiyamki meni tarafimni oladiganlar ham bor. Qamoqxonadagi 2 ta asosiy toʻda boʻlib bir-biridan qattiq nafratlanishar edi. Bazan shunaqangi katta janjal boʻlishar ediki keyin janjalda ishtirok etgan barchani alohida kameralarga tiqib 2 kunga och- nahor qoldirishar edi. Bugun ham ertalabdan ishga bordik. Barcha ishlarimni tugatib qamoqqa qaytayotgan edik hamki qayerdandir yongʻin chiqib ketdi. Barcha qamoqxona qoʻriqchilari yongʻinni oʻchirishga urinishar edi. Paytdan foydalangan toʻda vakillari birlashib qoʻriqchilarni zararsizlantirib qochishga muvaffaq boʻldi. Shu qatori oʻzim ham qochdim. Qoʻlimda esa koʻp miqdorda boʻlmagan pul... Ustimdagi kiyimlar esa allaqachon eski va bahor faslining sovuq kunlari edi. Shu tariqa qamoqxonadan qochib ketdim. Qayerga borishni bilmay avvaliga buvimning xoki joylashgan qabristonga bordim. Keyin esa tavakkal deya Jessi bilan bogʻlandim. U mening yagona doʻstim... Jessi ham hadeganda koʻtarmadi. Keyin esa oldin yashagan uyiga borishga qaror qildim. Qandaydir moʻjiza tufayli u yerda uni ham koʻrdim. Eng qizigʻi esa u avvalgi Jessi emas edi. Uning uzun va qop-qora sochlari kalta va siyraklashgan, yuzlari ozib xuddi arvohdek boʻlib ketgan, koʻrinishidan xuddi homiladorga oʻxshar edi.

~ Jessi... Ahvoling yaxshimi?, - u meni koʻrdiyu yotgan joyidan sekin qimirladi.

~ Rona , senmisan?!, hayron koʻzlari bilan menga qaradi.

~ Ha bu menman. Sen...ga nima boʻldi? Turmushga chiqdingmi? Homiladormisan?

U yuzlari qizargancha qoʻli bilan tartibsiz sochlarini ortga qaytardi.

~ Ha... Haligi... Oradan 1 yil oʻtibdi. Oʻzgarib ketibsan ... Hammasini aytib beraman...

Shu tarzda ikkilamiz ovqatlanib tonggacha suhbatlashdik. Shuncha gapdan keyin bildimki u Jungkookdan homilador boʻlibdi. U buni keyinroq bilgan. Ammo allaqachon kech edi. Otasi ham buni sezib oʻz qizi boʻlishiga qaramay undan voz kechibdi. Jungkook esa bolani oldirishni tayinlagan. Allaqachon 4 oylikdan oshgan bolani esa abort qilish xavfli boʻlgani uchun Jessi bunday qila olmagan.

~ Men juda ham afsusdaman. Agarda oʻsha kuni u bilan jinsiy aloqa qilmaganimda ehtimol bu holatga tushmasdim. Mening koʻzlarimni pul koʻr qildi. Endi esa juda ham qorqyapman. Agarda u bola tirikligini bilib qolsa meni ham bolani ham tinch qoʻymaydi. Eng yomoni esa bu oy oxirgi oyim... Tez orada u tugʻiladi... Rona... Iltimos agar menga nimadir boʻlsa bolamga qarashga vaʼda ber... Mening koʻnglim sezyapti menga nimadir boʻladi... Iltimos bolamni qanday qilib boʻlsa ham himoya qil. Bilaman sen bunga majbur emasman. Ammo sendan boshqa suyanadigan insonim yoʻq.

~ Jessi bu nima deganing axir. Biz dugonamiz. Senga hech narsa boʻlmaydi. Ammo men vada berolmayman. Bilasan men qamoqxonada yashayman. Tez orada esa ular meni qoʻlga olishadi.

~ Iltimos Rona... Yoʻq dema... Dugonaligimiz haqqi. Men xudbin va pulga oʻch boʻlgan boʻlishim mumkin ammo hech qachon yomon ona boʻlishni istamayman. Menda senga yetarlicha pul bor. Bu pulni bolam uchun ishlatasan. Yaqinda bir buyragim ishdan chiqdi. Agarda uni oʻzimga sarflasam bola uchun oziq ovqatga yetmaydi. Men bolam xor boʻlib kun koʻrmay oʻlishini istamayman. Hech boʻlmasa senda boʻlsa ishonchli boʻladi. Ahhh... Juda ham butun tanam ogʻriyapti... Menimcha vaqti keldi....

~ Jessi yaxshimisan?... Seni shifokorga olib borishim kk...

~ Ammo seni tanib qolishsachi... Yoʻq shu yer ham boʻladi... Meni ham tanishadi. Bola haqida hech kim bilmasligi kk

Jessi

Koʻp oʻtmay Jessining tolgogi boshlandi. Nima qilishni bilmay qotib qoldim. Internetdan bazi videolarni koʻrib yordam koʻrishga harakat qildim. Ammo Jessining ahvoli borgan sari ogʻirlashib borar qoʻrqanimdan axiyri shifokor chaqirishga majbur boʻldim. Koʻp oʻtmay chaqaloq tugʻildi... Afsuski Jessining hayotini saqlab qola olmadim...

Qulogʻim ostida pichirlagan gaplari qolib ketdi... Men hatto bolani qanday katta qilishni bilmasdim. Shifokor menga bola uchun kerakli dorilar va oziq ovqat mahsulotlarini yozib berdi. Yolgʻiz oʻzim bola bilan qolib ketdim... Bechora dugonamni esa oʻgʻli bilan soʻnggi manziliga yubordik....

Oradan 2 oy oʻtdi...

Bu orada oz boʻlsa-da bolaga qarashni oʻrgandim. Seulda yashash juda ham qiyin. Ayniqsa qidiruvda boʻlsang... Baʼzilar meni oʻlgan deb tahmin qilishdi bazilar esa tirik deb... Eng asosiysi esa pasportimni alishtirdim. Lekin bir kuni meni kuzatishyotganini bilib qoldim. Ehtimol Jungkook Seulga qaytgandir.....

Bor pulimni va bola uchun qoldirgan pulimni oldim va shahar chekkasidagi uyni ijaraga oldim. Uy juda ham shinam va kichkina boʻlib yetarlicha oziq ovqat ham oldim. Ammo qachongacha yashirinib yurar ekanman buni ham bilmayman... Bilganim esa Jessiga bergan vadamni bajarish... Bola men uchun suv havodek qadrli...

Kechki soat 22:30 lar atrofi edi. Bir vaqt menga qoʻngʻiroq boʻldi. Shifokor esa menga qochishim kerakligini aytdi. Keyin bilsam chindan ham Jungkook mening ortimdan tushgan ekan. Bir vaqt tashqarida begona odam ovozlari eshitila boshladi. Yomgʻir tinimsiz yogʻar edi. Bolani issiq orantirdim va bitta sumka olib ichiga eng kerakli narsalarni soldim. Karta , pasport bola uchun kerakli oziq va kiyimlar. Sekin hovlidan chiqqancha qocha boshladim. Koʻp oʻtmay uyimni sindirib kirayotgan odamlarni koʻrdim... Ha bu aniq Jungkookning ishi....

Oʻrmon ichra qoʻlimdagi kichkina farishtacha bilan yugurar ekanman baxtga qarshi yomgʻir ham tinimsiz yogʻardi. Jessini qutqara olmaganim garchi yuragimni yaralasa ham unga bergan vadamni bajarish uchun kerak boʻlsa oʻlishga ham tayyorman. Butun vujudim bilan oʻsha taqib qilayotgan odamlardan qochar ekanman koʻzlarimdagi yosh va yomgʻir aralash havo xuddi dardimga sherikdek goʻyo...

Qiz yashirinish uchun kichik gʻor ichiga kirar ekan qoʻrquv ila kirib koʻzlarini yumdi: " Allohim nima boʻlganda ham chaqaloq yigʻlamasin... "

Qizni tutib olgach qoʻriqchilar zudlik bilan xoʻjayiniga qoʻngʻiroq qildi. Jungkook kirishi bilan bir chekkada chaqaloqni bagʻriga bosgancha boshini egib olgan qizning iyagidan mahkam ushlab oʻziga qaratdi va bolani qoʻriqchilardan biriga berdi.

~ Vanihoyat qoʻlimga tushding! Bolani qachongacha yashirib yuraman deb oʻylading. Ana endi bu qilmishing uchun bokiraliging bilan tovon toʻlaysan...