PRINCESS IDOL PJM FF
Mini fanfik
Written by : Miran Kanzaki
Madrid saroyining hashamatli devorlari orasida 20 yoshli Roseanna derazadan uzoqlarga tikilib o‘tirardi. Quyosh botayotgan ufq shaharni oltin rangga bo‘yab, uning yuragida qandaydir bo‘shliq qoldirayotgandek edi.
U Ispaniya malikasi edi. Lekin u hech qachon bu taxtni xohlamagan.
Saroy ichkarisida qizning opasi, Sofiya, har doimgidek otasi bilan birga rasmiy ishlarni muhokama qilardi. Roseanna esa tashqariga chiqa olmasdi. Uning hayoti faqat oltin qafas ichidagi hayot edi.
Otasi Qirol Felipe hech qachon unga mehr berib qaramagan. Uning barcha mehr-muhabbati Sofiyaga tegishli edi. Roseanna esa faqatgina soyadek yashab kelardi.
U xonasida yolg‘iz o‘tirar, K-Pop musiqalarini eshitardi. Ayniqsa, BTS guruhining musiqasi uning yuragini junbushga keltirardi. Ayniqsa… Park Jiminning ovozi unga taskin berardi.
– "Men ham shunaqa hayot kechirganimda qanday bo‘lardi?" – o‘zicha xayol surdi.
Hamma Roseannani kelajak malikasi deb bilardi, lekin u… idol bo‘lishni xohlardi.
Bir kuni u hayotini o‘zgartirishga qaror qildi. U Ispaniyadan qochib, Koreyaga borishga va idol bo‘lish uchun kastinglarda qatnashishga qaror qildi.
Bu qanchalik jinnilik ekanini bilardi. Lekin yuragi unga: "Sen taxt uchun emas, orzularing uchun tug‘ilgansan", deb shivirlardi.
– "Mayli, men hech kimning malikasi bo‘lishni xohlamayman!" – dedi Roseanna chamadonini yig‘ishtirib.
U saroydagi qo‘riqchilarni aldab, tun bo‘yi Madrid aeroportiga yo‘l oldi. Yuragi tez urardi. Chunki u hayotida birinchi marta o‘z taqdirini o‘zi belgilayotgandi.
Biroq Koreyaga yetib kelishi bilan… hech narsa o‘ylagandek silliq kechmadi.
Seulga kelgan Roseanna uchun hayot oson bo‘lmadi. U kastinglarga borardi, lekin hech qaysisidan o‘ta olmasdi. Biroq bir kun… unga kutilmagan imkoniyat paydo bo‘ldi.
Uning do‘sti uni BigHit Entertainment ofisiga olib bordi. Roseanna orzu qilgan joyga kirganini bilib, hayajondan yuragi shiddat bilan urar edi.
Lekin… u yerdagi muhit hayratlanarli darajada qat’iy edi. Idollarni tayyorlash jarayoni juda qattiq edi.
Roseanna ofisda adashib qolganda, birdan kimdir unga kelib urildi.
– "Oh! Kechirasiz!" – dedi Roseanna sarosimada.
Ammo boshini ko‘targanida, uning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
– "Yangi treynilardanmisan?"
Roseanna esa so‘zsiz qotib qolgandi. Oldida butun hayoti davomida orzu qilgan insoni turardi.
– "Men… men…" – dedi u ovozi titrab.
Jimin esa unga boshidan oyoq razm soldi va jilmayib, sekin dedi:
– "Sen… men avval ko‘rgan eng g‘alati insonsan."
Shu kundan keyin Roseanna Jimin bilan tez-tez to‘qnashib qola boshladi. U kastinglarga qatnashar, o‘zining mahoratini isbotlashga harakat qilardi. Jimin esa unga o‘ziga ishonch berardi.
Oradan oylar o‘tdi. Roseanna nihoyat katta kastingdan o‘tdi va rasmiy ravishda idol bo‘lishga qadam qo‘ydi.
Ammo eng qiziq jihati… u asta-sekin Jimin bilan yaqinlasha boshladi.
Ularning do‘stligi haqiqiy tuyg‘ularga aylanib borardi.
– "Sen hech qachon oilangdan qochganingga afsus qilmaysanmi?" – deb so‘radi Jimin bir kuni.
– "Yo‘q. Chunki men o‘z dunyoyimni yaratmoqchiman."
Jimin uning qo‘liga ohista tegizdi va jilmayib dedi:
– "Balki men ham o‘sha dunyoyingda bo‘lishim kerakdir?"
Roseanna yuragi shiddat bilan urayotganini sezdi.
Seulning yorqin chiroqlari ostida Roseanna nihoyat o‘zini ozod his qilayotgandi. U endi qirollikdan qochgan, yo‘qolgan malika emas, balki Koreyada yangi hayot boshlagan qiz edi. Endi u o‘z orzulari sari borayotgan idol edi.
Jimin bilan bo‘lgan munosabatlari esa kun sayin yaqinlashardi. Roseanna unga qanchalik bog‘lanayotganini sezardi. Lekin… u bu hisni tan olishga hali tayyor emasdi.
Ammo taqdir unga yana bir sinov tayyorlab qo‘ygandi.
Bir kuni u kompaniyada mashg‘ulot qilib bo‘lgach, kiyinish xonasiga kirdi. Telefoni tinmay jiringlardi. Noma’lum raqam.
U javob berdi.
– "Alo?"
Sukut. Keyin esa tanish, lekin uzoqdan eshitiladigan ovoz:
– "Roseanna…"
Qiz yuragi qattiq urib ketdi. Bu ovozni u butun umr eshitib kelgan, lekin hech qachon mehr topa olmagan odamga tegishli edi.
– "Siz?! Qanday qilib…"
– "Tezda Madridga qayt. Bu ahmoqlik yetarli bo‘ldi!" – dedi otasi qat’iy ohangda.
Qizning qo‘llari titray boshladi. Ota mehri umidida yillar davomida qiynalgan qiz birdan unga buyruq ohangida gapirilayotganini eshitib, yuragi og‘ridi.
– "Men qaytmayman." – dedi u sovuq ohangda. – "Endi o‘z hayotimni o‘zim tanlayman."
– "Sofiya turmushga chiqmoqda," – dedi qirol. "Va biz oilamizning to‘liq tarkibda bo‘lishini istaymiz."
Roseanna uning bu gapidan kulgisi kelib ketdi.
– "Oila? Siz mendan voz kechganingizni unutdingizmi?"
Sukut. Qirol Felipe bir lahza jim qoldi, keyin esa ancha pastroq ohangda gapirdi:
– "Men faqat sening xavfsizligingni o‘ylayapman. Sening bu Koreyada nima qilayotganingni bilamiz. Malika bo‘lish o‘rniga sahnada raqsga tushmoqchisanmi?"
Qiz lablarini tishladi. U otasining bu gaplariga chidashni xohlamasdi.
– "Ha, men shu hayotimni tanladim. Va hech qachon ortga qaytmayman!"
Shu payt eshik ochildi va Jimin xonaga kirdi. U qizning rangsiz yuzini ko‘rib, xavotirlandi.
– "Hammasi yaxshimi" – deb so‘radi u.
Qiz unga tikildi. Jiminning nigohlarida haqiqat bor edi. Mehr bor edi.
Nima bo‘lsa ham, Roseanna ortga qaytishni xohlamasdi. Endi emas.
Oradan bir hafta o‘tib, Roseanna mashg‘ulotda charchaganidan so‘ng Jimin bilan kechki ovqatlanishga qaror qildi. Ular Seul markazidagi shinam restoranda o‘tirib, kulib suhbatlashishardi. Roseanna hayotidan rostdan ham zavqlanayotganini his qildi.
– "Sen menga qanday o‘rgatding?" – dedi Roseanna jilmayib.
– "Nimani?"
– "O‘zimga ishonishni."
Jimin kulib qo‘ydi.
– "Seni birinchi uchratganimdayoq, sen juda kuchli inson ekaningni bilganman. Sen faqat bu kuchingni o‘zing sezmas eding."
Roseanna unga minnatdor nigoh bilan boqdi. Jimin esa shunchaki jilmayar, go‘yo hech qanday muammo yo‘qdek tuyulardi.
Birdan restoranga qora kostyum kiygan ikki odam kirdi. Ularning chehralari jiddiy edi. Qiz ularni darrov tanidi.
Bu otasi yollagan odamlar edi.
Ularning biri stolga yaqinlashdi va qizga pas ovozda gapirdi:
– "Malika, siz bilan gaplashishimiz kerak."
Roseanna yuragi shuv etib ketdi. Jimin esa hech narsaga tushunmay, qizga qaradi.
– "Kim bu odamlar?"
Qiz titrab turib o‘rnidan turdi.
– "Men buni hal qilishim kerak."
Lekin Jimin uni ushlab qoldi.
– "Yo‘q. Agar bu odamlar seni shunday hayajonlantirgan bo‘lsa, men ham bilishim kerak."
Qo‘riqchilar qizga keskin tikilishdi.
– "Biz sizni ortga qaytarish uchun keldik," – dedi ulardan biri. – "Qirol sizga o‘zi tushuntiradi. Mashinada sizni kutmoqda."
Roseanna titrab ketdi. U orzularidan voz kechishni istamasdi. Lekin qirollik muammolari undan hech qachon voz kechmasdi.
Jimin qizga qaradi. Keyin u jiddiy qiyofaga kirdi.
– "U biror joyga bormaydi."
Qo‘riqchilar bir-biriga qarashdi.
– "Park Jimin, bu sizning ishingiz emas."
– "Agar Roseanna ketishni istamasa, hech kim uni majburlay olmaydi."
Qi ilk bor kimdir uni shunday himoya qilayotganini his qildi.
Otasi o‘z odamlari orqali uni ortga qaytarishga harakat qilayotgan edi, lekin qiz bu safar taslim bo‘lmasdi.
Jimin unga bir qadam yaqinlashdi.
– "Agar sen istasang, men sen bilanman." Qiz yuragi shiddat bilan urayotganini his qildi. Birinchi marta kimdir unga shunchalik ishonch bilan gapirayotgan edi.
Restorandan chiqqanidan keyin qiz chuqur nafas oldi. Seulning tungi havosi ham uni tinchlantira olmasdi. Qirollik yana unga o‘z panjasini uzatgan edi.
Jimin uning yonida jim turardi. Nihoyat Roseanna gapirishga jur’at topdi.
– "Sen aralashishing shart emas edi."
Jimin unga jiddiy qaradi.
– "Men seni shunchaki ularning qo‘liga topshirib qo‘yishimni kutdingmi?"
Roseanna jim qoldi. Ha, Jimin uni himoya qildi, lekin qirollikni oddiy odamlar tushuna olmasdi.
Shu payt yana telefon jiringladi.
"Dadam"
Qiz nafasini ichiga yutib, javob berdi.
– "Qiziq, endi mening odobim ham yo‘qoldimi?" – otasi sovuq ohangda gapirdi. – "Mening odamlarimni haqorat qilib haydading."
– "Men hech qayerga bormayman."
Qirol Felipe kulib qo‘ydi.
– "Demak, shu bolaga ishonasan? Seni birinchi kelgan kuningdanoq qoldirgan bo‘lsa-chi?"
Roseannaning yuragi shuv etib ketdi.
– "Bu nima deganing?"
– "U kompaniya talabiga ko‘ra sen bilan yaqinlashganini bilmaysanmi?"
Roseanna shokka tushdi. Bu yolg‘on bo‘lishi kerak.
– "Qizim, bizning hayotimiz soxta emas. Ammo sening yoningda kim borligini yaxshilab o‘yla."
Roseanna hech narsa demay, suhbatni tugatdi. Qo‘llari titray boshladi.
Jimin unga tashvish bilan qaradi.
– "Hammasi yaxshi-mi?"
Roseanna unga tik qaradi.
– "Menga rostini ayt."
Jimin hech narsaga tushunmay, boshini qiyshaytirdi.
– "Nimani?"
Roseanna yuragini hovuchlab so‘radi:
– "Meni kompaniya so‘roviga ko‘ra himoya qilganmisan? Hammasi shunchaki shou bo‘lganmi?"
– "Javob ber, Jimin!"
Jimin unga yaqin keldi, qo‘llaridan tutmoqchi bo‘ldi, lekin qiz orqaga tisarildi.
Roseanna bir qadam orqaga chekindi.
– "Demak, sen ham meni yolg‘on bilan aldading…"
Jiminning yuragi siqildi.
– "Lekin men o‘sha paytda seni endi tanigandim! O‘sha paytda bu shunchaki biznes edi… Lekin hozir emas!"
Roseanna og‘riq bilan jilmaydi.
– "Qirollikda bo‘lish yoki bo‘lmaslikdan qat’i nazar, men doim yolg‘on ichida yasharkanman."
Jimin uni ushlashga harakat qildi, lekin Roseanna chetlab o‘tdi.
– "Ketaylik, iltimos…" – Jimin yumshoq ovozda gapirdi. – "Bu muhokama qilishimiz kerak bo‘lgan narsa."
Lekin Roseanna uni eshitmadi. U shunchaki yura boshladi. Orqaga qaramasdan.
Jimin esa joyida qotib qoldi. U Roseanna uchun haqiqatga aylanganini kech anglagandi.
Oradan ikki kun o‘tdi. Roseanna hech kim bilan gaplashmadi. Jimin esa uni qidirayotgan edi.
Ammo Roseanna uchun yana bir kutilmagan mehmon yetib kelgan edi.
Madriddan Seulga kelgan Sofiya.
Opasi bilan uzoq vaqtdan beri iliq munosabatda bo‘lmagan Roseanna uning kelishidan hayratda edi.
Sofiya chiroyli bejirim ko‘ylakda, o‘ziga ishonch bilan u bilan kafeda uchrashdi.
– "Roseanna, sen o‘z hayotingni rasvo qilmoqchisanmi?" – Sofiya dasturxonga ohista suyanib gapirdi.
Roseanna unga sovuq tikildi.
– "Bu mening hayotim. Uni qanday yashashni o‘zim tanlayman."
– "Bu hayot seni qiynaydi. Sen qirollik oilasisan, odamlar seni doim nazorat qiladi. Agar idol bo‘lsang, do‘stlaring ham, sevgiling ham cheklangan bo‘ladi."
– "O‘zim hal qilaman."
Sofiya ozgina jim bo‘ldi, keyin esa past ovozda so‘zlashni boshladi:
– "Jimin senga qanchalik bog‘langanini bilaman. Lekin qirollik ham o‘z panjasini senga tashlagan. Seni bu yo‘lda har qanday bahona bilan tushirishadi. Hatto…"
Roseanna chuqur nafas oldi.
– "Nima demoqchisan?"
Sofiya stakandagi qahvasini aylantirib, ko‘zlarini toraytirdi.
– "Agar sen qirollikka qaytmasang, otam Jimin haqida yomon mish-mishlar tarqatadi."
Roseanna sovuq terga tushdi.
Sofiya jilmaydi.
– "Otam seni qaytarish uchun Jiminga zarar yetkazadi. "
Roseanna Jiminga hech qanday zarar yetishini istamasdi. Ammo u qirollikning kuchini juda yaxshi bilar edi.
Sofiyaning so‘zlari Roseannaning ongida aylanardi. Agar u qirollikka qaytmasa, otasi Jimin haqida mish-mishlar tarqatishini aytdi. Bu shantaj edi.
Roseanna og‘ir nafas oldi.
– "Qirollik odamlarni qanday boshqarishni yaxshi biladi, shunday emasmi?" – u jahl bilan so‘zladi.
Sofiya bemalol jilmaydi.
– "Sen qirollik qonunlari bilan tug‘ilgansan. O‘zing istaysanmi yoki yo‘q, ahamiyati yo‘q."
– "Nega bu safar sen ham otam tomonidassan?" – qiz opasiga g‘azab bilan tikildi.
Sofiyaning jilmayishi so‘ndi.
– "Men sening opangman, Roseanna. Otam senga mehr bermagani rost, lekin men hech qachon sening yomon bo‘lishingni istamayman."
Roseanna unga ishonishni istardi. Lekin qirollik o‘zining muqaddas qoidalariga qarshi chiqadiganlarni kechirmasligini ham bilar edi.
– "Jiminning obro‘siga tegmasliklari uchun nima qilishim kerak?" – Roseanna charchoq bilan so‘radi.
Sofiya stol ustiga ohista suyanib, unga tikildi.
– "Qirollikka qayt. U yerda senga yetarlicha nufuz va kuch beriladi. Jimin esa o‘z yo‘lida davom etadi. Hech kim zarar ko‘rmaydi."
Bu qiz uchun azob edi. Jimin uchun shunchaki yo‘q bo‘lib ketish…bu uning yuragini buzardi.
Lekin u Jiminga zarar yetishini istamasdi.
– "Agar shunday qilsam, siz Jiminni tinch qo‘yasizmi?"
Sofiya chuqur nafas oldi.
– "Ha. Seni qaytishing otam uchun ham, qirollik uchun ham yaxshi bo‘ladi."
Qiz ko‘zlarini yumdi. Yuragi ezilib borardi.
– "Men o‘ylab ko‘raman."
Sofiya qoniqqan holda bosh irg‘adi.
– "Buni senga maslahat sifatida aytdim. Chunki seni hali ham yaxshi ko‘raman."
Roseanna hech narsa demadi. Opasi ketgandan keyin uzoq o‘yga cho‘mdi.
Jimin bir necha kundan beri Roseanna bilan bog‘lana olmasdi. Uning xonadoni oldiga kelganida esa uni shaxsan ko‘rdi.
Roseanna eshik oldida turardi. Yonida bir nechta chamadon bor edi.
– "Roseanna… sen qayerga ketyapsan?"
Roseanna unga majburlik bilan jilmaydi.
– "Seulga kelganim adashish edi, Jimin. Men qirollikka qaytishim kerak."
Jimin uning ko‘zlariga tikildi.
– "Sen bunday qarorga o‘zing keldingmi?"
Qiz undan nigohini olib qochdi.
– "Bu men uchun eng to‘g‘ri yo‘l."
Jimin unga yaqinlashdi, sekin qo‘llarini tutmoqchi bo‘ldi.
– "Men sendan voz kechmayman."
Roseannaning ko‘zlari namlandi.
– "Men senga hamma narsa faqat vaqtinchalik ekanligini aytganman, Jimin."
Jimin yuragini siqib, uning qo‘lini mahkam ushladi.
– "Men seni shunchaki taqdirga topshirib qo‘ya olmayman!"
Roseanna mayin jilmaydi.
– "Ba’zan qirollikda odam o‘zini qurbon qilishi kerak bo‘ladi."
Jimin uni bag‘riga tortmoqchi bo‘ldi, lekin Roseanna orqaga chekindi.
– "Seni yaxshi ko‘raman, Jimin. Lekin bu yetarli emas."
Shundan keyin qiz ortga burilib, sekin yurib ketdi.
Jimin uning ortidan ketishni istardi, lekin bu Roseannaning qarori edi.
Sevgi va qirollik o‘rtasidagi jangda Roseanna qirollikni tanlagan edi.
Samolyot derazasidan tashqariga termulgan Roseanna, quyosh nurlarida yaltirab turgan bulutlarga qarab chuqur xo‘rsindi. Koreyadagi hayoti, sahnadagi yulduzli onlari, ayniqsa — Jimin bilan o‘tkazgan har bir daqiqasi, yuragining eng nozik joyida iz qoldirgan edi.
Uning qulog‘ida Jiminning sahnadagi pichirlab aytgan so‘zlari yana jarangladi:
“Sen bu dunyoda qayerda bo‘lishingdan qat’iy nazar, men seni bir kuni albatta topaman.”
Ko‘zlarida yosh jilvalandi.
Ispaniya ...
Qadimiy saroy zinapoyalaridan sekin qadam tashlayotgan Roseanna endi boshqa inson edi. U endi sahnaga oshiq bo‘lgan beozor malika emas, balki ko‘ngli vayron, ammo ko‘zlariga dadillik quyilgan yosh ayol edi.
Qirol otasi uni kutib turardi.
— “Roseanna, sen nihoyat qaytding. Endi sen oʻzingning munosib joyingni topding. "
Roseanna jim turdi. Yuragi ich-ichidan qichqirardi: "Men bu taxtni emas, o‘sha birgina daqiqalarni, sahnadagi ozodlikni va… Jiminni istayman."
Ammo u jim turdi. Saroy devorlari ortidagi his-tuyg‘ularni hech kim tushunmasdi…
Oradan 3 yil vaqt oʻtdi...
Koreyadagi mashhur yulduz, sahnani yorituvchi tabassum egasi – Park Jimin, bugun biroz boshqacha edi.
BTS xonasi shovqin bilan to‘lgan bo‘lsa-da, u jim. Derazadan ko‘rinayotgan Ispaniya manzarasiga uzoq tikilardi.
— "Jimina, hammasi joyidami?" — deb so‘radi Jungkook, uning yoniga kelib.
Jimin bosh irg‘ab qo‘ydi, ammo yuragi... yuragi hanuz o‘sha yillarda qolib ketgandi.
U uch yildan beri uning ismini tilga olmagan. Lekin har bir qo‘shig‘ida, har bir harakatida, hatto har bir konsertdan keyingi sukunatda — Roseanna yashardi.
Bugun ular Ispaniyaga yetib kelishgandi.
Jimin ichida o‘chmagan umid bilan nafas oldi. U bir kun uni yana ko‘rishiga ishonardi.
— "Men seni topaman, Roseanna... Sen qayerda bo‘lsang ham."
Konsert oldidan barcha mashg‘ulotlar o‘z maromida ketmoqda edi. Mashq zalida BTS a'zolari raqs harakatlarini sinchkovlik bilan takrorlab, sahna joylashuvlarini muhokama qilardi.
Jimin yelkasidan sochi siljiganini his qilgandek, terini artib, o‘sha eski o‘ylar ichiga yana botdi.
Shu payt yondagi televizorda yangiliklar boshlandi. Jungkook pultni olib ovozini biroz ko‘tardi. Reporterning jiddiy ovozi zaldagi shovqinni bosdi.
“Bugun Ispaniya qirolligi yangi siyosiy qarorlar bilan xalq e’tiborida. Uch yillik xorijdagi yashirin hayotidan so‘ng, malika Roseanna Eléna de Navarra nihoyat qirollik saroyiga qaytdi. Qirol oilasi bu yil uni rasmiy voris sifatida e’lon qilishi kutilmoqda.”
Jimin qotib qoldi.
U asta, sekin boshini televizorga burdi. Ekranda Roseanna. U qirollik libosida, otasi bilan yonma-yon yurardi. Qadamlarida sobitlik, ko‘zlarida esa beg‘amlik aralash bir og‘riq. Ammo Jimin u nigohni tanirdi — bu Roseanna edi. U sevgan, yuragida asragan qiz.
Jungkook unga qaradi.
— "Jimin... bu o‘sha qizmi? O‘sha Roseanna?"
Jimin chuqur nafas oldi, ko‘zlarini ekrandan uzmadi.
— "Ha..." – dedi u pichirlab.
Oradan 2 kun oʻtdi.
Ispaniyaning qadimiy shahri Madrid bugun oʻzgacha hayajon bilan yashamoqda. Mashhur k-pop guruhi BTS ning konserti shahar markazidagi ulkan stadionda boʻlib oʻtmoqda. Minglab muxlislar , yorqin chiroqlar ,quloqni qomatga keltiradigan musiqa- hammasi bir joyga jamlangan.
Jimin sahnaga chiqish oldidan yuragi tez urmoqda. Bu odatiy hayajon emas edi. Uning yuragi ich-ichidan bir narsani sezayotgan edi . U ozini tinchlantirishga harakat qilib chuqur nafas oldi va dedi:
~ Bu shunchaki navbatdagi konsert . Hammasi yaxshi boʻladi.
Ammo ichki ovoz unga tinchlik bermasdi.
Roseanna stadionning VIP sektorida o‘tirardi. Uning yonida esa yangi unashtirilgan yigit — Alejandro, Ispaniya aristokratiyasidan chiqqan, kelishgan va hurmatga sazovor inson. Alejandro Roseannaning qo‘lini mahkam ushlab, qulog‘iga pichirladi:
~ "Azizam, bu guruhni sen yoqtirishingni bilardim. Umid qilamanki, konsertdan zavq olasan."
Roseanna jilmayishga harakat qildi, lekin yuragi boshqa joyda edi. U sahnaga termulib, o‘zini yo‘qotgandek his qildi. Jimin bilan o‘tgan xotiralar, Koreyada kechgan unutilmas onlar ko‘z oldida jonlandi.
BTS guruhi sahnaga chiqdi. Musiqa boshlandi, muxlislar hayqirardi. Jimin mikrofonni qo‘liga olib, qo‘shiqni boshladi. Uning ko‘zlari tomoshabinlar orasida nimanidir qidirayotgandek edi. Birdan, u Roseannaning nigohini tutib oldi.
Vaqt bir lahzaga to‘xtaydi...
Atrofdagi shovqin, musiqa, yorug‘liklar — hammasi yo‘qolgandek bo‘ldi. Faqat ikkita yurak — Jimin va Roseannaning yuraklari bir-birini his qilardi. Ularning ko‘zlari bir-biriga mixlanib qoldi.
Jimin pov*
"Bu haqiqatmi? Yo‘q, bu tush bo‘lsa kerak. Uch yil... va endi u shu yerda. Lekin... uning yonidagi kim?"
Roseanna pov*
"Jimin... Seni yana ko‘rishimni hech o‘ylamagandim. Lekin men endi boshqa birovga unashtirilganman. "
Alejandro Roseannaning diqqatini sezdi va uning nigohini kuzatib, Jimin ga qaradi. U hech narsani tushunmadi, lekin Roseannaning qo‘lini biroz mahkamroq ushladi.
Musiqa davom etadi
Jimin o‘zini qo‘lga olib, qo‘shiqni davom ettirdi, lekin yuragi og‘rirdi. Uning har bir so‘zi, har bir notasi Roseannaga atalgan edi. Qiz esa ko‘z yoshlarini yashirishga harakat qilib, boshini egdi.
Qo‘shiq tugadi, BTS sahnani tark etdi. Jimin yuragi g‘ash bo‘lib, sahna ortiga o‘tdi. Uning ichida minglab savollar girdobi aylanardi. Roseanna esa Alejandro bilan stadionni tark etar ekan, yuragida og‘ir bir yukni his qildi.
Konsert nihoyasiga yetdi. Muxlislar sekin-asta stadionni tark eta boshlashdi. Lekin Jiminning yuragi hanuz tinchlanmadi. U sahna ortida , yuragidagi ogʻriqni bosishga urinib , chuqur nafas olardi.
Jungkook uning yoniga kelib , yelkasiga qoʻlini qoʻydi.
~ "Jimina, hammasi joyidami?" — deb so‘radi u, do‘stining ko‘zlaridagi g‘amni sezib.
Jimin bosh irgʻab ,jilmayishga harakat qildi, lekin koʻzlaridagi ogʻriqni yashira olmadi.
~Ha yaxshi faqat ... biroz charchadim.
Jungkook unga ishonchsizlik bilan qaradi ,lekin ortiqcha savol bermadi.
Ayni vaqtda Roseanna va Alejandro....
Roseanna va Alejandro stadiondan chiqqach mashinasi tomon yurdi. Uning yuragi tez urar , xayolida Jiminning tasviri jonlanardi. Alejandro uning qolini ushlab jilmaydi
~Konsert yoqdimi azizam? ,-deb soʻradi.
Roseanna jilmayishga harakat qildi ,lekin ovozi titradi.
~Ha. Bu juda ajoyib edi.
Alejandro uning yuziga qarab ,nigohidagi gʻamni sezdi.
~Hammasi joyidami?Nimadir bezovta qilyaptimi?
Qiz boshini chayqab jilmaydi.
~Yo'q hammasi yaxshi. Faqat biroz charchadim.
Alejandro uning peshonasidan oʻpib ,eshikni ochdi.
~Unda uyga borib dam olamiz.
Qiz mashinaga otirar ekan ,yuragidagi ogʻriqni bosishga harakat qildi.
Ertasi kuni Madridning markaziy bog‘ida Roseanna yolg‘iz sayr qilardi. Yuragidagi chalkash his-tuyg‘ularni tartibga solishga urinardi.
U bir daraxt soyasida o‘tirib, ko‘zlarini yumdi. Birdan, orqadan tanish ovoz eshitildi:
— "Roseanna?"
U ko‘zlarini ochib, orqasiga qaradi. Qarshisida Jimin turardi. Yuragi bir zum to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
— "Jimin..." — deb pichirladi u.
Ular bir-biriga tikilib qoldilar, vaqt to‘xtagandek edi. Jimin sekin qadam tashlab, uning yoniga keldi.
— "Seni yana ko‘rishimni hech o‘ylamagandim," — dedi Jimin, ovozi past va hissiyotga to‘la.
Roseanna ko‘zlarini pastga tushirdi.
— "Men ham..."
Jimin uning qo‘llarini ushlamoqchi bo‘ldi, lekin Roseanna biroz orqaga chekindi.
— "Jimin, men... unashtirilganman."
Jiminning yuzi oqarib ketdi. Yuragi og‘riq bilan siqildi.
— "Kimga?" — deb so‘radi u, ovozi titrab.
— "Alejandro. U yaxshi inson. Oilam bilan kelishuv tuzilgan."
Jimin bir qadam orqaga chekindi, ko‘zlarida og‘riq va tushkunlik aks etardi.
— "Sen uni sevasanmi?" — deb so‘radi u, ko‘zlarini Roseannaga tikib.
Qiz jim bo‘lib qoldi, ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi.
— "Jimin, bu murakkab narsa..."
Jimin chuqur nafas oldi, ko‘zlarini yumib, so‘ng yana ochdi.
— "Agar sen baxtli bo‘lsang, men ham baxtliman," — dedi u, so‘zlari yuragini og‘ritayotgan bo‘lsa-da.
Roseanna ko‘z yoshlarini artib, jilmayishga harakat qildi.
— "Rahmat, Jimin. Sen doimo mening yuragimda bo‘lasan."
Jimin bosh irg‘adi, so‘ng orqasiga burilib, sekin yurib ketdi. Roseanna uning ortidan qarab qoldi, yuragida og‘ir bir bo‘shliq bilan.
Alejandro kechki ovqat paytida Roseanna bilan o‘tirar ekan, uning ko‘zlaridagi g‘amginlikni sezdi. Yuragida shubha paydo bo‘ldi va u muloyimlik bilan so‘radi:
— "Roseanna, sening qalbingda nimadir borligini sezayapman. Menga ayta olasanmi?"
U chuqur nafas oldi, ko‘zlarini pastga tikdi va sekin gapira boshladi:
— "Alejandro, men senga hamma narsani aytishim kerak. O‘tgan kuni bog‘da... Jimin bilan uchrashdim."
Alejandro bir lahzaga jim qoldi, so‘ng muloyimlik bilan so‘radi:
— "Jimin... sening o‘tmishingdagi insonmi?"
Qiz bosh irg‘adi, ko‘zlarida yosh bilan:
— "Ha. Biz bir vaqtlar birga bo‘lganmiz. Men uni hanuz unutolmadim."
Alejandro uning qo‘lini ushlab, ko‘zlariga tikildi:
— "Roseanna, men seni baxtli bo‘lishingni istayman. Agar Jimin bilan baxtli bo‘lsang, men senga to‘sqinlik qilmayman."
Roseanna hayrat va minnatdorlik bilan unga qaradi:
— "Alejandro, sen haqiqatan ham oliyjanob insonsanki. Lekin men senga qanday qilib bunday qilaman?"
Alejandro jilmaydi va dedi:
— "Haqiqiy sevgi insonni ozod qiladi. Men seni baxtingni o‘ylayman. Bor, yuragingni tingla."
Roseanna Jiminning mehmonxonasiga bordi. Yuragi tez urar, qo‘llari titrar edi. Eshikni taqillatdi. Bir necha soniyadan so‘ng, Jimin eshikni ochdi va Roseannani ko‘rib, hayratlandi.
— "Roseanna? Nima bo‘ldi?" — deb so‘radi u.
Roseanna ko‘zlarida yosh bilan jilmaydi:
— "Jimin, men seni hanuz sevaman. Alejandro menga seni tanlashimga ruxsat berdi. Agar sen hamon meni sevayotgan bo‘lsang..."
Jimin bir qadam oldinga tashlab, qizni quchoqladi:
— "Men seni hech qachon unutmadim Roseanna."
Ular bir-birlarini mahkam quchoqlab, yuraklari bir urishda davom etdi. Tashqarida esa quyosh botib, yangi bir kunning boshlanishidan darak berardi.
Jimin va Roseanna birga yangi hayot boshladilar. Ularning sevgisi vaqt sinovidan o‘tib, yanada mustahkamlandi. Alejandro esa o‘z yo‘lini topdi va Roseanna uchun chin yurakdan baxt tiladi.
Sevgi ba'zan murakkab bo‘lishi mumkin, lekin haqiqiy sevgi har doim yo‘lini topadi.
Mini fanfikni shu yergacha o‘qigan bo‘lsangiz reaksiya va fikrlarizni albatta bildiring. Umid qilamanki sizga yoqqan!