June 27, 2025

Frozen hearts Ep 6

Bir kuni kechqurun Rona xonasida kitob oʻqigancha oʻtirgan edi. Keyin ovqatlangisi kelib oshxonaga tushdi. Nima tayyorlashni bilmagan qiz oxiri ramyon tayyorlagisi keldi. Endi ramyon tayyorlab boʻlgan edi hamki Taehyung ham kirib keldi....

Rona uni sezmasdan ramyonini gazga pishirayotgan edi hamki toʻsatdan beliga oʻralgan qoʻldan qoʻrqib ketdi. Taehyung uning ortidan turgancha qizning tanasini oʻz tanasiga yaqin tortdi. Sekin qizning qulogʻiga pichirladi:

~ Ramyon tayyorlayapsanmi? Mm menimcha mazzali koʻrinyapti. Men bilan ramyon yeyishga nima deysan?

Qiz uning ayni paytda mast ekanligini sezgani uchun ham javob qaytarmadi. Sekin gazni oʻchirib yuzini Taehyungga qaratdi. Taehyungning qahvarang jozibali koʻzlari unga tikilib turgan yuzi esa ozgina ichkilik sababli biroz qizargan. Qizga bor mehri bilan shunaqangi boqdiki qiz uning koʻzlariga choʻkib ketishga ham shay edi.

~ Taehyung... Menimcha siz mastsiz. Yaxshisi xonangizga olib boraman. Taehyungni suyagancha olib borar ekan katta tana orasida qizning jussasi kichkina boʻlib qolgandi. Sekin xona eshigini ochib ichkariga amallab kirar ekan bir vaqt oyogʻi nimadirga toyib ketdi va Taehyung bilan birga yotoqxona ustiga yiqildi.

Qiz katta tana va yotoqxona orasida qolib ketdi. Oʻrnidan turmoqchi boʻldi ammo ustida turgan Taehyung toʻsatdan lablarini birlashtirdi. Qiz hali oʻzini oʻnglamasidan olingan boʻsa unga gʻalati tuyuldi. Taehyung undan xuddi suvsizlikda qolib ketgan tashna insondek qattiq boʻsa olardi. Qizga bu yoqmagani uchun undan oʻzini olib qochmoqchi boʻldi. Ammo Taehyung yana uni bagʻriga qayta mixladi va uning iforidan hidladi.

~ Men bu lahzani uzoq kutdim. Ayni damda seni juda ham istayman. Kel bugun soxta turmushimizga yakun yasab , yangi haqiqiy hayotni boshlaymiz...

Rona pov*

~ Men hozir qanday javob qilishni bilmayman. Ammo uning menga shu vaqtgacha bergan yordami mening ogʻir hayotimdan olib chiqdi. U esa borgan sari mening ideal tipimdagi insonga aylanmoqda. Hozir... Nima deb javob qaytarishni bilmayman ham.
~ Qani gapir?! Sen meni yoqtirasan toʻgʻrimi? Tiling yolgʻon soʻzlasa ham koʻzlaring va mana bu yuraging menga yolgʻon gapira olmaydi...
~ Men... Men...haligi ...

U javob berishimni ham kutmasdan meni qattiq bagʻriga bosdi. Issiq va muloyim harakat. Yuragim hayajondan qattiq urmoqda. U ham buni sezib turibdi. Sekin meni koʻtargancha yotoqxonaga yotqizdi. Asta sekin oʻz kiyimlarini yechib tashladi. Men tungi pichamada boʻlganim uchun tezda undan ham xalos qildi.

~ Menga ishonasanmi?...
~ Ha...
~ Unda har bir lahzadan men bilan rohatlan...

||Xullas uyogini tushundilarku kmmm kmmm holati....||

Erta tong quyoshi yotoqxona uzra nurlarini sochar ekan betartib xonaning burchaklarida kiyimlar yotadi. Yotoqxonada yigit qizni bagʻriga bosgancha uxlab yotardi. Qiz ham uning bagʻrida osoyishta koʻksiga boshini qoʻygancha yotar ekan telefon qoʻngʻirogʻi ikkisini ham uygʻonishga majbur qildi. Taehyung sekin koʻzlarini ochib bagʻrida yotgan qizni uygʻotmasdan telefon qoʻngʻirogʻiga javob berdi:

~ Eshitaman?!

~ Xayrli tong Janob Kim sizni bezovta qilganimdan afsusdaman ammo muammo chiqdi. Omborxonada yongʻin chiqibdi. Natijada xomashyolarning bari yonib ketgan. Tezda yetib kelmasangiz boʻlmaydi. Politsiya xodimlari surishtiruv ishlarini boshlagan.

~ Tushunarli.

Rona shovqindan koʻzlarini ochganida Taehyung kim bilandir suhbatlashayotgan edi. Taehyung qizning uygʻonganini sezib qizning sochlarini siladi.

~ Uygʻondingmi baby? , Taehyung sekin qizning peshonasini oʻpib qoʻydi.

~ Ha. Qayergadir ketasizmi? Bugun yakshanba kuniku? , qiz erkalanib lablarini ishirdi.

Taehyung jilmaygancha qizning lablariga mayin boʻsa olib:

~ Tezda qaytaman baby. Men kelgunimcha tayyorlanib tur. Senga syurpriziz bor .

Taehyung yotoqdan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Rona ham tezda yuz-qoʻllarini yuvib kiyimlarini taxlab qoʻyadi. Yengil nonushta tayyorlab oʻzi uni pastda kutdi. Taehyung shoshilayotgani uchun nonushta ham qilmadi. Rona uni eshikdan kuzatar ekan ketishidan oldin qattiq quchoqlab oldi.

Taehyung ketgach Rona oʻzi nonushtani yeb olib oʻzi ham qolgan darslarini tayyorladi. Bu vaqt yil oxiri boʻlgani uchun tez orada yakuniy sessiyalar boshlanish arafasida edi.

Taehyung omborxonaga yetib borganida allaqachon atrofni politsiya xodimlari oʻrab olgan va tergov ishlari boshlangan edi .

Shu bilan birga baʼzi jurnalistlar ham voqeadan xabar topib tezda Taehyungni koʻrgach atrofini oʻrab olishdi.

~ Janob Kim omborxonangizga kim zarar bergan deb oʻylaysiz?
~ Janob Kim endi kompaniya kelajagi haqida nima deya olasiz? Hamkorlaringiz bunga qanday munosabatdasiz?

Shunga oʻxshash savollar bilan oʻzlaricha maʼlumot olishga kirishishdi. Taehyung ularga eʼtibor bermasdan toʻgʻri ichkariga kirdi. Ichkarida uni kutib turgan politsiya xodimlari tezda ish haqida maʼlumot bera boshlashdi:

~ Janob Kim biz barcha topgan dalillarimizga koʻra bu hodisa atayin uyushtirilgan. Unga koʻra 27-28 yoshlar atrofidagi nomalum shaxs soat 23:50 lar atrofida omborxonaga yashirincha kirgan va qasddan portlovchi modda va benzin orqali omborni yoqishga uringan. Bu nomalum shaxsni haqida hozircha aniq maʼlumot yoʻq...

Taehyung dalillarni koʻzdan kechirish davomida bitta kichkina taqinchoqni korib qoldi. Taehyung unga uzoq tikilib turar ekan yodiga 7 yil oldingi voqealar jonlandi .

Flashback 7 yil oldin... Busan...

Kechki uchrashuvdan yigit va qiz qaytar ekan ikkisi ham bundan baxtiyor edi. Qiz jilmaygancha yigitning koʻzlariga boqdi va uni quchib oldi.

Bugungi kuningni menga bagʻishlaganingdan juda ham xursandman. Oilamga ham juda katta yordam berding. Taehyung... Sen juda katta qalb egasisan. Senga bugun kichik sovgʻam bor.

Taehyung qizning baxtiyorligidan u ham bunga javoban jilmaydi .

Xoʻsh , qanday sovgʻa ekan?!

Qiz boʻyi biroz pastroq boʻlgani uchun yigitga egilishini buyurdi. Yigit engashgach qiz uning lablariga oʻzinikini bosdi. Taehyung sira Jenniedan buni kutmagan edi. Qiz boʻsani uzgach yuzlari qip-qizil boʻlib uyalib ketdi.

Buni hech kimga aytma. Ha yana bir narsa mana bu taqinchoq senga. U doim yoningda boʻlsin. Ikkinchi boʻlagi esa menda. Hech qachon meni unutma hop...

Comeback Hozirgi vaqt Seul.

Bu voqeaga ham 7 yil boʻldi. Shundan keyin Taehyung oʻqish bilan Amerikaga ketdi. Qaytib kelganida esa Jennie haqida hech qanday maʼlumot topa olmadi. U Amerikada ekanligida ham qancha qiz bilan bogʻlanishga urindi lekin harakatlari besamar ketdi.

Oradan 7 yil oʻtib birdan bu taqinchoqning paydo boʻlgani yigitga shubhali tuyuldi.

Politsiya xodimlari surishtiruv ishlarini davom ettirdi. Taehyung ham baʼzi ishlarini bitirgach uyga qaytdi.

Rona hali ham tayyor boʻlmasdan nimadandir tayyorlanayotganini koʻrib qoshlarini chimirdi.

~ Nega hali ham tayyor emassan. Boʻlaqol tez ...

Rona tayyor boʻlgach uni dengiz boʻyidagi kafega olib bordi. Rona dengizni juda ham yaxshi koʻrgani uchun bundan albatta terisiga sigʻmay ketdi va Taehyungni qattiq quchoqlab oldi. Ikkisi birgalikda dengizni sayr qilishdi. Yaxtada aylanib ham kelishdi. Kechqurun uyga ikkisi mazza qilib ovqatlanib boʻlgach uyga qaytishdi. Taehyung yana Rona bilan bitta xonada yotishdi. Kunlar shu tarzda ikkisining baxti bilan oʻtib borar ekan Taehyungning ham ahvoli biroz yomonlasha boshladi. Ammo buni qizga sezdirnaslikka harakat qildi. Bir kuni Taehyung kompaniyaga borganida yangi biznes sherigi bilan uchrashuvi bor edi. ( Taehyungning omborxonasi yonib ketgani bilan unda bunga oʻxshash 5-6 ta omborxonasi bor).

Yangi biznes sherigini koʻrib esa koʻzlari katta-katta ochilib ketdi. Bu oʻsha ilk muhabbati boʻlmish Jennie edi .

~ Jennie?!...