Filologiya fakulteti 6-6 UZB 21-guruhida ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazildi
14-noyabr 2024-yil 1-juftlikda Filologiya fakulteti 6-6 UZB 21-guruhi talabalariga "Davlat tilida ish yuritish" fanidan O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. (PhD) G.Y.Samandarova tomonidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazildi.
"Bildirishnoma turlari, zaruriy qismlarini o'rganish" mavzusidagi mazkur amaliy mashg'ulotda bildirishnoma turlari, ularning xususiyatlari, shuningdek, ushbu hujjat turini shakllantirishda e'tibor qaratish kerak bo'lgan asosiy jihatlar birma-bir tahlil qilindi. Dars jarayonida bildirishnomalarda uchraydigan turli xatolar talabalar ishtitokida tuzatildi, zaruriy xulosalar berildi. Amaliy mashg'ulotda turli ko'rgazmali qurollar va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Ochiq amaliy mashg'ulotda kafedra professorlari D.N.Yuldasheva, G.I.Toirova, G.A.Astanova; dotsentlar G.Z.Bozorova, U.Sh.Ahmadovalar ishtirok etishdi.