November 18, 2024

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida 6-1 UZB-24, 6-2 UZB-24 guruh talabalariga “Davlat tilida ish yuritish” fanidan ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi

Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. (PhD) Ahmadova Umidaxon Shavkat qizi tomonidan 2024-yilning 18-noyabr kuni Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida 6-1 UZB-24, 6-2 UZB-24 guruh talabalariga“Davlat tilida ish yuritish” fanidan ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

1-bosqich talabalariga (313-xonada 1-dars juftligida) “Xizmat yozishmalari. Xatlar matni ustida ishlash va shakllantirish” mavzusida belgilangan reja asosida ma’ruza o‘qildi. Ochiq ma’ruza kunning muhim yangiligi bilan boshlandi. 18-NOYABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN ekanligi va bunga 33 yil to‘lganligi eslatib o‘tildi.

Mavzu doirasida muhim va faktik materiallar keltirib tahlil qilindi. Yangi manbalar talabalarga havola qilindi. Xizmat yozishmalari tili, imlosi, uslubi, qurilish qolipi bo‘yicha ma’lumotlar berildi, namunalar keltirildi. Xizmat yozishmalarining vazifasi, telegramma, telefonogramma, manzil, so‘rov xati, iltimos xati, javob xati, ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, da’vo xati, talab xati, axborot xati, kafolat xati kabi turlari tushuntirib o‘tildi. Ochiq ma’ruza jarayonida keys-stadi, aqliy hujum, venn diagrammasi, savol-javob metodlaridan foydalanildi.

Ochiq ma’ruza mashg‘ulotida o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, f.f.f.d. (PhD) dotsent, R.S.Qodirovalar ishtirok etishdi.