November 12, 2025

07.11.2025 Kogon tuman “Geofizika” MFYda “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Adliya vazirligining “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo’yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanish holatini monitoring qilsh chora-tadbirlari to’grisida”gi buyrug’ ijrosini ta’minlash maqsadida, Kogon tuman adliya bo'limi tomonidan "Geofizika" MFYda “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida Kogon tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud komissiyalar tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarining bayoni hamda natijasi bo‘yicha monitoring qilindi va natijasi bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar namunalarini tayyorlab berildi.

Kogon tuman adliya bo‘limi !