03.12.2025-yil Kogon tuman Sorg‘un MFY da “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Adliya vazirligining “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo’yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanish holatini monitoring qilsh chora-tadbirlari to’grisida”gi buyrug’ ijrosini ta’minlash maqsadida, Kogon tuman adliya bo'limi tomonidan "Sorg‘un" MFYda “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Kogon tuman adliya bo‘limi tomonidan ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning muamolari joyida o‘rganilib, fuqarolarning shaxsiy ma‘lumotlari tuman adliya bo‘limi tomonidan qayd qilindi. Undan tashqari fuqarolarning muamolari og‘zaki ravishda arizalari Kogon tuman adliya bo‘limi tomonidan qabul qilindi.