“Tashabbusli budjet” bo‘yicha amalga oshirilgan obodonlashtirish va yo‘llarni ta’mirlash ishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan, tashabbusli budjet orqali ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lib, hududlardagi infratuzilmani, insonlarning turmush sharoitlarnini yaxshilash imkoniyati yaratilgan. 2023-yil Gurlan tumanida o‘tkazilgan "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan 14 ta taklifga jami 16 395 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilgan.
Ana shunday obodlik ishlari tumanning "Eshimjiron" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ta’nishish maqsadida media-tur tashkil qilindi
Joriy yilda o‘tkazilgan "Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsumida g’olib bo’lgan Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarining jami 1,6 km qismiga asfalt yotqizilmoqda.
❗️Ma'lumot uchun: Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijasida "Drujba" MCHJ g‘olib bo‘lgan hamda Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarini asfalt qilish uchun jami 878,3 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.