November 2, 2022

Gurlan tumani 4-sektor rahbari O‘razbayev Alisher tomonidan 5 ta mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Gurlan tuman DSI boshlig‘i 4-sektor raxbari A.O‘razbayev yig‘ilishni ochib, yig‘ilishda ishtirokchilari va kun tartibidagi masala ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 aprel kungi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yigilishining 36-sonli bayoni bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirdi.Ushbu yig‘ilish bayoniniga asosan sektor raxbarlari xar oyda ikki marta Hokim yordamchilari, Yoshlar etakchilari, Mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashib maxallalarda ijtimomiy muommalarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha yangi tizim joriy etish, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga yordam berishni muvofiqlashtirib borish vazifalari, joriy yil 1 iyuldan boshlab xotin-qizlar faollari tomonidan maxallalarda aholi muommalarini o‘rganish va ularni hal etish shuningdek 70 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishini mahallada tashkil etish topshirilganligini aytib o‘tdi. Bunda hotin-qizlar faollari tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi qaror loyhasida nazarda tutilganligini tushuntirib, har bir honadon bir xonadon aholini o‘rganish oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga extiyojini aniqlash, har bir oila uchun alohida ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish murakkab operatsiyalarni amalga oshirish, protez–ortopediya buyumlari bilan taminlash bolalarni bog‘chaga joylash kabi ijtimoiy hizmatlar uchun o‘z tavsiyalari va buyuurtmachilarini berish ijtimoiy himoyaga masul barcha idoralar ishiga baho berish, aholi murojaatlari asosida ijtimoiy xizmatlar o‘z vaqtida va sifatli qo‘rsatilishini doimiy nazorat qilishlari kerakligi yuzasidan yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirib o‘tdi.