August 11, 2022

ASSALOMU ALAYKUM MUHTARAM PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIROMONOVICH!

Sizning tashabbusingiz bilan 2020-yil 6-mart kuni imzolangan «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroringiz biz kabi fermer xo‘jaliklarida mehnat qidayotgan xalqimizning birini ikki qiladigan, kosasini oqartiradigan tarixiy hujjat bo‘ldi.

Binobarin, bu orqali dehqonlarning oyog‘iga tushov bo‘lib kelgan paxta bo‘yicha davlat buyurtmasi bekor qilindi va amaliy harakatlarga keng yo‘l ochildi.

Muhtaram Prezidentim!

Sizning mamlakatimizda paxta xom- ashyosini yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish hamda ushbu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirishning yangi mexanizmlarini belgilab berganingizning o‘zi biz dehqonlarning mehnatimizga berilayotgan ulkan e’tibor va beqiyos hurmat ekanligini yuragimiz to‘ridan his etmoqdamiz.

Aytish joizki, yurtimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan klaster tizimi oxirgi uch yillikning eng muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘ldi.

Sizning qarorlaringiz bilan joriy etilayotgan zamonaviy mexanizmlar agrar sohadagi unumdorlik, demakki, manfaatdorlik, tarmoqda mehnat qilayotgan millionlab insonlarning turmushiga yorug‘lik, farovonlik olib kirayotganiga, hech qanday mubolag‘asiz guvoh bo‘lmoqdamiz.

Men Sizga juda katta minnatdorchiligimni bildiraman, Sizga Yaratgandan sog‘lik- salomatlik, kuch- quvvat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Sizga cheksiz hurmat bilan,

«Oqmon usta» fermer xo‘jaligi rahbari,

Allaberganov Oybek

2022-yil 10-avgust

Gurlan tumani