M U R O J A A T N O M A
Assalomu alaykum tumanimiz aholisi!!!
Barchamizga ma’lumki 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 89-maqsadi “Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” deb nomlanib, unda kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish ustivor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yildi.
Dunyoda global axborot maydonining kengayib borishi natijasida undagi kibermakonda turli xil kiber tahdidlar vujudga kelmoqda.
Hozirgi global axborot maydonda sodir etilayotgan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Xususan, bank-moliya operatsiyalari orqali o‘zgalarning plastik kartadagi mablag‘larini o‘zlashtirish, zararli viruslar tarqatish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar, diniy aqidaparastlikka qaratilgan axborot xurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari ko‘payib bormoqda.
Tumanimizda xam birgina o‘tgan yil davomida jami 101 ta jinoyatlarning aynan kibirmakonda sodir bo‘lganligi tashvishli holat hisoblanadi.
Achinarlisi, axborot texnologiyalari yordamida huquqbuzarlikka va jinoyatga qo‘l urgan shaxslar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
Mazkur jinoyatlarning sodir qilinishi omillari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik holatda fuqarolarimiz axborot maydonida oddiy xavfsizlik talablariga rioya qilmasdan kelayotganligi sabab bo‘lmoqda.
Shu sababli, mobil telefon va boshqa turdagi gadjetlardan foydalanishda quyidagi oddiy xavfsizlik choralariga rioya qilishingiz so‘raladi:
- mobil telefoningizga bank plastik kartochkasini ulashda unga kelgan sms xabarlarni hech kimga bermaslik;
- mobil telefoningizni foydalanish uchun begona shaxslarga bermaslik;
- Sizga o‘zlarini bank yoki boshqa tashkilotlardan ekanligini bildirib qo‘ng‘iroq qilgan shaxslar bilan muloqatga kirishmaslik hamda ularga shaxsingizga oid va boshqa turdagi ma’lumotlarni taqdim qilmaslik;
- pul o‘tkazish hamda kommunal to‘lovlarni to‘lashda foydalaniladigan ilovalarni, keyinchalik telefon raqamingiz o‘zgartirilishi yoki o‘chib ketishi munosabati bilan ushbu ilovalardan ham bank plastik kartochkasini ajratib qo‘yish;
- turli ijtimoiy tarmoqlar orqali (telegramm, instagramm va ha.k.zolar) kelgan soxta xavolalarni ochmaslik;
- onlayn savdo platformasida savdolarni amalga oshirishda tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda ishonchli faqatgina qonunchilik talablari asosida ishonchli manbalardan va rasmiy saytlardan foydalanish;
- turli xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan begona mobil telefon raqamlarini qabul qilish hamda ular bilan muloqatga kirishish;
- soxta kripta-birjalarga qiziqib, pulni ko‘paytish uchun tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga pul tikish;
- xorijdan meros va pul yuborishni va’da qilib, pochta xarajatlariga to‘lov sifatida pul o‘tkazish;
Yuqoridagi xamma uchun oddiy bo‘lgan xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda Siz nafaqat o‘zingiz, oilangiz tinchligini balki tumanimiz tinchligi va taraqqiyoti uchun xam o‘z xissangizni qo‘shgan hisoblanasiz!