June 26, 2023

Maktabni a'lo baholar bilan tamomlagan bitiruvchilar taqdirlandi

Bugungi kunda G‘uzor tumanida yoshlarni bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun hozirgi davr talabiga javob beradigan ta’lim muassasalari va sport inshootlari bunyod etilib, ular uchun xizmat qilmoqda.

Buning samarasida g‘uzorlik yigit-qizlar xalqaro fan olimpiadalari, musiqa hamda san’at festivallari, sport musobaqalarida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgani diqqatga sazovor.

G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov maktabni "a’lo" baholarga o‘qib, ma’naviy - ma’rifiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, namunali xulqi, odob - ahloqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelgan hamda maktabni "Oltin" medal bilan tamomlagan maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlar kelajakdagi o‘qish va ishlari bilan o‘rtoqlashdi. Aksariyat yoshlar malakali kadrlar bo‘lib yetishishga va vatan uchun o‘z hissasi qo‘shish maqsadida oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagi borligini bildirdi.

"Davlatimiz tomonidan berilayotgan katta e’tibor tufayli barcha sohalarda yoshlarning faolligi ortib bormoqda. Yoshlarning barcha soha va yo‘nalishlardagi tashabbus va takliflari qo‘llab-quvvatlanayotganligi ularni yanada ruhlantirmoqda. Shunday ekan ularni o‘qishlariga omad tilaymiz". – deydi G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov.

Uchrashuv so‘ngida 45 nafar oltin va 16 nafar kumush medallar bilan maktabni tamomlagan bitiruvchilar munosib taqdirlandi.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar farzandini kamolga yetkazib, yutuqlarini ko‘rib xursandchilik ko‘z yoshlarini yashirolmadi.

Ma’lumot uchun, tumandagi mavjud 81 ta maktablarni joriy yilda jami 2674 nafar o‘quvchilar tamomlagan.

Kanalga ulanish 👉@guzorpress