August 14, 2025

• Where Fate Brings •

Hozir boshqalardan ajralib turish uchun faqatgina mehribon va muhabbatga to'la bo'lishning o'zi yetarlidir...

EPISODE_21
#Gyuri

Oyning oxiri yaqinlashgan sayin, Taehyungning ko‘zlari Yerimga kamroq, ammo qalbi kõproq qaray boshladi. Ilgari har bir uchrashuvlari kulgi, mayin suhbat va qo‘l ushlash bilan o‘tsa, endi u ko‘pincha jim qolardi. Gapirsa ham, so‘zlari qisqa, ohangi sovuq edi.

Yerim dastlab bu holatni charchoq yoki ishlar bilan band bo‘lishiga yo‘ydi. Ammo kunlar o‘tgan sayin, Taehyungning qo‘li avvalgidek uning qo‘lini izlamasligini, ko‘zlarida avvalgidek porlash yo‘qligini his eta boshladi.

-Taehyung- dedi Yerim bir kuni, qo‘lini uning bilagiga qo‘yib,- nimadir bo‘layaptimi?

Taehyung esa ko‘zlarini boshqa tomonga burdi.
- Yo‘q, hammasi joyida.

Ammo yuragida bo‘g‘ilib qolgan so‘zlar bor edi “Men seni yo‘qotaman, Yerim.Shuning uchun seni mendan uzoqlashtiryapman. Agar sovutsam, sen kamroq og‘riysan, kamroq azob chekasaan.

Shunday bo‘lsa-da, bu yolg‘on unga ham tinchlik bermasdi. Har safar Yerim jilmayganida ichida bir narsa sinar, har safar u gapirmoqchi bo‘lganda bo‘g‘ziga g‘am to‘planardi.

Yerim esa qanchalik sovuqlik sezsa ham, hali ham umid bilan unga yaqinlashar, sovuq devorlarni buzishga urinardi. Taehyung esa shu devorlarni yanada balandroq qilib, o‘rtadagi masofani kattalashtirardi.

Taehyung

Kutubxona eshigi ochilib, issiq xona havosidan tashqarining mayin, biroq sovuq shabadasi yuzlariga urildi. Yonsem qo‘lidagi kitobini qattiqroq ushlab, Yerim bilan kulib gaplashar edi.

-Yaqinda o‘qigan romanim juda ajoyib bo‘ldi, Yerim. Qahramonlar orasidagi qarama-qarshilik, ayniqsa, oxirgi bob yakuni menga juda yoqdi-dedi Yonsem hayajon bilan.

- Ehtimol, men ham o‘qiyman. Balki sen aytgancha, meni ham bu asar o‘ziga tortar - Yerim jilmaydi.

Ikkovi sekin yurib borar ekan, Yerim ko‘zi narigi tomondan shoshilinch yurib kelayotgan Taehyungga tushdi. Ularning nigohlari bir zum uchrashdi lekin Taehyung hech narsa bo‘lmagandek, ko‘zlarini olib qochdi va darvoza tomonga burildi.
Yerimning yuragi shuv etdi, Yonsemga qaradi- Keyinroq gaplashamiz, xo‘pmi? - dedi shoshilinch ohangda va yugurib ketdi.

-Taehyung! To‘xta! -bir marta, ikki marta, uch marta takrorladi, ammo u hech to‘xtamadi. Nihoyat, oxirgi marta umidga to‘la ovoz bilan chaqirdi-Taehyung iltimos tõxta men ham sen bilan ketaman!

Bu safar u to‘xtadi. Orqasiga sekin burilib qaradi. Nigohlarida sovuqlik, ammo ichida o‘rtanayotgan his-tuyg‘ularni yashirishga urinayotgan bir odamning iztirobi bor edi.

-Yerim, men ketishim kerak. Otam hoziroq uyga borishim kerakligini takidladi. Uyga o‘zing qaytarsan, xo‘pmi? -dedi sovuq ohangda.

Yerimning yuzida xafagarchilik soyasi paydo bo‘ldi, lekin u o‘zini tushunuvchan tutdi. Yengil jilmayib, uning qo‘lidan tutdi.

- Xavotir olma, o‘zim uyga ketaman. Uyga borgach, senga xabar ham berib qo‘yaman.

Taehyungning yuragi siqildi. Bu qizning shu qadar mehribon va tushunuvchanligi uni yanada qiynardi. Ammo u bildirmaslikka intildi. Qattiq ichki kurashdan so‘ng, Yerimning qo‘lidan õz qõlini sekin chiqarib oldi.

Yerim buni ko‘rib, go‘yo tegmasligi kerak bo‘lgan narsaga teggandek seskandi. Nigohi bir lahza pasaydi, qo‘lini sekin orqasiga yashirdi.

Taehyung bu noqulaylikni sezdi. Qo‘llarini musht qildi, ammo yuzida beparvolik niqobini saqladi. Uning ko‘zlari Yerimning boshqa qo‘lidagi kitobga tushdi.

- Yana yangi kitoblar o‘qiyapsanmi? -dedi beparvo ohangda.

Ha, yangi kitob o‘qiyapman-Yerim ovozi sokin, ammo yumshoqlik bilan javob berdi.

Taehyung yengilgina kulib qo‘ydi-Juda ko‘p vaqtingni bekorga sarflaysan-da, qizaloq.

-Bu bekorga vaqt sarflash emas, Taehyung- dedi Yerim, ovozida biroz o‘ksinish bilan. - Kitoblar meni boshqa dunyoga olib ketadi, odamlarning his-tuyg‘ularini his qilishga o‘rgatadi. Yaxshilikni ham, yomonlikni ham ko‘rsatadi. O‘qiganing sari hayotingga chuqurroq qaraysan. Kitob seni o‘stiradi, Taehyung

- Yaxshi, yaxshi, tushundim. O‘qituvchiga o‘xshab ko‘p gapirma, Yerim-dedi Taehyung beparvo ohangda.

Bu so‘zlar Yerimni yana xafa qildi. U nigohini yerga qadadi. Bir oz sukutdan so‘ng, asta so‘radi.

- Taehyung agar sen bilan mening muhabbatimiz haqida hikoya yozishsa, unga qanday nom qo‘ygan bo‘larding?

Taehyung ichida eng chiroyli nomlar g‘ujg‘on o‘ynadi, ammo Yerimni o‘zidan sovutish uchun tilidan boshqa so‘z chiqdi. U mazah ohangida gapirdi- Bilmayman. Balki “Mendan mukammal bõlishni kutma qizaloq” yoki “Bir qizning xayoli” derdim.

Yerimning nigohi o‘zgarib ketdi. Taehyung buni sezdi - Senchi? Sen bu hikoyaga qanday nom qõygan bõlarding?- dedi Taehyung qiziqib.

- Men...Men bo‘lsam albatta “Sen va men” deb qo‘yardim. Chunki men uchun hikoyamizning markazida ikkimizdan boshqa hech kim yo‘q.

Taehyung bu so‘zlardan ta’sirlandi, yuragiga issiqlik yugurdi. Ammo bu tuyg‘uni bo‘g‘ib, yana mazah qildi.

-Sening hayotingda mendan boshqa odam yo‘q Yerim. O‘zi men bo‘lmaganimda seni kim ham sevardi? Ammo mening hayotimda ko‘p qizlar bo‘lgan bilasan-ku. O‘tmishimda ham shunday edi.

Bu so‘zlar Yerimning yuragini teshib o‘tgandek bo‘ldi. Nigohlari titradi, lablari qimirlagandek bo‘ldi, ammo hech narsa demadi. Go‘yo bir lahzada ichidagi ishonchning bir bo‘lagi uzilib tushdi.

Taehyung esa ortiga qaramay, katta azob bilan yurib ketdi. Har qadamida ichidagi bir ovoz uni to‘xtashga chaqirardi, lekin u o‘sha ovozni bo‘g‘ib tashladi. Yuragi ezilar, ammo yuzidagi niqob o‘zgarmasdi. Yerim esa ortida turib, qimirlamasdan yolg‘iz qoldi.

Yerim

Taehyung eshikni ochib uyga kirganida, mehmonxona tomondan yumshoq, biroq jiddiy suhbat ohangi eshitildi. Otasi divanda o‘tirgan, yonida yoshi elliklar atrofida, o‘ziga ishonchi baland, yaxshi kiyingan bir erkak bor edi. Uning yuzida muloyim, ammo salobatli tabassum sezilardi.Otasi o‘g‘lini ko‘rib, darrov o‘rnidan turdi.

-Mana mening o‘g‘lim, Kim Taehyung. Tanishib oling, janob- dedi u, o‘g‘lining yelkasiga mehr bilan qo‘lini qo‘yarkan. Ovozi g‘ururga to‘la edi.

Erkak ham o‘rnidan turib, Taehyungga bir zum e’tibor bilan qaradi va jilmaydi.

- O‘g‘lingiz o‘zingizga juda o‘xshab ketgan ekan, janob Kim. Yaxshi tarbiya ko‘ringani ko‘rinib turibdi, - dedi u, samimiy ohangda.

Taehyung odob bilan jilmayib, qo‘lini cho‘zdi.- Salom, janob.

- Salom, Taehyung. Men bilan tanishish uchun otang seni uyigacha olib keldi- dedi erkak, uning qo‘lini mahkam siqar ekan.

Taehyung yengil bosh irg‘adi.- Siz bilan tanishganimdan mamnunman.

Uchovlon divanga qaytib o‘tirdi. Avvaliga otasi va mehmon o‘zaro ishlar, tanishlar va eski voqealar haqida gaplashishdi. Taehyung esa asosan tinglab o‘tirdi, ba’zan bir-ikki savol yoki fikr bilan suhbatga qo‘shildi. Erkakning gapirish ohangidan u oddiy odam emasligini, otasi unga katta hurmat bilan qarashini anglash qiyin emasdi.Bir ozdan so‘ng, mehmon soatini ko‘rib, jilmaydi.

- Men endi ketay, janob Kim. Juda maroqli suhbat bo‘ldi. O‘g‘lingiz bilan tanishganimdan xursandman.

Otasi o‘rnidan turib, mehmonni eshik tomon kuzatdi. Taehyung ham odob yuzasidan o‘rnidan turdi, qo‘lini cho‘zdi.

-Yaxshi boring, janob- dedi.

-Senga ham omad Taehyung- deya erkak chiqib ketdi.

Otasi mehmonni tashqarigacha kuzatib qo‘yar ekan, Taehyung mehmonxonaga qaytib, divanga o‘tirib qoldi.

Otasi eshikni yopib, qaytib kelib divanga o‘tirdi. Ko‘zida o‘ylangan, lekin qaror qabul qilgan odamning qat’iyati bor edi.

- Taehyung, hozirgi mehmonim janob Choi. U mening eski biznes hamkorim. U bilan quda bo‘lishimiz mumkin. Qiziga uylansang, u kompaniyaning zararlarini qoplashga yordam beradi. Bundan tashqari, yangi sarmoya kiritib, bizni xalqaro bozorga chiqarish uchun reja ham taqdim etishga tayyor. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligimiz kerak.

Taehyung sukutda tingladi, ko‘zlari otasiga tikilgan bo‘lsa ham, xayoli boshqa joyda Yerimda edi. Otasi esa o‘g‘lining yuzida hech qanday hayrat yoki qarshilik ko‘rmay, gapini davom ettirdi.

- Bilaman, bu qarorni qabul qilish senga oson bo‘lmaydi. Men seni ko‘ndirishga tayyor edim. Lekin...

-Men roziman-dedi Taehyung otasini gapini bo‘lib.

Otasi bir zumda jimib qoldi. Uning yuzida hayrat, hatto biroz xavotir aralashdi.

- Jiddiy rozi bo‘lyapsanmi? Taehyung bu qarordan keyin ortga qaytish bo‘lmaydi.

Taehyung o‘rnidan turdi. Ko‘zlarida allaqachon charchoq va taslim bo‘lishning izlari ko‘rinardi.

- Endi menga baribir. Nima qilishni xohlasangiz, qiling. Men hammasiga roziman.Ammo bir shartim bor. Bundan keyin kompaniya boshqaruvining yarmini menga o‘tkazasiz. Xohlagan ishimni qilaman. Xohlagancha pul sarflay olaman.

Otasi uning gaplarini eshitib jilmaydi.-Mayli. Agar shunday bo‘lsa, rozi bo‘laman bu shundoq ham seni kelajaging uchun harakat qilyabman.

Taehyung ham hech nima demadi. Shunchaki ortiga burilib, zinapoyadan xonasiga chiqib ketdi.

Xonaga kirishi bilan eshikni yopdi va bir zum turgancha chuqur nafas oldi. Keyin yotoqqa o‘zini tashladi. Qo‘lidagi telefon ekranida Yerimning jilmaygan rasmi yonib turardi. Uning qo‘llari sekinlik bilan ekranga tegdi, go‘yo shu kichik tasvirdan iliqlik topmoqchi bo‘lganday.

- Sening qo‘lingni qo‘yib yuborishim,seni unutishim oson bo‘lmaydi Yerim.

Telefonni ko‘ksiga bosgancha ko‘zlarini yumdi.

Taehyung

Yerim stolga kitobini qo‘yib, divanga cho‘kdi. Ko‘zlarida og‘ir bir tushkunlik bor edi. Oshxonadan chiqqan Bona opasining bu holatini darrov ilg‘adi. U qo‘lidagi choy finjonini stolga qo‘yib, opasining yoniga o‘tirdi.

-Opa, nima bo‘ldi? Meni aldamay javob bering, men yuzingizdan siz qanday holatda ekanligingizni kõra oladigan yagona insonman- dedi u ehtiyotkor ohangda.

Yerim chuqur nafas olib, qo‘llarini bir-biriga qisdi. - Taehyung bilan bir-birimizni tushunmay qoldik,u juda õzgargan mendan uzoqlashib boryabdi, mendan qochishni odat qilib olganga õxshaydi, u bugun menga juda sovuq gapirdi.

Bona hayron bo‘lib qoshlarini chimirdi. - Sovuq gapirdi? Qanday qilib?

Yerim bo‘lib o‘tgan suhbatni so‘zlab berdi Taehyungning beparvoligi, mazah aralash so‘zlari, va “hayotimda ko‘p qizlar bo‘lgan” degan gaplari singlisining yuzidagi ifodani tobora jiddiylashtirib borardi.

Bona xo‘rsinib, opasining qo‘lini ushladi. -Opa, u sizga shunday qilayotgan bõlsa u bilan ajrashganingiz yaxshi. Agar u sizni xafa qilyapti, bu munosabat sizga kerak emas. Sizga malikalardek munosabatda bo‘ladigan yigit kerak.

Yerim sekin boshini chayqadi. -Bona, bu oson emas. Men Taehyungni sevaman. U hozir qiyin vaziyatda bo‘lsa kerak. Men undan oson voz kecholmayman ,ahir u men uchun qancha harakat qilgan.

Bona biroz sukut saqladi, keyin yuziga yengil bir tabassum yugurdi. -Men seni yaxshi ko‘raman opa, shuning uchun aytyapman. Balki seni eng yaxshi qadrlaydigan yigit… Jimin bo‘lishi mumkin.

Yerim kulimsirab boshini egdi. -Jimin?

Bona jiddiy ohangda davom etdi- Ha. U doim siz haqingizda qayg‘uradi. Menga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib, “opang yaxshi yuribdimi?” deb so‘raydi.

Yerim singlisini quchoqlab, sochlarini asta siladi. -Rahmat, Bona lekin muhabbatda bunday kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Men ishonaman, hammasi yana õz ôrniga tushadi.

- Sizni xafa qiladigan yigitning nima keragi bor opa? Men sizni xafa holatda ko‘rishni xohlamayman, men sizni doim baxtli bõlishingiz kôrib yashashni xohlayman, buning uchun hamma narsadan voz kechardim.

Yerim jilmayib Bonani mahkam bağriga bosdi - seni yaxshi kõraman singiljonim

Bona

Ertalabdan Yerimning yuragi yengil va iliq edi. U bugun Taehyung bilan jiddiy suhbatlashishga qat’iy qaror qilgan.
"Bugun Taehyungni nima qiynayotganini bilib olaman" deb o‘yladi u. "Uni qanchalik sevishimni, qanchalik yonida bo‘lishimni xohlayotganimni aytaman. Balki shunda u menga yana o‘sha avvalgidek kulib qarar."

Yerim sumkasidagi kitoblar va yuragidagi qat’iyat bilan universitet tomon yurdi. Kiraverishda hamon ichida mayin bir hayajon, yuzida esa bilinar-bilinmas jilmayish bor edi.

Ammo binoga kirib kelganida, hayoti to‘satdan teskari aylanib ketdi. U biroz uzoqdan Taehyungni ko‘rdi. U yolg‘iz emasdi. Yonida boshqa bir qiz , Taehyung bilan judayaqin turgan edi. Yerimning yuragi birdan shiddat bilan urib ketdi.

Taehyung qizning qo‘lidan tutgancha unga yaqinlashdi, qulog‘iga nimanidir pichirladi. Qizning kulgisi zalning shovqinida ham eshitilgandek bo‘ldi. Yerim esa go‘yo oyoqlariga qo‘rg‘oshin bog‘langan kabi qotib qoldi.

So‘ng Taehyung qizning yuziga engilib, asta lablarini tegizdi. O‘sha lahza Yerimning ichidagi barcha nur, barcha orzular bir zarbda so‘ndi. Yuragi go‘yo qattiq siqilib, nafas olish ham qiyinlashdi.

U hech narsani tushuntirib bo‘lmas bir og‘riqni his qildi. Ko‘zlari qorong‘ilashib, quloqlarida faqat o‘z yurak urishining ovozi eshitilardi.

Yerimning barmoqlari sekin titradi. U sumkasini mahkam ushlab, orqasiga burilishga kuch topolmadi. Qadamlar o‘zi bilmagancha orqaga chekinar, ko‘zlaridagi yoshni hech kim ko‘rmasligi uchun boshini pastga egdi.

Ichidan esa faqat bitta jumla yangrayotgandek edi"Demak, shuning uchun sovuqlashding, Taehyung… shuning uchun meni ôzingdan itarding"

Yerim bir necha soniya o‘zini qo‘lga olishga urindi. Ammo yuragidagi og‘riq unga tinchlik bermasdi. U yana bir bor Taehyungga qarashdan o‘zini tiyolmadi.

Va shu payt Taehyungning nigohi ham Yerimga tushdi. Yerim ichida bir umid uyg‘ongandek bo‘ldi balki u hozir tushuntiradi, balki hammasi tasodifdir

Lekin Taehyungning qilgan ishini ko‘rgan lahza bu umid parchalandi. U yonidagi qizni belidan quchdi, yanada yaqin tortdi va Yerimni ko‘rmagandek, qiz bilan noz-karashma qilishda davom etdi.

- Taehyung sizga kim qarab turganini kõryabsizmi? Yerimni ham sevganmidingiz ahir u bilan uchrashib yurgandingiz? - qiz Taehyungni yelkasiga qõlini qõygancha jilmayib Yerimga qaradi.

-Yerim? -dedi u, so‘zlarini tarozida og‘irlik qilib. - Tõğrisini aytsam, u bilan faqat Jungkook bilan tuzilgan kelishuv uchungina yonida yurgan edim. Mendek yigit bir oddiy qiz uchun õzgarmaydi, bilasanmi g‘zalim?

Qizning kulgisi, Taehyungning beparvo qarashlari bilan Yerimning ko‘zlariga yosh quyildi. Endi uni ushlab turishning imkoni yo‘q edi. U burildi va qadamlarini tezlashtirib, universitet eshigidan chiqib ketdi.
Shu payt qarshi tomondan Jungkook paydo bo‘ldi. U Yerimning shoshqaloq va titrayotgan holatini, ko‘zidagi yoshni ko‘rib yuragi siqildi. U qadamlarini tezlashtirib, Yerimning yo‘lini to‘sdi.

- Yerim nega yig‘layapsan? - Jungkookning ovozi xavotir va yumshoqlikka to‘la edi.

Yerim boshini ko‘tardi, ammo lablari titrardi. Ko‘zlaridagi yoshlar endi bemalol yuzidan oqardi.

-Jungkook… u… nega shunday qildi? Nega u menga xiyonat qildi?- ovozi sinib, bu so‘zlar yurakdan chiqayotganini his qildi. -Men unga ishongandim nega meni tuyğularim bilan õyin qildi?

Jungkook og‘ir xo‘rsindi. Yerimning titrayotgan yelkalarini asta ushlab tinchlantirishga harakat qildi.

- Yerim menga quloq sol, hammasini senga tushuntirib beraman… lekin bu yerda emas.Men bilan yur maylimi?

Yerim unga hayron va biroz umidsiz nigoh bilan qaradi. Jungkook esa unga muloyim jilmaydi va - Qani yura qol- dedi

U Yerimning qo‘lidan ehtiyotkorlik bilan ushlab, uni mashinasi tomon boshladi. Yerim yurishda davom etsada, ichida ming xil savol girdobdek aylanardi.

Jungkook

Jungkook bir necha soniya sukut saqladi. Mashinada faqat dvigatelning past ovozi eshitilardi. Yerim esa uning yuziga qarab, ichida javob kutar, yuragi gupillab urardi.

Oxiri Jungkook og‘ir xo‘rsindi va nigohini yo‘ldan uzmay gapira boshladi.

- Seni bunday azob chekayotganing Taehyung va men o‘ynagan garov tufayli.

Yerim beixtiyor unga tikildi- Nima?Garov? - ovozi qaltirab chiqdi.

-Ha garov Taehyung bilan sen haqingda garov o‘ynaganmiz. Ishqilib, u seni o‘ziga oshiq qilishi kerak edi. Men esa seni unga aldanmaysan deb o‘ylagandim Lekin sen ham boshqa qizlar singari unga aldanding Yerim.

Yerimning lablari qimirlamadi, faqat ko‘zlari keng ochilgancha Jungkookka qarab qoldi.

- Men Taehyung seni boshqacha chin dildan sevayotgandek ko‘rib, u o‘zgardi deb o‘ylagandim lekin yo‘q u yana eski Taehyung ekan. O‘zi xohlagan payt mehribon, xohlagan payt beparvo. Oxirgi bir necha kundan beri uni yana boshqa qizlar bilan ko‘ryapman.

Yerim ichida nimadir uzilgandek his qildi. Qo‘llari tizzasida qaltiradi, yuragi esa shu qadar qattiq urardiki, go‘yo butun tanasini titratardi.

- Demak… hammasi boshidan oxirigacha yolg‘on bo‘lganmi?- dedi u arang eshitiladigan ovozda.

Jungkook unga bir qaradi, ammo javob bermadi. Faqat mashinani sekinlik bilan Yerim yashaydigan ko‘cha tomon burdi.

Jungkook mashinani Yerim yashaydigan uyning oldida to‘xtatdi.

Jungkook hali ham yiğlayotgan Yerimga qaradi, ovozini iloji boricha yumshatdi

- Bilaman hozir senga og‘ir. Ammo kuchli bo‘lishing kerak. Men va Taehyung seni kechirimizga loyiq emasligimizni bilaman senga bunday qilmasligimiz kerak edi. Lekin hech bo‘lmasa aybimni yuvishga harakat qilmoqchiman.

Yerim yuzini asta unga burdi, ko‘zlari shishgan, lablari titrardi.

-Aybingni yuvmoqchimisan? Qanday? - dedi u ovozida alam bilan. - Mening yuragimni parchalab butun hayotimni ostin-ustun qildinglar. Buni qanday to‘g‘rilaysan Jungkook?

Jungkook og‘ir xo‘rsindi.- Ha rost aytyapsan. Buni to‘g‘rilashning iloji yo‘q. Lekin seni bu azoblarga giriftor qilgan Taehyungdan uzoqlashtira olaman. Agar xohlasang, seni Koreyadan boshqa davlatga ketishingga yordam beraman. O‘qishing, yashash joying, Bona uchun maktab,pul hammasini o‘zim ta’minlayman. Kelajagingni qaytadan qurishing uchun yordam beraman.

- Boshqa davlatga ketish menga hammasini unutishimga yordam bermaydi. Bu hech narsani o‘zgartirmaydi.

-O‘zing o‘ylab ko‘r Yerim. Bu yaxshi taklif. Baribir endi Taehyung uyidan ketishingga to‘g‘ri keladi. Keyin qayerga borasan? Yana Janob Parkning uyigami? U odamning uyida yashash senga yoqadimi?

Yerim biroz sukutda qoldi. Nigohi o‘z-o‘zidan pastga tushdi.

- Yaxshi men Amerikaga ketmoqchiman. Jiminning oldiga boramiz Bona bilan.

Jungkook hayron bo‘lib qoshlarini chimirdi.

- Jimin? Nega aynan uning oldiga borasizlar? Amerikadan boshqa joyga jo‘nataman sizlarni.

Yerim ko‘z yoshlarini artib, qat’iy ohangda dedi- Yo‘q men boshqa sizlarga ishonmayman. Agar rostan yordam bermoqchi bo‘lsang, Jiminning oldiga ketishimga yordam ber.

Shu so‘zlarni aytgach, u mashina eshigini ochdida, hech orqasiga qaramay uy tomon yurdi.Jungkook esa rulga suyanib, ichida chuqur xo‘rsindi.

- Qaysarlar-deb pichirladi u alam bilan. -Biri “Nima bo‘lsa ham, uni Jiminning oldiga yuborma ” deydi, bunisi esa “Faqat Jiminning oldiga ketaman” deydi. Lanati nega bu ishlarga aralashib qoldim õzi?

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic