July 5, 2025

• Where Fate Brings •

Men umr bo'yi sen bilan sinalishimni o'sha kuni tushungandim, chunki inson doimo eng sevgani bilan sinaladi.

Episode_16
#Gyuri

Mashina shahar chetidagi sokin yo‘llardan asta harakatlanar, shinalar ostida kuz barglari xuddi yumshoq yostiqchadek g‘ijimlanar edi.

Yerim o‘zini orqa tomonga engashtirib, mashina oynasini ochdi. Sovuq shamol yuziga urildi, sochlari hilpirab yelkasidan sirg‘alib tushdi. U qo‘lini derazadan chiqarib, havoni his qilgancha osmonga tikildi xuddi hayotning shu oniga minnatdorchilik bildirayotganday. Ko‘zlarida bolalarcha quvonch, lablarida esa sal jilmayish. Bu oddiy harakatda shunchalik erkinlik, go‘zallik va jim ohang bor ediki, Taehyungning nigohi beixtiyor unga tikildi.

U rulda o‘tirar, lekin kõzlari Yerimda edi . Uning har bir harakati, har bir nafas olishi, hatto jim turishi ham Taehyung uchun shirin manzarani aks ettirardi.

-Qizaloq -dedi u ovozini iloji boricha yumshoq qilib, labida nozik tabassum bilan. - Shamol juda sovuq ekan, kasal bo‘lib qolishingni istamayman.

Yerim unga bir qarab qo‘ydi. U ko‘zlarida mehr ko‘rinardi, ayniqsa Taehyungning shunday e’tiborli ohangda gapirishi yuragini eritar edi.

- Mayli, bir ozgina shamolni his qilgim kelgandi-dedi Yerim derazani sekin yopar ekan.

Mashinada endi sokinlik hukm surdi. Faqat radioda sekin ohangli pianino musiqasi yangrardi.Yerim Taehyungga qarab jilmaydi.-Senga bir sir aytsam bo‘ladimi?

Taehyung boshini yengil qimirlatib kuldi.-Mendan yashirgan qanday siring bõlishi mumkin ekan. Qani, ayt-chi.

Yerim nigohini derazaga qaratdi- Men ba’zan sen bilan shunchaki jim turishni, hech nimani rejalashtirmasdan birga bo‘lishni eng katta baxt deb bilaman.

Taehyung kulimsiradi, Yerim tomonga bir oz engashdi, qo‘lini Yerimning tizzasiga ohista qo‘ydi.

-Men ham. Hatto jimlikning o‘zi sen bilan bo‘lsa, men uchun bu musiqa kabi eshitiladi.

Ularning ko‘zlari uchrashdi. Ichki sokinlik, yurakning ohangida urishi, tashqaridagi kuz faslining salqini, bu ikki qalb orasida asta-asta gullayotgan muhabbat bularning bari shu mashinaning tor, ammo iliq ichkarisida yashayotgan edi.

Yerim

Yerimning qadamlari yengil, yuragi esa quvonchga to‘la edi. Bugungi tongdagi lahzalar shamol, Taehyungning jilmayishi, suhbatlari go‘yo yuragida bir guldasta ochilganday edi. U universitet eshiklaridan ichkariga kirib, yurib borar edi.Lekin to‘satdan u kim bilandir to‘qnashib ketdi.

-Oh, uzr!-dedi Yerim darrov egilib, boshini ko‘tarishi bilan qarshisidagi odamga ko‘zi tushdi.Uning oldida baland bo‘yli, salobatli, taxminan ellik yoshlardagi bir erkak turardi. Sochlariga bir oz oq oralagan, yuzida qat’iyat bor edi. Oq ko‘ylagi, qora palto ostidan ko‘rinib turgan ko‘k galstuk hammasi bu odamning oddiy inson emasligini bildirardi.

U Yerimga qaradi boshidan oyoqgacha ko‘zdan kechirdi. Qarshisida turgan qizni tabiiy gõzal chehrasi, tiniq va beģubor boquvchi kõzlari,uzun sochlariga qarab õğli bekorga bu qizga oshiq bõlmaganini tushundi.

-Yo‘q, siz uzr so‘ramang- dedi erkak, ovozida sal sovuqlik, ammo tashqi madaniyat bilan. -Men biroz beparvo yurganga o‘xshayman.

Yerim unga qarab jilmaydi.
-Yaxshiyamki, hech narsa bo‘lmadi.

Erkak bir zum sukutga cho‘mdi, so‘ng sal jilmayishga uringan holda so‘z boshladi.-Siz shu universitetda o‘qiysizmi?

Yerim boshini qimirlatdi.-Ha.

-Qiziq. Qaysi yo‘nalishda?

-Biznes boshqaruvi-dedi Yerim faxr bilan, ammo me’yordan oshmaydigan ohangda. - Moliyaviy strategiya va xalqaro marketing bo‘yicha.

Erkak o‘ziga xos tarzda bosh silkidi. Nigohida hayrat aralash mulohaza bordek edi.-Yaxshi tanlov. Bugungi yoshlar, odatda, shunchaki diplom olishni o‘ylaydi. Ammo sizning so‘zlaringizda bir oz chuqurlik bor. Qiziqasizmi o‘zingiz bu sohaga?

Yerim bir lahza o‘ylab, so‘ng sekin javob berdi-Ha, men kichkinaligimdan bu sohada mustaqil ishlashni orzu qilganman. Otam kompaniyani boshqargan, men esa har doim uning yonida yurardim.

Kim Joonsik sekin bosh irg‘adi. So‘zlarsiz gapirdi uning ko‘zlari: bu qiz aqlli, tarbiyali, lekin baribir Taehyung uchun xavfli .

-Men ismimni aytmadim- dedi u, ohangida yumshoqlik bilan o‘ralgan rasmiylik. -Kim Joonsik bõlaman,meni ham mashxur kompaniyam bor,meni kompaniyamga sizga õxshagan yosh istetodli yoshlarni ish bilan tanimlashni xohlaydi. Agar siz ham bir kun kelib ishlamoqchi bõlsangiz tõğri meni kompaniyamga tashrif buyuring, bu yerda telefon raqamim va kompaniyam manzili yozilgan - Kim Joonsik tashrif qog'ozini Yerimga uzatdi

-Men esa Na Yerimman. Tanishganimdan xursandman,janob Kim - Yerim tashrif qog'ozini olib jilmaydi.

Joonsik endi ancha iliqroq ohangda gapirdi.-Universitetingizga kirishim tasodifiy edi. Lekin siz kabi iste’dodli talabalar bilan to‘qnash kelish yoqimli holat.

Taehyung mashinasini parkovka maydonining bir chekkasiga ehtiyotkorlik bilan joylashtirdi. Ruldan qo‘lini olarkan, yuragida qandaydir shoshqaloqlik bor edi,u Yerimdan uzoqda qolishni yoqtirmasdi.
Eshikni yopib, kampus darvozasi tomon tez-tez yurarkan, nigohi oldinda qidirardi. Yerimni uzoqdan ko‘rdi. U bir odam bilan suhbatlashayotgan edi.Taehyung bir lahza qadamini to‘xtatdi.Otasi Kim Joonsik kôrib ko‘zlari Yerimdan otasiga, otasidan Yerimga qayta-qayta siljirdi. Yuragida bir shubha chaqnadi."U bu yerga tasodifan kelmagan,Yerimga mendan uzoqroq yurishini,men bilan munosabatlarini tôxtatishi kerak ekanligini takidlayotgan bõlsa kerak"deb o‘yladi Taehyung.Uning jag‘i qattiq qisildi. O‘zini o‘nglab, chuqur nafas olishga harakat qildi, lekin yuragi hali ham notinch urardi. Har doimgidek, otasi uning hayotiga aralashayotgan uni jahlini chiqardi.Taehyung og‘ir qadamlar bilan ularning tomoniga yurdi.

Ammo shunda, xuddi otasining instinkti har doimgidek kuchli ishladimi,Joonsikning nigohi burilib, Taehyungni ko‘rdi. Ko‘zlari bir lahza o‘g‘li bilan tutashdi. U o‘g‘lining g‘azabini, ko‘zlaridagi “men buni kechirmayman” degan signalni darhol anglab yetdi.

Kim Joonsik soatiga qaradi va shoshilayotgan odamdek tez gapirdi.

-Men ketishim kerak. Na Yerim, umid qilamanki, o‘qishingizda ham, orzularingizda ham omad siz bilan bo‘ladi.

-Rahmat, sizga ham yaxshi kun tilayman- dedi Yerim, ta’zim qilgancha.

-Xayrli kun, Yerim- deb muloyimlik bilan bosh irg‘adi. So‘ng hech narsa bo‘lmaganday orqasini o‘girib, tez qadamlar bilan boshqa yo‘nalishga burildi.

Taehyung otasi uzoqlashib ketayotgan tomonga tikilganicha Yerim yoniga yetib bordi. U hamon jim edi. Ko‘zlari hanuz uzoqlashib borayotgan odamni kuzatib turardi.

So‘ng, u asta Yerimning qo‘lini ushladi. Sovuq havo ichida Yerimning iliq kafti unga hayotidagi eng qulay joydek tuyuldi.Yerim unga qaradi.

- Senga u odam nima dedi?
Taehyung nigohini ko‘tarib, Yerimning ko‘zlariga tikildi. Bu nigohda azob, g‘azab va bir oz himoyalash hissi bor edi.

-Universitetim, yo‘nalishim haqida so‘radi. Oddiy suhbat bo‘ldi va yana u odam Kim Joonsik ekan, bu yerga kompaniyasi uchun yosh ishchilarni ishga olishga kelganga ôxshaydi ,menga ham ishga kerak bõlsa men bilan boğlaning deb tashrif qog'ozini berdi

Yerim Joonsikni tashrif qog'ozini Taehyungga ko'rsatar ekan Taehyung Yerimni qôlidagi tashrif qog'ozini olib kõz tashladi.

- Boshqa hech narsa demadimi? Men haqimda gapirmadimi ?

- Yõq nega sen haqingda gapirishi kerak? U odamni taniysanmi?

- Ha,..u meni otam.

Yerim bir lahza jim turdi, so‘ng boshini egdi.- Rostanmi? Men buni bilmagandim.

Taehyung yelkasini silkidi, ammo hali yuragidagi ziddiyatni yenga olmagan edi. Otasi bergan tashrif qog'ozini yirtib tashladi va qog'oz parchalarini yerga tashladi.Taehyung chuqur nafas oldi. Qo‘lini sekin Yerimning yelkasi atrofida o‘tkazdi.

-Senga bu tashrif qog'ozini keragi yôq, sen baribir usha kompaniyani boshqaruvchisi bõlasan men bilan birga. Va yana agar otam yana yaqinlashsa menga ayt, xo‘pmi?"

Yerim bu g‘amgin, lekin chiroyli nigohda g‘amxo‘rlikni ko‘rdi. U bosh irg‘ab, mayin jilmaydi.
-Xõp

Taehyung

Taehyung universitetdan chiqqan zahoti yo‘lni uzaytirmadi. Yuragida g‘azab bilan aralash bezovtalik gupillab urardi. U Yerim bilan otasining uchrashuvini unutolmadi. Otasi har doimgidek hech narsani bejiz qilmasdi. Va bu safar ham biror sabab bor edi.

Shahar markazidagi baland, ko‘zni qamashtiruvchi oynali binoga kirar ekan, u qabulxonadagi kotibaning tovushini ham e’tiborga olmadi.

-Iltimos, janob, siz ro‘yxatdan o‘tmagansiz, uchrashuv yo‘q...

-Men uning o‘g‘liman- dedi Taehyung keskin ovozda.

U yo‘lida davom etdi. Kim Joonsikning xonasiga kelib, hech ikkilanmasdan eshikni ochib kirib bordi.

Ichkaridagi odam o‘z joyidan siljimadi. Tinchlik hukm surayotgan edi. Go‘yo u buni kutayotganday.

Joonsik kompyuter ekranidan ko‘z uzmasdan, ohangida kinoya aralash tabassum bilan dedi-Onang kabi shijoatlisan. U ham eshikni taqillatmay kirardi.

Taehyung qadam tashlab oldinga yurdi, ko‘zlari otasining ko‘zlariga qarab turardi.

-Men hozir onam haqida emas. Men siz bilan gaplashishim kerak bo‘lgan mavzuni boshqa

Joonsik endi unga qaradi, yuzidan hech qanday hissiyot o‘qish qiyin edi.-Yerim haqida. Men bilaman.

So‘zsiz sukunat bir muddat ularga hamrohlik qildi. So‘ng Joonsik stol tortmasini ochdi. Ichkaridan bir nechta fayl papkalarni oldi va ularni kuchli harakat bilan stolning narigi tomoniga o‘g‘li tomon irg‘itdi.Fayllar gursillab stolga urildi.

Taehyung nigohida hayrat aralash ehtiyotkorlik bilan ularni ko‘tarib oldi. Oq varaq ustida sarlavhalar, muhrlar, sirli ismlar.

-Bu nima?- dedi u, qoshlarini chimirib.

Joonsik orqasiga suyanib javob berdi-Ochib o‘qib ko‘r. O‘zing tushunasan.

Taehyung hujjatlarni ochdi. Ko‘zlari varaq ustida yurarkan, yuragi tobora og‘irlashib bordi.
Hujjatlarga ko‘ra, Yerimning otasining asosiy mulklari firibgarlik yo‘li bilan Park Jungho tomonidan o‘zlashtirilgan. Huquqiy manipulyatsiyalar, soxta kompaniya aloqalari, kutilmagan moliyaviy transferlar bularning barchasi Joohyukni bankrotlik sari sudrab borgan.Ustiga ustak...uning o‘limi ham tasodif bo‘lmagan bo‘lishi mumkin degan izohli qaydga Taehyungning ko‘zi tushdi.U yuzini ko‘tardi. O‘zini endigina yashirayotgan g‘azab, hayrat va xavotir birlashgan edi.

-Siz bu ma'lumotlarni qayerdan topdingiz? Men izlasam ham topa olmagandim

- Meni kam baholama õğlim, men sen emasman,men xohlagan odamim haqida bir soniya ichida ma'lumot topa olaman.

- Demak endi siz Yerimni otasiz butunlay aybsiz ekanligiga ishongandirsiz?

Kim Joonsik yuzini sal burdi. Uning ko‘zlarida g‘ammi bor edi, g‘azabmi Taehyung ajratolmasdi. Ammo javobi ravshan edi.

-Ha, sen haq ekansan, o‘g‘lim. Yerimning otasi pok odam bo‘lgan. Halol biznismen. Men noto‘g‘ri ayblabman. Lekin..Lekin Park Jungho hali ham tirik. Va u hozir... sen sevgan qizni yo‘q qilishga tayyor.

Taehyung hayrat bilan qotib qoldi. Yuragi bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi.

-Nima... nima dedingiz?"

-U hanuz ham o‘zini himoyalash uchun har qanday yo‘lga boradi. Agar Yerim otasining haqiqatini ochib bersa, yoki sen u bilan birga bo‘lib, bu munosabat yuzaga chiqsa... Park Jungho shunchaki kuzatib turmaydi."

Taehyung darrov orqasiga burildi.

Taehyung universitetdan chiqqan zahoti yo‘lni uzaytirmadi. Yuragida g‘azab bilan aralash bezovtalik gupillab urardi. U Yerim bilan otasining uchrashuvini unutolmadi. Otasi har doimgidek hech narsani bejiz qilmasdi. Va bu safar ham biror sabab bor edi.

Shahar markazidagi baland, ko‘zni qamashtiruvchi oynali binoga kirar ekan, u qabulxonadagi kotibaning tovushini ham e’tiborga olmadi.

-Iltimos, janob, siz ro‘yxatdan o‘tmagansiz, uchrashuv yo‘q...

-Men uning o‘g‘liman- dedi Taehyung keskin ovozda.

U yo‘lida davom etdi. Kim Joonsikning xonasiga kelib, hech ikkilanmasdan eshikni ochib kirib bordi.

Ichkaridagi odam o‘z joyidan siljimadi. Tinchlik hukm surayotgan edi. Go‘yo u buni kutayotganday.

Joonsik kompyuter ekranidan ko‘z uzmasdan, ohangida kinoya aralash tabassum bilan dedi-Onang kabi shijoatlisan. U ham eshikni taqillatmay kirardi.

Taehyung qadam tashlab oldinga yurdi, ko‘zlari otasining ko‘zlariga qarab turardi.

-Men hozir onam haqida emas. Men siz bilan gaplashishim kerak bo‘lgan mavzuni boshqa

Joonsik endi unga qaradi, yuzidan hech qanday hissiyot o‘qish qiyin edi.-Yerim haqida. Men bilaman.

So‘zsiz sukunat bir muddat ularga hamrohlik qildi. So‘ng Joonsik stol tortmasini ochdi. Ichkaridan bir nechta fayl papkalarni oldi va ularni kuchli harakat bilan stolning narigi tomoniga o‘g‘li tomon irg‘itdi.Fayllar gursillab stolga urildi.

Taehyung nigohida hayrat aralash ehtiyotkorlik bilan ularni ko‘tarib oldi. Oq varaq ustida sarlavhalar, muhrlar, sirli ismlar.

-Bu nima?- dedi u, qoshlarini chimirib.

Joonsik orqasiga suyanib javob berdi-Ochib o‘qib ko‘r. O‘zing tushunasan.

Taehyung hujjatlarni ochdi. Ko‘zlari varaq ustida yurarkan, yuragi tobora og‘irlashib bordi.
Hujjatlarga ko‘ra, Yerimning otasining asosiy mulklari firibgarlik yo‘li bilan Park Jungho tomonidan o‘zlashtirilgan. Huquqiy manipulyatsiyalar, soxta kompaniya aloqalari, kutilmagan moliyaviy transferlar bularning barchasi Joohyukni bankrotlik sari sudrab borgan.Ustiga ustak...uning o‘limi ham tasodif bo‘lmagan bo‘lishi mumkin degan izohli qaydga Taehyungning ko‘zi tushdi.U yuzini ko‘tardi. O‘zini endigina yashirayotgan g‘azab, hayrat va xavotir birlashgan edi.

-Siz bu ma'lumotlarni qayerdan topdingiz? Men izlasam ham topa olmagandim

- Meni kam baholama õğlim, men sen emasman,men xohlagan odamim haqida bir soniya ichida ma'lumot topa olaman.

- Demak endi siz Yerimni otasiz butunlay aybsiz ekanligiga ishongandirsiz?

Kim Joonsik yuzini sal burdi. Uning ko‘zlarida g‘ammi bor edi, g‘azabmi Taehyung ajratolmasdi. Ammo javobi ravshan edi.

-Ha, sen haq ekansan, o‘g‘lim. Yerimning otasi pok odam bo‘lgan. Halol biznismen. Men noto‘g‘ri ayblabman. Lekin..Lekin Park Jungho hali ham tirik. Va u hozir... sen sevgan qizni yo‘q qilishga tayyor.

Taehyung hayrat bilan qotib qoldi. Yuragi bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi.

-Nima... nima dedingiz?"

-U hanuz ham o‘zini himoyalash uchun har qanday yo‘lga boradi. Agar Yerim otasining haqiqatini ochib bersa, yoki sen u bilan birga bo‘lib, bu munosabat yuzaga chiqsa... Park Jungho shunchaki kuzatib turmaydi."

Taehyung darrov orqasiga burildi.

Park Jungho

Tashqarida qorong‘ilik tobora quyuqlashayotgan, osmonni qoplagan bulutlar ostida shahar jimjit edi. Park oilasining xonadonida chiroqlar yoqilgan turardi. Salobatli hovli, bezakli derazalar, hashamatli hayot bu tashqi jimjitlik ichida yashirin to‘fon bo‘lishini hech kim kutmagan bo‘lardi.

Mashina shiddat bilan to‘xtadi . Tormozning qichqirig‘i ko‘chada yangradi. Taehyung mashinadan otilib tushdi. Qorong‘ulikda yuzidagi g‘azabni ko‘rish mushkul edi, lekin yurishidan har qadamida yerni ezayotgan qadamlaridan ichidagi olov sezilib turardi.

Darvoza ochiq edi. Bu ochiqlik unga yo‘l berdi, xuddi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jang maydoniga kirayotgandek.Uy eshigi oldiga kelib, mushtlarini baland ko‘tardi va qattiq eshikni taqillatdi.Eshik kuchli zarbaga chidayotgandek qarsilladi. Ichkarida hamma hushyor tortdi.

Xonadon ichida xizmatkorlar bir-biriga qarab, bir narsa deyishga ulgurmay, ularning eng yoshi katta, oqsochli xizmatkor ayol eshikni ochishga yugurdi. Ayol eshikni ochib Taehyungga qaradi.

-Kim kerak sizga? Nega kech bo‘lganda eshikni bunaqa uryapsiz?-dedi ayol taajjub bilan.Taehyung uning so‘zini bo‘ldi.

-Menga Yerim kerak.

U xizmatkorni bir chetga surdi. Ayol hayrat va yuragidagi allaqanday qo‘rquv bilan bir qadam orqaga chekindi. Taehyung ichkariga o‘tdi.
Va birdaniga ko‘zlar unga qadaldi.Zinapoya tepasida turgan Yerimga. Yonida qattiq qo‘rquv bilan qo‘lidan ushlab turgan Bona. Oshxonadan bir nechta xizmatkorlar diqqat bilan Taehyungni kuzatishmoqda. Yon devor yonida Park Junghoning rafiqasi, muloyim ko‘zlari bilan qarab turgan edi.Zinani pastida esa Park Jungho.U jim boshini sal qiyshaytirgan, labining bir chekkasida qiyin topiladigan kinoya bilan. U qiyofasida hech qanday hayrat yo‘q edi. Park xonim Taehyungni tanishi bilan tabassum bilan u tomon yurdi.

-Taehyung seni kõrmaganimga ancha bo‘ldi. O‘g‘lim, kelganing yaxshi bo‘libdi. Seni sog‘ingandim. Jimin ketganidan beri uni tanigan har bir odamni ko‘rsam, uni ko‘rgandek bo‘laman

Ayol Taehyungni mehr bilan quchoqladi. Taehyung esa yuragidagi yovvoyi to‘fonga qaramay, bu ayolga javoban yumshoqlik ko‘rsatdi. Qisqagina, ammo iliq quchoq bilan javob berdi.Lekin ko‘zlari... Park Junghoga qadalgan edi.Taehyung asta orqasiga chekindi va so‘z boshladi.

-Janob Park biz siz bilan gaplashishimiz kerak.

Park Jungho asta qadam tashladi, ko‘zlarida jim g‘azab, ammo yuzida muzdek jilmayish bor edi.

-Kechasi uyimga bostirib kirib, seningcha nimani hal qilmoqchisan, Kim Taehyung?

Taehyung bir qadam oldinga yurdi. O‘tkir, baland va qat’iy ovozda javob berdi- Men Yerimni olib ketaman.

Oshxonadagi xizmatkorlar cho‘chib ketdi. Yerim esa zinapoyadan hali ham tushmagan, hayrat bilan bu ikki odam o‘rtasidagi suhbatni kuzatib turardi.
edi.

-Yerim senga kim bo‘ladi, o‘g‘lim?

Taehyung chuqur nafas oldi. Ovozida shiddat bor edi-U mening hamma narsam. U men uchun hayotimning ma'nosi

Park Jungho bir lahza sukutda qoldi.

Xonada muhit dag‘allashgan, havo og‘ir tortgan edi. Shu lahzada vaqt xuddi muzlagandek tuyuldi hech kim bir necha soniya harakat qilmadi.

Lekin keyin Park Jungho oldinga bir qadam tashladi. Uning nigohi o‘tkir, yuzi muzdek edi.

-Sen uni olib keta olmaysan- dedi u sovuq ohangda. So‘zlar og‘ir, keskin edi. -Sen unga hech kimsan.

Uning har bir harfi o‘tli tig‘day bo‘lib Taehyung tomon otilgan edi. Ammo Taehyung ko‘zini uzmadi. Og‘ir nafas olib, yuziga sokin, ammo qat’iy ifoda bilan qaradi

-Men Yerimning bo‘lajak eriman.

Yerim hali ham zinapoyada qotgancha turar, bu so‘zlar uning yuragini gupillatib yuborgan edi. Park xonimning og‘zi ochilib qoldi, nigohlari bir Taehyungga, bir Yerimga to‘g‘rilar edi.

Park Jungho esa avvaliga qotib qoldi. So‘ng qoshlarini chimirib, bir necha qadam oldinga yurdi.

-Bo‘lajak eri? Bu axmoqona o‘yinlar uchun juda yomon sahna, Kim Taehyung.

Lekin Taehyung jilmaydi. Ammo bu kulgi orqasida pichoqday o‘tkir haqiqat bor edi.

-Men uni bo‘lajak eri sifatida bu uyda qolishiga ruxsat bermayman.

Taehyung yana bir qadam oldinga yurdi. Nigohi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Park Junghoga qadalgandi va faqat Park Jungho eshitadigan darajada pichirlab gapirdi.

-Va men siz qilgan barcha qilmishlaringizdan xabardorman. Faqat o‘tmishdagi emas, balki hozir rejalashtirayotganlaringizdan ham.

U ovozini biroz balandroq qildi, xonadagi hamma eshitadigan darajada

-Agar bu haqida hamma bilishini xohlamasangiz Yerimni bu yerda ushlab qolishga urinmaganingiz ma'qul. Faqat shunda hammasi sirligicha qoladi.

Taehyung jim bo‘ldi. Qisqa sukunatdan so‘ng, ovozida chin yurakdan chiqayotgan himoya bor edi:

-Men Yerimni himoya qilaman. Unga na siz, na sizga o‘xshaganlar zarar yetkaza olmaydi. Hech qachon.

Bu so‘zlar Park Junghoni go‘yo ichidan larzaga soldi. Uning yuzi oqarib ketdi.
Taehyung esa bu lahzani ko‘rib, ichki g‘alabasini his qildi. Qoni jo‘sh urdi. Nigohini Park Junghodan uzmagancha sekin zinapoyalarga qarab yo‘l oldi.

Zinapoyalarda karaxt bo‘lib turgan Yerim tomon yaqinlashdi. Yerim hayrat va qo‘rquv aralash holatda bir necha soniya Taehyungga tikilib turdi.

Taehyung sekin, xuddi yuragining tubidan chiqayotgan so‘zdek, yengil pichirladi

-Men bilan ketishing kerak, Yerim.

Yerim og‘zini ochmoqchi bo‘ldi, ammo so‘z topolmadi. Haroratli, lekin titroqli nigohlarida hayrat, muhabbat va qo‘rquv aralashgan edi.Orqada esa Park xonim, hali ham hayratdan o‘ziga kelmagan edi.

Taehyung

Taehyung Yerimning qo‘lidan tutdi. Uning kafti issiq, lekin qaltirab turardi. U Bonaga qaradi hali ham zinapoyada karaxt turgan, qo‘rquvdan ko‘zlari kattalashgan qizaloqqa.

-Hoziroq opang va o‘zingni kerakli narsalaringni yig‘ishtir. Sizlarni bu yerdan olib ketaman.

Bona qotib qoldi. Nigohi avval opasiga, so‘ngra Taehyungga tushdi. Yerim esa titroq ovozda nihoyat gapirdi.

-Taehyung... sen nimalar deyapsan? Nega bizni olib ketmoqchisan? Qayerga? Nima bo‘lyapti õzi?

Taehyung chuqur nafas oldi. U sekin qo‘llarini Yerimning yuziga olib bordi, unga qarab turgan koʻzlarini silkitib, kaftlari bilan yuzini ohista siladi.

-Yerim iltimos. Ortiqcha savol berma. Men senga hammasini tushuntiraman. Ammo hozir emas. Faqat hozir men bilan ketishing kerak.

Uning ovozi asta, ammo yurakdan chiqayotgan edi. Ko‘zlari esa yalvorardi.

-Iltimos, Yerim menga ishon. Men seni himoya qilmoqchiman. Men seni yo‘qotishni xohlamayman.

Yerim bir Park Junghoga qaradi hali ham bir joyda turib, biror harakat qilishga ojiz bo‘lib qolgandek edi. So‘ng yana Taehyungga qaradi. Uning mehrli nigohi qalbini larzaga soldi.Yerim sekin boshini egib, past ovozda dedi

-Yaxshi Men senga ishonaman.

Taehyung chuqur nafas oldi. Ichida bir to‘siq yengildi.
Yerim va Bona zinapoyadan tepaga qarab yo‘l olishdi. Bona har qadamda ortga qarar, Taehyung esa joyida jim tik turgancha ularni kuzatar edi.

Park Jungho esa qattiq tishlarini g‘ijirlatib, nigohini pastga qaratsa-da, yuragidagi qahrni ham, qo‘rquvni ham yashira olmasdi.

Bona

Yerim va Bona o‘zlari uchun ajratilgan xonaga kirishdi. Yerim jamadonni ochib, to‘g‘rilagancha javondan eng zarur kiyimlarini tanlab joylashtira boshladi. Har bir harakatida shoshilish bor, ammo ko‘zlarida g‘am va savollar to‘la edi.

Bona esa jim. U javon oldida turgancha barmoqlari bilan sevimli yumshoq o‘yinchog‘ini siqib turardi. U opasining harakatlarini kuzatib, yuragida tobora kuchayib borayotgan savolga javob topa olmayotgandi.Nihoyat, Bona sekin ohangda so‘radi

-Opa biz qayerga ketamiz?

Yerim yelkasini qisdi, yuzidagi jilmayish quruq edi.-Bilmayman, Bona. Faqat biz boradigan joz xavfsiz bo‘ladi, shuni bilaman.

Bona bosh irg‘adi, lekin ko‘zlarida ishonchsizlik paydo bo‘ldi. U jim qolib sõng bir-ikki ko‘ylakni jamadonga joylashtirdi va to‘xtadi. Bir lahza Yerimga qarab turdi va sekin o‘girilib, eshik tomon yurdi.

-Men hozir kelaman-dedi u ohangida hech qanday shubha uyg‘otmaydigan ravshanlik bilan.

Yerim boshini qimirlatdi-Tez qayt.

Bona xonadan sekin chiqdi, yengil yurib oldidagi kichik koridorga o‘tib, telefonini sekin chiqarib, kontaktlar orasidan Jungkookni topdi.

Raqamni bosgan zahoti yuragi gupillab ura boshladi. Telefon go‘shagidan tanish, muloyim, ammo hozir biroz charchoq aralash ovoz eshitildi.

-Eshitaman ?

Bona shoshib, past ovozda pichirladi-Jungkook bu menman, Bona.

-Bona? Kech bo‘lganda qo'ng'iroq qilyabsan nimadir bõldimi? Yaxshimisizlar? Opang yoningdami?

-Hech narsa bõlmadim hozircha . Biz narsalarimizni yig‘ishtiryapmiz

-Narsalaringni yiğishtiryabsan? Qayergadir ketyapsizlarmi?- Jungkookning ovozida hayrat sezildi.

-Taehyung opamni va meni hozir yashab turgan uyimizdan olib ketmoqchi, nima uchunini bilmayman. Juda jiddiy ko‘rinadi. Opam ham tushunmayapti, faqat ketishimiz kerak deyapti.Bizga yordam ber, men Taehyungga unchalik ishonmayman,u nega to'satdan bunday qilayotgani meni qôrqityabdi

Keyin Jungkookning ovozi sezilarli darajada keskinlashdi- Bona, sen aniq ishonching komilmi?Taehyung nega sizlarni olib ketmoqchi bõladi?

-Ha u hozir pastda. Bizni kutyabdi,bizni olib ketmoqchi.

Jungkook chuqur nafas oldi. U endi voqeani anglab, ichki bir beqarorlikni his qildi.

-Yaxshi. Meni diqqat bilan eshit. Sen hozir opang yoniga qayt. Hech kimga hech nima demagin. Men hoziroq yetib boraman. Iloji boricha bu kõchib õtishni sekinlashtirishga harakat qil. Meni kut tez orada yetib boraman.

U telefonni o‘chirdi. Nafas oldi. Yuragi hali ham bezovta urardi. So‘ng sekin xonaga qarab yurdi, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek opasining yoniga qaytdi.

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic