July 30, 2025

• Where Fate Brings •


Insonning boyligi aqchalar bilan emas, voz kecha olmaydigan narsalarining ko‘pligi bilan o‘lchanadi.

EPISODE_18
#Gyuri

Qizlar xonada jamadonlarini yig‘ishar ekan, Taehyung esa bu uydan tashqariga chiqib ularni kôchada kutishni boshladi.Havo salqin, osmon biroz bulutli, hovlida kuz barglari shamolda shitirlayotgandi.U mashinaning old tomoniga suyanib atrofga qarar ekan ortidan kelayotgan qadam tovushlarini eshitdi. Taehyung ortiga qaramasdan, yuragidagi og‘irlikni his qilgandek jim turdi.

-Shunchalik o‘zingga ishonyapsanmi?-tanish, sovuq va hukmron bir ovoz quloqlariga urildi.Taehyung sekin o‘girildi. Park Jungho u tomonga yaqinlashib kelardi.

-Agar bu reja bilan Yerimni mendan qutqarib qolaman deb o‘ylayotgan bo‘lsan adashyapsan Taehyung.

-Siz unga nimalar qilmoqchi ekanligingizni bilaman,shuning uchun ham uni bu yerda qoldirmayman ,endi u yolğiz emas men uni himoya qilaman,Yerimga hech narsa qila olmaysiz.

Park Jungho qoshlarini chimirib, kulimsiradi. Bu kulgu haqoratli, o‘ziga haddan ortiq ishongan odamning kulgusi edi.

-Sen hali men kim ekanimni to‘liq anglab yetmagansan. Men seni ham, seni otangni ham bir deganda hech narsasiz qoldira olaman. Yerimni olib ketishing bu sen uchun muammo tugagan degani emas. Men uning hayotidan chiqmayman. Uning orqasidan soyadek yuraman.

-Siz endi unga tegina olmaysiz. Men buni yo‘l qo‘ymayman. Agar bir qadam yaqinlashsangiz ham men sizni õldiraman!

Park Jungho unga yaqin kelib, yuzma-yuz turdi. So‘zlarini past ovozda, ammo g‘azab bilan pichirladi-Men odamlarni bir zumda yo‘q qilishni yaxshi ko‘raman. Ularni zaif nuqtalaridan ushlab, sekin yo‘qotishni. Sen qaysi nuqtangdan sinishingni juda yaxshi bilaman shunday ekan menga tahdid qilma.

-O‘zingizga keragidan ortiq dushman orttirdingiz, Park Jungho. Men sõz berib aytamanki bir kun kelib men sizni yõq qilaman.

Park Jungho bir lahza jim turdi. So‘ng yengil bosh irg‘ab, sekin orqaga yurib, qasddan pichirlab qo‘shdi- Bu shunchaki tahdid Taehyung ikkimiz ham qõlingdan hech narsa kelmasligini bilamiz, Park Junghoni hali hech kim yõq qila olmagan.Undan kõra birinchi zarbamga tayyor tur,seni bu qilmishing Yerim ertachiroq õlimga yetaklaydi.

Taehyung hech nima demadi. Park Jungho õziga ishongan holda yuzida mamnun tabassum bilan uyi tomon yurib ketdi.

Mototsikl g‘uvillab o‘tib ketdi. Qattiq shovqin, tutun, yurakni zirillatgan zarba havoni yoritdi.

Yerim birdan yerga yiqildi, lekin jarohat olmagan edi Taehyung uni o‘zini ayamasdan yerga itarib qutqargandi. Taehyung asta qo‘lini chap yelkasiga olib bordi. Kiyimining yengi yirtilgandi, terisida ozgina shilinma, ko‘kimtir iz bor edi. U og‘riqni ko‘rsatmaslikka harakat qildi.U belini ushlab, sekin tizzasiga cho‘kdi.

-Taehyung!-deya qichqirib, Yerim uni yoniga yugurib bordi.
U yiqilgancha turgan Taehyungni quchoqlab oldi, ko‘zlarida vahima, qo‘rquv va tashvish bor edi.

-Taehyung, sen... sen yaralandingmi? Jarohating qonayabdi.

Taehyung nafasini tekislay olmadi. Ammo darhol boshi bilan “yo‘q” deb silkitdi. Uning nigohi faqat Yerimda edi. Qo‘llari qizning yuziga siladi sõng sochini yengil surib qo‘ydi.

-Men... men yaxshiman. Sen-chi, Yerim? Hech qaeringga jarohat yetmadimi? Menga qara, yiqilib tushding... umuman ahvoling yaxshimi?

Yerimning lablari titradi. U bosh irg‘ab “yaxshiman” dedi, lekin yuragidagi og‘riq yuziga yaqqol yozilgandi. U Taehyungning yelkasidan qon sizib chiqqanini ko‘rib, dahshatga tushdi.

-Yaxshi emassan! Sen meni qutqarib o‘zingni jarohatlading! Agar... agar bu hodisa boshqacha tugaganida... agar seni yo‘qotganimda- uning ovozi titradi, koʻzlaridan yosh to‘kildi.

Yerim boshini Taehyungning ko‘kragiga yashirdi, yig‘lab yubordi. Nafasi og‘irlashib, so‘zlari ich-ichidan portlayotgandek chiqardi-Men seni yo‘qotishdan qo‘rqaman.

Taehyung sekin, ammo qat’iyat bilan uni bag‘riga mahkam bosdi. Nafas olarkan, yuragi ham Yerimning yuragi bilan bir ohangda urayotgandek tuyuldi. Qon bosilgan joy og‘riyotgan bo‘lsa ham, u umuman sezdirmasdi.

-Hush... tinchlan, Yerim. Men shu yerdaman,menga hech narsa bõlgani yõq,asosiysi hozir sen xavfsizsan. Men seni himoya qilish uchun bor narsamni tikaman. O‘zimdan kechaman, ammo seni hech qachon yo‘qotmayman.

Yerimni quchog‘ida mahkam tutar ekan, Taehyung nigohi ko‘chada, mototsikl g‘oyib bo‘lgan yo‘nalishda to‘xtaldi.
U ichidan o‘yladi “Bu Junghoning ishi,u aytgan birinchi zarab shu edi. Ammo buni Yerimga bildirmadi. Uni avaylab, faqat mehr bilan quchog‘ida ushlab turdi.

-Seni hech kimga bermayman, Yerim- dedi u, past, lekin qat’iy ohangda. -Va hech kim seni xafa qila olmaydi.

-Men... men boshqa yaxshi kõrgan odamimni yõqotishni xohlamayman, ota-onamdan keyin yana kimdirni yôqotishga chiday olmayman.

- Hey yiğloqi qiz men shu yerdaman. Men seni hech qachon yolg‘iz tashlab ketmayman. Hech qachon.

Yerim uning bag‘rida hozirgi tuyg‘ularini so‘z bilan ifoda etolmasdi. U faqat bu daqiqada hech qayerga ketishni, hech narsani eslashni xohlamasdi.
U bir oz jim qoldi, so‘ng shivirladi-Men seni sevaman

Taehyung sekin Yerimning boshiga peshonasini tekkizdi va kulimsiradi.

-Men ham seni har soatda, har nafasda.

Taehyung

Yerimning qaysarligi tufayli Taehyung kasalxonaga borishga rozi bõldi.Ulari taksiga õtirishdi,Taehyung yon o‘rindiqda, chap yelkasini ushlab o‘tirardi. Ko‘zida og‘riq bor edi, lekin Yerimning oldida kuchli ko‘rinishga urinardi.

-Meni ahvolim juda yaxshi Yerim. Kasalxonaga borishga hojat yo‘q,undan kõra politsiyaga borishimiz kerak- dedi Taehyung og‘riqli ohangda.
Yerim Taehyungni yuziga jiddiy nigoh bilan qaradi.

-Jim bo‘l Kim Taehyung. Men sening o‘lishingni emas, doim yonimda soğ-salomat bõlishingni xohlayman, seni jarohatingni davolash uchun doktor kerak,politsiyachilar emas.

Taehyung biroz jilmaydi. Har safar Yerim jiddiy bo‘lsa, uning ichida iliqlik uyg‘onardi.

- Oho jiddiy qizaloq bu shunchaki shilingan holos, qõrqinchli jarohat emas.

-Shilingan holosmi? dedi Yerim Taehyungni jarohatiga e’tibor qaratgan holda- Nega unda hali ham qon oqyabdi? Õzingni oğriq sezmaydigandek tutma,men kõrib turibman jarohating oğriyabdi,yuzingdan buni sezdirmayabsan ammo kõzlaring hammasini sotyabdi, sevgan inson sevgan insonini oğriğini his qiladi,men ham sezyabman seni oğriģingni.Keyin sen meni himoya qilding,men ham seni asrashga haqliman.

Taehyung indamay qoldi. Yerimning so‘zlari yuragining eng nozik torlarini chertdi.
Shifoxonaga yetib kelishganida, Yerim uni qo‘llab ichkariga kirgizdi. Taehyung boshlanishda e’tiroz bildirgandek bo‘ldi, ammo qizning qat’iyati qarshisida sukut saqladi.

Shifokor Taehyungni jarohatini ko‘rib chiqgach, chap yelkasida yengil shilinma, terining yuzaki qoplamasi ko‘karib qolganini aniqladi. Og‘riq bo‘lsa-da, jiddiy jarohat emasdi. Dori va bog‘lov tavsiya etildi. Boshqa hech qanday xavf yo‘q edi.

Kabinetdan chiqishayotganda, Yerim shifokorning “Juda yengil qutulibdi” degan so‘zlarini eshitib, yengil nafas oldi. Ammo yuragida hanuz qo‘rquv bor edi. Taehyung unga qarab jilmaydi.

-Ko‘rdingmi? Boshim joyida, yelkam ham. Sen esa keragidan ortiqcha xavotirlangansan.

Yerim unga qaramadi. Past ovozda shivirladi-Sen menga keraksan. Sendan qimmatli hech narsa yo‘q.Bu oddiy jarohat bõladimi yoki yõqmi farqi yõq, eng asosiysi seni salomatliging.

Taehyung bu so‘zlarni eshitib, jim turdi. Ichida biror narsa yorilgandek bo‘ldi yuragining eng chuqur joyida,uning uchun kimdir tashvishlanishi, mehr kôrsatishi bu õzgacha tuyğu edi.U asta Yerimga yaqinlashdi, yengil og‘riq bilan bo‘lsa-da, qo‘lini qizning yelkasiga qo‘ydi.

-Seni himoya qilishim kerak edi. Agar yana shunday xavf bo‘lsa, yana o‘zimni o‘rtaga tashlayman. Chunki men uchun sen eng qimmatli odamsan.

- Meni boshqa himoya qilma,men õzimni õzim himoya qila olaman, meni itarib yuborish õrniga Yerim qoch deb baqirsang bõlardi,men shu zahoti mototsiklga chap berib qolardim, sen õzingdan qahramon yasamoqchi bõlding

Taehyung hayron bõlib Yerimga kipriklarini pirpiratib qaradi- Oh shundaymi? Sen õzingni himoya qila olasanmi? Men Yerim qoch desam mototsiklga qochib qolarmiding?

- Ha albatta, men juda tez yuguraman.

Taehyung kuladi - Bir necha soat oldin bu hodisadan katta tragediya yasab meni quchoqlab qõrqib ketdim Taehyung deb yiğlayotgan kim edi?

- Bu shunchaki sodir bõldi, men aslida jarohatlanganing uchun õzimni aybdor his qildim

Taehyung ishonmay kõzlarini yumib masxara qildi- Yolğonchi Yerim ! Hozirgi jiddiy Yerim menga yoqmayabdi ,hoziroq yiğloqi Yerim rejimiga ôt qani tez bõl!

Yerim yõq deb boshini silkib qôygancha kasalxona karidoridan yurib ketdi, Taehyung uni ortidan ergashar ekan Yerim sochlarini õynoqicha silkitdi

- Yerim menda bir savol bor. Nega kõzoynak taqmay qõyding-a? Men senga kõzlaring chiroyli ekanligini aytganim uchunmi?

-Yõq !Bu uchun emas kôzoynagimni sindirib qõydim-Yerim kôzlarini olib qochib boshqa tomonga qaragancha bahona topib yurib ketar ekan Taehyung bundan kuladi

- Qizaloq yolğonchilik odatiga ega bõlibdi. Yerim sen meni bir kõrishda sevib qolgansan tõğrimi? Kõzoynaksiz kõzlaring chiroyli ekanligini aytganimdan sõng birdan kõzoynakdan men tufayli voz kechgansan

Yõq- Yerim rad etishi bilan Taehyung Yerimni oğzini qõli bilan yopib uni yelkasiga qõlini qôygancha yurishda davom etdi - Tssh Yerim rad etishga shoshilma,chunki ikkimiz ham haqiqatni bilamiz.

Yerim

Maktab chiqishidagi yo‘laklarda quyosh endi pasaya boshlagan, havoda kuz faslining salqin havosi taralib turardi. Bona qo‘lida kitob bilan quvonchdan parvoz qilgandek, mashinalar qatoriga qarab yurdi.Shu payt, oq avtomobilga suyanib turgan Jungkook uning ko‘ziga tushdi. U oddiygina kiyimda, qo‘lida Bona yaxshi ko‘radigan shokolad va kichik sovg‘a bilan kutib turardi.

Bonaning yuzidagi tabassumni ko‘rgan Jungkook o‘zini biroz yo‘qotdi. U qizning bunday xursand kayfiyatini ilk bor ko‘rayotgandi. Shu tabassuming o‘zi butun kunni yoritgandek edi.Bona unga yaqinlashgach, Jungkook o‘zini o‘nglab, kulimsirab sovg‘alarni Bonaga uzatdi.

-Bu sen uchun.

Bona hayron qoldi, ammo jilmayib Jungkookni qõlidagi narsalarni qabul qildi.

-Rahmat, lekin bular kerak emasdi.

-Men bugun kayfiyatsiz, xafa ko‘rinishing mumkin deb o‘ylab, seni quvontirish uchun olgandim. Ammo qarasam,d bugun juda xursandsan. Sababi nimada?

-Bugungi kunim men kutgan yorug‘likka to‘la edi. Taehyung uyida yashash menga yoqdi.

Jungkook so‘zsiz qoldi. Ko‘zlarini qisib, sekin xo‘rsinib qo‘ydi.

-Buni nimasi quvonchli? Taehyungning uyida yashashni nima yaxshi tomoni bor ekan?

-Sen tushunmayapsan. U yerda men o‘zimni xavfsiz his qilyapman. Huddi opam bilan birga õz uyiga ega bõlgan odamlardekmiz. Va Taehyung u oppamga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rib haqiqatda sevayotganini bildim. Men buni his qildim.

Bona shokoladni ochdi, bir bo‘lakni og‘ziga solib ohangdor tarzda davom etdi- Taehyungni ko‘zlaridan, harakatlaridan,har bir qadamida oppam uchun jonini berishga tayyor odamni ko‘rdim. Har doim oppamga tikilgan nigohlarida mehr bor. Va bu menga taskin beradi,endi opamni doim tabassum va xursand ekanligini kôrish meni ham baxtli qilyabdi.

Jungkook birdan sukutga toldi. So‘ng sekin, ammo chuqur va mulohazali ovozda so‘radi

-Unda sen mening ko‘zlarimda nima ko‘rasan Bona?

Bona birdaniga gapirishdan to‘xtab qoldi.

-N-nima?-u biroz kulimsirab so‘radi, ammo bu so‘zlar ichki titroqni yashira olmadi.Jungkook bir qadam yaqinlashdi. U egilib, qizning ko‘zlariga qaradi.

-Mening ko‘zlarim senga qanday qaraydi? Qanday his qilasan ularni?

Bona o‘zini yo‘qotdi. U bir daqiqa jim qoldi. Uning yuragi biroz tez urmoqda edi. U Jungkookning ko‘zlarida allaqanday iliq, lekin sirli tuyg‘ularni ko‘rib turgandek edi. Hali aniq ism qo‘ya olmasdi bu hissiyotga.

-Men… men seni ko‘zlaringda ham issiqlik, ham chalkashlik ko‘ryapman. Ba’zida g‘amginlik, ba’zida esa quvonch bilan porlab turadi kõzlaring.

Jungkook asta jilmaydi.- Men seni doim yoningdaman Bona. Lekin sen faqat oppangni baxti haqida gapirasan. O‘zingning yuraging-chi?

Bona shokoladni og‘ziga solgancha, haliyam Jungkookning savolidan cho‘chigan holatda edi. Jungkook esa haligacha uning ko‘zlaridan ko‘zim uzmas, qandaydir javob kutardi. Ich-ichidan titrayotgan bo‘lsa-da, tashqaridan osoyishta ko‘rinishga urinar edi.

-Men Jiminni sevaman.

Havo bir zumda o‘zgardi, jilmayib turgan Jungkookning chehrasi asta sekin so‘ndi. Ko‘zlarida chaqnab turgan yorug‘lik so‘ndi. U endi yerga qarab, labini tishladi.

-Ha to‘g‘ri- dedi u sekin, kulimsirashga urinib, ammo bu kulgi og‘riq bilan qoplangan edi. -Sen Jiminni sevarding, men buni qanday unutdim?

U Bonadan uzoqlashib mashina eshigini ochdi va sovuqqina ohangda qo‘shib qo‘ydi-O‘tir seni Taehyungning uyiga olib borib qo‘yaman. Bugun oxirgi marta haydovching bo‘laman.

Bona ko‘zlarini katta ochdi. Bir zumda quvonchi so‘nib, chalkashlik yuzini qopladi.

-Nega oxirgi marta?- deb so‘radi u, asta mashinaga o‘tirarkan.Jungkook mashina eshigini yopib, haydovchilik o‘rniga o‘tirdi. Mashina harakatga tushdi. U beparvo ohangda gapira boshladi, go‘yoki biror tuyg‘u yo‘qdek.

-Maktabdagi qizlar endi seni bezovta qilmayapti. Taehyung ham sizlarga g‘amxo‘rlik qilar ekan, endi men keraksiz bo‘lib qoldim.

-Buni u aytdimi?

-Ha.-Jungkook ko‘zini yo‘ldan uzmasdan davom etdi. -U seni ham, opangni ham o‘z himoyasiga olgan. Endi seni asrash uchun mening bo‘lishim shart emas.

Bona ichida bir narsa sinayotganini his qildi. Ammo hech nima demadi. U sezdirmaslikka urindi. Shokoladni ochib yana bir bo‘lak yedi. Derazadan tashqariga qaradi. Ammo ichida nimadir o‘zgarayotganini, nima uchundir yuragi siqilayotganini u tan olishni istamasdi.

Jungkook esa, rulni mahkam ushlagancha, yon tomondan sezdirmay Bonaga qarab qo‘yardi. Bonaning e’tiborsizligi, jim turib boshqasini sevishini aytishi, unga umr bo‘yi yetadigan alamdek tuyuldi. U yuragini mushtlab turgan og‘riqni yutdi.U endi bunga chidamasligini bilardi.

Mashina uzoq yõl yurib õz manziliga kelib tõxtashi bilan Jungkook ovozi yangradi.

-Yetib keldik.

Bona eshikni ochdi. Ammo chiqmay, unga tikildi. Uning yuzidagi sovuqlik, ko‘zlaridagi g‘am bu boshqa Jungkook edi.

-Mendan biror ayb o‘tdimi? Nega bunchalar kayfiyatsiz bõlib qolding?

Jungkook chuqur nafas oldi. Nigohini undan olib, rulga qaradi.

-Hech narsa bõlmadi. Men ketishim kerak. Iltimos, mashinadan tush.

Bona indamay mashinadan tushib, uy tomon yurdi. Jungkook esa uni orqasidan ko‘zlari bilan kuzatdi. Ammo Bona bir marta ham ortiga qaramadi. U eshikdan ichkariga kirib ketdi.

Jungkook chuqur nafas oldi. Qarasa Bona ôtirgan o‘rindiqda ochilgan shokolad va sovg‘a qoldirib ketgan edi.

-Bu hatto izhor qilinmasdan rad etilish bo‘lsa kerak.- deya pichirladi Jungkook.Shunda yuragidagi og‘riq chiday olmaydigan darajaga yetdi. Qo‘llarini rulga mahkam bosib-Men nima qilmay baribir omadsizlik bilan tugaydi.

U mashinani birdaniga harakatga keltirdi. Go‘yoki bu uydan tezda uzoqlashsa, Bonaga bo‘lgan muhabbati ham shu yerda qolib ketadigandek.

Jungkook

Kechki shafaq uy devorlariga iliq nur sochib turardi. Taehyung va Yerim nihoyat uy eshigidan kirishdi. Ularning qadam tovushi sekin eshitildi. Ichkarida esa Bona divanda o‘tirar, qo‘lida kitob, ko‘zlari esa betoqat kutayotgandek tez-tez sahifa almashardi.U opasi va Taehyungni ko‘rishi bilan jilmaydi

-Keldingizmi? Juda uzoq qolib ketdingizlar. Yana biroz kutganimda sizlarni qidiruvga bermoqchi edim.

Taehyung yumshoq kuldi, yurib Bona tomon kelarkan.

-Aslida ko‘p qolib ketmoqchi emasdik, lekin..shunga to‘g‘ri keldi.

U divanga o‘tirib, sal yengil nafas oldi. Yerim esa poyabzalini yechib, sekin Bona tomon yurdi.

-Bugungi kun yaxshi o‘tdimi?

Yerim tabassum bilan singlisining yelkalariga qo‘l qo‘ydi

-Bugungi kunim yaxshi õtdi opa, sizlarni kuningizchi qanday õtdi? Ikkingiz bugun qayerlarga bordingiz,nimalar qildingizlar?

- Doimgidek universitetga bordik, hamma talabalar singari darsga kirib dars tingladik.Hammasi shu - Yerim bugun sodir bõlgan voqeani aytib Bonani tashvishga qõyishni xohlamadi.

-Xursandman buni eshitganimdan.-dedi Bona. -Ovqatlanamizmi? Meni qornim och.

Yerim sekin bosh irg‘adi-Hozir men biror narsa tayyorlayman.-dedi-da, singlisining sochlarini silab oshxonaga qarab ketdi.

Taehyung Yerim ketayotganiga bir muddat tikib turdi. So‘ng asta divanga suyanib o‘tirar ekan, chap yelkasini ohista ushladi. Yelkasida yengil og‘riq bor edi, harakati beixtiyor og‘rig‘ini fosh etib qo‘ydi.Bonaning ko‘zi zudlik bilan unga tushdi.

-Yelkangizga nimadir bo‘ldimi?

Taehyung birdan tanasini to‘g‘riladi va kulimsirab javob berdi.

-Yo‘q, shunchaki biroz qotib qolibdi, ahamiyatsiz.

U yengil ohangda javob berdi, go‘yoki bu hech narsa emas. Ammo atrofga qararkan, to‘satdan stol ustida turgan rasmga ko‘zi tushdi. Bir necha soniya jim tikildi. Jiminning tabassum bilan tushgan rasmi uning uyida. Bu birdan qiziq tuyuldi.

-Uni surati bu yerda nima qilayapti?- dedi Taehyung sekin, biroz ohangida sovuqlik bilan.Bona bir zum jim qoldi. So‘ng qizarib ketdi, suratga tezda qo‘l uzatib uni kitobi orasiga solarkan, jilmayishga majbur bo‘ldi.

-Hech narsa qilmayabdi.

So‘ng darrov zinaga yo‘l oldi. Har qadamda o‘zini tutishga harakat qilsada, yuzidagi shoshqaloqlik va ichki bezovtalikni yashira olmadi.Taehyung esa orqasidan qarab qoldi. Ko‘zlari bir nuqtada to‘xtab qoldi. Ich-ichidan allaqanday tuyg‘u ehtimol rashk, ehtimol bezovtalik yuragini chimdib o‘tdi.

Bona

Taehyung divanda sukutda bir muddat o‘tirib turdi. Keyin asta o‘rnidan turdi, yelkasini ohista silagancha oshxonaga qarab yurdi. Ichkariga kirganida, Yerim peshtahta yonida turgancha ovqat tayyorlayotgan edi. Yerimning sochlari yengil to‘planib, yuzida esa sokin mehr bor edi. Taehyung jilmaydi. Uni kuzatarkan, birdan yuragini nimadir g‘ash qildi Jiminning surati.Yana ko‘z oldida o‘sha kadr paydo bo‘ldi. U sekin Yerimga yaqinlashdi.

-Yerim.

-Hmm?- dedi Yerim orqasiga qarab.

-Uyimda Jiminning surati nima qilyapti?

-Jiminning surati? Men qayerdan bilay? Bu axir seni uying, bu uydagi suratlarga men javobgar emasman.

Taehyung bosh chayqadi-Yo‘q, Yerim. Mening uyimda Jiminni surati hech qachon bo‘lmagan. Hozirgina uni suratini kõrib Bonadan so‘radim u ‘hech narsa’ dedi va suratni kitobining orasiga yashirib, xonasiga chiqib ketdi.

Yerim chuqur xo‘rsindi. -Endi tushunarli

-Nima tushunarli?-Taehyung diqqat bilan qaradi. -Bona… Jiminni yoqtiradimi?

Yerim boshini sekin egdi, so‘ng ohangida muloyim afsus bor edi-Afsuski, ha. U Jiminni sevib qolgan.

Taehyung lablarini tishlab oldi, yuzida xavotir aralash norozilik sezildi.-Bu yaxshi emas. Bu… juda yomon, agar buni Jungkook bilsa xafa bõladi.

Yerim darrov e’tibor qaratdi-Jungkook? Jungkook bilsa nima bo‘ladi? U nega bundan xafa bo‘ladi?

Taehyung o‘zini tutolmadi. Bir lahzalik sukutdan so‘ng o‘zini tutib, gapni o‘zgartirdi-Jungkook?.. E, yo‘q… men shunchaki… aytmoqchimanki… nega boshqa yigitning ismini tilga olyapsan? Men rashk qilyapman! Jiminning surati haqida boshim qotganida, sen esa endi Jungkook deyapsan.

Yerim kulimsirab, bosh chayqadi-Taehyung, hozir Jungkook degan ismini o‘zing tilga olding, endi meni rashk qilayapsanmi? Surat esa menga tegishli emas, uni singlim olib yuribdi. Men Jimin bilan dõstlikdan boshqa aloqam yo‘q.

Taehyung ko‘zlarini qisib, biroz o‘zini aybdor his qildi. Jilmayishga harakat qildi.

-Ha, bilaman lekin baribir rashk qildim. Men bu suratni sen olib kelgansan deb o‘yladim. Uzr.

U sekin orqaga yurdi, so‘ng to‘xtab, yumshoq ohangda dedi

-Men endi uyga ketaman. O‘zingni ehtiyot qil, Yerim.

Yerim unga jilmayib bosh irg‘adi-Sen ham Taehyung, agar yelkangdagi jarohating oğrisa menga qõnğiroq qil hõpmi?

Taehyung keng jilmaydi- Nega? Qõnğiroq qilsam birdan uyimga yugurib borasanmi qizaloq?

Taehyung eshik tomon yurar ekan Yerim uni kuzatib qo'yish uchun unga ergashdi.

- Yõq tez yordam yuboraman.

Taehyung Yerimni javobidan kuladi - Bilasanmi tez yordamga men ham qõnğiroq qila olaman,mendan xavotir olma ,jarohatim jiddiy emas.

Taehyung eshikni ochib ortiga burildi sõng tezda Yerimni yuzida õpdi.

- Xayr qizaloq - Taehyung jilmaygancha chiqib ketdi, Yerim Taehyung harakatidan yuzi qizarganini sezdi ,qõllari bilan yuziga yengil shamol qilgancha eshikni qulfladi.

- Bu nima qilgani? Nega ogohlantirmaydi? Nega ruxsat sõramaydi?

Yerim

Taehyung tunda dabdabali hovlili uylardan birining oldida mashinasidan tushdi. Park Jungho yashaydigan uyga yana kelishiga tõğri kelgandi.Ko‘chani faqat uyning devorlariga o‘rnatilgan chiroqlar yoritib turardi. Taehyung yuragidagi g‘azabni bosishga urinmasdi, u bu odamdan javob olish uchun kelgan edi.

U darvozani ochib ichkariga kirdi. Uyni ichkaridan kirib borar ekan, uni Park Jungho kelishini bilib kutib turgan edi.

Ichkarida xizmatchilardan biri uni kutayotgan edi. Taehyungga sovuq nigoh bilan qarab, quruq ohangda gapirdi

- U sizni kutmoqda. Yuqoriga chiqing.

Taehyung og‘ir qadamlar bilan zinapoyadan ko‘tarildi. U xonaga yetib borganda, eshik oldida hech kim yo‘q edi. U ichkariga kirdi.

Xona yoritilgan, ammo muzdek edi. Keng kabinetda Park Jungho o‘z kreslosida o‘tirar, yuzida tabassum, qo‘lida esa viski stakani.

-Nihoyat kelding, Kim Taehyung seni uzoq kutdim, kelishing juda uzoq vaqtni talab qilganiga seni shifoxonada õlim tushagida yotibdi deb õylay boshlagandim kõryabman ahvoling yaxshi-dedi u beparvolik bilan.

Taehyung eshikni orqasidan yopdi, bir necha qadam oldinga yurdi, nigohi alangalanib yonib turardi.

-Mototsiklni sen yuborganing ana endi aniq bõldi. Bu bilan nima qilmoqchi bõlding?

Jungho stakandagi ichimlikni aylantirib kulimsiradi-Ha, men uni "yuborgan" bo‘lishim mumkin. Ammo sen nimani isbotlay olasan, Taehyung? Politsiyami? Ular senga ham ,Yerimga ham yordam berisha olmaydi,chunki men ularni sotib olganman.

-Nega bunday qilding? Nima uchun aynan Yerimni tinch qõymaysan? Senga pul kerak bõlsa men qancha desang ham topib beraman.

Jungho o‘rnidan turdi, asta yurib Taehyungga yaqinlashdi. So‘ng past ovozda, zaharli so‘zlar bilan gapi boshladi.

- Meni kuldirma, senda hech qanday pul yõq, otangni puliga ishonayotgan bõlsang bu pullar yaqinda tugaydi. Nega Yerimni tinch qõymayman? Buni sabqbi faqat pullar emas. Yana bir sababi Yerim onasiga juda õxshaydi,uni kõrsam menga qalb oğriğini keltirgan ayolni kõraman,meni azoblagani uchun bu dunyoda qizini ham baxtli yashashga qõymayman. Yerim sen uchun hayotini qurbon qilishga tayyor bo‘ldi. Bu sening aybing, Taehyung. SEN uni bu uydan olib ketgan ekansan. Endi esa u tezroq o‘ladi. Sen tufayli.

Bu so‘zlar Taehyungni yuragiga pichoq kabi urildi. Ko‘zlarida g‘azab yondi. U qattiq qadamlar bilan oldinga yurib, Park Junghoni yoqasidan mahkam ushlab, baqirdi.

— SEN AQLDAN OZGAN ,TELBAMISAN?! NIMA DEYAPSAN ?! ONASI UCHUN QIZINI AZOBLASH BU ABLAHNI ISHI.Agar Yerimga biror narsa bo‘lsa… SENI O‘LDIRAMAN!

Jungho hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi, aksincha jilmaydi. Ammo keyingi lahzada xona eshigi ochilib, qora kiyimli ikki bahaybat yigit tezlik bilan kirib kelib, Taehyungni orqaga tortib oldi.

- Qo‘yib yuboring! - deb qichqirdi Taehyung, tipirchilab qarshilik ko‘rsatarkan.

Yigitlar uni xonadan olib chiqib ketayotgan paytda Jungho orqasidan kulib qichqirdi.

-Bu endi boshlanishi edi, Taehyung! Keyingi “surpriz”ga tayyor tur. Men seni asta-asta sindiraman!

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic