August 16

Enemy of My Heart

Ba'zi insonlarni hech qanday sababsiz sevamiz, ba'zilarni esa minglab sabablar bo'lsa ham sevolmaymiz.

EPISODE_4

Ertalab kasalxonaning katta oynalaridan tushayotgan quyosh nuri uzun koridorlarni yoritib turardi. Oqartirilgan devorlar va yaltiroq pol yuzasida chiroqlar aks etar, havoda esa antiseptik vositalarning o‘tkir hidi sezilardi. Odatdagi ish kuni boshlangan edi hamshiralar bir xonadan ikkinchisiga shoshilar, shifokorlar qo‘llaridagi hujjatlar bilan kabinetlar orasida qatnar, uzoqroqda esa bemorlarning ovozlari eshitilardi.
Hyejin oq xalatini kiyib, bo‘ynidagi stetoskopini to‘g‘rilagancha koridor bo‘ylab odatdagi tezligida yurib kelardi. Bir qo‘lida planshet, ikkinchi qo‘lida bir nechta tibbiy hujjat bor edi.
Ammo bugun nimadir boshqacha edi.
U birinchi burilishdan o'tishi bilan odamlarning odatdagidan pastroq ovozda gaplashayotganini sezdi. Koridorning turli burchaklarida kichik-kichik guruhlar paydo bo‘lgan, hamshiralar bir-birlariga engashib, nimanidir pichirlashardi. Ayrim shifokorlarning yuzida esa odatdagi xotirjamlik o‘rniga xavotir sezilardi.

Hyejin qadamini sekinlashtirdi.Uning nigohi avval chap tomondagi hamshiralarga, keyin qarama-qarshi devor yonida turgan shifokorlarga ko‘chdi.Bir hamshira atrofga alanglab qaradi-da, yonidagi hamkasbiga yaqinroq egildi.- Eshitdingizmi? - dedi bir hamshira, boshqasiga engashib. -Kasalxona sotilibdi.

Ikkinchi hamshiraning ko‘zlari kattalashdi. U qo‘lidagi papkani beixtiyor ko‘ksiga bosib oldi.-Kim sotib olibdi? -so'radi ikkinchisi, ovozida hayrat bilan.
Birinchi hamshira yelkasini qisib, ovozini yanada pasaytirdi. Uning ko‘zlarida qiziqish bilan birga biroz xavotir ham bor edi.- Bilmayman aniq, lekin gap-so'zlarga qaraganda, juda katta, juda nufuzli odam. Hech kim uni ochiq ko'rmagan, faqat huquqiy hujjatlar orqali bitim tuzilgan.
Hyejin shu joyning o‘zida bir zum to‘xtab qoldi.Qo‘lidagi planshetni biroz mahkamroq ushladi.Kasalxona sotilganmi?Uning qoshlari hayrat bilan biroz ko‘tarildi.Qachon va nega menga hech kim aytmadi?
Hyejin hamshiralarga tikilib turdi, ammo ular uni hali payqashmagandi. U bir necha soniya o‘sha suhbatni tinglab turdi-da, keyin yana yo‘lida davom etdi.Ammo endi uning qadamlarida avvalgi xotirjamlik yo‘q edi.
Koridorning narigi tomonida esa boshqa bir guruh yosh shifokorlar to‘planib turardi.Ulardan biri qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirgan, ikkinchisi esa xavotir bilan barmoqlarini bir-biriga ishqalardi.Hyejin ularga yaqinlashgan sari ularning suhbatini aniqroq eshita boshladi.
- Agar yangi boshliq xodimlarni qisqartirsa-chi? -dedi ulardan biri, ovozida aniq qo'rquv bilan. - Men uch oy oldin ishga kirgandim, birinchi bo'lib meni bo'shatishlari mumkin.
Uning yonidagi shifokor chuqur xo‘rsindi. Ko‘zlarini koridor bo‘ylab yugurtirib, go‘yo kimdir ularni eshitib qolishidan xavotirlanayotgandek atrofga qaradi.- Yoki battarrog'i kasalxonani butunlay yopib, boshqa narsaga aylantirsalar-chi? - qo'shildi boshqasi. - Bunday narsalar bo'lib turadi. Katta pul egalari kasalxonalarni sotib olib, ularni ofis binolariga aylantirishadi.

- Menimcha, biz vahima qilyapmiz-dedi uchinchisi, ammo uning ovozida ham ishonch yo'q edi.

Hyejin ularning yoniga yaqinlashdi. Qo‘lidagi planshetni ko‘ksiga bosib, avval bir necha soniya suhbatni tinglab turdi. So‘ng ehtiyotkorlik bilan ovoz chiqardi:-Kechirasiz, bu haqda aniqroq nima bilasizlar? Kasalxona rostdan ham sotilganmi?

Yosh shifokorlardan biri darhol unga qaradi. Uning yuzidagi xavotir biroz yumshagandek bo‘ldi. U boshini sekin silkitib, tasdiqladi.- Ha, kecha kechqurun rasmiylashtirilgan, deyishyapti. Bosh shifokor ertalab hammani yig‘ib, e’lon qilmoqchi ekan.

Hyejin yana nimadir so‘ramoqchi bo‘ldi.Ammo ayni paytda koridor oxiridagi katta eshik ochildi.
Ichkaridan bosh shifokor professor Han chiqib keldi. Uning qo‘lida qora papka bor, ko‘zoynagi esa burnining uchiga biroz tushib qolgan edi. U atrofdagi xodimlarga qarab, yuzida xotirjamlikni saqlashga urinardi. Biroq uning qadamlaridagi biroz shoshqaloqlik va lablarining tarangligi hammasi ham u qadar oddiy emasligini ko‘rsatib turardi.
-Hammangiz, iltimos, kichik anjuman zaliga yig‘ilinglar- dedi u balandroq ovozda. - Bir necha daqiqa vaqtingizni olaman.

Koridordagi shivir-shivirlar bir zumda kuchaydi.Xodimlar bir-birlariga qarab olishdi.
Hyejin ham chuqur nafas olib, boshqalar ortidan zal tomon yurdi.

Hyejin

Kichik anjuman zali odatdagidan gavjum edi.Deraza pardalari yarim yopilgan, shift chiroqlari xonaga yorug‘lik sochib turardi. Qator qilib qo‘yilgan stullarga shifokorlar va hamshiralar joylashar, ayrimlari bir-biriga engashib, past ovozda gaplashardi.Hyejin o‘rtaroqdagi bo‘sh joylardan biriga o‘tirdi.U planshetini tizzasiga qo‘ydi, ammo unga qaramadi.Yuragi negadir tezroq urayotgandi.Professor Han stol oldiga borib to‘xtadi. Bir necha soniya xonadagi barcha yuzlarga qarab chiqdi. So‘ng qo‘llarini stol ustiga qo‘ydi.-Tushunaman, hammangiz tashvishlanayotganingizni, kasalxonaning egalik huquqi o'zgardi. Yangi egasi men bilan shaxsan gaplashgan hozircha hech qanday xodimlar sonini qisqartirish yoki tuzilishni o'zgartirish rejasi yo'qligini aytdi.

Xonada yengil shovqin ko‘tarildi.Kimdir yengil nafas chiqardi boshqa bir xodim esa yonidagi hamshiraga qarab, qoshlarini chimirdi.Hyejin professor Hanning yuzini kuzatardi.U nimanidir yashirayotgandek tuyulardi.
- Lekin nega sotib olishgan bo'lsa, agar hech nimani o'zgartirmoqchi bo'lmasa? - deb so'radi kimdir orqa qatordan, ishonchsizlik bilan.
Bir nechta odam bosh irg‘adi.Professor Han savolga javob berishdan oldin qisqa sukut saqladi. Barmoqlari stol chetini sekin taqillatdi.- Bu haqda menga aniq sabab aytishmadi. Faqat shuni bilamanki, moliyaviy jihatdan kasalxona endi ancha barqaror bo'ladi yangi jihozlar, yaxshiroq maosh imkoniyatlari haqida gap bor. Hozircha xavotir olishga o'rin yo'q. Iltimos, ishingizga odatdagidek davom eting, va har qanday yangilik bo'lsa, sizlarga birinchilardan bo'lib xabar beraman.
Bu gaplardan keyin zalda biroz yengillik sezildi.Ammo hammaning savoli hali ham javobsiz qolgan edi:Nega?
Kimdir shunchalik katta mablag‘ sarflab, kasalxonani sotib olgan bo‘lsa, buning ortida qandaydir sabab bo‘lishi kerak edi.

Yig‘ilish tugagach, xodimlar asta-sekin zalni tark eta boshlashdi.Eshik oldida yana shivir-shivirlar boshlandi.- Balki investorlar guruhidir.
-Balki chet ellik kompaniya.
-Menimcha, biror katta biznesmen.
Hyejin esa ularning gaplariga qo‘shilmadi.U stulidan sekin turdi, planshetini qo‘liga oldi va zalni tark etdi.Koridor bo‘ylab o‘z kabineti tomon ketar ekan, xayollari tinmay aylanardi.Kim bunday katta pul sarflab, oddiy shifoxonani sotib oladi hech qanday aniq sababsiz?

U kabinet eshigi oldiga yetgach, bir zum to‘xtadi.
Keyin telefonini chiqardi ekranda xabar turardi.
Jungkook:"Yaxshi uxladingizmi, doktor?"

Hyejin xabarni qayta o‘qidi.Lablarida beixtiyor juda nozik tabassum paydo bo‘ldi.Ammo tabassum uzoqqa cho‘zilmadi.Uning xayoliga kecha kafeda aytilgan so‘zlar qaytdi.
“Bu murakkab hikoya.”
“Sizga buni hozir aytishga tayyor emasman.”
“Lekin va'da beraman yolg'on gapirmayman sizga.”
Hyejin telefon ekraniga tikilib qoldi.Bir necha soniyadan keyin uning qoshlari sekin chimirildi.
- Bu Jungkook bôlishi mumkinmi?-U boshini yengil chayqadi.- Yóq bunday bôlishi mumkin emas,bu shunchaki tasodif-deb o‘ziga past ovozda aytdi.Unga javob yozib telefonini cho‘ntagiga soldi.

Ammo kabinetiga kirib, eshikni ortidan yopganida ham o‘sha shubha undan ketmadi.Hyejin stol yoniga borib, planshet va hujjatlarni qo‘ydi.Ammo o‘tirish o‘rniga deraza yoniga bordi.Pastda kasalxona hovlisi ko‘rinardi. Mashinalar kelib-ketar, bemorlarning yaqinlari shoshilib yurishardi.
Hyejin qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.Uning xayolida bitta savol tobora aniqroq shaklga kirib borardi:
Agar kasalxonani aynan Jungkook sotib olgan bo‘lsa-chi?
U darhol bu fikrni rad etishga urindi.Ammo yuragi bunga aqli kabi osonlik bilan ishonmasdi.

Jungkook

Bir necha kundan so‘ng kasalxonaning katta anjuman zalida barcha xodimlar shifokorlar, hamshiralar, ma’muriyat vakillari yig‘ilishga chaqirildi.Zal odatdagidan gavjum edi. Qator qilib terilgan stullarda odamlar bir-biriga yaqin o‘tirishar, past ovozda gaplashishar, ammo eshik tomondan kelgan har qanday shovqinda suhbatlarini darhol to‘xtatishardi.Havoda sezilarli taranglik bor edi.Kimdir qo‘llarini bir-biriga ishqalardi, yana biri telefonini qayta-qayta tekshirardi. Ba’zi hamshiralar esa eshik tomon qarab, yangi egasining qanday odam ekanini taxmin qilishardi.Hyejin zalning o‘rtaroq qismida o‘tirardi.

Uning qo‘llari tizzasida bir-biriga chalishtirilgan, nigohi esa sahna tomon qadalgan edi. So‘nggi kunlarda kasalxona haqida eshitgan gaplari sabab uning ichida allaqachon g‘alati shubha paydo bo‘lgan edi.Ammo u bu shubhani jiddiy qabul qilishni istamagandi.Jungkook bo‘lishi mumkin emas.U o‘zini shu fikrga qayta-qayta ishontirgandi nihoyat zal eshigi ochildi.Avval professor Han ko‘rindi uodatdagidek jiddiy qiyofada ichkariga kirdi.Ammo uning ortidan kirib kelgan odamni ko‘rgan zahoti Hyejinning yuragi bir urishni unutgandek bo‘ldi uning ko‘zlari kattalashdi,nafasi beixtiyor ichiga tortildi.

Jungkook u qora, mukammal tikilgan kostyumda edi. Qora ko‘ylagining yoqasi ostida galstuk, qo‘llari esa xotirjam tarzda yonida turardi.Kasalxonada yarador holda ko‘rgan Jungkookdan mutlaqo boshqa odam.U bu yerga bemor sifatida emas, egasi sifatida kirib kelgandi.

Jungkook zal bo‘ylab sokin qadamlar bilan oldinga yurdi. Uning qadamlarida shoshilish yo‘q edi. Har bir harakati nazorat ostida, nigohi esa atrofdagi odamlarni birma-bir kuzatardi.Uning ortidan Jimin va yana ikki nafar soqchi kirib kelishdi.Zalda birdan mutlaq sukunat hukm surdi Hyejin esa qimirlamay qoldi.U Jungkookdan ko‘zini uzolmasdi.

Bir necha kun oldin uning yonida qahva ichib o‘tirgan, kulgan, oddiy insondek suhbatlashgan erkak endi uning oldida butun kasalxonaning yangi egasi sifatida turardi.Jungkook zalning old qismiga yetib kelib to‘xtadi nigohi xodimlar ustidan sekin o‘tdi va bir lahzaga u Hyejinni ko‘rdi,ularning nigohlari to‘qnashdi Jungkookning qiyofasi deyarli o‘zgarmadi faqat ko‘zlarida bir zumlik iliqlik paydo bo‘ldi.Hyejin esa hayratini yashira olmadi uning yuragi yanada tez urib ketdi.

Jungkook nihoyat nigohini undan uzib, zalga yuzlandi.-Hammaga salom- dedi Jungkook, ovozi tinch, ammo zalning har bir burchagiga yetib boradigan kuch bilan. - Ismim Jeon Jungkook men bu kasalxonaning yangi egasiman.

Zalning turli burchaklaridan past shivir-shivirlar eshitildi kimdir hayratdan qoshlarini ko‘tardi kimdir yonidagi hamkasbiga engashdi.Ammo hech kim baland ovozda gapirishga jur’at etmadi.Hyejin esa hali ham qotib qolgancha unga qarab turardi.

Jungkook davom etdi- Bilaman, so'nggi kunlarda ko'plaringiz xavotirda bo'lgansiz. Shuning uchun bugun shaxsan kelib, o'zim tanishtirishni va savollaringizga javob berishni ma'qul topdim.

Bir necha soniyalik jimlikdan so‘ng, orqa qatordagi shifokorlardan biri nihoyat jasorat topib, qo‘lini ko‘tardi.Professor Han unga qaradi.Shifokor o‘rnidan turib, biroz ikkilanib gapirdi:

-Janob... nega aynan bizni kasalxona? Nega bu kasalxonani sotib oldingiz?

Zalda yana sukunat cho‘kdi.Barcha nigohlar Jungkookka qadaldi.Hyejin ham beixtiyor oldinga biroz engashdi u ham aynan shu savolga javob kutayotgan edi.Jungkook esa bir necha soniya jim turdi so‘ng nigohini sekin zal bo‘ylab aylantirdi va oxir-oqibat yana Hyejinga qaradi, bu safar uning ko‘zlarida juda nozik, faqat Hyejin ilg‘ay oladigan tabassum paydo bo‘ldi.

- Chunki- dedi u xotirjam ovozda-men bu joyni o‘zgartirish emas... asrash kerak deb hisobladim.

U qo‘llarini orqasiga qo‘yib, bir necha soniya o‘ylangach, xotirjam ohangda davom etdi-To‘g‘ri savol. Aytishim mumkinki, bu kasalxona yaxshi ishlaydi, malakali xodimlarga ega, ammo moliyaviy jihatdan qiynalib kelmoqda. Men resurslarimni shu yerga yo‘naltirishga qaror qildim yangi jihozlar, xodimlar uchun yaxshiroq sharoit, va eng muhimi hech kim ishdan bo‘shatilmaydi.

Zalda bir oz yengillik sezildi.Ba’zi xodimlar bir-biriga qarab, bosh irg‘ab qo‘yishdi. Orqa qatorda o‘tirgan yosh shifokorlardan biri hatto yengil nafas chiqardi ammo hamma ham ishongandek emasdi.Bir hamshira qo‘lini sekin ko‘tardi. Professor Han unga qarab, gapirishga ishora qildi hamshira o‘rnidan turdi.

- Ammo, janob, sizga o'xshagan biznesmenlar odatda foyda uchun harakat qiladi. Bunday katta xarajat, hech qanday aniq foydasiz bu g'alati tuyuladi.

Bu savoldan keyin zal yana jimib qoldi Jungkookning yuzidagi xotirjamlik saqlanib qoldi u bir necha soniya hech narsa demadi.Nigohi asta-sekin zal bo‘ylab harakatlandi uning nigohi yana Hyejinda to‘xtadi.Hyejin shu zahoti buni sezdi uning barmoqlari tizzasida beixtiyor bir-biriga mahkamroq chirmashdi.Jungkookning qoramtir ko‘zlarida avvalgi sovuqqonlik yo‘qolgandek bo‘ldi. U yerda faqat Hyejin ilg‘ay oladigan g‘alati, iliq bir mayinlik paydo bo‘ldi.Jungkookning lablari juda sekin kulimsiradi.

- Haqiqatni aytsam-dedi u, ovozi biroz pasayib, ammo hamon aniq eshitilib turardi- bu qaror to'liq biznes emas edi. Ba'zan hayotda... bir inson uchun muhim bo'lib qolgan narsani himoya qilish, uni qadrlash istagi paydo bo'ladi. Bu kasalxona men uchun tobora ahamiyatli bo'lib borayotgan bir inson ishlaydigan joy. Va men bu joyni, bu yerdagi odamlarni himoyasiz qoldirishni istamadim.

So‘nggi jumla aytilishi bilan zalda bir necha soniyalik mutlaq sukunat hukm surdi.Keyin past ovozdagi shivir-shivirlar birin-ketin tarqala boshladi.

-Bir inson?

-Kim ekan u inson?

-Bu yerda ishlaydigan odammi?

-Shifokormi?

- Balki hamshiralardan biridir?

Bir nechta hamshira beixtiyor bir-biriga qaradi kimdir kulimsiradi.Kimdir qiziqish bilan zal bo‘ylab nigoh yugurtirdi ammo Jungkook hech kimga qaramasdi uning nigohi faqat bitta odamda edi Hyejinda edi.

Uning lablarida esa boshqa hech kim to‘liq tushuna olmaydigan iliq tabassum bor edi.Hyejinning yuragi qattiq urib ketdi yuzi bir zumda qizarib chiqdi.U nigohini undan uzishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

,,U... meni nazarda tutyaptimi?Hamma odamlarning oldida?"Hyejinning xayolidan bir vaqtning o‘zida ming xil fikr o‘tdi.Hyejin lablarini sekin tishladi yuragi ko‘kragiga sig‘mayotgandek urardi uyana Jungkookka qaradi.Jungkook esa hamon unga qarab turardi.Bu safar Hyejin uning nigohida javobni aniq ko‘rgandek bo‘ldi.

Yig'ilish davom etar ekan, boshqa savollar berilardi, ammo Hyejin endi ularni deyarli eshitmasdi. Uning ichida ikki hissiyot kurashardi bir tomondan, hayrat va biroz xafagarchilik: nega u menga aytmadi, nega men buni boshqalardan eshitishim kerak edi? Ikkinchi tomondan esa qalbining chuqurida, u tan olishni istamagan bir tuyg'u: iliqlik, hayajon, va g'alati bir faxr hissi.
Yig'ilish tugagach, xodimlar asta-sekin tarqaldi, hali ham hayajonli pichirlashda davom etib. Hyejin esa o'z joyida qotib qoldi, Jungkook bilan Jimin zaldan chiqib ketishayotganini kuzatdi.
Eshik oldida Jungkook bir lahza to'xtadi, ortiga o'girilib, uning nigohini izladi.Ularning ko'zlari yana bir bor to'qnashdi bu safar, hamma oldida, hech narsa yashirmagan holda.Jungkook unga sezilar-sezilmas bosh irg'adi, so'ng chiqib ketdi.Hyejin o'z joyida qolib, qalbi hamon g'alati taranglikda urib turgan holda, uzoq vaqt eshikka tikilib qoldi.

Hyejin

Yig‘ilish tugaganidan so‘ng, xodimlar birin-ketin zalni tark eta boshlashdi. Yo‘lakdagi shovqin asta-sekin pasayib, Jungkookning ôzining yangu kabineti yôl oldi.

Jungkook kabinetiga kirib, eshikni ortidan yopdi. U bir necha soniya jim turib, yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan suhbatlarni xayolidan o‘tkazdi. Keyin stol yoniga borib, telefonini qo‘liga oldi u kerakli raqamni terdi.

- Hyejin ismli shifokorni kabinetimga yuboring - dedi u xotirjam, ammo buyruq ohangida. Bir oz sukutdan so‘ng qo‘shimcha qildi: - Yarami yana tekshirtirishim kerak.

Qo‘ng‘iroqni tugatgach, Jungkook telefonini stol ustiga qo‘ydi va kresloga o‘tirdi. Lablarida bilinar-bilinmas tabassum paydo bo‘ldi.Oradan ko‘p o‘tmay, eshik taqilladi.

-Kiring.

Eshik ochilib, Hyejin ichkariga kirdi. Qo‘lida tibbiy sumkasi bor edi. U Jungkookka bir qarab qo‘yib, ortiqcha gaplarsiz stol tomon yurdi.

-Yarangizni tekshirishim kerak- dedi u professional ohangda va tibbiy sumkasini stol ustiga qo‘ydi. - Yarangiz bitgan bo‘lsa kerak, janob bosh direktor.

So‘nggi so‘zlarni aytarkan, ovozida sezilar-sezilmas kinoya sezildi.Jungkook boshini biroz egib, xuddi bundan ranjigandek qiyofa qildi.

- Yo‘q, yo‘q. Biz rasmiy gaplashmaslikka kelishgan edik-ku. Esingizdan chiqdimi?-U unga qarab, iliq jilmaydi.- Jungkook deb chaqiring meni.

Hyejin ko‘zlarini undan olib, tibbiy asboblarini tartibga sola boshladi.- Endi siz bu yerning egasisiz - dedi u sokin ovozda. - Men shunday murojaat qilishim kerak. Bu hurmat masalasi.

Jungkook uning ovozidagi mayin xafagarchilikni darhol sezdi. Hyejin buni yashirishga urinayotgan bo‘lsa-da, uning harakatlaridagi biroz shoshqaloqlik hammasini bildirib turardi.Yig‘ilishdan beri Hyejin shu savol haqida o‘ylardi: Nega u menga aytmadi? Nega bularning hammasini boshqalarning oldida bilishim kerak edi?Jungkook kreslodan turdi. U stol atrofidan aylanib, Hyejin qarshisiga kelib to‘xtadi.

-Men bu yerni menga hurmat qilib, rasmiy tarzda gaplashishing uchun sotib olmadim, Hyejin- dedi u jiddiy ammo yumshoq ohangda. - Men bu yerni senga yaqin bo‘lish uchun, har kuni seni ko‘rish uchun sotib oldim.

Hyejin bir zum qotib qoldi.Qo‘lidagi tibbiy asbobni stol ustiga qo‘ygancha, u sekin Jungkookka qaradi. Uning yuragi tezroq urib ketganini o‘zi ham sezdi, ammo yuzida buni bildirmaslikka harakat qildi.Bir necha soniyalik sukutdan so‘ng Hyejin nigohini chetga burdi.

- Yarangizni oxirgi marta ko‘ray- dedi u tezda mavzuni o‘zgartirishga urinib.-Tuzalgan bo‘lsa kerak endi.

Jungkook uning bu harakatidan kulimsirab qo‘ydi, lekin hech narsa demadi.U sekin ko‘ylagining tugmalarini yecha boshladi.Bint ko‘rinishi bilan Hyejinning qoshlari darhol chimirildi bintning ustida yangi qon izlari bor edi.

-Bu qanday bo‘lishi mumkin?

Hyejin darhol uning yoniga yaqinlashdi. U bintga sinchiklab qarab, so‘ng Jungkookning yuziga qaradi.

-Axir tuzalishi kerak edi!

Jungkook uning yaqin turganini sezib, bir zum jim qoldi. Hyejin esa butun e’tiborini yaraga qaratgan, uning yuzidagi tashvish tobora yaqqol ko‘rinib borardi.

- Bu qanday bo‘ldi? - dedi Hyejin jiddiy ohangda. - Hozir tushuntiring. Oxirgi marta ko‘rganimda yara yaxshi tuzalayotgan edi.

Jungkook uning nigohiga tikildi. Bir lahza labini tishlab, nima deyishini o‘yladi. Keyin nigohini boshqa tomonga burdi.

- Ehtiyotsizlik qilganman- dedi u nihoyat, ovozi pastroq chiqib. - Oxirgi kunlarda xavfli ishlar qildim Hyejin.

Hyejinning yuzidagi tashvish yanada kuchaydi.-Bu qanday xavfli ish ekan?

Jungkook bir necha soniya jim qoldi. Keyin boshini biroz egib, uzr ohangida javob berdi- Ayta olmayman.

U Hyejinga qayta qaradi.

- Kechirasiz.

Hyejin bir necha soniya Jungkookka tikilib turdi. Uning yuzidagi jiddiylikni ko‘rib, boshqa hech narsa demadi. Tibbiy sumkasini qo‘liga oldi-da, kerakli narsalarni stolga qôydi.Jungkook esa unga jim qarab qoldi, lablarida mayin tabassum paydo bo‘ldi.U chokni ataylab ochgan edi pichoq yordamida ,qilgan ishidan pushaymon emasdi. Hyejin qo‘lida yangi tibbiy anjomlar olib bôlgach u Jungkookka bir qarab qo‘ydi, ammo hech narsa demadi.Stulni uning yoniga surib o‘tirdi.

'Qo‘zg‘almang- dedi u qisqa qilib.Hyejin ehtiyotkorlik bilan bintni yecha boshladi. Uning barmoqlari nihoyatda sinchkov harakat qilardi. Har bir harakatida avvalgi jahli yoki xafagarchiligidan ko‘ra ko‘proq xavotir sezilardi.
Jungkook esa indamay unga qarab turardi.
Hyejin yarani ehtiyotkorlik bilan tozaladi, dori surtdi va yangi bint bilan qaytadan o‘rab chiqdi. Ishini tugatgach, bintni tekshirib, bir chetini yana mahkamladi.
- Bundan keyin, iltimos, xavfli ishlar qilmang- dedi u past ovozda.
So‘ng ishlatgan asboblarini yig‘ishtira boshladi. Biroq Jungkook uning yuziga qaraganda, Hyejin ko‘zlarini undan olib qochayotganini sezdi.
-Nega? - so‘radi u yengil kulimsirab.
Ammo uning nigohida bu safar hazildan ko‘ra chin qiziqish kuchliroq edi.
Hyejin bir zum jim qoldi. Qo‘lidagi bint o‘ramini sekin stolga qo‘ydi.
-Chunki sizni og‘riq his qilishingizni xohlamayman- dedi u nihoyat.
Bu so‘zlardan keyin xonada qisqa sukunat cho‘kdi.Hyejin o‘rnidan turdi va tibbiy sumkasini oldi. U eshik tomon burilganida, Jungkook ham joyidan qimirlamay, uning ketishini kuzatib turdi ammo keyingi lahzada Jungkook órnidan turib uning qo‘lidan ushlab qoldi.Harakati yumshoq edi, majburlovsiz Hyejin to‘xtab, avval uning qo‘liga, keyin sekin Jungkookning yuziga qaradi.
-Hyejin...
Jungkookning ovozi avvalgidan jiddiyroq edi.
U bir necha soniya ikkilanib turdi, go‘yo aytmoqchi bo‘lgan gaplarini ichida tartibga solayotgandek.
- Menga yoqasan.
Hyejinning ko‘zlari biroz kattalashdi.Jungkook uning nigohini tark etmadi.-Men bilan uchrashasanmi?Mening sevgan qizim bo‘lasanmi?

Hyejin qotib qoldi avval u ushlab turgan qo‘liga qaradi. Jungkookning barmoqlari uning qo‘lini yengilgina ushlab turardi. Keyin sekin boshini ko‘tarib, uning ko‘zlariga tikildi uyerda na hazil, na o‘yin bor edi.Faqat samimiyat va uning javobini kutayotgan sokin nigoh.
Hyejinning yuragi tez urib ketdi. Xayolida esa bitta savol aylanardi:Bu juda tez emasmi? Men uni deyarli tanimayman ammo negadir Jungkookning nigohidan ko‘z uzish ham qiyin edi.
- Men... -dedi u nihoyat, ovozi biroz titrab. -Menga vaqt kerak Jungkook bu juda tez.

Jungkook bir necha soniya unga qarab turdi. Keyin boshini sekin qimirlatdi.
U Hyejinning qo‘lini asta qo‘yib yubordi.
- Kutaman- dedi u sokin ovozda.Hyejin unga hayron qaradi.Jungkookning yuzida na xafalik, na norozilik bor edi faqat g‘alati bir xotirjamlik.

- Shoshilmang. Faqat shuni bilib qo‘ying... mening tuyg‘ularim o‘zgarmaydi.
Hyejin javob bermadi.
U bir lahza Jungkookka tikilib turdi, keyin nigohini pastga tushirdi. Tibbiy sumkasini mahkamroq ushlab, eshik tomon yurdi eshik ochildi.U tashqariga chiqishdan oldin bir zum to‘xtadi, ammo ortiga qaramadi so‘ng eshik sekin yopildi.Jungkook esa xonada yolg‘iz qoldi u yopilgan eshikka qarab, chuqur nafas oldi.

(Davomi bor...)