August 11

Enemy of My Heart

“Hech qanday qayg‘u abadiy emas,Hech qanday baxt ham abadiy emas.”

EPISODE_2

Ikki kun o'tdi.

Jeon qarorgohining yuqori qavatidagi ish xonasi odatdagidan ham sokin edi.
Ulkan eman stol ustida port hududining xaritasi, qurol-yarog' va yuklar ro'yxati, moliyaviy hisobotlar hamda ikki kun oldingi otishmadan keyingi ma'lumotlar yoyilib yotardi.
Jungkook stol boshida o'tirardi.
Chap yelkasi hali ham bog'langan, ammo u og'riqqa e'tibor bermayotgandek ko'rinardi. Bir qo'li bilan hisobot varaqlarini varaqlar, ikkinchi qo'li esa stol ustidagi ruchkani sekin aylantirardi.
Uning qarshisida Jimin tik turardi.

-Portdagi yuk to'liq yetkazildimi? -so'radi Jungkook nihoyat.

- Ha.-Jimin stol ustiga qora papkani qo'ydi.

-Konteynerni ombordan olib chiqib, qarorgohga keltirdik. Ichidagi narsalar hammasi joyida.

Jungkook papkani ochdi.Ichidan qora baxmal qutining surati chiqdi.

- Olmoslar?

-Hammasi bor. O'ttiz ikki dona.

Jungkook suratga bir necha soniya tikildi.Bu oddiy yuk emasdi bir necha kun oldin Seulga olib kirilgan noyob qora olmoslar. Ularning umumiy qiymati o'nlab million dollarni tashkil qilardi. Ammo Jungkook uchun ularning o'zidan ham muhimroq narsa bor edi.
Qutining pastki qismida yashirilgan kichik metall kapsula.Unda Janubiy Koreyadagi bir nechta yirik tashkilotlarning noqonuniy kelishuvlari, hisob raqamlari va ismlari yozilgan maxfiy ma'lumotlar saqlangan edi.
Kim bu ma'lumotga ega bo'lsa, shahardagi kuchlar muvozanatini o'zgartira olardi.

Jungkook papkani yopdi.-Demak, ular aynan shu sababdan hujum qilishgan.

- Ha bizga yetib keladigan olmosni yoki ma'lumotlarga ega chiqishmoqchi bõldi- dedi Jimin. — Bizning kelishimizni ular oldindan bilishgan.

Jungkookning nigohi sovuqlashdi.- Ichimizdan kimdir ma'lumot bergan.

Xonadagi ikki qo'riqchi bir-biriga qarab qo'ydi.Jimin esa jiddiy bosh irg'adi.

-Shunday ko'rinyapti.

-Kim?

- Hali aniqlamadik.

Jungkook qo'lidagi ruchkani stolga qo'ydi.-Aniqlang.

Bitta so'z ammo xonadagi havo birdan og'irlashdi Jimin bosh irg'adi.

-Albatta.

Jungkook bir necha soniya jim o'tirdi.So'ng nigohi yana port hududining xaritasiga tushdi.O'sha tun,ombor,o'qlar va tomdagi noma'lum siluet uning ko'zlari toraydi.

- Yana bir narsa.

-Ha?

-Meni kim otganini topdinglarmi?

Jiminning yuzidagi yengil tabassum butunlay yo'qoldi.- Yo'q.

-Hech qanday iz yôqmi?

- Deyarli yo'q. Snayper joylashgan tomni tekshirdik. U yerda patron qobig'ini topdik, lekin barmoq izi yo'q. Kamera ham u atrofda yôq bilasan ôzing ham buni.

Jimin

Jungkook stuldan sekin turdi.Yelkasidagi og'riq yuzida bir zumlik aks etdi, ammo u buni yashirdi.U xarita oldiga borib, portning bir nuqtasiga barmog'ini qo'ydi.

- Shu yer.

-Ha.

- O'q shu tomondan kelgan.

-Taxminan.

Jungkook boshini burib Jiminning ko'zlariga qaradi.
-"Taxminanlar" menga yoqmaydi.Men aniq bilaman óq shu tom orqali otildi.

Jimin chuqur nafas oldi.-Biz uni topamiz.

- Yo'q.

Jungkookning ovozi sokin, ammo qat'iy edi.-Men uni ózim topishni xohlayman.

Jimin jim qoldi.Jungkook xaritadan uzoqlashdi.

- U meni o'ldirishi mumkin edi.

- Lekin o'ldirmadi.

- Aynan shuning uchun.Uni ôzim topishim kerak yoki uni ôzi yana men tomon keladi-Jungkookning nigohida qiziqish va xavfli sovuqlik aralashib ketdi.

- U mening yuragimni yoki boshimni nishonga olmadi. Birinchi zarbadan keyin yana otishi mumkin edi. Ammo ketdi.

-Demak, ataylab tirik qoldirgan.

- Ha, men bilan ôyin ôynamoqchi.

Jungkook lablarini yupqa chiziqqa aylantirdi.

-Men bunday odamlardan ehtiyot bo'laman.Dushmaning seni o'ldirishni istasa, nima qilishini bilasan. Ammo seni tirik qoldirib, sababini aytmasa...-U bir lahza jim qoldi.-...u ancha xavfliroq.

Jimin bosh irg'adi.-Men odamlarni yana tekshirish uchun yuboraman.

- Tekshirtirma.zJungkook unga qarab, qisqa buyruq berdi:- Uni top.

Bir necha soniya sukut hukm surdi.Keyin Jungkook boshqa papkani oldi.

- Qurbonlar-chi?

Jiminning qiyofasi biroz yumshadi.-Biz tomondanmi?

- Ha.-Jimin papkani ochdi.

- Bizdan hech kim halok bo'lmadi.Jungkook unga qaradi.

- Hech kimmi?

- Hech kim.-Jimin birinchi sahifani ko'zdan kechirdi.- Yetti kishi yengil jarohatlangan. Ikki kishi jiddiyroq yaralangan, lekin ikkalasining ham ahvoli barqaror. Sen esa...

U Jungkookning bog'langan yelkasiga qaradi.- ...yengil jarohat olgansan

-Raqiblar-chi?

Jiminning nigohi sovuqlashdi.- Ularda yo'qotish ko'p.

-Nechta?

-Aniq sonini aytish qiyin. Jangdan keyin o'z odamlarimizni birinchi bo'lib olib chiqdik. Keyin hududni tozalaganimizda ularning jasadlarini topdik.

- Bizning odamlarimiz?

-Hammasini olib chiqdik. Jarohatlanganlarni kasalxonaga yubordik.

Jungkook sekin bosh irg'adi.- Jasadlar-chi?
Jimin bir lahza sukut saqladi.

-Ularni yo'qotdik.-Jungkookning nigohi o'zgarmadi.
-Hech qanday iz qoldirmang.

- Allaqachon bajarilgan.

-Yaxshi.-U yana stol tomon yurdi.Ammo o'tirishdan oldin to'xtadi.

- Jimin.

- Ha?

- O'sha kecha portda bo'lgan hamma odamlarning ro'yxatini menga olib kel.

-Biznikilarningmi?

-Hamma.Ichimizdagi xoinni ham qidiryapsiz.
Jungkookning labida sovuq tabassum paydo bo'ldi.-Men ikkita odamni qidiryapman.

- Ikkita?

- Birinchisi bizning rejalarimizni sotgan odam.
U stolga qaytib o'tirdi.- Ikkinchisi esa meni o'ldirishi mumkin bo'lib, o'ldirmagan odam.

Jungkook ko'zlarini bir lahza yumdi.Ammo xayoliga kutilmaganda boshqa manzara keldi.
Xayoli yana o'sha kasalxona palatasi gavdalandi.
"Janob Jeon..."
Hyejining mayin ovozi quloqlari ostida yana jaranglagandek bo'ldi.Oq xalat,qora sochlar ,sokin tabassum...Jungkook boshini silkitdi.

-Jin ursin...
U o'zini ishontirishga urindi.
"Bu shunchaki qiziqish."
"Boshqa hech narsa emas."Lekin yuragi bunga ishonishni istamasdi.

-Jimin.

Stulga suyanib ótirgancha telefoniga nimadir yozayotgan Jimin boshini kótarib unga qaradi.

-Ha, boshliq?

Jungkook beparvo ko'rinishga urindi.-Shifokor...

- Qaysi shifokor?

- Kasalxonadagi.

Jiminning lab cheti sezilarsiz ko'tarildi.- Ha, doktor Hyejin

Jungkook go'yo bu ismni eshitishni kutayotgandek bosh irg'adi.- Nazorat ko'rigi qachon edi?

- Ikki haftadan keyin.

-Hmm...-Jungkook bir muddat jim qoldi.- Balki ertaroq borgan ma'quldir.

Jimin kulib yubormaslik uchun labini tishladi.- Yarang og'riyaptimi?

- Balki.

-Kecha og'riyotgani yo'q edi-ku.

-Bugun... boshqacharoq.

Jimin endi zo'rg'a o'zini tutardi.-Tushunarli.

-Nima tushunarli?

- Hech narsa.-U ayyorona kulimsiradi.-Profilaktika uchun, shundaymi?

Jungkook mutlaqo jiddiy qiyofada bosh irg'adi.- Aynan.
Jimin ichida esa allaqachon hammasini tushunib bo'lgandi.

Jungkook

Ertasi kuni.

Ertalabki Seul odatdagidan sokinroq edi. Shahar ko'chalarida mashinalar oqimi allaqachon avjiga chiqqan, baland binolarning oynalarida quyosh nuri aks etardi. Ammo shaharning markazidagi xususiy shifoxona atrofida boshqa bir sukunat hukm surardi.

Shisha eshiklar ortidagi keng foye oppoq va nihoyatda toza edi. Oqartirilgan marmar pol yorug'likni aks ettirar, shiftga o'rnatilgan uzun lampalar xonaga sovuq, sokin tus berardi. Havoda antiseptikning yengil hidi sezilardi. Uzoqdan tibbiy uskunalarning bir maromdagi signallari va hamshiralarning past ovozdagi suhbatlari eshitilardi.

Kasalxona oldiga qora rangli avtomobil kelib to'xtadi.Orqa eshik ochildi,Jungkook mashinadan tushdi.U odatdagidek qora kostyum kiygan, yuzida esa hech qanday ortiqcha ifoda yo'q edi. Faqat chap yelkasini ehtiyotkorlik bilan tutib qo'yishi uning hali to'liq tuzalmaganini bildirib turardi.

Bu safar uning ortidan o'nlab qo'riqchilar tushmadi.Faqat Jimin bor edi.Jimin mashina eshigini yopib, Jungkook bilan yonma-yon yurdi.

-Ishonching komilmi? - dedi u past ovozda.

Jungkook unga qaramadi.-Ha.

-Rostdan ham og'riyaptimi?

Jungkook bir zum jim qoldi.- Yetarli darajada.

Jiminning lab cheti qimirladi, ammo u boshqa hech narsa demadi.Ular shisha eshiklardan ichkariga kirishdi.

Foyedagi bir nechta hamshira Jungkookni tanib, beixtiyor sergak tortdi. Uning qarorgohidan keladigan odamlar odatda kasalxonaga oddiy bemor bo'lib kelmasdi. Qora kiyimli, sovuq nigohli erkakning kirib kelishi xonadagi havoni sezilarli darajada o'zgartirdi.Jungkook esa bunga umuman e'tibor bermadi.U qabulxonaga yaqinlashdi.

-Doktor Hyejin bilan uchrashmoqchiman.

Navbatchi hamshira bir lahza unga qarab turdi, so'ng kompyuter ekranini ochib, bemorlar ro'yxatini tekshira boshladi.

Klaviatura tugmalarining mayin taqillashi sukunatda aniq eshitilardi.

- Sizning qabulingiz ikki haftadan keyinga belgilangan edi, janob Jeon.

- Bilaman.-Jungkook yelkasini ehtiyotkorlik bilan ushladi.Yuzida og'riqning juda qisqa soyasi paydo bo'ldi-yu, darhol yo'qoldi.- Jarohatim yana og'riyapti.

Hamshira uning yelkasiga nazar tashladi.- Bir daqiqa kuting.

U telefon orqali kim bilandir gaplashdi.Jungkook esa kutish joyidagi qora charm o'rindiqlardan biriga o'tirmadi. U tik turgancha shifoxonaning uzun koridoriga qarab turardi.

Jimin esa yonida qo'llarini ko'ksiga chalishtirib turardi.Uning yuzida Jungkook juda yaxshi tanigan o'sha kinoyali tabassum paydo bo'la boshladi.

- Nima? - dedi Jungkook unga qaramay.

-Hech narsa.

- Unda kulma.

- Men kulmayapman.

Jungkook unga sovuq qaradi.Jimin darhol yuzini jiddiylashtirdi.- Albatta, boshliq.

Oradan bir necha daqiqa o'tdi.Koridorning narigi tomonidagi oq eshik ochildi.Va Hyejin yôlakdan paydo bõldi.

Uning qo'lida planshet, ustida oq xalat bor edi. Qora sochlari odatdagidek orqaga yig'ilgan, yuzida esa ishdagi odatiy xotirjamlik hukm surardi. U yo'lak bo'ylab yurarkan, bir nechta hamshira bilan qisqa gaplashib o'tdi.Keyin nigohi Jungkookga tushdi.

Qadamlarida juda qisqa tanaffus bo'ldi.Jungkook bilan ko'zlari to'qnashishi bilanoq uning yuzida yengil hayrat paydo bo'ldi.

- Janob Jeon?- dedi Jungkook tomon yurar ekan.

- Salom, doktor.

Hyejin uning yoniga kelib, yelkasiga bir qarab qo'ydi.- Sizni ikki haftadan keyin kelishingizni kutgandim. Erta kelibsiz

Jungkook bo'g'zini qirib qo'ydi.Bir lahzaga u o'zini kecha tungi muzokaradan ko'ra qiyinroq vaziyatga tushib qolgandek his qildi.

- Yelkam...

Hyejin unga qaradi.-yelkangiz nima?

Jungkook yelkasini ushladi.-og'riyapti.

Jimin yuzini boshqa tomonga burdi.Hyejin esa uning gapiga to'liq ishonmagandek, ko'zlarini biroz qisdi.

-Qani, ko'raylikchi

U Jungkookni ko'rik xonasiga boshladi.Xona ham shifoxonaning qolgan qismi kabi oppoq va ozoda edi. Yon devorda tibbiy asboblar joylashtirilgan, burchakdagi monitor esa yurak urishini kuzatish uchun tayyor turardi. Deraza orqali ertalabki quyosh nuri tushib, tekshiruv stolining ustiga uzun yorug'lik chizig'ini tashlagandi.

Hyejin qo'llarini dezinfeksiya qildi, yangi qo'lqop kiydi va Jungkookning qarshisiga o'tirdi.-Yelkangizni bo'sh qo'ying.

Jungkook indamay aytganini qildi.Hyejin ehtiyotkorlik bilan bog'ichni ochdi.Bintning qatlamlari birma-bir yechilar ekan, xonada faqat qog'ozlarning shitirlashi va tibbiy jihozlarning mayin ovozi eshitilardi.

Hyejinning barmoqlari yarani atroflicha tekshirdi.Jungkook esa uning harakatlarini kuzatib turardi.U bir necha bor o'zini boshqa tomonga qarashga majbur qildi.Ammo nigohi yana unga qaytaverardi.Hyejin yarani sinchiklab tekshirdi.Har tomondan ko'zdan kechirdi.So'ng yana yangi bint bilan bog'lab qo'ydi.Bir necha soniya sukut saqlandi.

Hyejin planshetidagi ma'lumotlarni ko'zdan kechirarkan, qoshlarini biroz chimirdi.Nihoyat Hyejin chuqur nafas oldi.

- Janob Jeon...

- Ha?

-Yarangiz juda yaxshi bityapti. Agar rostan oģriq bersa oĝriq qoldiruvchi dori iching.

Jungkook indamadi.Hyejin davom etdi:- Yallig'lanish yo'q.

U bog'lam chetini yana bir bor tekshirdi.-Qon ketmayapti.

Keyin Jungkookning yelkasiga qisqa nazar tashladi.-Shish ham kamaygan.

U planshetini yopdi.Xona ichida bir necha soniya sukunat hukm surdi.So'ng Hyejin unga to'g'ridan-to'g'ri qaradi.

- Tibbiy tomondan qaraganda, sizning bugun bu yerga kelishingiz uchun hech qanday sabab yo'q.

Jungkook noqulay yo'talib qo'ydi.- Balki...

-Balki?

Jungkook nigohini bir lahza deraza tomonga burdi.- Men noto'g'ri baholagandirman.

Hyejin qo'llarini ko'ksiga chalishtirdi.Qoshlaridan biri sekin ko'tarildi.U Jungkookga uzoq tikilib turdi.Go'yo uning yuzidan javob izlayotgandek.Jungkook esa odatda hech kimga berib qo'ymaydigan sirini aynan nigohi bilan oshkor qilib qo'yishdan qo'rqayotgandek, indamay turardi.Hyejinning lablarida juda nozik tabassum paydo bo'ldi.

- Janob Jeon...

- Ha?

Hyejin bir qadam yaqinlashdi.Ko'zlarida hazil aralash jiddiylik porlardi.

- Sizga bir savol bersam maylimi?

- Bemalol.

Hyejin unga bir necha soniya tikilib turdi.So'ng ovozini biroz pasaytirdi.

- Siz rostdan ham yelkangizni ko'rsatgani keldingizmi...

U ataylab bir soniya jim qoldi.- ...yoki meni ko'rgani?

Xona ichida birdan sukunat cho'kdi.Jungkookning nigohi qotib qoldi.Uning orqa tomonida turgan Jimin esa yuzini boshqa tomonga burdi.Yelkalari yana sekin titray boshladi.Bu safar u kulgisini ushlab qololmasdi.

Jimin

Hyejin bir necha soniya Jungkookga tikilib turdi.Nigohida na masxara, na tanbeh bor edi.Faqat qiziqish.

-Menimcha... - dedi u muloyim ovozda. - Siz bu yerga yelkangiz og'rigani uchun kelmagansiz.

Jungkookning yuragi beixtiyor tez urib ketdi.U buni yuzida sezdirmaslikka harakat qildi.

- Unda nima uchun kelibman?

Hyejin lab chetida mayin tabassum bilan yelkasini qisdi.- Buni mendan ko'ra o'zingiz yaxshi bilsangiz kerak.

Jungkook javob topolmadi.Bu uning uchun juda kam uchraydigan holat edi.Yuzlab muzokaralarda g'olib chiqqan, raqiblarini ikki og'iz gap bilan jim qiladigan Jeon Jungkook endi bitta shifokor qiz oldida sukut saqlab qolgan edi.Hyejin qo'lidagi planshetni yopdi.

-Har holda...-U hujjatlarni qo'ltig'iga oldi.- Keyingi safar, iltimos, faqat haqiqatan ham zarurat tug'ilganda keling.

Uning ovozi muloyim bo'lsa-da, so'zlari aniq edi.- Mening vaqtim ham qimmatli, janob Jeon.

Jungkook beixtiyor kulimsiradi.- Tushundim, doktor.

Hyejin eshik tomon yurdi.Qo'li tutqichga tekkanida ortidan ovoz eshitildi.

- To'xtang.

U ortiga o'girildi.Jungkook bir lahza ikkilanib turdi.So'ng pastroq ovozda dedi:- Jungkook.

Hyejin qoshini ko'tardi.- Kechirasiz nima demoqchisiz tushunmadim?

-Meni... "janob Jeon" demang.

Uning ovozi odatdagidan ancha yumshoq chiqdi.- Faqat Jungkook deb chaqiring.

Xonada turgan Jimin boshini egib, kulgisini yashirdi."Endi familiyadan ham voz kechdik..." deb o'yladi u.

Hyejin esa bir necha soniya Jungkookga qarab turdi.So'ng ilk marta kasbiy odob ortiga yashirinmagan, chin dildan chiqqan iliq tabassum qildi.Bu tabassum juda qisqa edi.Ammo Jungkook uchun vaqt go'yo to'xtab qolgandek tuyuldi.

- Mayli.-U boshini yengil egdi.-Ko'rishguncha... Jungkook.

Shu so'zlarni aytib, u eshikni ochdi va tashqariga chiqdi va eshik ohista yopildi.

Xonada bir necha soniya mutlaq sukunat hukm surdi.Keyin Jimin asta Jungkookning yoniga keldi.Yelkasiga yengil qoqib qo'ydi.

- Xo'sh, boshliq...

Jungkook unga qaradi.- Nima?

-Yelkangizdagi "og'riq" endi qanday?

Jungkook lab chetida sezilarli tabassum bilan javob berdi.- O'tib ketdi.

Jimin kulib yubordi.- Qiziq, doktor xonaga kirishi bilan boshlangan og'riq doktor chiqishi bilan tuzalib qoldi.

Jungkook boshini chayqadi.- Sen juda ko'p gapiradigan bo'lib qolding.

-Balki.

Jimin kulimsirab eshik tomon qaradi.-Lekin bir narsani aytaman...

- Nima?

- Seni shunday holatda ko'rish... yoqimli ekan.

Jungkook javob bermadi.Nigohi hali ham Hyejin chiqib ketgan eshikda edi.Yuragidagi g'alati iliqlikni inkor etishning endi foydasi yo'q edi.

Ko'p yillar davomida u faqat omon qolish uchun yashagan, his-tuyg'ularini esa zaiflik deb bilgan edi.

Ammo bugun u uzoq vaqtdan beri ilk bor o'zini shunchaki mafiya boshlig'i emas, balki oddiy insondek his qildi.Va bu tuyg'u unga kutilganidan ham ko'proq yoqayotgan edi.

Hyejin

Jungkook nihoyat o'rnidan turdi.Yelkasidagi bog'lamni yana bir bor tekshirib, qora kostyumining tugmalarini qadab oldi. Jimin esa allaqachon eshik yonida kutib turardi.

-Ketdikmi? -dedi u.

-Ha.

Ular birga xonadan chiqishdi.Kasalxona koridori odatdagidek sokin edi. Oqartirilgan devorlar bo'ylab yumshoq chiroqlar yonib turar, uzoqdan tibbiy uskunalarning mayin signallari eshitilardi.

Jungkook odatdagidek ishonchli qadamlar bilan yurardi.Ammo qabulxonaga yaqinlashganida...Uning qadamlari sekinlashdi.Jimin buni darhol payqadi.

-Nima bo'ldi?

Jungkook javob bermadi.U qabulxona tomon bir qarab qo'ydi.Hyejin peshtaxta yonida turardi. U bemor varaqalariga nimanidir yozayotgan, vaqti-vaqti bilan yonidagi hamshiraga qisqa savollar berardi. Qora sochlari yelkasiga tushib turar, oq xalatining yenglari bilagigacha qayrilgan edi.

Jungkook bir necha soniya unga qarab qoldi.Go'yo ketishdan oldin uning qiyofasini xotirasiga yana bir bor muhrlab olishni istayotgandek.

Shu payt Hyejin boshini ko'tardi.Ularning nigohlari uzoqdan to'qnashdi.Hyejin bir lahza unga qarab turdi.Jungkook esa hech nima demadi.Faqat boshini yengil egib, unga qisqa xayr ishorasini qildi.Hyejin ham lablarida mayin tabassum bilan bosh irg'adi.Jungkook ortiga burildi.

- Ketdik.

Jimin uning yoniga kelib, eshik tomon yurarkan, sekin kulimsiradi.

-Juda professional xayrlashuv bo'ldi.

Jungkook unga qarab ham qo'ymadi.- Jim yur

Ular shisha eshiklardan chiqib ketishdi.Ammo qabulxona ichidagi kichik suhbat endigina boshlanayotgan edi.

Bir necha hamshira Hyejin turgan peshtaxta tomon kelib, Jungkook va Jimin chiqib ketgan eshikka qarab qolishdi.

-Voy... - dedi ulardan biri past ovozda. - Ko'rdinglarmi?

-Kimni?

- Hozirgina chiqqan yigitlarni.

Boshqasi derazadan tashqariga qaradi.Qora mashina hali ham kasalxona oldida turardi.

- Juda kelishgan ekan.

- Kelishganligini qo'ying, - dedi boshqa hamshira ovozini pasaytirib. -U odam haqida gap-so'zlar juda ko'p.

- Qanaqa gap-so'zlar?

- Xavfli odam ekan, deyishadi.Mafiaga aloqador odam

- Rostdanmi?

-Ha. Unga qarashining o'ziyoq...

Hamshira gapini tugatmay, yelkasini qisdi.

- Baribir juda kelishgan.

Hyejin ularning gaplarini eshitib, boshini egib, kulimsirab qo'ydi.U ma'lumotlarni yozishda davom etdi.

Shu payt Jungkookning kelishganligi haqida gapirgan hamshiralardan biri Hyejinning yelkasiga yengil turtib qo'ydi.

- Sen juda omadli ekansan-a!

Hyejin unga hayron qaradi.

- Nima uchun?

Hamshira eshik tomon imo qildi.- Shunaqa kelishgan yigitni davolayapsan.

Hyejin bir lahza jim qoldi.So'ng qoshini ko'tarib, mutlaqo xotirjam ohangda javob berdi:-Men uni davolayapman holos u meni yigitimdek gapirma

Atrofdagi hamshiralar kulib yuborishdi.Hyejin esa varaqalarni qo'liga oldi.

Bir necha soniyadan so'ng esa lablarida yana mayin tabassum paydo bo'ldi.

- Shunday ekan...

U eshik tomon bir qarab qo'ydi.

- Bekorchi gaplarni qóyingda ishingizni qiling.

Hamshiralar yana kulishdi.Ammo Hyejin o'zini ishiga berkitgan bo'lsa-da, ko'zlari beixtiyor Jungkook chiqib ketgan eshikka yana bir marta qaytdi.

Jungkook va Jimin kasalxona binosidan chiqib, qora mashina tomon yurishdi.

Haydovchi darhol orqa eshikni ochdi.Jungkook mashinaga o'tirdi. Jimin ham uning yoniga joylashdi va eshik yopildi.

Salon ichida bir necha soniya jimlik hukm surdi.Mashina asta yo'lga tushdi.Jimin telefonidagi xabarlarni tekshirib o'tirardi. Jungkook esa oynadan tashqariga qarab, kasalxona binosining uzoqlashib borayotgan aksiga tikildi.Bir necha soniya o'tdi.

- Jimin.

-Ha, boshliq?

Jungkook ko'zlarini binodan uzmagan holda gapirdi.- Shu kasalxonani sotib ol.

Jiminning barmoqlari telefon ekranida qotib qoldi.U sekin boshini ko'tardi.- ...Nimani?

Jungkook unga qaradi.- Kasalxonani.

- Boshliq, men to'g'ri eshitdimmi?

- Ha juda aniq va tôgʻi eshitding.

Jimin bir necha soniya indamay qoldi.- Biz... kasalxona sotib olamizmi?

— Aynan, bizga kasalxona kerak shunday voqea yana takrorlansa bizni va odamlarimizni davolaydigan yaxshi shifokorlari bor shifoxona.

-Nega? Davolanish uchun shifoxonamiz bôlishi shart emas pulimiz bor ekan har qanday shifoxonada davolanishimiz mumkin

Jungkook yana oynaga qaradi.- Menga yoqdi.

Jimin ko'zlarini qisib qaradi.- Kasalxonami?

- Ha.

- Yoki...-Jimin labini tishlab, kulgisini zo'rg'a yashirdi.- Kasalxonadagi shifokormi?

Jungkook unga sovuq nigoh tashladi.- Ortiqcha gapirma.

- Men hech narsa demadim.

Jimin telefonini yana qo'liga oldi.Ammo Jungkook hali gapini tugatmagan edi.

-Yana bir narsa.

- Yana nima? Bu safar nima sotib olamiz?

-Hyejin haqida ma'lumot yig'ib ber.

Jiminning qoshlari ko'tarildi.-Qanday ma'lumot?

-Hammasini.-Jungkook barmoqlarini sekin tizzasiga urib turardi.

- Qayerda yashaydi. Oilasi. O'qigan joylari. Ish tajribasi. Kimlar bilan yaqin. Kundalik hayoti.

Jimin bu safar kulmadi.U Jungkookning ovozidagi jiddiylikni sezdi.-Tushundim.

Jungkook bir oz jim qoldi so'ng qo'shib qo'ydi:-Va uni kuzatib yuradigan odam qo'y.

Jimin unga qarab qoldi.- Kuzatish?

- Ha.

-Nima maqsadda?

Jungkookning nigohi qorong'ilashdi.- Portdagi voqeani unutdingmi?

Jimin bir zum o'ylanib qoldi.- Hyejin bilan bog'liq deb o'ylayapsizmi?

- Yóq ,unday ôylamayabman

Jungkook ovozini pasaytirdi.-Shunchaki u meni davoladi, bu uni xavf ostiga qôyishi mumkin

Jimin bosh irg'adi.- Uni qo'riqlash uchunmi?

Jungkook darhol javob bermadi.Tashqarida Seul ko'chalari birin-ketin ortda qolardi.Nihoyat u sokin ovozda dedi:-U bilmasin.

Jiminning labida sekin tabassum paydo bo'ldi.- Albatta,men shunday odam topanki u hech narsani sezmaydi

-Va unga yaqinlashmanglar.

- Tushunarli.

Jungkook yana derazadan tashqariga qaradi.Uzoqda kasalxonaning baland binosi ko'zdan g'oyib bo'layotgan edi.Jimin esa bir necha soniya unga qarab turdi.Keyin o'zini tutolmay, kulimsiradi.- Boshliq...

-Nima?

- Siz uni himoya qilmoqchimisiz yoki sevib qolmoqchimisiz?

Jungkook unga sekin burildi.- Jimin.

- Ha?

- Yana bir og'iz gapirsang, seni ham o'sha kasalxonaga yotqizaman.

Jimin kulib yubordi.

- Tushundim, boshliq. Lekin agar shunday qilsang senda yaxshi bahona bõlardi kasalxonaga kelishga

Jungkook yana oynaga qaraganida, uning yuzidagi sovuq ifoda ostida bitta fikr allaqachon qat'iy qarorga aylangan edi:

Hyejin haqida u bilmagan hech narsa qolmasligi kerak.
Va agar bu shaharda kimdir unga zarar yetkazishni o'ylayotgan bo'lsa Jungkook buni undan oldin bilishi kerak edi.

Taehyung

Katta, hashamatli uyning ichiga tushayotgan tushki quyosh nurlari derazalardan sirg'alib kirib, keng mehmonxona va oshxonani iliq oltin rangga bo'yab turardi. Uy odatdagidek sokin edi. Tashqarida qo'riqchilar navbatchilik qilayotgan bo'lsa-da, ichkarida bu dunyoning shafqatsizligi sezilmasdi.

Oshxonaning katta stolida Taehyung o'tirardi.U oyoqlarini stuldan pastga osiltirib, bolalarcha tebratar, oldidagi likopchada turgan shokoladli pechenyeni mamnuniyat bilan kemirardi. Uning yonida esa rangli qog'ozlar, qaychi, yelim va turli shakllarda kesilgan qog'oz bo'laklari sochilib yotardi.

Taehyung nimanidir juda katta ishtiyoq bilan yasayotgan edi.Birdan eshik ochildi.Ichkariga uning amakisi Chan-ho kirib keldi.Uning yuzida odatdagi vazminlik va kun davomida yig'ilib qolgan charchoq aks etardi. Ammo stol yonidagi jiyanini ko'rishi bilan nigohini yumshatdi.Taehyung uni ko'rishi bilan darhol o'rnidan turdi.

- Amaki! Amaki, qarang, men buni o'zim yasadim!

U qo'lidagi biroz qiyshiq, ayrim joylari notekis kesilgan qog'oz gulini baland ko'tardi.Chan-ho bir necha soniya gulga qarab turdi.Keyin jiddiy qiyofa bilan bosh irg'adi.

- Juda chiroyli, Tae. Sen doim ijodkorsan.

Taehyungning ko'zlari shu zahoti chaqnab ketdi.

-Rostdanmi? Rostdan ham chiroylimi?!

- Albatta.

Chan-ho uning yoniga o'tirdi va qog'oz gulni ehtiyotkorlik bilan qo'liga oldi.Gul mukammal emasdi.Barglari bir-biriga teng emas, yelimning ayrim joylari ham ko'rinib turardi.

- Buni o'zing qildingmi?

Taehyung mag'rurlik bilan bosh irg'adi.-Ha! Hech kim yordam bermadi.

- Unda bu yanada qimmatli ekan.

Chan-ho qo'lini cho'zib, uning boshini silab qóydi- Sen doim meni hayratda qoldirasan, jiyanim.

Taehyung quvonchdan kulib yubordi.- Men keyin yana bittasini yasayman!

-Menga ham yasaysanmi?

-Ha!-U bir zum o'ylanib qoldi.- Lekin bunisi faqat meniki.

Chan-ho kulib yubordi.

-Mayli. Unda men yangisini kutaman.

Taehyung yana joyiga o'tirib, pechenyesini qo'liga oldi.

- Amaki...

- Ha?

- Sizga shokoladli pechenye yoqadimi?

Chan-ho likopchaga qaradi.- Juda yoqadi.

Taehyung darhol eng katta pechenyeni olib, unga uzatdi.-Unda buni oling.

Chan-ho bir lahza jim qoldi.-O'zing yemaysanmi?

Tae boshini chayqadi.- Sizga berdim.

Chan-ho pechenyeni oldi va jiyaniga qarab iliq jilmaydi.-Rahmat, Tae.

Taehyung ham mamnun jilmaydi.U yana pechenyesini yeyishga tushdi, oyoqlarini stul ostida sekin tebratarkan, ko'zlarida beg'ubor quvonch porlardi.

(Davomi bor...)