• Where Fate Brings •
Qalblar gullarga o'xshaydi - kuch bilan ochishning imkoni yo'q Ularning ochilishi va bo'y taratishi uchun ham mehr, iliqlik hamda sabr zarurdir.
Taehyung mashinasiga suyangancha jim turardi. Uzoq, sovuq tun shabadasi yengil shamolda sochlarini hilpiratardi. Uning ko‘zlari oldidagi hashamatli darvoza tomon tikilgan, u yerdan chiqib kelayotgan ikki qizni kutardi.
Uzoq kutmadi Yerim va Bona orqalaridan bir juft jamadonni sudrab darvoza tomon chiqishardi. Ularning harakati sust, yurishlari og‘ir xuddi bu uydan ketishni xohlamayotgandek edilar.Ammo ular hali darvozaga yaqinlashmasdan oldin tõxtashdi.Ular qarshilarida turgan Park xonimni ko‘rishdi.
Ayolning ko‘zlarida yosh, yuzida esa beixtiyor jilmayish aralash xavotir edi.
-Ketmanglar qizlar men sizlarga õrganib qolganman,sizlar ham meni tashlab ketsangiz men bu dunyoda yolğiz qolgandek his qilaman õzimni - dedi u, ovozida iltijo va mehr aralash- Qayerga ketmoqchisizlar? Ahvolingiz nima kechadi, nima yeysizlar, qayerga borasizlar?
U Yerimga bir necha qadam yaqinlashdi. Nigohi ko‘z yoshlariga to‘la.-Sizlarsiz men nima qilaman?.. Jiminga sizlarga ko‘z-quloq bo‘lishga va’da bergan edim. Men sizlarga onadek qarashimni aytgan edi, bu va'damni bajara olmaganimni bilsa u mendan rankiydi.
Yerim yuragini qattiq siqib turgan tuyg‘uni zo‘rg‘a yutdi. So‘z topish unga oson emas edi. U onalik mehri bilan tilga kirgan bu ayolga qarab, sekin yaqinlashdi.- Xola... siz menga ona kabi mehr berdingiz. Jimin ketgandan keyin yuragimda qoldirgan bo‘shliqni tushunaman, ammo biz bu yerda qola olmaymiz ketishga qaror qilib bõldik,janob Park ham bizni ketishimizdan xursandga õxshaydi u bir oğiz ham sõz aytmadi. Keyin Jimin sizdan hech qachon ranjimaydi u sizni juda yaxshi kõradi.Bu uyni, bu oilani hech qachon unutmaymiz ,sizni kõrishga kelib turamiz.
Park xonim chiday olmadi. Yerimni mahkam quchoqladi. Ko‘z yoshlarini yashira olmadi.-Men seni kelin qilmoqchi edim. Jiminni senda kõngli bor edi,lekin sen Taehyung bilan uchrashayotgan ekansan, bu Jimin uchun oğir zarba bõladi - dedi u past ovozda.
Yerim ko‘zlarini yumdi. Bu so‘z yuragining eng chuqur joylarini titratdi yana õzini aybdor his qildi. - Afsusdaman men Jiminni faqat qadrli ,eng yaxshi dõstim va akam sifatida kõraman.
Park xonim ozgina orqaga chekinib Yerimga tushungancha qaradi sõng Bonani bag‘riga bosdi. Uning boshidan siladi, sochlarini tarab, peshonasidan o‘pdi.
-Agar biror narsa kerak bo‘lsa albatta menga qõnğiroq qiling. Tunda bo‘lsa ham farqi yo‘q. Har doim eshigim ochiq. Har doim yuragim sizlar bilan.
Yerim bosh irg‘adi. Bona esa asta kulimsiradi, lekin ko‘zlari yosh bilan jimirlab turardi.
- Sizni yaxshi kõraman xola,onamdan sõng siz meni onamdek bõlib qolgan edingiz - Bona Park xonimni yana bir bor quchoqladi. Yerim ularga qarab turib kõzidagi yoshlari artdi
-Ruxsat bering ketaylik- dedi Yerim nihoyat.Park xonim orqaga bir qadam yurdi, ularni kuzatdi. U usha yerda turgancha, go‘yo juda uzoqqa ketayotgan o‘z farzandlarini kuzatayotgan onadek, ularga qarab turdi.Yerim va Bona esa darvozadan o‘tib tashqariga chiqishdi.
Taehyung darvozadan chiqib kelgan Yerim va Bonaga qarab yurdi. Ular qo‘llaridagi jamadonni zo‘rg‘a sudrab kelishar, ortga qarashmasdi. Yerimning ko‘zlari qizargan, Bonaning yelkalari esa kuchli zo‘riqishdan biroz titrardi.
Taehyung indamay ularga yetib bordi. U avval Bona ushlab kelayotgan jamadonni oldi, keyin Yerimdagisini. So‘ng mashina orqa bagajini ochib, ikkala jamadonni ehtiyotkorlik bilan joylashtirdi. U yumshoq qoplamani tekislab, qopqoqni yopdi. Yerim mashina yonida to‘xtadi. Bona esa unga qarab turar edi.
-Opa biz to‘g‘ri ish qilyapmizmi?Rostan ham ketishimiz kerakmi? Taehyungga ishonasizmi?
-Bilmayman, Bona. Lekin Taehyung menga zarar bermaydi. Bizga zarar bermaydi. Men unga ishonaman.
Bona bir zum indamay turdi, so‘ng bosh irg‘ab, mashinaga o‘tirdi. Orqasidan Yerim ham mashinaga õtirib mashina eshigini yopdi.Taehyung haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirgan chog‘da kutilmaganda mashinasini rõparasiga kelib tõxtagan mashina yõlini tõsib qôydi.Ular avtomatik tarzda derazadan tashqariga qarashdi.
Jungkook mashinasidan chiqib, qattiq yurish bilan ularga yaqinlasha boshladi. Taehyung eshikni ochib, mashinadan tushdi. Yerim va Bona mashina ichkarisidan ularni kuzatardi.
Jungkook to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga qarab bordi.
-Taehyung nega ularni olib ketyabsan? Nima bo‘lyapti?
Taehyung ko‘zlarini yumdi, bir nafas oldi, keyin ochdi.-Men ularni olib ketayapman, Jungkook."
-Nimaga? Qayerga olib ketyabsan? Nima uchun ularni shoshilinch darajada olib ketmoqchisan?
Taehyung u tomon yaqinroq turdi- Ular uchun bu uy xavfli.
Jungkookning qoshi chimirildi. U orqaga bir qadam tashladi.- Xavfli? Qanday xavf haqida gapiryabsan? Õzingdan õzing ularni xohlagan tomoniga olib keta olmaysan Taehyung. Bu uydagi odamlar ham sen qizlarni olib ketishingga indamay rozi bõlishdimi?
- Men senga bularni hammasini tushuntirib beraman ammo bugun emas ,hozir qizlar meni kutishyabdi ammo menga ishon bu yerda yashaydigan Park Jungho ismli odamni niyati yaxshi emas, u Yerimni ham Bonani ham bu uyda yashashlariga izn berishini sababini bilib qolganim uchun ham ularni olib ketyabman.
- Qanday sabab Taehyung? Menga ayta olmaysanmi? Sen aytayitgan odamni niyati nima?
- Ertaga hammasini aytib beraman - dedi Taehyung Jungkook yelkasidan urib qõyib mashinasi tomon ketar ekan yana tõxtab orqasiga ugilib Jungkookga qaradi.
Mashina ichida esa Yerim derazaga qarab, hayratda edi.
-Bona Jungkook bu yerda nima qilyabdi?
- Men qayerdan bilaman, u nega bu yerda ekanligini- dedi Bona Jungkookni õzi chaqirganini yashirishga urinib ammo Yerim Bonani kõzlarini olib qochib õz aybini yashirish uchun yolğon gapirayotganini ohangidan, õzini tutishidan sezdi.
- U bilan shunchalik yaqinmisizlar? Unga shunchalik ishonasanmi?
Yerimni savolidan Bona boshini yõq deb bir necha marta chayqadi - Nima? Yõq ,hecham unday emas. Hech qachon men kimni sevishimni bilasizku,men hali ham Jiminni yaxshi kõraman,undan butunlay umidimni uzmadi menda imkon bor ahir siz hozir Taehyung bilansiz ,buni Jimin bilsa mendan imkon bõladi bilasizmi?
- Men hali sen Jungkookni sevasanmi deb sõramadim. - Bona jim bõlib qoldi, notõğri tushungani va aytgan sõzlaridan uyalib boshini mashina oynasiga qõydi
- Jungkook u menga bir necha marta yordam berdi, u huddi Jimingga õxshaydi qachon menga yordam kerak bõlsa shu vaqtda paydo bõladi. Men sizni himoya qilmoqchi edim opa bilaman siz Taehyung yaxshi kõrasiz ammo u sababsiz bizni õz bilan qayergadir olib ketmoqchiligi meni qõrqitdi, bu ğalati emasmi siz uchun ham?
Yerim Bonani sochlaridan siladi - Tõğri fikrlaydigan aqili singlim õzimni, albatta bu ğalati ammo Taehyung menga buni sababi borligini aytdi va yaqin orada biz bu sababni va qayerga borishimizni bilib olamiz, xavotirlanma va qõrqma men seni yoningdam va Taehyung men ishonadigan inson u meni ishonchim uchun kôp kurashgan shuning uchun uni yõqotadigan ish qilmaydi
-Sen Yerim va Bonani olib ketayotganim haqida qanday xabar topding?
Jungkook qaddini tik tutib, ohangida jiddiylik bilan javob berdi-Bona u menga qõnğiroq qilib ularni olib ketayotganini aytdi. U xavotirda edi.
Taehyung boshini mashina ichidagi Bona tomon burdi, uzoq jim qoldi. So‘ng yana Jungkookga yuzlandi:
-Opasi kabi har kimga ishonmaydigan qiz ekan. Na oilasini qizlarini ishonchiga erishish qiyin ekan tõğrimi? Ammo qoyil sen uni ishonchiga kiribsan, tashvishlanib sendan yordam sõraydigan darajada qahramonga aylandingmi?
Jungkook Taehyung sõzlaridan keyin u ham Bonaga qaradi, Bona mashina oynasiga boshini qõyganida lablarida jilmaydi.
- Menimcha shunga õxshaydi. Sen ularni qayerga olib ketyabsan ?
- Uyimga !- Taehyung shunday degancha mashinasiga õtirdi va mashina divigatelini yoqib mashinani orqa tomonga harakatlanib burilgancha ketdi.
- Uyingga ? Ular bilan bir uyda qolma Kim Taehyung! -Jungkook Taehyungni ortidan baqirib qoldi.
Tungi yo‘llar jimjit edi. Seul ko‘chalarining chiroqlari mashina oynasidan xira o‘tar, yo‘l chizig‘i esa sokin sukunatda siljirdi.
Orqa o‘rindiqda Yerim va Bona yonma-yon o‘tirishardi. Bona derazaga qarab jim, Yerim esa ko‘zlarini Taehyungga qadab, ammo hech narsa demasdi ammo keyin gapirishga qaror qildi.
- Biz qayerga ketyabmiz Taehyung?
Taehyung ko‘zini yo‘ldan uzmay javob berdi- Mening uyimga.
- Sizning uyingizga? - Bona birdan Taehyungga hayron bõlib tikilib sõradi
- Ha mening uyimga. Mening uyimda xavfsiz bõlasizlar.
- Biz yashab turgan uyimizda ham xavfsiz edi janob Kim Taehyung
- Yõq kichik qizaloq unday emas , sen bilmaydigan bazi narsalar bor bu usha siz yashagan uy egasiga tegishli
- Senga bu haqida ayta olmayman kichik qizaloq .
- Taehyung, seni uyingga borish biz uchun noqulay, uyingdagilar nima deb õylaydi - dedi Yerim suhbatga aralashib.
- Men uyimda yolğiz yashayman,hecham noqulay bõlishingiz shart emas,õz uyingizdek his qilib yashashingiz mumkin-Taehyung kulimsiradi, ammo bu kulgi charchoq va iztirob bilan qorishiq edi.
Mashina nihoyat bir kichik, ammo zamonaviy ikki qavatli uy qarshisida to‘xtadi.Taehyung haydovchi eshigini ochib mashinadan tushdi. Keyin orqadagi bagajni ochib, ikki jamadonni chiqarib, ular bilan ichkariga yurdi. Yerim va Bona esa asta mashinadan tushib, atrofga qarashdi.
Bona pichirlab dedi-Bu siz yashaydigan uymi?
Taehyung indamay eshikni kalit bilan ochdi. Ichkarida hech qanday hashamat yo‘q edi, lekin hamma narsa saranjom, pokiza va issiq edi. Shiftda osilgan yoritgichlar yumshoq nurlar bilan xona ichini yoritardi. Pol ustida oq gilam, devorda bir nechta fotosurat ulardan Taehyungni bolalik suratlari va bir nechta tabiat manzalari yana biri... Yerimning qariyb orqa tomondan olingan, ehtimol yashirin suratga o‘xshardi.
Yerim bir zum to‘xtab qoldi. Suratga qaradi, so‘ng unga termulib turgan Taehyungga qaradi.
-Bu suratni qachon olishga ulgurgansan?
Taehyung kaftini sochlariga qo‘yib sochlarini silkitdi.
-Yozda yashirincha tushurgandim. Sen bilan kutubxonada õtkazgan ajoyib damlarimizni esda saqlab qolish va xotira yaratish uchun edi. Mana bu yerda yana bir surat bor Yerim qara juda chiroylisan ayniqsa qõlingda kitob ushlab kitob ichidagi dunyoga shunğib ketganingda, har bir sahifani his qilib õqiyotganingdagi yuzingni õzgarishi bu juda yoqimli.
Yerim hech narsa demadi. Lekin labida ko‘zga ko‘rinmas jilmayish paydo bo‘ldi.
Taehyung uyni asta-sekin tanishtirib chiqdi: oshxona, mehmonxona, pastki qavat va yuqorida xonalarni. U oxirida yuqoridagi xonani ochib, Bonaga yuzlandi.
-Mana bu xona seniki, Bona. Õzing xohlagandek jihozlab berishim ham mumkin, menga nima kerak bõlsa aytsang bas bir pastda hammasini senga muhayyo qilaman.
Bona uyni sinchiklab ko‘zdan kechirdi. U bir zum o‘ylanib, asta Taehyungga savol berdi-Siz ham biz bilan shu yerda qolasizmi?
Taehyung kulimsirab boshini asta silkitdi-Yo‘q, bu sizlar uchun ajratilgan uy endi. Men bu yerda qolmayman. Qolishim sizlar uchun noqulaylik bo‘ladi. To‘g‘ri emas. Hozircha bu yer xavfsiz, sizlar bu yerda erkin va tinch yashasangiz bõlgani.
Keyin yumshoq hazil qildi-Lekin har kuni sizlarni tekshirib turish uchun kelib turaman. Uy egasiman axir.
Bona yengil kuldi, bu hazil unga yoqdi, u Taehyung yomon odam emasligini his qildi. So‘ng xonaga kirib, Yerim va Taehyungni yolg‘iz qoldirdi.
Yerim jim edi. U hali ham bu o‘zgarishlarga, bu yangi uyga, bu sokin muhitga o‘rganib ulgurmagan. Ammo eng muhimi bu yerda o‘zini xavfsiz his qildi.
-Uyingni bizga berib qayerga borasan?
- Mendan xavotirlanma, men otamni uyiga boraman biroz muddat u bilan yashab turaman keyin biror joyni topib usha yerda ijarada yashayman.
- Bu shartmidi? Nega bizlarni bu yerga olib kelding? Biz janob Parkni uyida yaxshi yashar edi, tõģri bazida uni sovuq muomilasi va kelajakda men sizlarga qilgan yaxshilkni hammasini tõlaysan deb siquvga olishidan tashqari,hammasi yaxshi edi.
Taehyung Park Junghoni Yerimni hozirdan siquvga olishini eshitib biroz asabiylashdi keyin xõrsinib Yerim tomon yurib uni yuziga kaftlarini qõyib siladi
- Sen bunday yovuz odam bilan yashashingni xohlamadim, u menga yoqmaydi, u yaxshi odam emas shuni bilsang yetarli maylimi? Shuni bilib olu yana seni yoningga kelib nimadir desa yoki seni yana siquvga olmoqchi bõlsa menga aytasan kelishdikmi?
Yerim Taehyungni issiq kaftini yuzida his qilib mehrni his qildi - Kelishdik
- Aqilli qizaloq - Taehyung Yerimni peshonasidan õpdi.
Taehyung unga qarab turardi. Ko‘zlarida mulohaza, ehtiyot va sevgi qorishiq edi. U Yerimning bu uyga o‘rganishini, dam olishini xohlardi, lekin o‘zi bu dam olishning bir qismiga aylanmasligi kerakligini bilar edi.
- Xayrli tun janob himoyachim.
Taehyung jilmayib, Yerimni qizargan yuzidan kaftini oldi so‘ng yurib, eshik tomon bordi. Lekin chiqib ketishdan oldin, yana bir marta to‘xtadi. U ortga qaradi
-Agar biror narsa kerak bo‘lsa faqat bir marta qo‘ng‘iroq qil. Nafas olmasdan yetib kelaman.
Yerim hech narsa demadi, lekin ko‘zlari bilan "rahmat" deb aytdi.
Taehyung eshikni yopib chiqdi. U pastga tushib, deraza ortida bir zum to‘xtadi. Osmonga qarab chuqur nafas oldi.
- Endi xavfsiz bõlasizlar deb õylayman
Taehyungning mashinasi ko‘cha burilishidan g‘oyib bo‘ldi. U bilan birga uyda qoldirilgan xavfsizlik va issiqlik hissi ham sekin o‘rnashdi.Yerim deraza yonida jim turardi. Qorong‘ilik bilan qoplangan ko‘chani kuzatar ekan, ichidan qandaydir bo‘shliqni his qildi. Bonaning ovozi uni hozirgi fikrlardan tortib chiqardi.
-Opa tan olaman bu uy menga yoqdi juda sokin va shinam hamda chiroyli ekan- dedi Bona, divanga cho‘zilgancha. -Shu uyda biz ikkimiz yashashimizni õylasam huddi õz uyimizga ega bõlgandek his qilyabman õzimni.
Yerim unga qaradi, kulimsiradi- Ha menga ham shunday tuyilyabdi ammo yana ichimda nimadir nohushlikni his qilyabdi.
Bona shubha bilan boshini egdi.
- Nohushlik? Nega opa? Taehyung sizga nega bu yerga bizni olib kelganini sababini aytdimi?Balki u nimanidir yashirayotgandir?
Yerim chuqur nafas oldi. O‘zi ham savollar girdobida edi. Ammo yuragi bir narsani aniq bilar edi Taehyung unga hech qachon zarar yetkazmaydi.
-Men bilmayman, Bona. Balki juda ko‘p narsa yashirilayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin men unga ishonaman. Bilasanmi, uning nigohida yolg‘on bo‘lishi mumkin emas.
Bona opasiga bir lahza tikildi va pichirladi-Siz unga oshiq bo‘lib qoldingizmi?
Yerim bir zumda yuzini burib, kulib yubordi-Ahmoq gaplarni qo‘y. Borib uxla ertaga maktabga borish uchun erta turishing kerak.
- Yaxshi, mayli men uxlagani ketdim opa xayrli tun - Bona Yerimni yuzidan õpib qõyib xonasi tomon ketdi
- Xayrli tun Bona!- Yerim jilmayib qõydi
Ertalabgi quyosh nurlari oshxonani iliqlikka burkagan edi. Qizlar hali yangi uyga to‘liq ko‘nikmagan, ammo ichki xavfsizlikni his qilayotgandek edilar. Aynan shu payt eshik taqillab ochildi va Taehyung ichkariga qo‘lida qog‘oz paketlar bilan kirdi.
- Xayrli tong qizlar.Nonushta tayyor!- dedi u iljayib.
Qizlar hayron qarashdi. Ular hali to‘liq uyg‘onmagan, ammo Taehyung shiddat bilan oshxona stoliga yaqinlashib, paketlardan likopchalarni chiqarishga tushdi. Har bir taom ehtiyotkorlik bilan o‘z o‘rniga qo‘yildi: issiq krosanlar, mevali yogurtlar, yangi siqilgan sharbat, va hatto kimchi bilan kichik guruchli roliklar.
Yerim va Bona ichkariga kirisharkan, hayratdan qotib qolishdi. Ular Taehyungning jiddiy va aniqlik bilan stol atrofida qilayotgan ishini kuzatishar, bir-birlariga qarab, go‘yo tushda yurishgandek bo‘lishardi.
Taehyung ularni ko‘rib kulimsiradi, so‘ng hazilomuz ohangda dedi-Nega bunchalik tikilib turibsizlar? Axir bularni hammasini o‘zim uchun olib kelmaganman-ku. Qani, kelinglar, birga nonushta qilamiz. Keyin Bonani maktabga tashlab, Yerim, biz ikkimiz universitetga ketamiz.
Qizlar asta stol atrofidagi stullarga joylashdi. Taehyung ularning harakatini jiddiyat bilan kuzatar, ammo ichki quvonchini yashira olmasdi. U bir zum jim bo‘lib, go‘yoki nimanidir kutayotgandek, qizlarning toqat qilmay ovqatga qo‘l uzatishini umid qilardi. Ammo ular jim edi.Taehyung kaftlarini birlashtirib, yelkasini qisdi va kulib gap boshladi
-Bilaman, odatda yaxshi yigitlar sevgan qizlari uchun o‘z qo‘llari bilan taom tayyorlashadi. Ammo Yerim men oshxonada ovqat tayyorlashni umuman bilmayman. Shu sababli, bu nonushtani sizlar uchun maxsus retsept asosida tayyorlatdim.
Bona qiziqish bilan so‘radi-Bu qanday maxsus retsept?
Taehyung yuziga bolalarcha tabassum bilan iljaydi va Bona tomonga egilib, pichirlaydigan ohangda dedi-Bu nonushtadagi barcha taomlar sehr bilan tayyorlangan.
Yerim qoshini ko‘tarib, jilmaydi-Qanday sehr, Taehyung?
Taehyung asta Yerim tomonga yuzlandi kõzlarida mehr porlab turardi. -Bu nonushtada sizlarni o‘zimdan ham ko‘proq qadrlayotganimning sehri bor. Har bir luqmasida sizlar uchun butun mehrim yashirin.
Yerim bir zum jim qoldi. Taehyungning bu so‘zlari, u hech kutmagan va ko‘nglining eng chuqur joyiga tushgan gaplar edi. U so‘zsiz, ammo yurakdan jilmaydi.
Bona esa muloyimlik bilan chayqalib dedi-Demak, biz mehr bilan qoplangan sehrli krosanlar yeyayapmizmi?
Uchovlon kulib yuborishdi.Shu kuni Taehyung birinchi marta ular bilan "bir oila" bo‘lishni his qildi.
Taehyung haydovchi o‘rindig‘ida edi. Mashina yumshoq tarzda yo‘lda harakat qilmoqda, tonggi shahar hali uyg‘onib ulgurmadi. Orqa o‘rindiqda Bona, yonida esa Yerim jim o‘tirardi.Taehyung yon ko‘zgudan Yerimga qaradi, so‘ng jimlikni buzib, hazilomuz ohangda gapirdi.
-Hali ham o‘sha sehrli nonushtaning ta’siridamisizlar? Oddiy krosan uchun juda jiddiy qarashlar qilyabsizlar.
Yerim va Bona jilmaydi.Taehyung mashinani maktab oldida to‘xtatdi. Bona sumkasini olarkan, ularga qaradi.
-Sizlar sevgi haqida so‘zlashishingiz endi mumkin, men maktabga õqish uchun kirib yolģiz qoldiryabman sizlarni ahir.
Taehyung kuldi- Mayli boraqol, mehrli sehrdan energiya olgancha, ajoyib kun o‘tkaz.
Bona eshikni ocharkan, sekin Yerimga qaradi va pichirladi:
-U seni chin dildan sevayotganini endi aniq sezdim
Yerim yuziga nim tabassum bilan unga tikildi, ammo javob bermadi.
- Yaxshi õqi, ehtiyot bõlib uyga qayt.
Bona qõl silkib mashina eshigini yopgancha maktabga kirib ketdi.Mashina yana harakatga tushdi. Endi faqat Taehyung va Yerim.
- Endi biz ham õqish tomon yõl olamiz ammo Bona aytgandek sevgimiz haqida suhbatlashib - Taehyung bir qõli bilan Yerimni qõlidan ushladi.
Kuzgi shamol kampusni ohangrabodek qoplagan, sariq va to‘q jigar rang barglar yerda sokin tarqalgan edi. Yerim universitet oshxonasiga ketayotgan edi, tanafus vaqti, qisqagina dam olish uchun. Ammo u hali zinadan tusha boshlagandi, orqasidan kimdir qo‘lidan tutdi.U asta o‘girildi.
-Taehyung?- hayronlik bilan so‘radi u.Taehyung qo‘lini mahkam, ammo yumshoq tutgancha jilmaydi
-Oshxonaga emas. Bugun boshqa joyga olib ketaman seni.
-Qaerga ketyapmiz?- dedi Yerim, hayronlik bilan, atrofga nazar tashlab. Ularning qo‘l ushlashganini ko‘rgan bir nechta talabalar qarab turardi, ammo Taehyung bunga umuman e’tibor qilmasdi.U Yerimning qo‘lini sekin siqdi.
-Sen bilan borishni xohlaydigan bir joylarim kõp, shulardan biriga boramiz.Shunchaki menga ergash.
Ular universitet tashqarisiga chiqishdi. Bir necha daqiqalik yurishdan so‘ng shinam, qulay, hashamatli, ammo chiroyli kafe eshigi oldiga yetib kelishdi Taehyung Yerim uchun eshikni oochib berdi. Yerim ichkariga kirgach õzi ham ichkariga kirib õzi uchun qulay bõlgan joy tomon Yerimni olib bordi.
-Marhamat, oʻtir- dedi u jilmayib.
Yerim asta joy egalladi, atrofga qaradi. Ichki dizayni o‘ziga xos edi yog‘och ranglar, nozik detallar, deraza yonidagi stolda esa to‘q sariq kuzgi yaproqlar solingan shisha vaza turardi.
Taehyung unga menyuni uzatdi
Yerim asta menyuni ochdi. Ko‘zlari taomlarga emas, narxlarga tushdi. Ko‘zi bilan sahifalarni kezarkan, yuragi biroz siqildi. Bu yer oddiy kafe emasdi. “Taehyung men uchun allaqachon yetarlicha ish qildi,” deb o‘yladi u.Uning ichki tortinishi yuzida ham ko‘rindi.
Taehyung buni darhol sezdi. So‘zsiz o‘rnidan turdi, Yerim tomon egilib, Yerimning yuziga yaqinlashdi. Sochini qulog‘i orqasiga yumshoq qilib surdi. Barmog‘i bilan yana yuzidan ohista siladi. Yuzida h mehrga limmo-lim tabassum bor edi.
-Men sen uchun hamma narsani qilaman, Yerim,Nega bilasanmi? Chunki sen... sen mening hayotimdagi eng muhim bo‘lgan yagona odamsan.
Yerim ko‘zlarini pirpiratib, Taehyungga tikilib turardi.
-Iltimos, men bilan bo‘lganingda o‘zingni noqulay yoki yuk sifatida ko‘rma. Men sevgan qizim uchun istagan narsani bera oladigan darajada pulga egaman. Va shunday ekan, senga eng yaxshisini berishimga izn ber.
U chuqur nafas oldi, so‘ng sekin boshini egdi-Evaziga esa faqat bir narsa istayman. Meni sevding, shundaymi? Faqat shuni davom ettir. Menga bo‘lgan sevgingni yo‘qotma. Sening baxtingni, kulgingni ko‘rish men uchun hamma narsadan ustun.
Yerimning yuragi allaqachon erib bo‘lgandi. U ko‘zlariga yosh to‘lib, ammo labida muloyim tabassum bilan unga qaradi.
-Taehyung- dedi u, pichirlab-Men... seni sevaman. Butun yuragim bilan
- Men ham seni sevaman yagonam, butun borliğim bilan.
Yerim va Taehyung kafedan chiqishdi. Tashqarida kuzgi shamol yuzga yumshoq tegardi. Daraxt barglari ohangdor yerga to‘kilardi.Ular yonma-yon universitet tomon yurib ketar, yo‘l bo‘yi shirin suhbatlashar edi.
Shu payt Taehyungning ko‘zi yo‘l chetidagi mayda, ammo chiroyli bezatilgan do‘konga tushdi. Uning vitrinasida pushti va oq rangli yumshoq o‘yinchoqlar, turli sovg‘alar bor edi.Taehyung to‘xtab qoldi.
-Menga bir daqiqa ruxsat. Shu yerga kirib chiqishim kerak- dedi u biroz shoshilgan ohangda.
Yerim hayron bo‘ldi-Do‘kongami? Hozirmi? Darsga kech qolamiz-ku!
-Shu yerda kut, iltimos. Juda tez chiqaman- deya Taehyung yugurib ketib dõkon ichkarisiga kirib ketdi.Yerim uni kuzatib qoldi. Ko‘zlarini qisib do‘konga qaradi. Soatiga bir qarab, peshonasini tirishtirdi.
-Nega aynan hozir? Men axir universitetga kech qolyapman.
U xijolat aralash o‘z-o‘ziga pichirlardi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay do‘kon eshigi ochildi.
Taehyung chiqib keldi. Qo‘lida quchog‘ini to‘ldirgan darajada katta, malla rangli, yoqimli ayiqcha o‘yinchoq bor edi. Uning bo‘ynida mayin lentachada esa “ seni sevaman” sõzi bor edi.
Yerimning ko‘zlari ochildi, u asta jilmaydi. Ayiqchaning o‘zi emas, balki Taehyung uni olib chiqqan holati yuragini eritdi.
Taehyung ham Yerimning jilmayishini ko‘rib, labida tabassum paydo bo‘ldi. Ikkisi asta bir-birlariga yaqinlashdilar. Oralarida bir necha qadam masofa qolganda, Yerim gapirdi.
Taehyung kulib bosh silkitdi. Hazil aralash ohangda dedi-Yo‘q. Bu ayiq meni sevgan qiz uchun.
Taehyung ko‘zlarini chaqnatar, yuragining urishini eshitgandek bo‘ldi. Bir qadam oldinga yurdi, labida tabassum.
-Rostanmi? Unda meni sevishingni ayt.
- Man allaqachon kafeda buni aytdim.
Yerim jim bo‘lib qoldi. Xuddi vaqt to‘xtagandek. Shamol barglarni ko‘tardi, atrofda sokinlik. Taehyung sabr bilan kutayotgandi , ammo ko‘zlarida xavotir paydo bo‘ldi.Yerim labini chaynab, asta gap ochmoqchi edi.Shu zahoti qattiq shovqin, matotsiklning g‘ichirlab kelayotgan ovozi yaqinlashdi.
Qora libosli kimsan, yuzini niqob bilan bekitgan, katta tezlikda motosiklda kelardi. Uning yo‘nalishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yerim tomonga edi.Taehyungning nigohi bir lahzada oʻzgardi. U buni ko‘rdi. U darhol harakatga tushdi. Ammo Yerim motatsiklni sezmagandi
Taehyung yugurib keldi. Yerim ayni damda og‘zidan so‘z chiqardi
Taehyung bu so‘zlarni eshitdi.
U o‘z tanasi bilan Yerimni qattiq yerga itarib yubordi. O‘zi esa mototsikl bilan to‘qnashdi.
Yomg‘ir yog‘masa-da, xuddi havodan narsa qulagandek. Ayiqcha yerga uchib tushdi.
U o‘rnidan turdi, bir zum hech narsani tushunmadi.Keyin faqat bitta so‘zni qichqirdi
To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic