• Where Fate Brings •
Bizni yaxshiligimiz uchun emas, yaxshi odam bo‘lganimiz uchun sevishadi.
Tungi shahar sokin edi. Yoritilgan osmono‘par binolarning orasida, baland binoning tomida uchta yigit jim o‘tirardi.
Jungkook tom chetida o‘tirib, shahar chiroqlariga tikilar, qo‘lida ochilgan piva butilkasi jimjimador tovushsiz silkinar. Uning nigohi bo‘sh, ichida bir narsa ezilar, ammo yuzida hech narsa bilinmasdi.
Taehyung esa uning yonida, yelkasiga engashib o‘tirgan. U ham piva ichayotgandi, lekin ichimlikdan ko‘ra ko‘proq o‘zini qutqarishga urinayotgandek. Nafas olish og‘ir, ko‘zlar esa to‘liqgan.
Ularning orqasida esa Hoseok devorga suyanib turar, qo‘llarini cho‘ntagiga solib, ular tarafga sinchkovlik bilan qarardi.
-Sizlarga nima bõlyabdi? Ikkingiz ham ğamga botgansiz, necha kundan beri jimsiz-dedi Hoseok, bir zum sukutni buzib.
Taehyung boshini ko‘tardi, yuzida charchoq va umidsizlik aralash tabassum bilan.
-Men hammasini boshimdan chiqarishga harakat qilyapman, Hoseok lekin bu ortiqcha. Yerimni qancha marta qutqarganimni sanashdan to‘xtadim. Har safar men yetib borganimda u allaqachon sinib bo‘lgan bo‘ladi.
Jungkook qõlidagi pivadan bir qultum ichdi, sekin Taehyungga qaradi.
-Sen bo‘lmaganingda u hozir tirik bo‘lmasdi, Taehyung.
Taehyung bosh chayqadi- Unday emas Yerim hozir men tufayli kõp narsalarni boshidan õtkazyabdi ,qanchalik xavf ostida ekanligini õzi bilmaydi.Bundan tashqari men uni himoya qilaman deb, otamni ham qiyin ahvolga solib qõydim. Kompaniyamizda muammolar bor. Jungho otamga zarar yetkazgan. Aksiyalarni tushib ketishi, ishchi xodimlarni yõqotish, soxta ayblovlar… Otam esa menga hech narsa demay, barchasiga jim qarab turibdi. Men nima qilishni bilmayapman.
Hoseok o‘z holatini o‘zgartirib, ularning yoniga keldi. Uning nigohi qat’iyatli edi-Sen nima qilishni bilmaysan chunki sen yolg‘izman deb o‘ylayapsan. Biz seni yolg‘iz qoldirmaymiz, Taehyung.
Taehyung unga qaradi. Ko‘zlari xiralashgan edi-Hoseok, men bu urushda yutqazyapman. Jungho meni barcha tomonimdan yõq qilmoqda. Otam, Yerim, hatto Bona va Jungkook ham bu olov ichida.
Jungkook sekin boshini burdi-Agar bu urush bo‘lsa biz sen bilan jang qilamiz. Axir do‘st nima uchun kerak?
Bir zum sukut. Faqat puflayotgan shamol, va uzoqdan kelayotgan mashinalar shovqini.Hoseok chuqur nafas oldi-Demak biz nimadir qilishimiz kerak.
Taehyung ohista bosh irg‘adi.-Ha. Bu safar kutmayman. Yana biror narsani yo‘qotishdan charchadim. Jungho menga nisbatan qancha zaiflik ko‘rsa, shuncha kuchliroq hujum qiladi. Men unga javob berishga tayyor bõlishim kerak, biz nimadir ôylab topishimiz kerak.
Hoseok jilmaydi, bu jilmayish ichida og‘riq ham, birdamlik ham bor edi- Qanday reja tuzamiz kapitan Taehyung?
Uch do‘st bir-birlariga qaradi.
- Men biror narsa õylab topaman Hoseok- dedi Taehyung yana pivani ichgancha.
Kuz fasli bõlishiga qaramay yoz tongiday tiniq havo, quyosh kampus ustida yaltirab turgan bo‘lsada, Taehyungning ko‘zlarida allaqachon tun qorong‘isi jam bo‘lib ulgurgandi. U Yerim bilan birga universitet darvozasi ichkarisiga kirib kelayotgan edi. Taehyung õychanlik bilan Yerimdan bir necha qadam oldinlab borar Yerim uni ortidan unga tikilgancha borar edi, Taehyungni sõngi vaqtlarda kayfiyatsiz,juda õychan,xavotirda ekanligi Yerimga ayon edi, Yerim buni sababi ohirgi baxtsiz hodisalar deb ôylardi shuning uchun ham Taehyunni sõroq qilmadi.Biroq ularning ortidan sekin yugurib kelgan bir qiz Taehyungning fakultetdoshi uni to‘xtatdi
- Taehyungshi, õqtuvchimiz tomonidan berilgan topshiriqni bajarishga kelishgan edik shuning uchun kecha menga va’da bergandingiz, birga kutubxonaga boramiz va topshiriqni bajaramiz deb, esingizdami?
Taehyung to‘xtadi. Yuragidagi charchoq va asab bir joyga to‘plangan edi. U qizga sovuq tikilib, ğazab bilan gapirdi
- Men hech kimga hech narsa va’da bermaganman. Men uchun ahmoqona topshiriqlar muhim deb o‘ylama,bundan boshqa qiladigan ishlarim bor. Endi esa kõzimdan yõqol, hozir õzi sen yetishmay turganding menga - Taehyung qizni turtib yonidan õtib ketdi.
Qizning ko‘zlari bir zumda namlandi. U indamay ortga yurdi. Yerim esa buni ko‘rib toqat qila olmay Taehyungni ortidan yurib uni qõlidan ushlab õziga qarashga majbur qildi.
- Taehyung, bu qizga bunday muomala qilish qanchalik yomonligini tushunmayapsanmi? Senga nima bõlyabdi? Nega õzgarib qolding?U qiz faqat õqtuvchi bergan topshiriqni bajarish uchun seni oldingga kelgan bo‘lsa nega unga qõpollik qimyabsan?
Taehyung Yerimni gaplarini jimgina tingladi. Bir necha soniya sukut saqladi so‘ng Yerimga yaqinlashdi. Yuragi o‘zini tutolmas, lablari titrardi.
- YETAR! Sening aytganlaringni eshitib yashashdan charchadim, Yerim.
Doim meni qandaydir mukammal yigitga aylantirishni xohlaysan!Doim menga “shunday qil”, “bunday bo‘lma”, “mehribon bo‘l”, “sabrli bo‘l” deysan.Lekin men sening kitobingdagi romantik qahramon emasman!Men bu hayotda zarb yegan, ichida o‘zi bilan kurashayotgan oddiy odamman.Seni sevganim uchun hamma narsani yuta olmayman.
Har doim kulib, chiroyli gaplar bilan yashay olmayman!
U bir zum ko‘zlariga yosh to‘lib chiqayotganini sezdi, ammo boshini tez burdi. Yerim esa hayrat va og‘riq aralash holatda jim turgancha unga qarab qoldi.
- Meni tuzatishga harakat qilishni bas qil, Yerim. Men qanday bõlsam shundayligimcha qabul qil huddi men seni qabul qilganimdek.
Taehyung burilib kampus tomon boradigan yo‘lakdan yurib ketdi.
Ko‘chadagi shovqinlar talabalarning kulgisi, daraxt barglarining shitirlab yerga tushishi Yerim uchun birdaniga yo‘qoldi. U uchun butun universitet sukutga cho‘mgan, faqat Taehyungning qadam tovushlari uzoqlashib borayotgandek edi.
U usha yerda turib qoldi ko‘zlarini yumdi. Nafasini ichiga yutdi yana kõzlarini ochib Taehyungni ğoyib bõlganini kõrdi.
Taehyung so‘nggi paytlarda o‘zini yo‘qotgandi. Yerim buni bilardi. U buni ko‘rardi.
Ko‘zlarida doim g‘am bo‘lardi. Kulgulari soxta, sukunatlari esa juda uzun bo‘lib qolgan edi.Yerim o‘ziga savol berdi:
- Men unga rostan ham adolatsizlik qildimi?Uni sevadigan qizmanmi, yo uni mukammal bõlishga majbur qilayotgan odammanmi? Men unga yordam berishga harakat qilyapman deb õylabman,ammo undan ortiqcha narsalarni sõrab yuborganga õxshayman.Seni tuzatmoqchi emas edim Taehyung. Faqat yoningda bõlmoqchi edim.
Yerimning ko‘zlaridagi og‘riq Taehyungning xotirasiga mixlanib qoldi. U qizni ayblagan so‘zlari hali ham quloqlarida jaranglardi, ammo eng yomon ovoz bu Yerimning jimligi edi.
U hech narsa demadi.U faqat turib qoldi. Qadam tashlamadi. Taehyungni Ortimdan kelmadi.
Taehyung auditoriya eshigi yaqinida to‘xtadi. Nafas olib biroz tinchlanishga harakat qildi ammo hozir õzidan nafratlandi.
Tishlarini g‘ichirlatib barmoqlari sovuqlashganini his qildi. Qo‘llarini cho‘ntagiga tiqdi, lekin yuragidagi sovuqlik ularni isitolmadi. Faqat bir so‘z aylanardi miyasida.
-Nega unga shunday baqirdim? Nega men unga bu sõzlarni aytdim?
Peshonasini devorga urgudek, boshini egdi.
-U mendan xafa bõlgan. Men uni birinchi marta xafa qildim endi bu qilgan ishim uchun õzimni yomon kõrib ketyabman.
Taehyungni telefoni baland ovozda jirinlab hozirgi vaqtga qaytishiga sabab bõldi.
U darrov javob bermadi. Faqat ekranga qaradi va otasi qõnğiroq qilayotganini kõrib xõrsindi.U otasi bilan kamdan-kam gaplashardi. Uning qo‘ng‘iroqlari har doim faqat bir narsani anglatardi favqulodda holat. Va bu safar ham shunday edi.Taehyung qõnğiroqqa javob berdi.
-Taehyung? Tezda uyga yetib kel. Iloji boricha tez.-Otasi ohangida bir xavotir bor edi. Yillar davomida qat’iy va sovuq bo‘lgan bu ovoz bugun titrardi.
-Telefonda tushuntirib bo‘lmaydi. Yuzma-yuz gaplashib olishimiz kerak sen bilan.-Aloqa uzildi.
Taehyung bir soniya sukutda qoldi. Keyin yon atrofga qaradi.
Xonadon ichida sukut hukm surardi. Taehyung sekinlik bilan ichkariga qadam qo‘ydi. Otasining harakatlarida g‘ayritabiiy shoshqaloqlik sezilardi. Stol ustida bir nechta hujjatlar tarqoq yotar. Ota boshini ko‘tarmay, og‘ir nafas oldi. So‘ng ko‘zlarini o‘g‘liga qadab, jimlikni buzdi:
-Kompaniya... -ovozi titradi- Kompaniyamiz bankrot bo‘lish arafasida.
Taehyung bir lahza so‘zsiz qotib qoldi. Lekin otasi jim turmadi. U stol ustidagi papkani ochib, bir nechta sahifalarni o‘g‘liga uloqtirdi.
- Bizni kompaniyani tekshiryapti. Menga qarshi dalillar yig‘ilmoqda. Meni tovlamachilikda ayblashmoqda.
Taehyung qog‘ozlarga nazar tashladi.
-Taehyung-otasi chuqur xo‘rsindi. - Bu sen himoya qilayotgan qiz tufayli. O‘sha Yerim tufayli hammasi puchga chiqmoqda. Jungho barcha alamini men shuncha yil õz mehnatim bilan qurgan kompaniyani yõq qilish bilan olyabdi
Taehyung yuragiga g‘alati og‘riq kirdi. Qo‘llari bilinar-bilinmas titradi.
- Demoqchimanki- otasi gapini davom ettirdi-senda faqat bitta yo‘l qoldi. Jungho bilan kelish, Yerimdan voz kech. Aks holda...
Ota to‘xtab, o‘g‘lining ko‘zlariga tikildi.
-Aks holda, sening kelajaging yo‘q. Meni qamashadi, seni esa qulab-quvvatlaydigan hech kim qolmaydi. O‘sha qizingni ham himoya qila olmaysan. Ikkalangiz bir-biringizni faqat cho‘ktirib yuborasiz. Men o‘zimni emas, seni o‘ylayapman.
Taehyung yutindi. Uning nigohlari sokin, lekin ichkarisi faryodga to‘la edi. U otasining har bir so‘zini eshitdi, ammo yuragi boshqa gapirardi.
-Men Yerimdan voz kechmayman-dedi u sekin, ammo qat’iy ovozda.Otasi yuzini chetga o‘girdi.
- Unda, mendan kechishingga to‘g‘ri keladi- dedi u sovuq ohangda. -Ota sifatida emas, balki bu dunyoda yashab qolmoqchi bo‘lgan erkak sifatida aytaman: bu muhabbat senga faqat azob olib keladi.
Taehyung bir necha daqiqa qimirlamadi. So‘ng orqaga burildi. Ota gapirmoqchi bo‘ldi, ammo u allaqachon eshikni ochib, tashqariga chiqib ketgan edi.U mashinasiga o‘tirdi va rulga qo‘lini qo‘ydi.
Ammo harakatga kelmasdan oldin, ko‘zlarini yumdi. Bu muhabbat, bu tanlov, bu azob Taehyung birinchi marta qanchalik kuchsiz inson ekanligini his qildi. U doim õzini bu dunyodagi qudratli insonman deb õylardi endi aksincha u hatto õz sevgan odamini, otasini himoya qila olmaydigan ojiz odam ekanligini sezdi.
U mashinada o‘tirganicha bir nuqtaga tikilib qolgan hech qayoqqa qarab emas, balki ichki bo‘shliqqa, qalbining ichi qora tuman bilan to‘lgan joyiga. Ko‘zlarida iztirob, barmoqlari rulda qattiq siqilgan, yuragi esa ikki o‘t orasida ezilayotgandi.
Otasi aytgan so‘zlar haligacha boshida jaranglardi
-Seni himoya qilayotgan qiz tufayli kelajaging barbod bo‘lyapti. Unda, mendan kechishingga to‘g‘ri keladi.Ota sifatida emas, balki bu dunyoda yashab qolmoqchi bo‘lgan erkak sifatida aytaman: bu muhabbat senga faqat azob olib keladi.
U birinchi marta Yerimni yo‘qotish mumkinligini his qilayotgandi. Bu fikr yuragini cho‘ktirib yubordi. Uni sevgani, himoya qilgani uchun jazolanish? Bu adolatmi?
U rulga qattiqroq yopishdi. Nafasi og‘irlashdi. Ammo ko‘z oldiga Yerimning nigohlari keldi yumshoq, o‘zida dunyoni sig‘dira oladigan, ammo so‘nggi paytlarda ozorlangan nigohlar. Ertalab unga baqirgani uchun õzini ayovsiz qoraladi. Bu qiz undan faqat yaxshi inson bo‘lishini so‘ragandi, ammo u uni ham ranjitdi, ham hayotidagi yagona yorug‘ nuqtani yana qorong‘ilikka tortdi.
Telefonini olib vaqtga qaradi universitetda darslar tugay deb qolgan edi.U chuqur nafas oldi.
Va mashinaning kalitini burdi.
Mator tovushi ko‘nglida bir qarorga kelgan yurak zarbiday yangradi.
-Men Yerimdan kechmayman - dedi u o‘ziga, ko‘zlarida qat’iyat bilan.
Mashina universitet tomonga harakatlana boshladi. Yerimning yonida bo‘lish. Uni quchoqlab, yolg‘izlikdan, ikkilanishdan, og‘riqdan asrash. Va eng muhimi ertalabki so‘zlari uchun kechirim so‘rashi kerakligini õziga takrorladi.Chunki Yerim uning eng katta kuchi edi.
To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic