August 15

Enemy of My Heart

“Sevgi — ko‘r bo‘lish emas, balki yurak bilan ko‘rishdir.”

EPISODE_3

Taehyung kulib, yana pechenyesini yeyishga tushdi. Ko'zlari beg'ubor quvonch bilan porlardi xuddi uning ichida hech qanday tashvish, hech qanday og'irlik yo'qdek.

Ammo bu faqat niqob edi.Chan-ho xonadan chiqib ketishi bilan Taehyungning yuzidagi bolalarcha tabassum bir zumda so'ndi.

Go'yo kimdir uning yuzidagi boshqa bir qiyofani olib tashlagandek.Ko'zlaridagi beg'uborlik o'rnini sovuq, o'tkir va hisob-kitobga to'la nigoh egalladi.

U qo'lidagi pechenye bo'lagini likopchaga sekin qo'ydi.So'ng deraza tomon yurdi parda ortidan tashqariga qaradi.Chan-honing mashinasi hovlidan chiqib, darvoza tomon harakatlanayotgan edi.Taehyung uning uzoqlashib borayotganini kuzatib turdi.Lablarida sovuq tabassum paydo bo'ldi.

-Har safar...-Uning ovozi endi bir necha daqiqa oldingi bolalarcha ohangdan butunlay farq qilardi.- Sen menga ishonaverasan, amaki.

Mashinani ko'zdan yo'qolguncha kuzatib turdi.- Va har safar men senga bir qadam yaqinlashaman.

Taehyung pardani qo'yib yubordi xona yana sokinlikka cho'mdi.

O'n ikki yil oldin...

O'sha tun Taehyungning butun hayotini ikkiga bo'lib tashlagan edi.Onasi uning butun dunyosi, yagona panohi va eng yaqin insoni o'z uyida o'ldirilgan edi.

Politsiya ishni "tasodifiy o'g'irlik" deb yopgan.Begona jinoyatchilar kirgan.Qimmatbaho buyumlar yo'qolgan qotil topilmagan.Ammo Taehyung bitta narsani bilardi bu yolg'on edi.

U o'sha kechani unutmagan eshikning ochilishi.Onasining qo'rqib ketgan nigohi.

Qorong'i xonada eshitilgan ovoz.Va eng muhimi...U ko'rgan odamlar o'z amakisi Chan-ho uni yonidagi odamlar u tengi yoshdagi bola.

Taehyung o'sha kecha hech narsa demagan qo'rqqani uchun emas balki hali juda kichkina bo'lgani uchun hech narsa qila olmagandi.Ammo o'sha kundan boshlab u bir narsani o'ziga va'da qilgan edi:Bir kun kelib haqiqatni isbotlaydi.Barcha qotillarni óz qóllari bilan ularni qiynab hamma narsani birma- bir tortib olib óldiradi.

Shundan beri Taehyung ikki xil hayot kechirardi.Kunduzi Chan-honing ko'z o'ngida u sodda, beg'ubor, ba'zida esa deyarli bola kabi tutadigan yigit edi..

Arzimagan narsalardan xursand bo'lardi.Amakisiga ishonadigan, undan boshqa hech kimga suyanolmaydigan jiyan rolini mukammal ijro etardi.Va Chan-ho bunga ishongan edi.Aynan shuni Taehyung xohlardi unga kutilmagan zarba bilan hayotini zulmatga aylantirishni.Chunki odamlar seni ahmoq deb o'ylasa, ular oldingda ehtiyotkor bo'lishni to'xtatadi ular sirlarini yashirmaydi,ular o'zlarini xavfsiz his qiladi.Va eng muhimi ular sening haqiqiy yuzingni ko'rmaydi.Ammo tun tushgach Taehyung boshqa odamga aylanardi u o'z xonasiga ko'tarildi eshikni yopdi so'ng ichkaridan qulfladi.

Bir necha soniya jim turgach, devordagi yashirin panelga qo'lini tekkizdi.Devorning bir qismi sekin surilib, ortidan qorong'i xona ochildi.Bu yerga hech kim kirmasdi hatto uy xizmatkorlari ham.Xona ichida devorlarga osilgan xaritalar, fotosuratlar, hujjatlar va maxfiy fayllar bor edi.Bir nechta monitorlar jim yonib turardi.Stol ustida esa yillar davomida to'plangan dalillar taxlangan.Chan-honing bank hisoblari,yashirin omborlari ,sheriklari,aloqalari,qonuniy ko'rinishga keltirilgan noqonuniy bizneslari.

Taehyung stol oldidagi stulga o'tirdi noutbukni ochib parolni kiritdi ekran yongach u bir necha kun oldin port hududida yuz bergan otishma haqidagi yangi hisobotni ochdi.Bir necha soniyadan so'ng ekranda bitta ism paydo bo'ldi.

JEON JUNGKOOK.

Taehyung ekrandagi suratga tikilib qoldi.Raqib tashkilotning boshlig'i-yosh,shafqatsiz,hisob-kitobli va o'z hududida deyarli yengilmas deb hisoblanadigan odam.Taehyung suratni kattalashtirdi.

-Demak, Jungkook-Uning lablarida yengil tabassum paydo bo'ldi.- Sen mening o'yinimga kirib bo'lgansan ancha avval va qanchalik xato qilgansan buni hali bilmaysan sendan hamma narsangni tortib olaman hozircha esa mazza qilib yasha.U keyingi faylni ochdi portdagi otishma xaritasi.
Taehyung bir nuqtaga uzoq tikilib qoldi.

- Sen kuchlisan, Jungkook.

U kresloga suyanib, barmoqlarini stol ustida bir-biriga tutashtirdi.- Lekin meni tanimaysan men sendan ancha kuchliroqman.

Monitorning sovuq nuri uning yuzini yoritardi.Kunduzi u beg'ubor Taehyung ,tunda esa shahar yerosti dunyosida hech kim yuzini kôrmagan mafia qiroli .Taehyung noutbuk ekranidagi Jungkookning suratiga yana bir bor qaradi.So'ng boshqa faylni ochdi.Bu safar Chan-honing ismi ekranda paydo bo'ldi.Taehyungning tabassumi yo'qoldi.

- Avval sen, amaki.-U faylni yopdi.-Keyin esa...

Nigohi yana Jungkookning suratiga qaytdi.Bir necha soniya jim turdi.- sen.

U orqasiga suyanib, ko'zlarini yumdi.Ikki hayoti bir kun kelib to'qnashishini u yaxshi bilardi.Ammo hozircha vaqt uning tomonida edi.

Taehyung

Ertalabki quyosh nurlari Jeon qarorgohining ulkan derazalaridan ichkariga tushib, marmar pol ustida uzun yorug'lik chiziqlarini hosil qilardi.Uy ichida odatdagidek sokinlik hukm surardi.

Katta oshxonadagi uzun stol ustida nonushta tayyorlangan: yangi qovurilgan tuxum, mevalar, qahva va issiq non. Jungkook stolning boshida yolg'iz o'tirib, bir qo'lida qahva piyolasini ushlab, ikkinchi qo'li bilan planshetidagi hisobotlarni ko'zdan kechirardi.

U qora futbolka kiygan, sochlari biroz tartibsiz edi. Yelkasidagi jarohat sabab chap qo'lini ehtiyotkorlik bilan harakatlantirardi.Shu payt katta eshik ochilib Jimin qo'lida qora papka va bir nechta hujjatlar bilan ichkariga kirdi.Uning yuzida odatdagidan ham ayyorroq tabassum bor edi.Jungkook boshini ko'tardi.

-Nima bo'ldi?

Jimin stol tomon yurib, papkani uning oldiga qo'ydi.- Siz so'ragan narsalar.

Jungkook qahva piyolasini sekin stolga qo'ydi-Hyejin haqidagi ma'lumotlarmi?

Jimin qoshini ko'tardi.-Hatto ismini aytmasam ham kim ekanligini topding-a!

Jungkook unga sovuq qaradi.- Papkani och.

Jimin stulni tortib o'tirdi.- Avval yaxshi xabar.

U stol ustiga bir hujjatni qo'ydi.- Kasalxona sotib olindi.

Jungkook hujjatga qaradi.Jungkookning qoshi biroz ko'tarildi.-Qancha?

Jimin summani aytdi.Jungkook indamay hujjatlarni varaqladi.- Muammo bo'lmaydimi?

-Yo'q. Hamma hujjatlar qonuniy ko'rinishda rasmiylashtirildi. Rasmiy ravishda senga tegishli bo'ldi.

Jungkook bosh irg'adi.-Yaxshi.

Jimin unga qarab, kulimsiradi.- Endi yomon xabar.

Jungkook unga qaradi.-Yomonmi?

- Yo'q. Sen uchun balki juda yaxshi xabardir.

Jimin ikkinchi papkani ochdi.Birinchi sahifada bitta ism turardi.HYEJIN.Jungkookning nigohi bir zumda o'zgardi.

-Yoshi?

- Yigirma besh.

Jungkook sekin bosh irg'adi.Jimin keyingi sahifani ochdi.- Hyejin bolalar uyida 5 yoshigacha ulg'aygan.

Jungkookning barmoqlari qog'oz chetida to'xtadi.

-Ota-onasi?

-Biologik ota-onasi haqida ma'lumot juda kam. Hyejin hali kichkina paytida farzandsiz bir er-xotin tomonidan asrab olingan.

Jungkook sukut bilan tinglardi.

- Ular uni chin dildan xohlashgan . Ammo bir necha yil o'tib, o'zlarining biologik qizlari tug'ilgan.

Jungkookning yuzidagi ifoda asta o'zgardi.-Keyin?

Jimin yelkasini qisdi.- Shundan keyin Hyejinga munosabatlari o'zgargan.

-Qanday?

-Avvalgidek emas. Hyejin oilada bor edi, lekin go'yo chetda qolgandek. Ko'proq e'tibor ularning qiziga berilgan.

Jungkook papkaga tikildi.Uning jag'i sekin qisilgandi.- U buni bilganmi?

- Bolaligidan sezgan bo'lishi kerak.

Jimin keyingi sahifani varaqladi.-Maktab davrida yaxshi o'qigan. Ayniqsa biologiya va kimyoga qiziqqan. Keyinchalik tibbiyot universitetiga kirgan.

Jungkook bosh irg'adi.-Yigit masalasi-chi?

Jimin unga qarab kulimsiradi.- Bu savolni berishingizni kutgandim.

Jungkookning nigohi sovuqlashdi.-Javob ber kôp gapirmasdan

-Maktabning yuqori sinflarida bir yigit bilan munosabatda bo'lgan. Universitetda ham munosabatlari davom etgan.

-Ismi?

Jimin ismni aytdi.Jungkook hech qanday reaksiya bildirmadi.

-Nima bo'lgan?

- Munosabatlari bir necha yil davom etgan. Keyin ajrashishgan.

-Sababi?

Jimin hujjatga yana bir bor qaradi.-Aniq ma'lumot yo'q. Ularning ajrashuvi ortida jiddiy kelishmovchilik bo'lgani ko'rinadi, ammo Hyejin bu haqda hech kimga ko'p gapirmagan.

Jungkook barmoqlarini stolga sekin urdi.- Hozir aloqalari bormi?

-Yo'q.

-Ishonching komilmi?

-Tekshirdim. Hozir ular deyarli umuman aloqa qilmaydi.

Jungkook bosh irg'adi.- Davom et.

Jimin papkani yana varaqladi.- Hyejin ishidan tashqarida juda oddiy hayot kechiradi. Ortiqcha bazmlar, tungi klublar, katta davralar yo'q.

Jungkookning qiziqishi yanada ortdi.- Bo'sh vaqtida nima qiladi?

- Kitob o'qiydi. Ba'zan sayr qiladi va-Jimin bir lahza to'xtadi-Ishdan chiqqach tez-tez boradigan bitta kafesi bor.

Jungkook unga qaradi.-Qaysi?

Jimin kafe nomini aytdi.- U yerda odatda deraza yonidagi stolga o'tiradi. Qahva ichadi, ba'zan kitob o'qiydi. Ba'zi xodimlar uni tanishadi.

Jungkook bu ma'lumotni eslab qolgandek bosh irg'adi.- Uyiga yolg'iz qaytadimi?

- Ko'pincha.

Jungkook papkani yopmadi.U yana bir sahifani ko'zdan kechirdi.- Do'stlari?

- Ko'p emas. Bir-ikki yaqin dugonasi bor. Ishdagi hamkasblari bilan munosabati yaxshi.

- Dushmanlari?

-Aniqlangan jiddiy dushmani yo'q.

Jungkook bir necha soniya jim qoldi.Keyin papkani yopdi.Ammo qo'lini uning ustidan olmadi.

- U haqidagi barcha ma'lumotlarni yangilab tur.

Jimin bosh irg'adi.- Albatta.

- Va kuzatuvchilar-chi?

- Ikki kishi navbat bilan kuzatyapti. Unga yaqinlashmaydi. Faqat xavf tug'ilsa aralashadi.

Jungkookning nigohi keskinlashdi.- U bilmasin.

- Bilmaydi.

- Yaxshi.

Jimin bir muddat jim o'tirdi.So'ng Jungkookning oldidagi qahvaga qarab, kulimsiradi.

- Boshliq.

- Nima?

-Siz kasalxonani sotib oldingiz.

Jungkook indamadi.

- Keyin uning tarjimai holini bilib oldingiz. Endi uning qaysi kafega borishini ham bilasiz.

Jungkook unga sovuq qaradi.- Gapni cho'zma.

Jimin kulib yubordi.- Men shunchaki aytyapman.

U o'rnidan turdi.- Hali yana bir narsani aytishim kerak.

-Nima?-Jimin papkani ko'rsatdi.- Hyejin siz haqingizda hech narsa bilmaydi. Sizning kimligingizni ham, tashkilotingizni ham.

Jungkookning nigohi papkaga tushdi.Bu unga negadir yoqimli tuyuldi.Hyejin uning yonida turganida Jungkookni jinoyatchi yoki shahar yerosti dunyosining eng xavfli odami sifatida emas, shunchaki jarohatlangan bemor sifatida ko'rardi.

- Shunday qolaversin-dedi u nihoyat.

Jimin bosh irg'adi.- Tushunarli.

U eshik tomon yurdi.Ammo chiqishidan oldin to'xtab, ortiga qaradi.

- Aytgancha, bugun uning o'sha kafega borishi ehtimoli katta.

Jungkook boshini ko'tardi.Jiminning labida ayyorona tabassum paydo bo'ldi.-Agar tasodifan yo'lingiz o'sha tomondan o'tib qolsa

Jungkook unga uzoq tikildi.-Jimin

-Ha?

-Chiq aks holda tilingni suģurib olaman

Jimin kulib yubordi.-Bo'ldi, boshliq men ketyabman- u qôlini silkib chiqib ketdi va oqasidan eshik yopildi.Jungkook esa yana yolg'iz qoldi.U bir necha soniya yopiq papkaga qarab o'tirdi.So'ng barmoqlari bilan uning ustini sekin siladi.

- Yigirma besh...

U Hyejinning yoshini o'ziga o'zi takrorladi.Keyin labining chetida deyarli sezilmas tabassum paydo bo'ldi.Ammo shu zahoti uning nigohi stol chetidagi boshqa papkaga tushdi Portdagi snayper tabassum yo'qoldi.Jungkookning ko'zlari yana sovuqlashdi.

Hyejin uning hayotiga tasodifan kirib kelgandek tuyulardi.Ammo Jungkook endi bitta narsani aniq bilardi:Bu qizni o'zining qorong'i dunyosidan imkon qadar uzoqroq tutishi kerak.

Chunki u Hyejin haqida qancha ko'p bilgan sari, uning o'z hayoti Hyejinga xavf tug'dirishi mumkinligini ham shuncha yaxshi tushunardi. Ammo yuragiga buyruq bera olmasdi shuning uchun u tomon talpinardi.

Jimin

Kechqurun shahar markazi odatdagidan ham gavjum edi. Ko'chalardagi chiroqlar yoqilgan, mashinalar shovqini piyodalar orasidagi suhbatlarga aralashib ketgandi.Jungkook qora mashinadan tusharkan, atrofga bir qarab qo'ydi.Jimin uning yonida paydo bo'ldi.

- Shu yermi?-Jungkook kafe peshtoqidagi kichkina yozuvga qaradi.

-Ha aynan shu kafe-Jimin labining chetida kulimsiradi.- Demak, tasodifan kelib qolganmizmi?

Jungkook unga sovuq qarab qo'ydi.- Men "tasodifan" deganim yo'q.

- To'g'ri. Sen shunchaki... aynan Hyejin har kuni keladigan kafega kelishni xohladingiz.

Jungkook hech narsa demadi.Bu jimlik Jimin uchun yetarlicha javob edi.Ular ichkariga kirishdi.

Kafe unchalik katta emasdi. Devorlarda iliq rangdagi chiroqlar yonib turar, havoda yangi qahva va shirinliklarning yoqimli hidi taralardi. Derazalar yonidagi stollarda bir nechta odam noutbuk bilan ishlayotgan, boshqa burchakda esa ikki qiz past ovozda suhbatlashardi.

Jungkook atrofga bir qarab chiqdi.Keyin ko'zi deraza yonidagi stolga tushdi.U shu stolni bir necha soniya kuzatib turdi.Jimin buni payqab, sekin kuldi.-Shu joyni tanladingmi?

-O'tir.

- Nega aynan shu?

Jungkook stulni tortib o'tirdi.-Manzara yaxshi ko'rinadi.

Jimin qarama-qarshi tomonga o'tirdi.- Albatta.

Jungkook unga qarab qo'ydi.- Yana biror gap aytsang, bu yerdan chiqib ketasan.

-Tushundim, boshliq.

Jimin kulgisini yashirib, menyuni oldi.Jungkook esa qo'lidagi telefonni stolga qo'ydi, go'yo bu yerga oddiygina qahva ichgani kelgandek o'zini tutardi.Ammo nigohi vaqti-vaqti bilan eshik tomon qaytardi.Bir necha daqiqa o'tdi keyin yana bir necha daqiqa.Jimin buni kuzatib o'tirardi.

- U kelmasligi ham mumkin.

- Bilaman.

- Unda nega kutyapsan?

Jungkook afitsant stolga yaqinlashganda qahva buyurtma qildi u buyurtmani qabul qilib ketgach Jiminga qaradi.

-Kutmayapman chunki baribir qiladigan ishim yóq.

Jimin boshini chayqadi.- Albatta.

Shu payt kafe eshigidagi kichkina qo'ng'iroq jarangladi.Jungkookning nigohi beixtiyor eshikka burildi.Ichkariga bir ayol kirib keldi.Oddiy, och rangli palto kiygan, sochlari yelkalariga tushib turardi. Qo'lida kichkina sumkasi bor edi. U ish kunidan charchagani sezilsa-da, yuzida sokinlik saqlanib qolgan edi.Jungkook uni bir qarashdayoq tanidi.

Hyejin kasalxonadagi oq xalat yo'q,stetoskop yo'q,professional, jiddiy qiyofa ham yo'q.Shunchaki ishdan qaytayotgan oddiy ayol.

Jungkookning nigohi bir necha soniya undan uzilmadi.Jimin esa uning yuziga qarab, kulgisini zo'rg'a yashirdi.Hyejin kafe ichiga kirib, odatdagidek atrofga qaradi.Keyin nigohi deraza yonidagi stolga tushdi.Jungkook bilan ko'zlari to'qnashdi.U bir zum hayron bo'lib qoldi.Jungkook esa o'rnidan turdi.

- Doktor Hyejin?

Hyejin ham uni tanib, ko'zlarini biroz kattaroq ochdi.- Jungkook?

Uning yuzida hayrat bilan aralash yengil tabassum paydo bo'ldi.- Bu... qanday tasodif.

Jungkookning lablari sekin yuqoriga ko'tarildi.-Menimcha, taqdir.

Bu so'z og'zidan chiqqach, o'zi ham bir lahza jim qoldi.Jimin esa stol tagida oyog'ini sekin Jungkookning oyog'iga tekkizdi.Jungkook unga qarab ham qo'ymadi.

Hyejin esa kulib yubordi.Bu safar uning kulgisi kasalxonadagi professional xotirjamlikdan butunlay farq qilardi samimiy, yengil va iliq.

-Siz doim shunday she'riy gapirasizmi- dedi u- yoki faqat men bilanmi?

Jungkook bir lahza unga tikilib qoldi.Keyin lablarida mayin tabassum paydo bo'ldi.- Hali bilmayman.

Jimin boshini egib, kulgisini yashirdi u bilardi bu uchrashuv tasodif emasdi.Jungkook tomonida uyushtirilgan uchrashuv edi.

Hyejin

-Balkim bilarman va bu faqat siz bilan-dedi Jungkook rostini aytib, va bu safar u o‘zini to‘xtatmadi.

Uning ovozi odatdagidan pastroq, ammo qat’iy edi. Ko‘zlarida esa hazilga o‘xshash mayin chaqnash paydo bo‘ldi. Hyejin bir necha soniya unga qarab qoldi. Go‘yo bu javobni kutmagan edi.

Kafedagi iliq sariq chiroqlar uning yuziga yumshoq nur tashlar, tashqarida esa kechki Seulning chiroqlari nam asfalt yuzida aks etardi. Deraza ortidan mashinalarning ovozi eshitilib, eshik ochilganda ko‘chadagi salqin havo ichkaridagi qahva hidiga aralashib ketardi.

Jimin ularni bir necha soniya kuzatib turdi.U Jungkookning yuzidagi o‘sha g‘alati, kamdan-kam uchraydigan yumshoqlikni ko‘rib, lablarini ichkariga tortdi.Keyin sekin o‘rnidan turdi.

- Menimcha, men... telefon qilishim kerak. Tashqarida bôlaman.

Jungkook unga bir qarab qo‘ydi.Jimin esa go‘yo hech narsani sezmagandek telefonini qo‘liga oldi.

-Juda muhim qônĝiroq- degandek bosh irg‘ab, kafedan chiqib ketdi eshik yopildi.Endi Jungkook va Hyejin bir stol atrofida yolg‘iz qolishdi.

Jungkook bir necha soniya Jimin chiqib ketgan eshikka qarab turdi. Keyin yana Hyejinga yuzlandi.U qarshisidagi bo‘sh stulni qo‘li bilan ko‘rsatdi.

-O‘tiring.

Hyejin biroz ikkilanib qoldi.U Jungkookning qarshisidagi stulga, so‘ng uning yuziga qaradi. Bir lahza nimanidir o‘ylagach, yengil bosh irg‘adi va stulni sekin tortib o‘tirdi.

Ofitsiant ularning yoniga kelib Jungkookning qahvasini uning yoniga qôydi, va yana biror narsa buyurtma qilasizlarmi deb sôradi.Hyejin menyuga ko‘z yugurtirib, u qahva buyurtma qildi.

Bir necha daqiqadan so‘ng stol ustida ikkita issiq qahva yonma-yon joy oldi. Bug‘ ko‘tarilib, havoga yoqimli qahva hidi taratardi.

Hyejin qahva finjonini ikki qo‘li bilan ushlab, uning issiqligidan kaftlarini isitdi.

- Ish kunidan keyin shu yerga kelib, qahva ichib o'tirishni yaxshi ko'raman- dedi Hyejin, qahvadan hôplarkan- Kasalxonada butun kun davomida odamlarning og'rig'i, qo'rquvi bilan ishlaysan. Ba'zan shunchaki sukunat kerak bo'ladi.

U so‘nggi so‘zlarni aytganda nigohini derazaga burdi.Tashqarida odamlar shoshilib o'tishardi. Kimdir soyabon ko'targan, kimdir telefoniga qarab ketayotgan, avtomobillar esa ko'cha bo'ylab birin-ketin o'tardi.

Hyejin esa bu shovqindan uzilgandek, bir necha soniya jim qoldi.Jungkook uning gaplarini diqqat bilan tingladi.U ilgari odamlarning dardi haqida bunchalik sokin gapiradigan insonni kam uchratgan edi.

- Qiyin kasb ekan-dedi Jungkook, unga chinakam qiziqish bilan qarab.

Uning ovozi odatdagidan yumshoqroq edi.Hyejin nigohini yana unga qaratdi.U bir necha soniya Jungkookning yuziga qarab turdi. Keyin labining bir cheti yengil ko‘tarildi.

- Har bir kasb o'ziga yarasha qiyin- dedi u unga o'tkir nigoh tashlab.-Sizniki ham, shekilli.

Jungkookning qo‘lidagi piyola havoda bir zum qimirlamay qoldi va uHyejinga tikildi.

-Nimani nazarda tutyapsiz?

Hyejin finjonni stolga qo‘ydi.Uning yuzidagi yumshoq tabassum asta yo‘qoldi. Nigohi esa Jungkookning yuzini kuzata boshladi go‘yo uning reaksiyasidan nimanidir anglashga urinayotgandek.

- Sizni o'q tekkan holda, hech qanday tushuntirishsiz kasalxonaga olib kelishdi, atrofingizda "xodimlar" emas, balki soqchilarga o'xshagan odamlar bor edi- dedi Hyejin ovozida ayblov emas shunchaki kuzatuvchanlik bilan. - Men shifokorman Jungkook. Ko'p narsani ko'rganman.

Jungkook jim qoldi kafedagi musiqa hali ham past ovozda yangrardi.Bir chekkada qoshiq finjonga tegib, mayin jaranglagan ovoz chiqardi.Ammo Jungkook uchun atrofdagi hamma narsa bir zumga xiralashgandek bo‘ldi.Hyejin esa undan ko‘zini uzmasdi.

U qo‘rqmagan edi shunchaki shubhalanayotgan edi va Jungkook birdaniga shu qizning oddiy shifokor emasligini tushundi.Hyejin odamlarni kuzatishni bilardi.Jungkook esa birinchi marta uning oldida qanday javob berishini o‘ylab qolgan edi.

Jungkookning yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi Hyejinning nigohi undan uzilmasdi.U bunday vaziyatlarga o‘rganmagan edi. Odamlar undan qo‘rqardi. U savol bersa, javob berishardi. U jim tursa, boshqalar ham jim bo‘lishardi.

Ammo Hyejin u shunchaki javob kutardi.Jungkook nigohini bir lahzaga qahvaga tushirdi. Barmoqlari finjonni chetini sekin siqdi.Uning xayolidan bir nechta javob o'tdi yolg‘on gapirish,mavzuni o‘zgartirish yoki rostini aytish.Ammo rostini aytish hali mumkin emasdi.U chuqur nafas oldi va yana Hyejinga qaradi.

- Bu murakkab hikoya- dedi u nihoyat, ehtiyotkorlik bilan so'zlarni tanlab. - Va, ochig'ini aytsam, sizga buni hozir aytishga tayyor emasman. Lekin va'da beraman yolg'on gapirmayman sizga.

Hyejin unga uzoq tikilib turdi.Uning nigohida shubha bor edi, ammo Jungkookning gaplarini rad etishga sabab topolmasdi nihoyat u sekin bosh irg‘adi.

-Yaxshi hozircha shu yetarli.

Jungkookning yelkalari sezilarsiz bo‘shashdi.Bu kichkina javob negadir unga kutilganidan ham ko‘proq ta’sir qildi.Keyingi soatlar esa kutilmaganda tez o'tdi.Ular mafia, qurol, xavf yoki Jungkookning qorong‘u hayoti haqida gaplashishmadi.Aksincha, suhbat oddiy narsalarga ko‘chdi.Hyejin shifokor bo‘lishni bolaligidan orzu qilganini aytdi.

-Odamlar kasal bo'lganda ularga yordam bera olish menga doim muhim tuyulgan- dedi u finjonni sekin aylantirib.Jungkook esa kamdan-kam gapiradigan bolalik xotiralaridan birini aytdi.

-Bolaligimda chizishni yaxshi ko'rardim.

Hyejin hayrat bilan unga qaradi.-Sizmi?

Jungkook kulimsiradi.- Ishonish qiyinmi?

- Biroz.

- Nega?

- Sizni tasavvur qilish qiyin... qog'oz oldida o'tirib, rasm chizayotganingizni.

Jungkook kulib yubordi.-Men ham hozir tasavvur qila olmayman.

Suhbat davomida ular yana bir umumiy jihatni bilib olishdi ikkisi ham mehrsiz ulaģishgan.Bu mavzu ochilganda suhbat bir zumga sokinlashdi.Ammo g‘alati tomoni shundaki, ular bir-birlarini tushuntirishga majbur bo‘lishmadi.Ba'zi og‘riqlar haqida gapirish shart emasdi ba'zilarini shunchaki tushunishning o‘zi yetarli edi.Soatlar qanday o'tgani ikkisiga ham sezilmadi.Kafe asta-sekin bo'shab qoldi. Ofitsiantlar stollarni yig‘ishtira boshlashdi, chiroqlar esa biroz xiralashdi nihoyat Hyejin o‘rnidan turdi.

-Kech bo‘lib qoldi.

Jungkook ham o‘rnidan turdi.Ular kafedan birga chiqishdi.Tashqarida tungi havo ancha sovuq edi.Ko‘chalar hali ham gavjum bo‘lsa-da, kunduzgi shovqin o‘rnini sokinroq tungi hayot egallagan edi. Ko‘cha chiroqlari nam asfaltga tushib, uzun yorug‘lik izlarini hosil qilardi.Hyejin paltosining yoqasini biroz ko‘tardi.Jungkook uning yonida to‘xtadi.Bir necha soniya hech biri gapirmadi.So‘ng Jungkook nihoyat ovoz chiqardi.

- Sizni kuzatib qôysam maylimi?

Uning ovozida g‘alati, notanish ikkilanish bor edi.Bu ovoz jang maydonlarida hech qachon eshitilmagan edi.Hyejin unga qaradi Jungkook esa odatdagidek qat’iy nigoh bilan qarashga urinayotgan bo‘lsa-da, ko‘zlaridagi noaniqlikni yashira olmadi.Hyejin bir lahza jim turdi.

- Yôq ózim ketaman, uyim bu yerdan uzoq emas.

Jungkook yengil bosh silkidi- unda yana kórishamizmi?

- Faqat " oĝriq" bahonasida emas bôlsa mayli?

-Va'da beraman boshqa bunday bahona qilmayman
- deb Jungkook jilmaydi Hyejin ham javoban jilmaydi.

Keyin ortiga burilib, tungi ko‘cha bo‘ylab yurib ketdi.Jungkook esa uning ortidan qarab qoldi.Hyejinning qiyofasi odamlar orasida asta-sekin uzoqlashib, nihoyat tungi ko‘cha chiroqlari orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Jungkook qo‘lidagi telefonni sekin tushirdi.U hali ham jilmayib turardi.Shu payt orqadan tanish ovoz eshitildi.

-Boshliq

Jimin uning yoniga kelib to‘xtadi.Bir necha soniya Jungkookning yuziga tikildi keyin qoshlarini ko‘tardi.

- Sen qizarayapsan.

Jungkook darhol unga qaradi.- Jim bo‘l, Jimin.

Jimin kulgisini zo‘rg‘a yashirdi.- Men hech narsa demadim-ku.

Jungkook yana Hyejin ketgan tomonga qaradi lablarida sezilmas tabassum qaytdi.Ammo bu safar u uni yashirishga ham urinmadi.

Jungkook

(Davomi bor...)