May 20, 2025

• Where Fate Brings •

Insonning yuragi dengizga juda o'xshaydi, uning bo'ronlari, to'lqinlari va tubida marvaridlari bor.

Episode_14
#Gyuri

Mia auditoriyaning orqa tomonida, deraza yonida o‘tirardi. U sochlarini biroz o‘zgar­tirgan, ko‘zlari esa avvalgidek g‘amgin edi. Taehyung unga qarab yurdi. Ichida biroz asabiylashsada buni sezdirmalikga harakat qilib õzini xotirjam tutdi. Nihoyat, u qizning qarshisida to‘xtadi.

Mia auditoriyaga kirib kelgandan beri Taehyungga tikilib turgandi.Ko‘zlari Taehyung bilan to‘qnashdi.Avvaliga nafrat, so‘ng esa bir vaqtlar unga bõlgan muhabbat... hozir esa ularning orasida uzoq bir bo‘shliq turardi.

Taehyung og‘zini ochdi, ovozi titrab chiqdi- Bilaman hozir hammangiz bu yerga nega kelganimga qiziqyabsiz. Men bu yerga sizlar bilan õqiydigan Mia ismli qizdan kechirim sõrash uchun keldim. Mia meni kechir.Men seni bir vaqtlar ranjitdim. Yuragingni sindirib, seni shunchaki his-tuyg‘ular o‘yiniga aylantirdim.O‘sha paytda men o‘ylamadim,kimdir meni chin dildan sevayotgani haqida.Men xudbin inson edim faqat vaqt õtkazish uchun qizlarni õyinchoq qilib ulardan zerikunimcha yonlarida õzimni sevib qolgan yigit kabi tutardim va senga nisbatan ham shunday qilganman,lekin endi tushundim sen bunga loyiq emas eding,men azob bergan qizlarni hech biri bunday munosabatga loyiq emas edilar.Kechir meni... chin dildan.

Qiz jim edi,talabalar ham sukutda edi. Faqat tashqaridagi yomg‘ir ovozi eshitilardi.Taehyung õziga qarab turgan Yerimga qaradi.

-Bugun men bu so‘zlarni o‘zim uchun emas, balki yuragimda joy olgan inson uchun ham aytayapman.U menga odamga haqiqiy sevgi, hurmat va kechirim qanday bo‘lishini tushuntirdi.Men hozir meni qalbimni butunlay zabt etgan qiz menga ishonishini, men uni chindan ham sevishimni his qilishini, men õzgarganimni tan olishini xohlayman,men unga shuni aytamanki men boshqa hech qachon qizlarga, ularni tuyğulariga nisbatan doim tõğri munosabatda bõlaman,boshqa ularni xafa qilmayman.

Taehyung yana Miaga qaradi -Senga bergan og‘riqlarim uchun chin yurakdan uzr sõrayman

Mia hech narsa demadi, lekin sekin bosh irg‘adi bu na to‘liq kechirim, na to‘liq rad etish edi.Auditoriyada qarsak chalindi. Professor esa yuzida g‘amgin tabassum bilan, sekin dedi:

-Qilgan xatolaringni tan olib kechirim sõrashing bu chindan ham õzgarganingni bir belgisidir.

Taehyung Yerimga qaradi, nigoh almashishdi. Yerimning ko‘zlarida g‘urur bor edi u undan faxrlanayotgan edi.Taehyung professordan darsni bõlgani uchun yana bir bor uzur sõrab auditoriyani tark etdi, Yerim esa uni ortidan tikilib jilmayib qõydi.

Darslar nihoyasiga yetganida, talabalar birin-ketin universitet binosidan chiqib ketayotgan edi. Yerim ham odatdagidek sokin qadamlar bilan eshikdan chiqdi. Ammo bu safar ko‘zlari Taehyungni qidirardi.Yerim Taehyungni binoning narigi tomonida, chap qo‘lida oppoq moychechaklar tutib turgan holatda ko‘rdi va jilmay u tomon yurdi.
Yerim sekin yurib, unga yaqinlashdi. Yerim yetib kelishi bilan, Taehyung unga gullarni uzatdi.Yerim asta moychechaklarni qabul qildi, sekin, mehr bilan ularni bag‘riga bosdi.

-Men sening kechirim sõrashlaringni ko‘rib, sening ichki o‘zgarishingni his qildim Taehyung. Tõğrisi undan bu tarzda uzr sõrashingni kutmagandi, undan yolğiz õzi bõlganida ham uzur sõrashing mumkin edi ammo sen nafaqat menga balkim hammaga avvalgi Taehyung emasligingni isbotlading.Bu gullar… meni tuyğularingga ishontirish uchun emas, balki mening qalbimdagi senga nisbatan his qilayotgan tuyğularimni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bilasanmi, men ham sevaman seni. Har safar ko‘zlarimga qaraganingda yuragim hali ham qattiq uradi. Va endi, men bu sevgidan qochishni emas, uni qabul qilishni istayman. Endi biz sevishganlarmiz, Taehyung.

Taehyungning ko‘zlari porlab ketdi, u bir lahza ishonolmay Yerimga tikildi. So‘ng asta Yerimni bag‘riga bosdi. Yomg‘ir ostida, ularning atrofida dunyo jim edi, faqat yuraklarining urishi,iliq nafaslar eshitilardi. Taehyung Yerimga qarash uchun biroz orqaga chekindi va uni yuzlariga kaftlarini qõyib muloyimlik bilan yuzini siladi.

-Men seni baxtli qilish uchun yashayman endi, Yerim- dedi Taehyung, ovozida bir umrga va’da bergandek qat’iy ovozda — Endi seni asrayman, himoya qilaman, har safar mehr bilan ğamxurlik qilaman. Seni sevaman, Yerim. Chin dildan. Oxirigacha.

Taehyung soyabonini ochdi va uni Yerim ustiga tutdi. Boshqa qo‘li bilan esa Yerimning qo‘lini mahkam ushladi.

Ikkalasi birga, soyabon ostida, mayin yomg‘ir ostida yo‘lak bo‘ylab yurib ketishdi.

Yerim

Yerim uyning eshigidan kirib kelarkan, qo‘lida hali ham ifor taratib turgan moychechaklar bor edi. Yuzidagi tabassum har qanday kuzatuvchiga baxtli qizni ko‘rsatardi. Taehyung bilan birga samimiy sayrdan keyin õzini muhabbat osmonida uchayotgandek his qilardi.

U asta zinadan yuqoriga ko‘tarilar ekan, bir lahza to‘xtab, gullarni hidladi. Ammo to‘satdan janob Parkni ovozini eshitdi

- Yerim!

Yerim beixtiyor ortga chuchib tushdi va Zinapoyaning yuqorisida, qoramtir libosda Janob Park Junghoni kôrdi.Uning ovozida sovuq ohang, yuzida esa tushunarsiz ifoda bor edi.

- Bu paytda qayerdan kelyapsan?

Yerim qotib qoldi. Gulni orqasiga yashirishga uringandek bo‘ldi, ammo kech edi. Junghoning nigohlari allaqachon uni qõlidagi gullarga tushgandi.

-Men.... Universitetda darsdan keyin biroz dõstim bilan aylanib keldim.

Jungho zinapoyalardan bir-ikki qadam pastga tushdi, Yerimga qaradi.

-Bilasanmi -dedi u chuqur ohangda.- Hamma narsa doim ham ko‘ringandek emas.-Uning nigohlari gulga tushdi.

- Moychechak. Oddiy, lekin juda samimiy gul. Afsuski, samimiyat bugun juda tez yo‘qoladi.

Yerim jilmayishga urindi, lekin bu tabassum xavotir bilan aralash edi. U jim qoldi. Jungho esa davom etdi:

- Men yoshligimda ham shunaqa gullarni qizlarga kõp berganman. Qizlarni ko‘nglini olish uchun. Keyin nima bo‘lganini bilasanmi?Ular menga ishonishdi. Men esa ularga soxta mehr, vaqtinchalik iliqlik berdim.

U bir zum Yerimga tik qaradi. -Yigitlarga ishonma, Yerim. Sen hozir bor e'tiboringni õqishga qaratishing kerak.

Jungho kulimsiradi, orqaga burildi.-Men seni nega bu uyda ushlab turganimni unutmading, to‘g‘rimi?

Yerim bosh irg‘adi, sekin “ha” degandek. -Yaxshi bu uyda sen va singling uchun sarflangan barcha pullarni kelajakda qaytarishing kerak, men mehribon odam emasman hech kimga saxovatlilik bilan yordam bermayman.

Jungho sõzlarini yakunlab zinapoyalardan yuqoriga chiqib ketdi.

Yerim eshikni sekin ochib xonasiga kirdi. Deraza yonidagi dars stolida Bona daftariga cho‘kkalab nimanidir yozardi. Uning sochlari taralgan, yuzida esa charchoq aralash jiddiylik bor edi.

Yerim asta eshikni yopdi. Qo‘lidagi moychechak guldastasini ko‘tarib, xona markaziga yurdi. U yurarkan, ko‘zlari devor bo‘ylab terib qo‘yilgan o‘sha gullarga tushdi, har kuni Taehyung bergan, bir-biridan nozik, oq rangli moychechaklar.

- Yana gullar olib keldingizmi ? - dedi Bona boshini ko‘tarmasdan, ammo labida mayin tabassum bilan.

Yerim jilmaydi, javob bermasdan yangi gullarni vaza yoniga olib bordi. Ehtiyotlik bilan ularni joylashtirdi. Endi xona butunlay bahor bog‘iga o‘xshardi oppoq, tiniq, pokiza.

-Opa sevib qolgansiz shundaymi? -dedi Bona nihoyat qalamini qo‘yib, Yerimga qararkan.

Yerim bir lahza jim qoldi. Ko‘zlari gulga tushdi, so‘ng past ovozda javob berdi

- Ha, shunday.

- U kim? Taehyungmi? U ham sizni yaxshi ko‘radimi? -Bona so‘radi, ko‘zlarida beg‘ubor qiziqish bilan.

Yerim Taehyungni eslab jilmaymadi. U guldasta yonida turib, chuqur nafas oldi.

- Ha men sevgan odam bu Taehyung va u ham meni sevadi. Men buni bugun ko‘rdim.

Bona stulidan turdi, opasining oldiga keldi. Guldastani ushladi.

- Oh endi sizlar sevishganlarmisiz? Bu juda ham zõr men õzi shundoq ham sezgandim, ikkingiz dõstmiz desangizda ,nigohlaringiz boshqa narsani aytardi.

Yerim qoshlarini chimirdi- Huddi ming marta sevib kõpgina tajriba ortirgan odam kabi gapirasana.

- Ha men ham sevganman bilasiz ...hozir ham sevaman Jiminni,ammo bu tuyğular endi ahamiyatsiz.Ammo sizni hozir baxtli ekanligingizni kõrib quvonib ketyabman, ancha vaqtdan beri kõzlaringizda quvonch porlamagandi.Taehyung sizga bergan bu gullar juda chiroyli. Lekin eng chiroylisi,hozir sizning porlab turgan kõzlaringiz.

Yerim jilmayib Bonani quchoqladi.

- Rahmat, Bona. Bir kun sen ham haqiqiy muhabbating topasan bu uchun biroz ulğayishing kerak, usha kun kelganda sening beğubor kõzlaring menikidan ham chiroyli porlaydi

Bona

Tong iliq va sokin edi. Quyosh nurlari derazadan kirib, xona ichini yoritar edi. Yerim va Bona xonaga kirar ekan, burunlariga yangi pishgan guruch, pancake va dengiz mahsulotlarining aralash hidi urildi. Bu hid o‘zini uydagidek his qildirardi, agar bu uydagi havo og‘ir bo‘lmaganida.Park xonim stulda õtirar ekan Bona va Yerim xonaga kirib kelishganda jilmaydi.

- Qizlar hayrli tong. Qani, tezroq o‘tirib olinglar. Bugun sizlar yaxshi ko‘radigan taomlaringizni tayyorladim- dedi.

Bona darrov jilmayib, Yerimga qaradi. Ammo Yerimning nigohi stulda õtirib nonushta qilayotgan Janob Park Junghoga tushdi. Erkak odatdagidek yuzida bironta ortiqcha ifodasiz õtirardi.

Yerim va Bona sekinlik bilan stullarga o‘tirdilar. Dasturxon atrofida o‘tirgan har bir kishi o‘z ichida nimadandir og‘irlik his qilayotgandek edi. Ayniqsa Yerim. Bir paytlar shu joyda Jimin bilan yonma-yon o‘tirar, u kulgi aralash gaplar qilardi. Hozir esa bu joy bo‘sh edi.

-Yerim - dedi Park xonim muloyimlik bilan - yaxshi dam oldingmi? Ko‘zlaring biroz charchagandek ko‘rinayapti.

Yerim majburan jilmaydi-Ha, yaxshi uxladim.

-Juda ozib ketyabsan ,õqish seni charchatayotganga õxshaydi-dedi Park xonim unga issiqqina sho‘rva solarkan-kôproq ovqatlanishing kerak, õqishdan avval õz soğliğingni birinchi õringga qõyishing lozim

Yerim boshini quyi soldi. U ayolning samimiy so‘zlariga ko‘ngli yumshab ketdi. Park xonim unga har doim onadek mehr bilan qarardi.

Park xonim keyin Bonaga issiq shõrva solib berdi, u Bonani sochini mehr bilan silab qõydi.

Janob Park nihoyat boshini ko‘tardi. Ko‘zlari to‘g‘ri Yerimga qadalgandi.

- Yerim shundoq ham õqishga emas boshqa keraksiz, narsa va odamlarga vaqt sarflayabdi.

Yerim beixtiyor qo‘lidagi qoshiqni joyiga qôydi

- Men õqishni tashlab qõymadim xavotir olmang, men õzim yaxshi kõrgan narsa va odamlarga birdek vaqt ajrata olaman -dedi Yerim sekin.

Janob Park indamadi. Faqat yana ovqatga tikildi.
Park xonim esa bu sovuq ohangni yumshatmoqchidek gapirdi.

-Jungho, qizlarni haddan ortiq ogohlantiravermang, ular o‘zlariga yetarli darajada aql-zakovot egasi. Yerim kuchli qiz, bilasiz-ku.

Havo biroz iliqlashgan, kuz yaproqlari yerga to‘kilar,Yerim universitet darvozasidan kirib borib Taehyung bilan uchrashishga kelishib olishgan boğ tomon yurdi.

-Yerim - Taehyung ôrindiqda õtirar ekan, Yerimni õzi tomon kelayotganini kõrib õrnidan turdi.Yumshoq kulimsiragan, har doimgidek biroz beparvo ko‘rinishda, ikki qo‘lida qahva ushlab turardi. Ammo uning nigohi har doimgidek Yerimga butun borlig‘i bilan qaralgan edi.

Taehyung jilmaydi. Ikki qo‘lida ushlab turgan qahvalardan birini ko‘tarib unga uzatdi

- Qahva yomğirli kundan keyin ichilsa yanada mazzali bõladi.

Yerim uning qo‘lidan qahvani oldi. Ularning barmoqlari bir lahzaga tegdi. O‘sha kichik teginish yuraklarini yengil silkitdi. Yerim lablarini qahva qopqog‘iga yaqin olib borib, yengil yutdi.

-Mazasi haqiqatdan ajoyib - dedi u kulib.

- shirin va og‘zingda uzoq qoladigan tam - deb qo‘shdi Taehyung, u ham qahvasidan bir ho‘plam ichdi.

Taehyung Yerimga qaradi.

-Men senga qaraganimda boshqa hamma narsalarni unutaman. Odamlar, tashvishlar, vaqt hammasini. Faqat sen qolasan. Faqat seni eshitaman.

Yerim bir necha soniya sukutda qoldi. Lablarida tabassum bor edi.

-Men ham shunday bo‘lishini xohlardim, Taehyung. Kechagacha yuragimda shubhalar bor edi. Lekin endi yuragim tinch.

Taehyung qahvasini chetga qo‘ydi. U sekin qo‘lini cho‘zdi.

-Qo‘lingni bera olasanmi?

U qo‘lini Taehyungning kaftiga qo‘ydi.Qo‘llar birlashdi.

-Menga va'da ber Yerim, meni qõllarimni aslo qõyib yubormaysan, butun umrim davomida meni bilan bõlasan

- Va'da beraman

Taehyung ohista jilmayib Yerimni bağriga bosdi,uni sochlaridan silab qõydi

Taehyung

Taehyung uni bag‘rida ushlab turgancha past ovozda gapirdi.

-Hozir tushda yashayotgandek his qilyabman õzimni.Agar bu tush bo‘lsa, iltimos, hech qachon uyg‘onmay.

Yerim uning ko‘ksidan boshini ko‘tarib unga qaradi.

-Bu tush emas Taehyung bu haqiqat.

Ular yana bir necha daqiqa jim turishdi.So‘ng Taehyung asta Yerimning yuziga termildi.

- Bugun darsga kirmaylik,men seni bir joyga olib bormoqchiman maylimi? — dedi yengil tabassum bilan.Yerim unga qarab õylanib qoldi, ammo Taehyungni iltimosona boqib turgan kõzlariga qarab rad javobini bera olmadi.

-Mayli, darsdan bir kunlik dam olish gunoh bo‘lmasa kerak.

Taehyung jilmayib Yerimni qõlidan ushladi.Ular birga kafega yo‘l olishdi. Shaharning tinch ko‘chalaridan yurib, odatdagi haligi kichik, lekin sokin kafega yetib kelishdi. Ichkarida mayin jazz musiqasi eshitilib turardi. Deraza yonidagi burchak stulga o‘tirishdi. Ofitsiant ularni buyurtmalarini olib bir necha daqiqadan sõng buyutmalarni olib kelib stolga qõydi va jilmayib ularni yolğiz qoldirdi.Taehyung Yerimga tikildi.

-Men kelajakda ham ikkimiz shunday ajoyib kafeda tasavvur qilaman, Yerim. Qor yog‘ayotgan bo‘ladi, biz esa oynadan tashqariga qarab, issiq shokolad ichamiz va sen kitob õqiysan men esa senga tikilib turaman.

Yerim jilmaydi.-Bu juda chiroyli tasavvur.Men ham seni doim yonimda ko‘rishni istayman.

Taehyung ohista bosh irg‘adi.- Men sen doim yoningda bõlaman va abadiy sevaman. Yomg‘irli tonglarda, sovuq kechalarda. Hamma chiroqlar o‘chganida ham yuragimda faqat sen yongan bo‘lasan.

Yerim chuqur nafas oldi. O‘zini himoyalangan, sevgan va sevilgan his qilayotgan edi.

-Bir kuni bu hislaring o‘zgarishi mumkinmi?

- Ehtimol biz o‘zgarishimiz mumkin. Ammo men har qanday shaklda, har qanday holatda ham seni yaxshi ko‘raveraman. Chunki bu sevgi emas,unda ham chuqur tuyğu,bu tuyğu hech qachon õzgarmaydi.

Yerim bir zum indamay qoldi. So‘ng sekin qo‘lini Taehyungning kaftiga qo‘ydi.

- Men ham senga nisbatan shunday tuyğularni his qilyabman.Qachonki dunyo notinch bo‘lsa ham, sen men uchun tinch joysandeksan.

Taehyung Yerimning qo‘lini ushlagancha unga yumshoq tabassum bilan qaradi. So‘ng stolda hali ham yeyilmay turgan shokoladli tort bõlagiga kõzi tushdi va birdan qoshlarini chimirdi.

- Bilasanmi, men senga bir sirni aytmoqchiman- dedi sirli ovozda.Yerim qiziqib unga qaradi.

-Nima sir ekan u?

Taehyung jiddiy ohangda davom etdi- Men bolaligimda shokolad yeyishni o‘rgatgan bir insonni eslayman. U menga shunday degan edi “Taehyung, agar bir kuni sen kimnidir chindan sevsang, uni shirinlik bilan sinab ko‘r, u qanchalik kõp shokolad yesa shunchalik seni sevgan va qadrlagan bõladi! Hozir kõramiz sen meni qanchalik qadrlab sevar ekansan!

Yerim kulimsirab bosh irg‘adi.-Va sen meni sinab ko‘rmoqchimisan?

Taehyung birdan shokoladli tort bõlagi solingan likopchani Yerim tomonga yaqinroq sõrdi.

-Sinovga tayyormisan?

-Yaxshi, lekin ogohlantiraman, agar bu shokoladli tort menga yoqib qolsa men unga oson oshiq bo‘lib qolishim mumkin.

-Shunaqami? Unda meni sevmasliging mumkin... chunki men shokoladli tort emasman

Yerim kulib yubordi.Ular birga shirinlikni yeya boshlashdi. Yerim bir luqma yegach, ko‘zlarini yumdi.

-Mmm mazasi Taehyung, bu mukammal!

Taehyung kulib, qo‘lini yuragiga qo‘ydi-Yuragimga bir og‘ir tosh tushdi. Demak, raqibim shokoladli tort bo‘ldi.

- Sen shokoladli tortdan ko‘ra mazalisan, Taehyung.

-Bu juda katta maqtov, Yerim. Buni to‘yimizda ham eslatib qo‘yaman!

Yerim birdan qizarib, kulib boshini chayqadi-To‘yimi? Biz endi uchrasha boshladik va hali yoshmiz sen juda oldinlab ketyabsan,bu haqida õylashga hali erta janob shokolad!

-Yaxshi,mayli hozircha "shirinlik sinovi"dan qanday õtishingni baxolash bilan cheklanamiz-deb yana kuldi Taehyung.

Jungkook

Quyosh ufq sari egilgan, maktab darvozasi oldida bolalarning shovqinli ovozlari asta-sekin pasayib borardi. Jungkook mashinasiga suyanib, nigohlari bilan darvozaga tikilgancha turardi.

Bir necha daqiqa o'tgach, maktab darvozasidan bir guruh qizlar baland ovozda kulib chiqib kelishdi. Ular orasida Bona ham bor edi. U boshini egib yurardi, yuzida sovuq ifoda bilan qizlardan tezroq uzoqlashishga harakat qilardi.

-Sen baribir yetimsan! - dedi ulardan biri kinoyali ohangda. - Qara-ya, onasi yo'q, otasi yo'q, lekin xuddi biz bilan teng deb o‘ylaydi o‘zini.

-O‘zi hech qachon bizga teng bo‘la olmaydi! Kiygan kiyimlariga qarang,Bona sizni janob Park nega hali ham uyida olib qolgan ,bunga sabab nima? U odamga xizmatkorlik qilasizlarmi yoki boshqa narsa bormi biz bilmaydigan? -dedi ikkinchisi, qasddan kulib.

Bona ularga bir qarab, hech narsa demadi. U allaqachon bunday so‘zlarga ko‘nikkan edi.

- Bas qiling!- degan qattiq, ammo nazoratli ovoz eshitildi.

Qizlar ovoz kelgan tomon qarashdi. Mashina yonida turgan yigit endi to‘g‘ri ularga qarab kelayotgan edi. Jungkookning nigohi keskin, yurishida g‘azab va qat’iyat bor edi.

-Sizlar nima deyapsizlar o‘zi? Sizlar kim bo‘libsizlarki, birovning hayoti ustidan hukm chiqarasizlar?

Qizlar bir-biriga qarab, biroz orqaga chekindilar.

- Biz… biz hazillashayotgandik xolos -deb qiyin ahvolda pichirladi ulardan biri.

Jungkook Bonaning yoniga bord.- Bona men bilan yur men seni uyingga olib borib qõyaman. Bu yerda qolishning foydasi yo‘q.

Bona yana Jungkookni oldida noqulay holatda qoldi.Jungkook yana qizlarga qarab gapirdi.

- Insonni oilasi, boyligi yoki qashshoqligi emas, qalbi va sabr-toqati belgilaydi. Sizlar buni hech qachon tushunmaysiz.Boshqa Bonaga bunday hazillar qilmang aks holda men sizlar bilan boshqacha gaplashaman.

Jungkook Bonani yelkasidan ohista ushlab mashina tomon boshlab ketdi. Qizlar esa jim, yerga tikilgancha qolishdi.

Mashina ichida Bona chuqur nafas oldi. Yig‘lamaslikka harakat qilayotgan edi, ammo ko‘zlari yana namlandi. Jungkook unga qaradi, yuragida achinish va g‘am aralashgan edi.

-Endi sen yolg‘iz emassan.Men bor ekanman, seni hech kim xafa qila olmaydi.

Bona unga qaradi. U ancha vaqtdan sõng hayotida kimdir uni yana himoya qilganini his qilayotgandi.

Mashina Parklar uyi qarshisida asta to‘xtadi. Jungkook mashinani o‘chirib, ruldan qo‘lini olib, yonida jim turgan Bonaga qaradi. Boshini pastga solib, qo‘llarini sumkasiga mahkam siqib o‘tirardi.

- U qizlar qachondan beri bunday qilishyapti?

Bona javob bermadi. Ko‘zlari yo‘lakka tikilgan, kipriklari qimirlamasdi.

- Yerim buni biladimi? - deb so‘radi yana Jungkook, bu safar tovushi sal ohangdor bo‘ldi.Bona boshini sekin chayqadi.

-Yo‘q bu haqida opamga aytmaganman.

- Nega? - Jungkookning ovozi sal balandlashdi- Nega indamay yuribsan? Nega o‘zingni bu munosabatga loyiqdek ko‘ryapsan?

Bona chuqur nafas olib, nihoyat javob berdi-Chunki buni ôzgartirib bõlmaydi,ular haq. Men har doim boshqalar uchun “ayanchli yetim” bo‘lib qolaman. Opam men uchun juda ko‘p narsa qilgan, unga bu yukni ham ortirib uni ğam va tashvishlarga kõmib qõymoqchi emasman.

Jungkook unga tikildi. Bona hamma uchun quvnoq õsmirin qiz sifatida kõrinardi ammo uni qalbida hech kimga kõrsatmagan dardli tuyğular ham bor edi. U hamma uchun kuchli va baxtli quvnoq qiz sifatida kõrinishni tanlagan edi.

- Iltimos, bu haqida opamga aytmang -dedi Bona ohangida yolvorish aralash. -U bilmasin. Bilsa yana men tufayli qalbi azoblanadi, ota-onamiz vafot etgandan sõng opam õziga kelishi qiyin bõlgan,u juda kõngilchan, hamma narsani yuragiga oladi. Men uni stressga solib qõymoqchi emasman,bu muammoni õzim hal qilaman.

Jungkook bir lahza jim qoldi. So‘ng yon tomonga og‘ilib, uni yuziga qaradi.

- Xo‘p, opangga aytmayman. Lekin bir shart bilan.

Bona unga qaradi, nigohida ehtiyotkorlik bor edi.-Qanaqa shart?

-Endi kimdir seni xafa qilsa, birinchi bo‘lib menga aytasan. Ularning hech biri senga zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymayman. Va yana bundan keyin seni har kuni maktabga men olib boraman va olib kelaman. Hech qanday “yo‘q” degan javobni qabul qilmayman.

- Lekin ...

-E’tirozlar qabul qilinmaydi.

Bona sekin bosh irg‘adi.

-Xo‘p mayli faqat opamga aytmasangiz bõldi.

Jungkook yengilgina jilmaydi.- Aytmayman xavotir olma.Endi yaxshi qiz bõlib uyga kir. Dam ol. Ertaga seni õzim maktabga olib borib qõyaman

Bona mashinadan tushdi. Qadamlarida hali ham og‘irlik bilan uyga kirib kôzdan ğoyib bõldi.

Yerim

Ertalab quyosh hali to‘liq ko‘tarilmagan edi. Parklar uyi atrofida salqin tong havosi hukm surar, mayin shamol daraxtlarni silkitardi. Yerim qo‘liga sumkasini ushlagancha uydan chiqib darvozani yopdi. U universitetga ketishga chog‘lanar ekan, odatdagi odatiga ko‘ra darvoza yonida to‘xtab, atrofga bir nazar soldi.

Shunda uning nigohi ko‘chada, uydan sal narida turgan mashina va uni ichida o‘tirgan tanish qiyofaga tushdi.

Yerim shoshib ko‘zlarini pirpiratdi. U mashina ichida, rulda engashgancha nimagadir qarayotgan Jungkook edi.

Yerim sekin yurib mashina tomon yaqinlashdi. Jungkook uni ko‘rib darrov boshini ko‘tardi va oynani tushirdi.

- Hayrli tong Taehyungni Julietasi - dedi u xotirjam ohangda, yuzida yengil tabassum bilan.

Yerim biroz hayratda edi. Kaftini mashinaga qo‘ygancha, shubha aralash ko‘z bilan unga qaradi.

-Jungkook? Sen bu yerda nima qilayapsan?

Jungkook yelkasini qisdi, go‘yo bu juda oddiy narsa edi

-Bonani kutyapman. Bugun uni men maktabga olib boraman.

Yerimning qoshlari biroz chimirildi.- Nega? Nima sababdan? Nega õzi meni singlimni atrofida uralashib yuribsan? Õtgan safar uni tungi klubda himoya qilib uyga olib kelib qõygan ekansan.

- Juda kõp savol berding qaysi biriga javob berishni bilmay qoldim.

-Hammasiga birma-bir javob ber.

- Meni yomon niyatim yõq.Bonani õz singlimdek himoya qilmoqchiman chunki...- Jungkook Bonaga Yerimga aytib bermaslikka kelishgan uchun yolğon tõqidi - chunki Bonani maktabi uzoq masofani tashkil qiladi,u charchab qolib darsda uxlab qolyabdi shuning uchun bugundan boshlab uni maktabga olib borib qõyaman u yaxshi õqishi uchun unga yordam bermoqchiman,men uni akasidek u yigit undan uzoq turishini taminlayabman,xavotir olma Yerim men Bonaga yomonlik qilmayman men u bilan dõstman.

- Dõstmisan yoki aka?

- Ikkisi ham

- Rahmat- dedi Yerim biroz sukutdan sõng

-Nima uchun ?

- Singlimni õtgan safar qutqarib qolganing va unga yordam bermoqchiliging uchun

Jungkook boshini yon tomonga egib jilmaydi.

- Rahmat aytishing shart emas. Meni õrnimda hamma shunday qilgan bõlardi.

Yerimning lablarida tabassum paydo bo‘ldi.

Shu payt Parklar uyi oldida oppoq rangli mashina sekin to‘xtadi. Mashina ichidagi Taehyungni nigohi mashinadan tushgan zahoti Yerimga tushdi. Ammo Yerim yolg‘iz emasdi.

U mashina eshigiga kaftini qo‘ygancha, ichkarida o‘tirgan Jungkook bilan suhbatlashayotgan edi. Ularning holati, suqilib turgan nigohlar, Yerimning engil jilmaygani. hammasi Taehyungning yuragida nimadir uzilganday bo‘ldi.

Jungkook esa Taehyungning mashinasini darrov tanidi. Nigohi bir lahza ko‘z ilg‘amas jilmayishga o‘xshash harakat bilan o‘zgarib, keyin yana Yerimga qaradi.

Yerim orqasiga o‘girilganda, Taehyungni uzoq bo‘lmagan joyda jim turib turganini ko‘rdi.

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic