June 6, 2025

• Where Fate Brings •

Boy berib qo‘ygan narsalaringiz ichida mening ham Qalbim borligi achinarlidir...

Episode_15
#Gyuri

Yerim orqasiga o‘girilganda, Taehyungning mashinasi uydan uncha uzoq bo‘lmagan joyda tõxtab turganini ko‘rdi. Ko‘zlari katta ochilib ketdi.

- Taehyung?-dedi u past ovozda, ajablangancha.

- U seni olib ketish uchun kelgan bõlsa kerak Yerim - Jungkook dõstini Yerim uchun qanchalik mehribonlik qilayotganini kõzib jilmayib gapirdi.- Uni kutirma Yerim, bora qol.

- Singlimga yaqin bõlishing menga yoqmayabdi Jungkook, unga akadek munosabatdaman deyabsan lekin men bunga ishonmayman- Yerim e'tiborini yana Jungkookga qaratdi

- Yerim rost gapiryabman,men Bonaga hech qanday zarar beradigan ish qilmayman sõz beraman, menga ishon iltimos.

Yerim Jungkookga qarab turar ekan uni kõzlaridagi samimiyatga ishonishni xohlab bosh irğidi.

- Yaxshi ammo singlimga nimadir qilsang yoki uni xafa qiladigan nimadir aytsang ,mendan yaxshilik kutma.

Yerim Jungkookga jiddiy tikilgancha darrov Taehyungni mashinasi tomon qarab yurdi. Jungkook esa mashina õrindiğiga suyanib, oynani ko‘tardi.

Yerim mashinaga yaqinlashib, eshikni ochib Taehyungga qaradi,u esa sovuq nigoh bilan unga boqdi.

-Bu nima edi? Jungkook bu yerda nima qilyabdi? -u sokin, ammo ohangida siniq bir aks-sado bor edi.

- Hech narsa. Jungkook Bonani maktabga olib boradigan bo‘ldi. Shunchaki...u bilan suhbatlashayotgan edik.

Taehyung yengil bosh irg‘adi, ammo yuzida hali ham norozilik ifodasi bor edi.

- Suhbatlashayotgan edinglarmi?Judayam yaqin turganingni ko‘rib, bu suhbat emas, boshqacharoq tuyuldi.

- Shunchaki suhbatlashdik,boshqa hech narsa yõq.

-Mayli. O‘tir, kech qolamiz.

Yerim sukut saqlagancha mashinaga o‘tirdi. Ichini g‘ashlik bosdi. Bu tushunmovchilikni darhol to‘g‘rilamoqchi edi, lekin Taehyung allaqachon ichki devorini ko‘tarib bo‘lgandi.

Yo‘l davomida hech kim gapirmadi. Faqat mashina g‘ildiraklari yo‘lga urilib, g‘amgin sukunatni buzib turardi.

Eshik asta ochildi. Bona sokin qadamlar bilan mashina tomon yurdi. U har doimgidek maktab formasida, sumkasini yelkasiga ilib olgan. Sochlari biroz taralgan, ammo ko‘zlarida charchoq aralash befarqlik bor edi.

Jungkook mashinani eshigi ochlishi bilan Bonani ko‘rib, kulimsiradi ammo qizni kayfiyatsiz holda kõrib biroz undan xavotirlandi.

-Salom qirolicha. Bugun maktabdagi taxtingni qaytarib olmoqchimisan? - dedi u hazil aralash, har doimgidek o‘ziga xos erkin ohangda.

Bona hech narsa demasdan, mashinaning old o‘rindig‘iga o‘tirdi va sumkasini quchoqlab oldi. Nigohi derazadan tashqariga qadalgan, unga hatto salom ham bermadi.Mashina harakatga tushdi.Jungkook qo‘lini ruldan bo‘shatib, musiqa qõyish uchun musiqa tugmasi tomon qo‘l cho‘zdi.

-Bugun kayfiyating yõq shekili? Kayfiyatingni ko‘taradigan musiqani topamiz nima deysan? Hmm... sen qanday janrni yoqtirasan? Hip-hop? Klassika? Yoki bugun sukunatni eshitmoqchimisan? - yana hazillashdi u, Bona tomonidan biror reaksiya kutib.Bona esa yerga qarab, sekin yelkasini qisdi.

— Farqi yo‘q.Ammo hozir musiqa eshitgim kelmayabdi, shunchaki jimlikni saqlagan holda maktabimga olib borib qõya olasizmi?

Jungkook ko‘z qisib, yarim jiddiy, yarim kulib dedi.- Mayli, bugun seni tinglaymiz... lekin jim bo‘lib qolaversang, mashinani to‘xtatib raqsga tushaman. Shunda butun maktab seni "jinnining singlisi" deb ataydi!

Bu safar Bona biroz kulimsiragandek bo‘ldi. Ammo darrov o‘zini to‘g‘riladi. Ko‘zlari yana sokinlikka cho‘mdi.

- Qilavering... baribir ular allaqachon meni boshqacha atashadi- dedi u past, betaraf ovozda.Jungkook bir zum sukutga cho‘mdi. U yengil xo‘rsinib, yo‘lga qarab davom etdi.

- Bilasanmi, Bona, agar men seni xafa qilgan bõlsam kechir, seni bunday kayfiyatsiz holatda kôrish menga yoqmadi.Men hozir devorga gapiryatgandek bõlyabman. Men hazil qilaman, sen jimgina o‘tirasan. Men kayfiyat ko‘tarishga harakat qilsam, sen derazaga qaraysan. Nimadir bõlgan bõlsa menga aytishing mumkin,men seni tinglab senga yordam beraman. Yoki meni mana shunday samimiyligim uchun jazolamoqchimisan? - dedi u yumshoq tabassum bilan.

Bona javob qaytarmadi. Faqat yelkasini sekin ko‘tardi-da, so‘ng asta pastga tushirdi.Mashina maktab hovlisiga yaqinlashar, darslar boshlanishiga hali bir oz vaqt bor edi. Jungkook mashinani sekin to‘xtatdi.

- Bona savollarim javobsiz qoldi.

Bona bu safar unga qaradi. - Meni tinch qõying iltimos, hozir hech kim bilan gaplashishni xohlamayman.

Bona mashinadan tushib, hech narsa demasdan maktab tomon yurdi.Jungkook esa mashinada Bonani ketayotganini kuzatgancha qoldi.

- Xafa bo‘lmayman... bugun emas, ertaga seni jilmayishingga sabab bõlaman. Ertadan keyin... baribir jilmayasan va seni hech qachon tinch qõymayman,endi seni yolğiz qoldira olmayman yuragimni egalab olganingdan keyin bunday qila olmayman - deb pichirladi u sekin.

Jungkook

Bona maktab binosi ichiga kirarkan, tanish koridorlar va devorlardan ko‘ra, u yerda hukm surayotgan sovuq, hatto nafratli nigohlarni aniq his qildi. Qizlar guruhi har doimgidek o‘sha eski joyda koridor oxiridagi burchak yonida turardi. Ular uni ko‘rishi bilan nigohlar zudlik bilan teskari burildi. O‘sha zaharli pichinglar boshlanishiga ko‘p qolmagandi.

- Voy, yana kechagi mashinada keldingmi? Seni kim olib keldi? Kechagi yigitmi?U opangning yigitimi, yo bo‘lmasa senikimi? - dedi biri qiz ovozini balandroq qilib.

-Balki bu yigit Bonani sevib qolgandir ? Uni yoshi sendan ancha katta bõlsa kerak-a?- kuldi boshqasi, ko‘zini suzib.

Bona hech nima demadi. U ko‘zlarini yerga qadab, o‘zini tutishga harakat qildi, bugungi kun shunday boshlanishini sezgandi. Ammo bu safar u faqat yuragini emas, kimningdir so‘zini eslab, qadamini mustahkamroq bosdi:

“Endi kim seni xafa qilsa, birinchi bo‘lib menga aytasan. Tushundingmi?”

U chuqur nafas oldi, ammo baribir sukut saqladi. Ko‘zlariga yosh quyilayotganini his qilgan bo‘lsa-da, yutdi. Boshqa hech kimga ko‘rsatmaslikka qaror qilgandi.

Sinfga kirganida Bona
O‘rindiqqa o‘tirarkan, telefonini ochib qaradi. Jungkookdan xabar bor edi:

"Darslar tugashidan oldin menga xabar berishni unutma, men seni õzim uyingga olib borib qõyaman.Kelishuvni buzsang men Yerimga hammasini aytib berishimni esla!"

Bona telefonni sekin yopdi. Yuzida tabassum bor edi juda-juda mayin, deyarli ko‘zga ko‘rinmas. Lekin bor edi. Bu kichik ifoda kimdir yuragidagi muzliklar orasiga kichik bir issiqlik jo‘natayotgani belgisidek edi.

.......

Yerim universitetda dars mobaynida Taehyungdan biror bir xabar kelmaganidan uni ertalab Jungkook bilan kõrgani uchun jahli chiqan deb õyladi. Toki darslar tugaganucha ham Taehyung biror marta uni kõrishga kelmadi, hatto tushlik vaqti bufetda ham kõrinmadi. Yerim kutibxonada dars qilib õtirar ekan telefoniga "men seni avtoturargohda kutaman " degan qisqa xabar keldi.

Kechki payt. Taehyung Yerimni darsdan keyin kutib olish uchun universitet oldidagi avtoturargohda mashinasida o‘tirardi. Odatdagidan boshqacha muzdek nigoh, sukut, va ohangida sovuqlik bor edi. Yerim mashinaga yaqinlashib, eshikni ochdi.

- Meni kõp kutib qolmadingmi? Bugun darsda berilgan topshiriq tufayli kutibxonada qolib ketdim -dedi u ehtiyotkorlik bilan, yumshoq tabassum bilan qarab.Taehyung faqat bosh irg‘adi.

Mashina asta harakatlana boshladi. Sukut juda uzoqqa cho‘zildi. Yerim ichida har bir so‘zni mulohaza qilib, nihoyat jimlikni buzdi.

- Taehyung… bugun ertalabgi holat uchun tushuntirish bermoqchiman. Iltimos, meni tingla.

Taehyung qarshilik ko‘rsatmadi, ammo hech nima demadi. Ko‘zlarini yo‘ldan uzmay, yurishni davom ettirdi.Yerim chuqur nafas oldi.

-Jungkook singlimni maktabga olib borayotgan edi, xolos. Men... faqat undan bu qarorni nima sababdan qabul qilganini so‘radim. Bonaga yaqinlashayotganidan xavotirdaman, shuning uchun suhbatlashdim. Hech qanday boshqa narsa yo‘q.

- Jungkook singlingni nega maktabga olib borib qõyadi? Ikki qanday qilib tanishishgan menga shu qiziq - dedi Taehyung sovuq ohangda.

- Menimcha ular birinchi marta tungi klubda singlim sinfdoshini tuğulgan kuniga borgan kuni tasodifan tanishishgan bõlishsa kerak. Usha kuni Jungkook singlimni sinfdoshini singlimga tegajonlik qilmoqchi bõlganda qutqarib qolgan ekan. Endi esa Jungkook nega singlimga yaqinlashmoqchiligiga hayronman,u bilan shu haqida suhbatlashayotgan edim.

Taehyung ko‘z qisib qo‘ydi. -Nega menga bu haqda oldinroq aytmading? Nega sen bilan suhbatlashayotganini ko‘rishim kerak edi?

- Chunki bu shunchaki vaziyat edi. Hech qanday ahamiyatli narsa emasdi deb o‘yladim. Ammo sening nigohingni ko‘rib, bu senga qanday ta’sir qilganini tushundim. Kechirasanmi?

Taehyung chuqur nafas oldi. Ichida aytadigan gaplari bor edi, ammo ularni so‘zga aylantirish og‘ir edi. Nihoyat u asta javob berdi.

-Menga har doim ochiq bo‘lishingni xohlayman Yerim. Menga hamma narsa aytib berishingni,hayotingda nimalar bõlgan va bõlayotganini bilmoqchiman. Singlingni himoya qilish uchun Jungkook bilan suhbatlashganingni endi tushundim ammo men boshqa yigitlar bilan suhbatlashishingni xohlamayman. Endi seni ham singlingni ham men himoya qilmoqchiman, buning uchun menga hamma narsani aytishingni xohlayman sizlarni himoya qilish uchun.

Yerim bir necha lahza sukutda qoldi. Taehyungning so‘zlari qalbini siqdi, ammo bir paytning o‘zida yuragini iliqlik bilan to‘ldirdi.

- Menga hech kim hech qachon “men seni himoya qilmoqchiman” deb aytmagan. Ammo otam tirikligida u hammamizni himoya qilar edi. Ammo hozir men mustaqilman, Taehyung. Har doim himoya kerak emas.

Taehyung boshini asta burdi. -Bilaman. Sen kuchlisan, Yerim. Balki mendan ham kuchliroq. Lekin men seni yo‘qotishdan qo‘rqyapman.

- Bilasan-ku, singlim uchun ham javobgarman, o‘zim uchun ham, sening his-tuyg‘ularing uchun ham. Hammasini õz maromida saqlashga harakat qilyabman va meni yõqotishda qõrqaningni tõğri tushunaman. Ammo ishon men boshqa yigitlar bilan xiyonat qiladigan darajada ahloqsiz qiz emasman,meni bundan ham masuliyatroq bõlgan ishlarim bor .

- Bilaman Yerim, men seni unday qizlarga õxshatmayabman.
Shunchaki Jungkook ertalabda sen bilan kôrib juda hayron qoldim, u meni dõstim edi va sevgan qizimni oldida ekanligi jahlimni chiqardi, men sendan emas undan shubhalandim.Bundan keyin menga shunchaki hamma narsani ayt, Yerim. Qanchalik chalkash bo‘lsa ham, sening tilingdan eshitishni xohlayman chunki men seni har doim yoningdaman va hayotingda nimalar bõlayotgan bõlsa bular menga ham boğliq,hatto bu singling haqida bõlsa ham.

Yerim kulimsiradi. Yengil, lekin yurakdan chiqqan tabassum bilan unga qaradi.

-Mayli, Taehyung. Endi senga hammasini aytaman.

Yerim

Ular Parklar uyining qarshisiga kelib to‘xtashganida, tashqaridagi sokinlik edi. Uyning derazalarida issiq yorug‘lik chaqnab turar, ko‘chadagi mayin shabada atrofdagi daraxt barglarini asta silkitar edi. Taehyung mashinani to‘xtatdi, ammo mashinadan tushishga oshiqmadi. Yerim ham jim edi.

Yerim yelkasini biroz ko‘tarib, sekin Taehyungga qaradi. Ko‘zlarida haligacha ehtiyotkorlik aralash mehr porlab turardi.

- Uyimga olib kelib qõyganing uchun rahmat -dedi u muloyim tovushda.

Taehyung unga yuzini to‘liq qaratdi. Ko‘zlarida muhabbat, qalbida esa yumshoq xavotir bor edi.

- Arzimaydi Yerim. Va bugun õzimni sovuq tutgan bõlsam kechir.Men senga shubha qilganim yo‘q, Yerim. Faqat... seni yo‘qotish fikri meni haddan tashqari sezgir qilib qo‘yadi.

Yerimning lablariga mayin tabassum yugurdi. U qo‘lini cho‘zib, Taehyungning qo‘lini sekin ushladi. Uning barmoqlari iliq va yumshoq edi. Taehyungning qo‘li darrov Yerimnikini mahkam qamrab oldi bu oddiy harakat, lekin ularning orasidagi barcha so‘zsiz so‘zlardan ancha kuchli edi.

-Shunday deyishing yuragimni tinchlantirdi. Men ham seni hech qachon yo‘qotishni xohlamayman.

Taehyung boshqa hech nima demadi. Faqat Yerimning qo‘lini lablariga olib bordi va sekin, juda ehtiyotkorlik bilan, o‘pdi. Yerim ko‘zlarini yumdi, bu mehrni yuragida his qildi.

- Uyga kir-dedi Taehyung muloyimlik bilan. -Dam ol. Ertaga yana ko‘rishamiz.

Yerim asta bosh irg‘adi. So‘ng, u eshikni ochdi, ammo chiqmasdan oldin yana bir soniya to‘xtadi.

-Hayrli tung Taehyung.

-Hayrli tun Yerim.

Yerim mashinadan tushdi. Qadamlarini sekin tashlab, uyning eshigiga tomon yurdi. Har qadamda Taehyung unga qarab o‘tirardi. Nihoyat Yerim eshikni ochib, ichkariga kirar ekan, orqasiga burilib bir bor Taehyungga jilmaydi.

Taehyung esa mashina o‘rindig‘ida o‘tirganicha Yerimga jilmayib qarab turardi, Yerim uyga kirib ketgandan keyin ham eshik tomonga uzoq qarab turdi.

Yerim ichkariga kirib ketganidan so‘ng, uyning ikkinchi qavatidagi qorong‘u xona ichidan deraza pardasi chetga surildi. Yengil qorong‘ulik orasida bir juft ko‘z ularning har bir harakatini kuzatgan, endi esa sekin orqaga chekinar, jilmayardi.

Park Jungho o‘zining qorong‘i xonasida, oynavand stoli ustida turgan Taehyung va Yerimni suratlariga tikildi. Yelkalari to‘g‘ri, yuzi dimog‘dor bilan u oynani orqasi bilan yopib, sekin yurib stolga yaqinlashdi.
Unda Taehyung va Yerim birga suratga tushgan uzoqdan, yashirincha, maxsus kamera orqali olingan suratlar bor edi.
Bugun bu suratlardan bir nechtasi konvertga solinib Taehyungni otasiga yiborilgandi.
Konvert ichida bitta qo‘lda yozilgan xat ham bor edi.

Hurmatli Kim Joonsik janoblari,
Siz o‘g‘lingiz Kim Taehyungning hozir kim bilan aloqada bo‘layotganini bilasizmi?
Menimcha, siz bu masalani jiddiy ko‘rib chiqishingiz kerak. U bilan tez-tez ko‘rishayotgan qiz Na Yerim, bir qarashda begunoh va oddiy ko‘rinsa-da, uning orqasida yashiringan tarix butun oilangiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
Siz ehtimol eshitgandirsiz Na Hesung, sobiq yirik tadbirkor, bir paytlar noqonuniy moliyaviy sxemalar, pul yuvish, korruptsiya va davlat mulklarini maxfiy o‘zlashtirish kabi jinoyatlar bilan shug‘ullangani haqida. U uzoq vaqt davomida bu jinoyatlarni katta muvaffaqiyat bilan yashirib kelgan, ammo so‘nggi yillarda bu ishlar fosh bo‘lish arafasida edi.
Ammo Na Hesung va uning rafiqasi kutilmaganda "baxtsiz hodisa" oqibatida halok bo‘lishdi. Rasmiy versiyaga ko‘ra avtohalokat. Haqiqatda esa, bu ehtimol yashirin jinoyatchi guruh tomonidan buyurtma qilingan qotillik edi. Sababi esa oddiy: Hesungning yashirin hisoblarida juda katta miqdordagi pul bo‘lgan, va bu pullar hozir Na Yerim va uning singlisi Bonaga qolgan.
Bu pullar hozircha ular yashiringancha "jim" turibdi. Ammo ishoning, ularni izlayotgan odamlar jim emas. Ular harakatda. Va ular bu pullarni qo‘lga kiritish uchun hech narsadan qaytmaydi.
Siz o‘ylab ko‘ring: agar ular bu qizlarni topib olishsa, ularni yo‘q qilish birinchi navbatda qiladigan harakatlarj bo‘ladi. Ammo bu yerda eng xavflisi agar sizning o‘g‘lingiz bu qiz bilan birga bo‘lsa, u ham xavf ostida. Ular uni ham tirik qoldirishmaydi. Chunki u guvoh. U ularga xalaqit berishi mumkin bõlgan shaxs.
Men bu xatni sizni ogohlantirish uchun yozdim. Lekin siz bu ogohlantirishni jiddiy qabul qilmasangiz, menimcha, keyingi xabarimni siz õğlingizni dafn marosimida olasiz.
O‘g‘lingizni bu xavfli qizdan uzoqlashtiring. Uni bu o‘limga olib boruvchi yo‘ldan qaytaring.
Balki bu ishni qilish orqali siz bir otalik burchingizni bajararsiz.
Aks holda oqibatini o‘zingiz tasavvur qilavering."

U suratlar bilan birga xatni muhrlagan va Kim Joonsikka jo‘natgan edi.
Jungho o‘ziga xos sovuq jilmayish bilan stulga suyanarkan, lablari orasidan past ovozda g‘azab va mag‘rurlik aralash pichirladi.

- Bugundan boshlab bu baxtli daqiqalaringiz tugab boryapti. Bilasanmi, Kim Joonsik, o‘g‘lingni bu qizdan qanday uzoqlashtirishingni tomosha qilish bu men uchun chinakam zavq bo‘ladi.

U birdan hush kayfiyatda, g‘alaba ila boshini orqaga tashlab kuldi.

- Ko‘ramiz, o‘g‘ling muhabbatini saqlay oladimi... yoki sening bosiming ostida sevgisidan voz kechadimi?

Taehyung

Taehyung kechki payt Seuldagi hashamatli uyiga kirib keldi. U yo‘l davomida boshidan kechirganlar, Yerim bilan uchrashuvi ongida charx urardi. Qo‘lidagi kurtkasini yelkadan yechib, derazadan tashqariga qaradi shahar chiroqlari uni jimjit sokinlikka chorlar edi.Ichkarida esa kutilmagan mehmon kutayotgan edi.

Mehmonxonadagi yengil devorning orqasida qora palto kiygan, sovuq nigoh bilan o‘tirgan odamni ko‘rganida, Taehyung yuragida bir zumlik hayrat paydo bo‘ldi.

- Ota?- dedi u ehtiyotkorlik bilan.Kim Joonsik, Taehyungning otasi, asta orqasiga qaradi.

- Siz bu yerda nima qilayapsiz?

Otasi jim. U stolda ochiq yotgan xatni ko‘rsatadi, lekin hech narsa demaydi.

- Men bu savolni senga berishim kerak edi. Sen nimalar qilib yuribsan Taehyung?

Taehyung bir qadam oldinga yuradi-Siz nimani nazarda tutyapsiz?

Otasi konvertni stol ustidan olib, o‘g‘liga ko‘rsatadi.- Mana shuni nazarda tutyapman.

Taehyung konvertni oladi, ochadi. O‘qishga ulgurgan zahoti yuzidagi ohang susayadi. O‘sha tahdidli so‘zlar... suratlar.

— Qayerdan oldingiz bularni?

Otasi javob bermaydi. U sekin orqaga, kresloga borib o‘tiradi.

- Bu qiz kim, Taehyung?

- Uning ismi Yerim. U men uchun muhim bõlgan hayotimdagi yagona odam.

- U o‘limga olib boruvchi muammo.

- Siz xatga ishonmoqchisizmi? Bir noma’lum odam yuborgan tahdidga?

Otasi birdan qo‘lini stolga uradi. Stol ustidagi stakan shitirlab silkinadi.

- Gap xatda emas! Gap faktlarda! Yerimning otasi noqonuniy pullar bilan ishlagan. Uning o‘limi tasodif emas. Va endi qiz yashirinib yurgan qochqin.Bu qiz emas, butun familiyang xavf ostida, Taehyung!

- Ular uni o‘ldirishdi. Endi qizlari ortidan kelishmoqda. Siz esa o‘g‘lingizni sevgan qizidan ajratmoqchisiz?

-Men seni himoya qilmoqchiman.

- Meni nazorat qilmoqchisiz. O‘zingizga qulay yo‘nalishda yurishga majburlamoqchisiz.

-Menga qar Taehyung. Ular sizni topishsa, Yerimni o‘ldirishadi. Seni ham. Bu endi sevgi emas, bu urush. Va urushda zaiflar o‘ladi.

- Unda men kuchli bo‘laman.Bu yerga Yerimdan meni ajratmoqchi bõlib kelgan bõlsangiz bekorga vaqtingizni sarflabsiz,men hayotimdagi eng muhim insonni bu ahmoqona xat tufayli tashlab ketmayman.Siz esa hoziroq uyimdan ketsangiz tinchimni buzyabsiz- Taehyung xatni otib yuborib xonasi tomon ketadi.

Taehyung yotoqxonasiga kirib, eshikni orqasidan yumshoq yopdi. Xonada jimjitlik hukm surardi, faqat uning yuragi tinmay urardi. U kresloga yiqildi, boshini ikki qo‘liga oldi va chuqur nafas oldi. Otasining so‘zlari boshida arzimagan eshitildi, lekin endi ularni chetga surib bo‘lmasdi. Yerim aslida xavf ichida edi. Uning oilasi, o‘tmishi, va endi u ham o‘sha xavfga duch kelardi.

Taehyung ichida ikki qarama-qarshi hislar to‘qnashuvi edi: yuragidagi ishonch, sevgisi, va otasining ogohlantirishidagi sovuqlik, og‘irlik. U o‘zini mag‘lub his qilardi, ammo hech qachon ortga chekinmasligini ham bilardi.

«Agar Yerim haqiqatan ham xavf ostida bo‘lsa, men uni himoya qilish uchun nima qilishim kerak?» — degan savol ongida doimiy qaytarilib turardi.

-Men unga qarshi turaman. Hatto hamma dunyo qarshi bo‘lsa ham.

Erta tong Yerimni olib ketish uchun Park uyi oldidagi kelib tõxtagan Taehyung mashinasi qarshisidagi mashinaga oynadan qarab Jungkookni kôrdi.Taehyung xõrsinib mashinadan tushdi va Jungkookni mashinasiga borib õtirdi.

- Salom Taehyung

Mashina ichida bir oz sovuq va qattiq jimlik hukm surardi. Nihoyat, Taehyung so‘z boshladi, ovozi biroz qattiq va chalg‘igan

-Nega sen, Jungkook, mening sevgan qizim yashaydigan uyi oldidasan? Faqat Bona uchunmi? -so‘radi u, nigohi o‘ng tomondagi do‘stining ko‘zlariga tikildi.

Jungkook boshini biroz egib, chuqur nafas oldi, so‘ng samimiylik bilan javob berdi
-Ha, Taehyung. Bu yerda faqat Bona uchunman. Uning yonida bo‘lish men uchun eng muhim narsa hozir.

Taehyung ko‘zlarini qimirlatmay, unga qaradi
- Do‘stim, sen chin yurakdan uni yoqtirdingmi? - so‘radi, ovozida kuchli shubha va umid aralashgan ohang bor edi.

Jungkook yuzida yengil tabassum bilan javob berdi-Ha, Taehyung. Men uni faqat yoqtiribgina qolmay, qalbim bilan sevaman. U mening hayotimda yorug‘lik- dedi u, ko‘zlarida qat’iyat va samimiyat jilvali.

Taehyungning yuragi biroz yumshadi, qo‘lini cho‘zib, do‘stining qo‘lini mahkam siqdi.

- Sen ham kimnidir sevib qolishing mumkinligini bilardim ammo men sevgan qizni singlisini sevib qolishing bu kutilmagan voqea balkim menga bu qanday sodir bõlganini aytib berarsan Jungkookiee ahir men ichimdagilarni doim senga va Hoseokga aytib berganman.Ammo sen Bona haqida umuman gapirmaganding, nega doim hissiyotlaringni berkitasan?

Jungkook jilmaydi - chunki men shunday insonman hamma narsani ichida saqlaydigan odam turiga kiraman.

- Bona haqida gapirib ber men uni bir ikki marta kõrgan edim, ammo qandayligini bila olmadim,u qizda nima borki bizni Jungkookiee unga mehr qõyibdi- a?

Jungkook Taehyung sõzlaridan kuladi,ammo yanoqlarida hijolat chekani uchun biroz qizardi

- Oh Jungkook qizaryabsan dõstim,Bona senga shunchalik tasir qildimi? Seni oldin bunday ahvolda kõrmagandim.

- Bas qil Taehyung, qara Yerim chiqyabdi uydan bor seni kutib qolmasin Romeo- Jungkook mashina oynasidan uydan chiqayotgan Yerimga qarab gapirdi. Taehyung Yerimni kõrishi bilan mashinadan tushar ekan eshikni yopishidan oldin yana Jungkookga gapirdi

- Hozircha qutilib qoldim deb õylashing mumkin ammo biror kun kichik qizaloq seni qanday qilib sehrlab olganini aytib berasan eshitdingmi? - Taehyung yuzida tabassum bilan qõlini bigiz qilgancha silkib qõyib, mashina eshigini yopgancha Yerim tomon shoshib ketdi.

Jungkook Taehyung õynoqi gaplaridan jilmayib, uni Yerim bilan õzini tutishini biroz kuzatib turdi. Taehyung Yerim bilan bir nimalarni gaplashgancha mashina eshigini unga jentelmenlikga hos harakatlar bilan ochib berib Yerim mashinaga õtirgach, õzi ham mashinaga õtirdi va kõzdan ğoyib bõldi.

Yerim

Quyuq soyalar orasida kun asta-sekin shimolga siljiy boshlar edi. Universitet binosining derazalaridan so‘nggi chiroqlar bir-bir o‘chib, kampusga sokinlik hukm surardi. Taehyung va Yerim darsdan chiqqanlarida, ularning ko‘zlari birdan bir-birini qidirdi.

Ular kampusning chekkasidagi kichik bog‘ga yo‘l olishdi. O‘sha joy, gullar orasida yengil shamol esar, daraxtlar esa mehribonlik bilan soya solardi. Yerimning yuzida biroz xavotir aralash tabassum bor edi, Taehyung esa unga qarab, ich-ichidan tinchlik topishni istardi.

- Bugun darslar qanchalik charchatdi? -dedi Taehyung, ovozi muloyim, ammo o‘ziga ishongan edi.

Yerim boshini ozgina qimirlatib, lablarida yengil tabassum bilan javob berdi.

- Umuman charchamadim, sen bilan gaplashaman deb quvonaman. Bu yerda bo‘lish menga qandaydir osoyishtalik beradi.

Ular bog‘ning yo‘lidan asta-sekin yurishardi. Har bir qadamda ularning orasidagi masofa asta-sekin kamayar, ko‘zlaridagi qorong‘ulik o‘zini yorug‘likka aylantirar edi.

Taehyung, Yerimning qo‘lini muloyimlik bilan ushlab, shivirlaganday gapirdi.
- Bilasanmi, seni himoya qilish mening eng katta orzum. Sen xavfsiz bo‘lishing uchun hamma narsaga tayyorman.

Yerim uning qo‘lini siqib qôydi.-Taehyung, men ham seni himoya qilaman. Biz birgamiz, hamma qiyinchiliklarga qarshi kurashamiz.

Bog‘dagi shamol ularning so‘zlarini yengil olib, daraxtlar orasida so‘zlar bir-biriga qo‘shilib ketdi. Ular bir-biriga qarab, kelajak haqida orzu qilar, yuraklari uchun yangi umidlar uyg‘ondi.

Biroz suhbatdan keyin Taehyung õzini qiziqtirayotgan savolni berishga qaror qildi.

- Yerim- dedi u, ovozida muloyim qiziqish bilan- ota-onang qanday insonlar edi?

Yerim biroz jim bo‘ldi, ko‘zlarida o'tkinchi bir nurlanish paydo bo‘ldi. U nafasini oldi, xuddi esda qolgan qimmatli tasvirlarni so‘z bilan hayotga qaytarmoqchi edi.

- Ular... Mehribon va halol insonlar edi-dedi Yerim, yuzida ozgina tabassum bilan. -Otam Na Hesung, boy va hurmatga sazovor biznesmen edi. Onam esa uning eng katta tayanchi, oilaning qalbi edi. Ular meni va singlimni juda yaxshi ko‘rishardi, har doim yonimizda bo‘lishgan.

Ular orasida bir zum jimlik paydo bo‘ldi, Yerimning ovozi biroz noziklashdi.

-Ammo ular ikki yil oldin... avtohalokatda vafot etishdi-dedi u, ko‘zlarida achinish va xafagarchilik.

Taehyungning ko‘zlari keng ochildi ,u asta Yerimning yuziga qaradi va so‘radi

- Na Hesung u mashhur "Seonghwa Group" kompaniyasining boshlig‘i edi, to‘g‘rimi?

Yerim boshini egib, jimlikda bosh irg‘adi.

-Ha, Taehyung, otam shu kompaniyada boshliq edi. O‘sha kun ham onam bilan qandaydir sabab bilan kompaniyaga ketayotganda halokat yuz bergan edi-dedi u, ovozida yuklangan og‘irlik bilan.
Taehyung birdaniga hushyorlandi, yuragida shubha va hayrat uyg‘ondi.

- Rostdan ham otang shu kompaniyada boshliq bo‘lganmi?

Yerim uning savoliga qat’iyat bilan javob berdi- Ha, u haqiqatan shu kompaniya boshliği bõlgan.

Taehyung qattiq o‘ylanib, ko‘zlarini Yerimga qaratdi.

-Hozir bu kompaniyani kim boshqaryapti? - dedi u.

Yerim biroz jim bo‘lib, past ovozda javob berdi- Bilmayman, Taehyung... Otam vafotidan oldin kompaniya bankrotlikka uchragan ekan. Uning qarzlardan qutilishi uchun "Seonghwa Group"ni janob Park Jungho sotib yuborgan. Lekin kimga sotgani haqida hech nima demagandi.

Taehyungning yuzida o‘yinchoqdek yuzlanish paydo bo‘ldi. Ich-ichidan u allaqachon tushuna boshladi bu ishda qandaydir sir bor edi. Janob Park Jungho hammasining boshida turardi. Ehtimol, otasiga ham shu odam xat yuborgan bo‘lishi mumkin, degan o‘ylarga bordi u.

- Otang juda boy odam edi-Taehyung so‘zlarini davom ettirdi-boyliklari, pullari sizlarga qolganmi?

Yerim boshini sekin silkitdi, ko‘zlarida g‘amginlik aks etdi.

- Yo‘q, hech qanday meros qolmagan, hatto yashab turgan uyimiz ham bizdan tortib olinib, ko‘chaga qoldik. So‘ngra bizni janob Park Jungho o‘z uyiga olib keldi.

Taehyungning ichida bir paydo bo‘lgan shubha bilan yuzida xavotir ko‘zlari yanada kengaydi. Otasiga yuborilgan xatdagi katta miqdordagi pullar haqida yozilgan edi. Yerimning “hech narsa qolmagan” degan so‘zlari umuman ikki xil edi.

Bu yerda kimdir ularga o‘yin qilayotgan edi. Va Yerimning soddaligi, ishonchiga hayron qoldi. Nahotki shunday boy inson o‘z farzandlariga hech qanday meros qoldirmas edi?

Taehyung ichida sirni ochishga qaror qildi, u bu ishlarning ortida turgan haqiqatni topishga intilardi.

Bona

Kun o‘rtasidan keyin Jungkook Bonani maktabdan õz mashinasida olib ketar ekan uni muammolardan uzoqlashtirish uchun uchun uni uyga emas, balki boshqa, tinchroq va yorqinroq joyga olib borishni istadi.

Ular shaharning chekkasidagi kichik parkga yo‘l olishdi. Parkdagi qushlarning shivirlari va yengil shamolning barglarga urilgani bilan birga, oradagi jimjitlik ham tasalli berar edi.

Bona Jungkookga qarab, biroz ajablanib so‘radi.

- Nega men bu yerga olib keldingiz?

Jungkook ko‘zlarini yumib, jilmaydi- Chunki men parkga kelishni xohladim. Sen esa menga sherik bo‘lishingni xohladim. Kel, bugun birga boladek bo‘lamiz va hamma atraksionda uchamiz, rozimisan?

Bona birdan bosh chayqab, yuziga ozgina norozilik sochilib javob berdi- Yo‘q.

Jungkook barmoqlarini qimirlatib, biroz tahdid ohangida kuldi.

-Agar rozi bo‘lmasang, opangga maktabda seni qizlar masxara qilishayotgani va sen jim yurishing haqida gapirib qo‘yishim mumkin -dedi va qo‘lini atraksionlarga qarab cho‘zdi.- Endi ketdik shunda birinchi uchamiz!

Bona uning ortidan baqirib qoldi- Hey nima endi menga shu tahdidda foydalanib xohlagan narsangni qildiraverasanmi Jungkook?

Ammo Jungkook o‘z yo‘lidan ketayotgan edi. Bona biroz norozilik bilan boshi qimirlatib, ortidan borishga majbur bo‘ldi.

Jungkook esa o‘z tanlagan atraksionga pulini to‘lab, quvnoq yuz bilan atraksion eshigini ochib berdi. Bona ortidan yetib kelar ekan, Jungkook uning qo‘lidan mahkam ushladi.

- Qorqsang, meni quchoqlab olishni o‘ylama-dedi u bir oz o‘ynoqi ohangda.

-Umuman qo‘rqmayman, - deb javob berdi Bona unga ishonmaslik bilan qarab. - Õzing qõrqmasang bõlgani,bunday balandlikga chiday olarmikinsiz Jeon Jungkook janoblari?

Jungkook kulib yubordi, ko‘zlari bilan uni chalg‘itishga urindi- Ha, shunday, lekin sen bilan birga bo‘lsam, qo‘rqishga ham vaqt qolmaydi, bilasanmi.

Atraksion asta-sekin harakatga tushdi, ular asta-asta yuqoriga ko‘tarila boshladi. Havo sovib, shahar manzarasi asta-sekin kichrayib, ko‘zlar oldida kengayib borar edi.

Bona esa Jungkookning qo‘lidan mahkam ushlab, lekin yuzida kichik, shirin tabassum bilan qo‘rqinchni unuta boshladi. Jungkook Bonani yuzidagi tabassumni kõrishi bilan lablari õz-õzidan jilmaydi, Bonani qõlini kaftida his qilishi yuragi qattiq urishiga sabab bõldi.

To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic