• Where Fate Brings •
Sen balki uni har doim sevarsan,lekin doim ham baxtli boʻlavermaysan.
Darslar tugagan, universitet hovlisi asta-sekin talabalar shovqini bilan to‘lgan edi. Qulog‘iga quloqchin taqqanlar, telefoniga tikilganlar, bir-birini ko‘rib quvonayotganlar... ammo bu shovqin Taehyung uchun begona edi. U mashinasini darvoza yoniga to‘xtatdi va eshikni shoshilinch ochdi. Kõzlari har bir talabani ko‘zda kechirgancha Yerimni qidirayotgan edi. U harakatini tezlashtirdi. Yurishi yugurishga aylanib, Yerim o‘qiydigan auditoriya tomon yo‘l oldi. Eshikni ochganida bo‘sh xonada faqat bir necha chalkash stullar, o‘chirilgan proyektordan tashqari boshqa hech kim yõq.
U bir zumga to‘xtadi. Yuragidagi xavotir boricha nafas olishini og‘irlashtirib yubordi. So‘ng bir qarorga kelgandek kutubxona tomon chopdi. Uning oyoq tovushlari zinapoyalarda aks sado berar, eshikdan shiddat bilan kirganida esa ichkaridagi sokinlik bilan to‘qnashdi. Talabalar orasida Yerimni qidirib, birma-bir qator oralab yurdi. U yerda ham Yerimni topa olmadi.
U tashqariga chiqdi. Quyosh ostida bir zum to‘xtab, ko‘zlarini qo‘li bilan soyabandi. Yuragida umidsizlik boshi berk ko‘cha misoliga aylanayotgandi. Nafasi tez-tez, ich-ichidan qandaydir qorong‘ilik kelayotgandi. U Yerimga biror nima bo‘lganday xavotir ola boshladi.
Shu payt medpunkt tomondan kelayotgan tanish bir yuz ko‘ziga tashlandi.Taehyungning yuragi qattiq urdi. U hech ikkilanmasdan, odimlarini tezlatib Yonsem tomon yurdi.
-Yonsem- deb chaqirdi u nafasini rostlamay. Yonsem to‘xtadi, ajablangan holda unga qaradi.
-Yerim ,u qayerda? Iltimos, agar qayerda ekanligini bilsang menga ayt. Uni qidiryabmqn ammo topolmadim.Yonse bir zum sukutda qoldi, keyin lablarini qattiq tishladi.
Yonsem bir zum jim qoldi, ko‘zlari yerga qadalgandi. So‘ng asta boshini ko‘tardi va Taehyungga qaradi.
-Yerim bugun jismoniy tarbiya darsida oyoğidan jarohat oldi-dedi u ohista ammo so‘zlari Taehyungning yuragini zirqiratdi.- Shuning uchun Yerimni vakillariga xabar qilishdi. Janob Park uni o‘z uyiga olib ketdi.
Go‘yo Taehyung uchun atrofdagi barcha shovqin bir zumda o‘chib qolgandek bo‘ldi. Taehyungning qulog‘ida faqat bitta jumla jaranglayotgandek edi:
"Janob Park uni o‘z uyiga olib ketdi."
- Nima? - dedi u nihoyat, ovozi past, ammo titrab. - Nega… nega menga emas usha odamga xabar berishadi?
Yonsem indamadi, faqat ko‘zini olib qochdi. Taehyung esa bir qadam orqaga chekindi, so‘ng yana oldinga yurdi. Nafasi tobora og‘irlashar, qoshlarini chimirib, qo‘llarini musht qilib olgandi.
U ichidan bir narsani aniq bilardi bu oddiy “yordam” emas edi. Park Jungho buni ataylab qilgan. Yerimni undan uzoqlashtirish uchun.
Taehyung ko‘zlarini yumdi. Bir zumda ichidagi g‘azab va xavotir qorishib ketdi. Ko‘z oldida Yerimning yarador holi, Parkning qo‘llari ostida qolgan tasviri jonlandi. Shu tasvir yuragini teshib o‘tayotgandek og‘riq berdi.Nafasi qisilgandek bo‘ldi. Bir so‘z ham demasdan Yonsem yonidan kesib o‘tdi.
Taehyung mashinasini Park Junghoning hashamatli hovlisi oldida to‘xtatdi. Dvigatel hali o‘chmasidan eshikni ochib, shiddat bilan mashinadan tushdi.
Eshikni qattiq taqilatdi.
Eshikni xizmatkor ochdi, lekin Taehyung unga biror narsa demasdan ichkariga kirdi. Qattiq va baland ovozda faqat bitta so‘z aytdi.
Xizmatkorlar uy ichida jimjit tikilib turishardi. Ularning nigohlarida bir oz qo‘rquv, bir oz hayrat bor edi. Taehyungning ko‘zlari esa chaqnab, yuzidagi keskinlik ularni ham taranglashtirardi.
-Yerim! Qayerdasan?! -u ovozini oshirib, zal bo‘ylab yurdi.
Shu payt oshxona eshigi ochilib, Park xonim chiqdi. Oq rangli fartug‘ini yechayotgandi, ammo Taehyungning yuzidagi ahvolni ko‘rib, qo‘llari havoda to‘xtab qoldi.
- Taehyung? Nima bo‘ldi, o‘g‘lim? - dedi u ajablanib.
Taehyung unga bir qadam yaqinlashdi, nafasini rostlamay gapirdi.
Park xonimning qoshlarida chimirdi.
- Yerim? U bu yerda emas-ku… Axir, oxirgi marta uni sening o‘zing olib ketganding, shunday emasmi?
Taehyungning nigohi keskinlashdi.
- Yo‘q. Bugun jismoniy tarbiya darsida jarohat olgan, shundan so‘ng uni universitetdan Janob Park olib ketgan.
Park xonimning yuzi birdan rangsizlanib qoldi.
-Nima? Jarohat? Qanday jarohat oldi u? Hozir ahvoli yaxshimi?-dedi u tashvish bilan.
Taehyung og‘ir nafas oldi, lekin javob berishga ulgurmay, nimadir uning diqqatini tortdi.Ikkinchi qavatdan unga qarab turgan kõzlar.U yerda Park Jungho qo‘llarini yon cho‘ntagiga solgancha turardi. Qoshining bir cheti ko‘tarilgan, labida esa sovuq va mazaxomuz jilmayish bor edi.Ularning ko‘zlari to‘qnashdi.
Bu qarashlar orasida so‘zga ehtiyoj yo‘q edi Taehyung Junghoning hamma narsani bilib turishini, va ataylab qilganini ko‘rib turardi.
Taehyungning oyoqlari o‘z-o‘zidan harakat qildi zinapoyaga yaqinlashdi.
- Yerim qayerda? - dedi u past, ammo g‘azabga to‘la ovozda.
Ikkinchi qavatda turgan Jungho labidagi muzdek tabassumni yo‘qotmadi.
-Yerim…? Ah, bilmadim. Men uni olib ketayotgandim, lekin… yo‘lda tushib qoldi. Qayerga ketgani menga noma’lum.
Taehyungning yuragi go‘yo muzlab qolgandek bo‘ldi.
- Sen yolg‘on gapiryapsan. - Uning qo‘llari musht bo‘lib tugildi.
Jungho zinapoya bo‘ylab sekin tushdi.
- Balki- dedi u sovuq ohangda - balki men yolg‘on gapirayotgandirman. Balki rostdir. Ammo muhimroq narsani aytay,sen menga qarshi turishda davom etsang, otangning qamoqda chirib ketishini o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan. Va, Taehyung o‘sha qiz Yerim uning ham hayotini men o‘zimning shaxmat donamdek siljitaman.
- Agar unga biror nima qilsang
Jungho kuldi-"Agar" so‘zi meni kuldiradi. Chunki sen hozir menga hech narsa qila olmaysan. O‘zingni kuchli deb o‘ylarding, lekin men seni birgina tahdid bilan tiz cho‘ktiraman. Endi esa tanla: otang, yoki Yerim.
Xonada jimjitlik cho‘kdi. Taehyungning ichida yuzlab fikrlar bir-biriga urilar, ko‘ngli titrar edi. Uning ichida qaynagan g‘azab ham, Yerimni yo‘qotish qo‘rquvi ham, otasini asrash istagi ham bir-birini ezardi.U og‘ir nafas oldi. Hozir qõlidan hech narsa kelmasligini Jungho baribir õzi xohlaganiga erishini bilardi.
-Yaxshi… Men… Yerimdan voz kechaman.
Jungho qoniqish bilan jilmaydi, lekin Taehyung davom etdi.
- Lekin menga bir oy vaqt ber. Uning yonida bo‘lay. Hech narsani tushuntirmayman, shunchaki yonida bo‘laman. Bir oydan keyin sen xohlaganing bo‘ladi. Va otamga ham tegmaysan.
Jungho boshini biroz egib, o‘sha sovuq tabassumini yana qaytardi.
- Bir oy!Demak, so‘nggi oylaring. Mayli, Taehyung, sening oxirgi istagingni bajaraman. Ammo unutma, vaqt tugaganda sen Yerimdan uzoqlashasan.
Taehyung uning ko‘zlariga tikildi. Bu qarash nafrat, alam aralashgan qarash edi.
Taehyung zinapoyani shoshilinch tushdi. Har bir qadami ostidagi taxta jaranglagandek tuyulardi, go‘yo bu uy ham uning g‘azabini sezayotgandek. U eshikni ochib tashqariga chiqdi, sovuq shamol yuziga urildi. Mashinasining eshigini qattiq yopdi va dvigatel ovozi bilan Jungho uyining sokinligini buzib, ketdi.
Uy ichida esa bir lahza sukut cho‘kdi. Park xonim zinapoya tomon qaradi. Jungho esa endi pastga tushib bo‘lgan edi.
- Jungho-dedi u xavotir bilan- Yerim qayerda? Taehyung ham uni qidiryapti.
Jungho qo‘lidagi soatini tuzatgandek qilib, beparvo ohangda javob berdi
-Ahvoli yaxshi. Faqat biroz oyoğini qayirib olgan, xolos.
- Yaxshi bo‘lsa hozir qayerda u? - Park xonimning ovozida biroz shoshilish bor edi.
Jungho ko‘zlarini qisib, unga sovuq qaradi.
- Taehyung uyida bo‘lsa kerak. Mendan ko‘p narsa so‘rama.
Park xonim bir lahza sukutda qoldi.Junghoning ovozidagi sovuqlik, so‘zlaridagi keskinlik unga yoqmadi. Ammo u bilardi eridan ortiqcha narsa so‘rash ko‘pincha javobsiz qoladi yoki noxushlikka olib keladi.
Jungho esa asta orqasini o‘girib, yuqoriga qarab ketdi.
Taehyung kechqurun uyining darvozasi oldida to‘xtadi. Mashinani o‘chirib, chuqur nafas oldi. U eshik oldiga borib, qo‘llari biroz titragan holda qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi.
Bir necha soniyadan so‘ng eshik ochildi. Eshik ortida Bona paydo bo‘ldi. Uning ko‘zlari qizarib ketgan, yuzi esa biroz xira tus olgandi.
- Yerim shu yerdami? - dedi Taehyung, ovozida shoshilish va xavotir qorishib.
Bona ko‘zlarini pastga qaratdi.
-Ha, opa bugun oyoğini qayirib olibdi , endi oqsoqlanib yuribdi.
Taehyungning yuragi qisilib ketdi.
-Xonasida- dedi Bona sekin ovozda. -Dam olyapti.
Taehyung bir so‘z demay zinapoyadan yuqoriga ko‘tarildi. U xonaga yetib borib, eshikni asta ochdi.
Ichkarida Yerim yotoqda o‘tirardi. Oyoği bint bilan bog‘langan, yonida issiq suv shishasi va bir nechta surtma dori qutilari bor edi. Uning yuzi biroz oqarib ketgan, ammo ko‘zlari hali ham o‘sha issiqlik bilan porlardi.
Taehyung bir lahza eshik oldida to‘xtadi, so‘ng unga yaqinlashdi. Yerim unga hayron qaradi, lekin jim turdi.
Taehyung yotoq yoniga o‘tirib, uning qo‘lini asta ushladi.
-Yerim kechir meni- dedi u past, ammo chuqur ohangda.-Bugun seni yolg‘iz qoldirmasligim kerak edi men xato qildim.
Yerim jilmayishga harakat qildi, ammo lablarida ozgina og‘riq sezildi.
-Taehyung, men yaxshiman bu oddiy tasodif.
Taehyung boshini chayqadi.-Yo‘q bu tasodif emas. Ammo baribir… senga nisbatan qattiq muomala qilganim uchun o‘zimni kechirolmayman. Endi hech qachon seni xafa qilmayman.
Yerim uning ko‘zlariga qaradi.- Kechirdim lekin bir shartim bor boshqa hech qachon boshqa qizlarni ham xafa qilmaslikga va'da ber menga .
Taehyungning labida yumshoq jilmayish paydo bo‘ldi.
-Va’da beraman dunyodagi hech bir ayolni, hech bir qizni xafa qilmayman. Ayniqsa seni… Chunki seni sevaman, Yerim.
U shu so‘zlarni aytar ekan, Yerimning qo‘lini yana mahkamroq ushlab, yuzini sekin unga yaqinlashtirdi. Xonada faqat ikkala yurak urishi eshitilayotgandek tuyulardi.
Oradan kunlar o‘tdi. Taehyung uchun har tong Yerimning kulgisi bilan boshlanadigan bayramga aylandi. U endi har kuni uni yonida bo‘lishga, uni kuldirishga, eng oddiy lahzalarni ham unutilmas qilishga harakat qilardi.
Kuzning ohirgi oyida Yerim bilan birga qahva ichib, uzoq suhbat qurishardi. Yerimning oyoği asta-sekin tuzalib borardi, lekin Taehyung har kuni unga yordam berishni bahona qilardi zinadan tushganda yelkasini tutib, uzoqroq yo‘lga chiqqanda qo‘lidan mahkam ushlab olardi.
Ba’zan ular universitet hovlisida uchrashib, talabalar orasida bir-biriga mayda kulguli imo-ishoralar berishar, ba’zan esa shunchaki shaharning tor ko‘chalarida yurib, qahvaxonalarda qahva ichib,shokoladli shirinlik yeyishardi, biroq shu oddiy lahzalar ularga eng qimmat xotiralar bo‘lib tuyulardi.
Taehyung Yerimni ko‘rgan har onida ichida bir savol o‘ynardi: “Bu lahzalar qancha davom etadi?” Lekin u bu savolni hech qachon ovoz chiqarib so‘ramadi. Chunki bu bir oy yarim unga berilgan yagona, ammo bebaho vaqt edi.
Yerim esa Taehyungning har bir qarashida nimadandir xavotir aralash mehrni sezardi, ammo so‘ramasdi. U ham shu damlarning buzilishini istamasdi.
Kechqurunlar ular balkon chiroqlari ostida musiqa qo‘yib, sekin raqsga tushishardi. Yerimning boshi Taehyungning yelkasiga suyangancha ko‘zlarini yumardi. Taehyung esa ichida faqat bitta niyatni takrorlardi: “Vaqt to‘xtasin…”
Ammo vaqt hech qachon to‘xtamaydi. Ular esa bilmaslikka urinar, har tong va har kechani go‘yo abadiy davom etadigandek yashashardi.
-Demak- Yerim jilmayib, choy idishini stolga qo‘ydi-yaqinda qish kirib keladi. Seni tug‘ilgan kuning yangi yildan ikki kun oldin to‘g‘rimi?
Taehyung kulimsiradi, ammo bu kulgu yuzida uzoq qolmadi.
- To‘g‘ri men 30-dekabrda tug‘ilganman. Yangi yildan ikki kun oldin.
-Bu safar seni tug‘ilgan kuningni ham, yangi yilni ham birga nishonlaymiz, -dedi Yerim ko‘zlari chaqnab. -O‘zim uchun ham sovg‘a, sen uchun ham sovg‘a bo‘ladi.
Taehyung Yerimning ovozidagi iliqlikka berilib, bir lahza hammasi rost bo‘lishi mumkin deb o‘ylagandek bo‘ldi. Ammo yuragida og‘ir haqiqat bor edi: bu oy tugashi bilan u Yerimni yo‘qotadi.
- Tug‘ilgan kuningda sen uchun ajoyib sovg‘a tayyorlayman- deya davom etdi Yerim, xuddi kelajak allaqachon rejalashtirilgan, hech narsa ularni ajrata olmasdek. - O‘zim sen uchun tort pishiraman, shokoladli. Keyin Bona bilan senga katta surpriz qilamiz. Yangi yilni ham uchalamiz kutib olamiz. Balki Jungkookni ham chaqiramiz. Ko‘pchilik bo‘lsak, undan ham yaxshi. Sen bilan yaxshi ko‘rgan musiqamizga raqs tushamiz.
Taehyung esa Yerimning so‘zlarini endi eshitmasdi. Quloqlariga uning ovozi yetsa ham, miyasi uni qabul qilmasdi. Uning qarshisida o‘tirgan qizning lablari kulib gapirar, ko‘zlari kelajakni chizardi, ammo Taehyungning ichida vaqt soati ortga sanardi.
“Biz bularning hech birini qila olmaymiz…” - deb o‘yladi u. Ko‘zlaridan birinchi tomchi oqib, iyagiga tushdi. U asta boshini pastga egdi, qo‘llarini tizasiga qo‘ydi.
Yerim hamon kelajak haqida gapirar, Taehyung esa faqat bitta istakni yuragida ushlab turardi, bu lahza hech qachon tugamasin.
To be continued
#Gyuri
@daisy_fanfic