September 14, 2024

I‘m not weak

Ep8

Mana yana bir uyqusiz tun ham o‘z yakuniga ketdi derazasidan tashqariga qaragan qiz quyosh yer yuziga nurlarini sochib osmonni zangori tusga kiritib ko‘tarilayotganiga qaradi va sekin xo‘rsingancha o‘rnidan turib dushga yo‘l oldi dushga kirarkan ko‘zgudagi aksiga hissizlarcha termuldi uyqusizlik sabab shishqan qovoqlar va ko‘z ostidagi ko‘karish uni ahvolini yaxshi emasligini anglatib turardi

-Menga nima qilding Taehyung na seni unuta olaman na qalbimdan chiqara olaman yagona yo‘lim sensiz yashashga ko‘nikish lekin seni unutishga ham qalbimdagi o‘rningni boshqaga berishga ham xoxishim yo‘q sen doim meni hayollarimda men bilan yashaysan.

°°°°°

Bugungi ish kunimni ham yakunladim uyga kirib kelib o‘zimni divanga otdim boshimni orqaga tashlagancha ko‘zlarimni yumdim biroz shunday turdim va eshik qo‘ng‘irog‘i chiringlashi ko‘zlarimni ochib o‘rnimdan turishimga majbur qildi

-Eshtaman buvijon

Oshxonada o‘zi uchun nonushta tayyorlayotgan qiz telefonini baland ovozga qo‘yib javob berdi

📲 Hae qizalog‘im axvoling yaxshimi

-Yaxshi buvijon o‘zingizchi buvam ham yaxshilarmi

📲 ha qizim biz yaxshimiz bir biznikiga kelmaysanmi kelmaganinga ham ancha bo‘lib qolibdi

-Ahmoq qizingizni kechiring buvijon bugun boraman maylimi

📲 Seni ishingdan qoldirmaymizmi

-Yo‘q buvijon bugun dam olish kunim

📲 unda yaxshi kutamiz seni

-Ko‘rishguncha buvijon

Qo‘ng‘iroq yakunlandi Hae esa o‘z dardlari bilan bo‘lib buvisi va buvasidan habar ololmay qolganini o‘ylab o‘zini o‘zi koyib qo‘ydi nonushta qilib bo‘lgach mashinasi o‘tirdi va do‘kondan narsalar harid qilib ularni uyi tomon yo‘l oldi uy qarshisiga kelgan qiz tashqarida turgan mashinani ko‘rib biroz hayron qoldi va sekin borib eshikni taqillatdi birozdan so‘ng esa qadam tovushlari eshtildi va eshik ochildi

-Haeyingiz shu yerda

Hae buvisiga mayin tabassum qildi va eshikdan kirib uni quchdi

-Xush kelibsan qizalog‘im

Buvisi ham uni javoban quchdi ular birgalikdi mehmonxona tomon yo‘nalishdi va buvasi bilan kimdir suxbatlashib o‘tirganini ko‘rdi u yigit orqa tarafi bilan o‘tirgani uchun Hae uni yuzini ko‘ra olmadi.