March 13, 2023

IslamicCoin FAMBRAS hamkoriga aylandi

IslamicCoin loyihasi hamkorlari soni tez sur`atlar bilan o`sib bormoqda Islom va shariat me`yorlariga mos keladigan birinchi raqamli valyuta va blokcheyn loyihasi butun dunyoda e`tirof etilmoqda.

Buning yana bir isboti IslamicCoin kompaniyasining Lotin Amerikasidagi halol mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo`yicha eng yirik va asosiy xalqaro standartlarga muvofiq halol tizimni joriy etishning birinchi tashabbuskor organi bo`lgan Fambras – Braziliya musulmonlar uyushmalari federatsiyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi bo`ladi .

Fambras bilan hamkorlik oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash , to`lovlar bo`yicha hisob-kitoblar ,shuningdek, HAQQ blokcheyniga asoslangan QR kodlari yordamida tovarlarni kuzatish bo`yicha loyihalarni yaratish va amalga oshirish uchun eshiklarni ochdi.

Blokcheyn mahsulot yoki uning tarqatish tarmog`ini mustaqil baholash zaruratini yo`q qiladi va bir guruh musulmon ekspertlar tomonidan chiqarilgan va tasdiqlangan halol sertifikatlarining yuqori kafolatini ta`minlay oladi .Blokcheyndagi yozuvlarga (sertifikatlarga) kirish , ular qaysi davlatda joylashganidan qat`I nazar , barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq .