Qanotlarim ostida
Suin yigitni suyab yertoʻlaga tusharkan orqasidan ukasi olib kelayotgan toʻshakka qaradi. Shishiriladigan toʻshakni tayyorlashga 10daqiqa vaqt ketdi. Suin esa shu vaqt oraligʻida yigitni oʻziga suyab turdi oʻzi esa devorga suyandi. Toʻshak tayyor boʻlgach ukasi tezda tepaga chiqib ketdi. Sababi u doʻstlari bilan telefonda oʻyin oʻynayotgan edi. Masofadan birlashadigan oʻyin yani bir biriga ulanb oʻynashyotgan edi. Suin unga yordam berishini aytib baqirib qolaverdi.
-Hoyy tentak yordam bermaysanmi u birdan oʻziga kelib meni zoʻrlasachi
-Sizga yaqinlashishga hatto jinlar qoʻrqadi. Yaralangan odam tergolarmidi kulgimni qistatmang opa
-Bilsang agar men qiz bolaman va men ham bazi paytlarda zaif boʻlib qolishim mumkin nahot shuni bilmaysan
-Opa rol oʻynashni bas qil men doʻstlarim bilan oʻynayabman
-Ikki soatdan beri xotinlardek gap sotib turmaganingda allaqachon uni toʻshakka joylagan boʻlardik
-Agar siz ahmoqligingiz tutib uni olib kelmaganizda mendan yordam soʻrashga majbur boʻlmasdiz
-Sen nega bir senlab bir sizlab gapiryabsan
-Opa mingillashni bas qilib ishingizni qiling men ketdim. U orqasiga oʻgirilib ters holatda opasiga qoʻl siltadiyu tepaga chiqib ketdi.Suin oʻziga oʻzi jahl qilib gapirib qoldi
-Salgina qarashsa allaqachon joyiga yotqizgan boʻlardik. Bu ahmoq telefondan boshini koʻtarmaydi oʻqishini ham tashlab qoʻydi. Mayli ertaga kelsin koʻrasan senga nimalar qilishimni ukajon. Suin shularni gapirib yigitni toʻshakka qoʻyish barobarida shuncha paytdan beri uni suyab turgani uchun charchab uni ustiga quladi.
Yigit esa ogʻriqdan ingrab koʻzlarini ochdi.
--Kechirasiz-u janob ammo sizni koʻchadan uyga olib kirib uyga olib kirgach yertoʻlagacha olib tushish va toʻshak shishgunicha suyab ushlash oson boʻlmadi rahmat aytish oʻrniga savol berib doʻq qilyabsizmi menga bilsangiz agarrr...
-Bas qil xotinlar nega buncha koʻp gapirishadi oʻzi
-Xotin emasman ayolman qizman men qiz bolaman
-Nima farqi bor hammasi bir goʻr xotin
-Hoyy janob oʻzingizni bosing olsangiz boʻlar edi har holda sizni qutqarib qoldim shifokor chaqirdim hozir kelib qoladi. Yigit bu gaplardan keyin qisiq koʻzlarini katta katta ochib Suinga qaradi.
-Qanaqa shifokor sen meni kiyimlarimni yechib koʻrmadingmi
-Hoyy siz meni kim deb oʻylaybsiz yengiltak qizlarga oʻxshaymanmi qizni gaplarini eshitarkan hozir faqatgina yarasini koʻrgan yoki koʻrmagani qiziqtirar edi uni
-Yechdingmi dedim bu safar katta ochilgan koʻzlar gʻazabdan qisilib ketdi.
-Doktor kelmasin men yahshiman
-Ammo yarangiz u qonayotgandi.
-Menda yara bor deb senga kim aytdi
-Oʻzim koʻrdim ahir undan qon oqayotgandi. Qizni gaplarini eshitib kiyimiga ishora qildi va qorin qismini ochdi. Uni qilayotgan ishidan Suin tezda koʻzlarini qoʻli bilan berkitib oldi
-Sen mana bu qonni nazarda tutdingmi. Ammo ichida hec qanaqa yara yoʻq ishonmasang qara. Qiz koʻzlarini ochib qararkan qorin qismida hec qanaqa yara yoki qon yoʻq edi hatto tilingan joy ham yoq edi
-A.ammo q.qanaq.qasiga ahir unga tegganimda ogʻriqdan ingradingizku
-Yahshi qiz men bezorilar bilan urushdim ular menga zarba berganlari aniq balki zarbadan qolgan oʻgʻriqlar uchun ingragandirman.
--Yoʻq men aniq bilaman siz yaralangan edingiz. Qiz shunday deb yigit qornigacha koʻtargan kiyimini boʻynidan oʻtkazib yechib oldi va atrofida aylanb qaray boshladi.
-Ahir bor edi bu nimasii Qizni qiliqlarini koʻrib turgan yigit asta qizni qoʻllarini ushlab yoniga tortganida qiz uning tizzasiga quladi yigit ham bundan foydalanib qizni belidan quchib oldi.
-Sen nima qilyabsanaaa men senga tegmayman deyotgan edim ammo sen meni kiyimsiz qoldirib hirsimni qoʻzgʻash uchun tanamni silayabsanmi
--M.m.men bunday qil.qilganim yoʻq m.men shunchaki yarani koʻrmoqchi edim
-Aldama sen meni hohlayabsan boʻlmasa nega men yechishga uyalgan kiyimno sen bemalol yechib olding
-Aytyabmanku sizga yarani koʻrmoqchi edim. Ammo u yoq ekan mayli ishondim yoʻqligiga endi meni qoʻyib yuboring dadam tepada meni kutyabdi.
-Shoshma goʻzal qiz sen koreysga oʻxshamayabsan nima boshqa davlatdanmisan Koreyadagi hec bir qizni labi meni senikichalik oʻziga tortmagan uni tatib koʻrsam qarshi emasmisan? Yigit uyalmasdan gapirishini koʻrgan qiz hayratdan koʻzlari katta katta ochilarkan yigitni endilikda oʻzidan yanada itara boshladi.
--Yoʻq yoq kerakmas menga tegmang hozir dadamni chaqiraman. Qoʻyib yuboring qoʻyib yuboring dedim Qiz oxiri tomosha koʻrsatishga tushdi. Soxta koʻz yosh qilib qutulishga urundi.
--Janob ahir men sizga yordam berdim qoʻyib yuboring meni hozir dadamni chaqiraman dedim
-Mayli bemalol chaqir qattiq baqirishing mumkin tepa qavatga bu yerdan ovoz oʻtmaydiku barbr. Qiz yana bir bor boshi berk koʻchaga bosh suqdi. Yigʻlab qochishga urinadi yigit esa uni harakatlarini shunchaki maroq bn tomosha qildi. Qiz oxirgi usulni qoʻllashga kirishdi. Nozik nuqtalarni bilgani uchun zarba bermoqchi boʻlib qoʻlini koʻtarmoqchi boʻlgandi hamki yigit unga kulimmsirab
--Meni nozik nuqtamga zarba berish orqali uhlatib qoyolmaysan
-Men bu haqida oʻylaganim yoʻq. Meni qoʻyib yuborsangizchii?!! Qizni asabiylashganidan rohatlanib qizni qoʻyib yubordi. Qiz hayajonlanib nafas olishga ham qiynalib qoldi. Koʻpdan beri nafasi qisishi qizni qiynab keladi ammo u shunchaki hayajon deb ahamiyat bermaydi.
Suinni qoʻyib yuborgach ichkariga. anjomlarini koʻtarib olgan Xaru kirib keldi. Ustida kiyimi yoʻq yigitni va bazoʻr nafas olayotgan Suinni koʻrib hayoli biroz chalkashdi va Suinga qarab bir koʻzini qisdi va bir qoshini tepaga koʻtarib "Tushuntirib berish kerakdir" maʼnosida qaradi.
-Notoʻgʻri tushunma men uni Jarohat oldi deb oʻylagandim ammo u jarohat olmabdi. Ammo uni kaltaklashgan kelganingga yarasha ogʻriq qoldiruvchi tabletka ber yoki ukol qil unga
-Hoyy siz emas men oʻjqiganman hamshiralik kursida nega menga doim aqil oʻrgatasiz
-Oʻzingiz shundaysiz Xaru shunday deb Suinga tilini chiqardi. Asboblari orasidan ogʻriq qoldiruvchi tabletka olib berdi.
-Buni ichib oling bir soatda ogʻriqlar bosiladi.Yigit Xaruga samimiy murojat qoldi va qoʻlidan tabletkani olib ichib oldi. Shu bilan bir qatorda ustiga kiyimini ham kiyib oldi. Xaru bilan koʻz urishtirib olgan Suin yigitga qarab soʻz boshladi.
-Agar ahvolingiz yahshi bolsa biz tepaga chiqaylik hali dadamga siz jarohat olmaganizni tushuntirishim kerak. Biroz qoʻpol ohangda soʻzlagan qizni gapini Xaru davom ettirdi.
--Janob unga etibor bermang oʻzi biroz qoʻpolroq aytganidek biz amakimga hali bularni tushuntirib berishimiz kerak agar qarshi boʻlmasangiz bizga tushuntirishda yordam bersangiz xursand boʻlardik. Xaru yoqimli tabassum qildi.
Qorongʻu xona. Atrofda son sanoqsiz kompyuterlar ulangan va ekranda faqat bitta odamni koʻrishga mushtoq boʻlgan koʻzlar. Shaharda kezyotgan minglab odamlar orasidan oʻziga kerakli qomatni izlayotgan qiz svetofor yonida qulogʻiga quloqchin taqqan holda telefon titkilab turardi. Boʻyi biroz past ammo ancha baquvvat koʻringan yigit hozir uni kuzatishayotganidan behabar edi. Svetoforni yashil boʻlishini kutib turganida piyodalar yurish uchun yonadigan chiroqlar birdan yashil rangga aylandi ammo hali yashil yonishi uchun vaqt bor edi. Sababi yashil qizilga almashganiga bir daqiqa ham bolmagandi. Odamlar nima boʻlganini tushunolmadi. Faqat qizgina yigitni holatini koʻrishni istab ekranga tikildi. Yigit tushunarsiz ifoda bilan atrofiga alangladi. Biroq koʻp oʻtmay ekrandagi qizni nigohlari yigitni nigohini tutdi. Ammo yigit qizni koʻrolmagani uchun kameraga qarab peshonasiga ikki barmogʻi bilan tegib keyin havoda uchirdi. Qiz uni qilgan ishiga jilmayib qoʻlidagi chipsni yeyishni davom ettirdi.
Janob Yan uyi. Yertoʻladan chiqayotgan qizlar va ularni ortidan chiqayotgan yigitni koʻrgan Janob Yan bir qiziga bir Xaruga va oxirida ularni yonida turgan yigitga qadaldi. Ancha gavdali boʻylari ham oʻrtacha uzun ham kalta ham emasdi. Yuziga qaragach koʻzi aralash yuzidagi chandiqni koʻrdiyu nimadir eslagandek boʻldiyu yuzi birdan oʻzgardi ammo tezda oʻzini oʻnglab boshqa xonaga chiqib ketdi. Qizlar Janob Yanni orqasidan xonaga kirgach hammasini tushuntirib berishdi. Janob Yan ham ularni ortiqcha siquvga olmadi. Otasini huzuridan chiqqan qiz yigitni yoniga bordi va oshxonaga yoʻl koʻrsatdi.
-Xaru sizga bergan dori ancha kuchli biror nima yeb olmasangiz qattiq taʼsir qilishi mumkinQizni harakatlaridan miyigʻida kulgan yigit yonlarida hech kim yoq boʻlgani uchun qizga biroz oʻyin qilishni hohladi.
-Mendan havotir olyabsanmi ishonsang ishon ishonmasang ishonma ammo seni hozir xotinim deb tasavvur qilib yubordim xoʻsh qarshi emasmisan
--Yoʻq yani qarshiman chunki yaqinda toʻyim naqd ikki oydan keyin 45 kundan soʻngYigit uning gaplarini eshitarkan oʻzida biroz afsuslanish hissini tuydiyu qizga sezdirmaslikka tirishdi.
-Sendek ilonga uylanayotgan yigitga ochigʻi rahmim keldi.
-Nima men ilon boʻldimmi hali hoy agar men boʻlmaganiimda oʻsha zah yerda haligacha ogʻriqdan oʻzinggizga kelolmay yotgan boʻlardingiz. Sizga yordam berganim uchun rahmatmi bu. Hozirgi odamlar qanaqa boʻlib ketishyabdi oʻzi yordam bersang ham bir balo yord.... Qiz gapini yakunlay olmadi lablariga tekkan issiq taftdan seskanib yigitni qancha itarsa ham yigit uni oʻziga jipslashga kirishgandek edi. Boya koʻrsatgan oshxona eshigi yoniga qizni iatfib borib bir qoʻli bilan qizni belidan ushlab bir qoʻli bilan eshikni ochdi va ichkariga kirgan zahoti qizni ikki qoʻlini boshi uzra koʻtarib boʻsasini davom ettirdi. Qiz qarshilik qilishi ham yigitga oʻzgacha zavq berardi. Lablarini tashnadek shimib oʻparkan. Qizni ogʻziga kirolmay qiynalayotgan bir vaqtda qiz lablarini ochdiyu ichkariga kirishga uringan tilni qattiq tishlab oldi. Yigit ogʻriq zoʻridan qizdan biroz uzoqlashdi. Lablarini yalab qizga tikildi. Qizni esa yana nafasi qisildi va koʻksini ushlab tez tez nafas olar bazida esa yoʻtalib qoʻyardi. Yigit uni ahvoli yaxshi emasligini sezgach sekin qoʻlidan tutib shu yerdagi divanga yotqizdi va boshiga nam sochiq bosib yuziga suv sepdi. Qoʻliga ham suvni berdiyu tinchlangunicha kutdi. Tinchlanib olgach qizga qarab ayyorona kuldiyu yuziga yaqin keldi Suin esa boyagi ish takrorlanmasligi uchun lablarini qoʻli bilan berkitdi. Lkn bu safar yigit qizni koʻzlariga qarashdan nariga oʻtmasdi.
-Seningcha sen lablaringni qoling bilan himoya qilsang men ularni ocholmaymanmiQarshi tarafdan sado ham yoʻq. Bir daqiqa sukut hukm surgan xonaga sakrab sakrab kirib kelgan Xaru ikkisini holatini koʻrib kulib yubormaslik uchun ogʻzini qoʻli bilan berkitdi. Ularni sekin ovoz chiqarmay kuzatarkan davomi nima boʻlishini koʻrishni hohlardi. Ammo yigitning Suinni koʻzlariga qarab aytgan gapidan keyin oʻzini koʻrsatishga majbur boʻldi.
-Eshik yonida kuzatib boʻlgan bolsangiz ichkariga kiring doktor xonim.Xaru xafsala bilan ichkariga kirarkan ularga yana oʻtgan safargi holati bilan yani bitta koʻzini qisib bitta qoshini qoqib savol nazari bilan qaradi.
-Biz yomon narsa qilganimiz yoʻq shunchaki opangni biroz mazasi boʻlmadi. Eshitgan gapidan soʻng hayrat bilan qoʻrquv aralash Suinga tikilgan qiz tezlikda yoniga bordi va yigitni turtib oʻtib opasini qolidan ushladi.
--Yoʻq hec qanday ogʻriq yoʻq shunchaki biroz HAVO YETISHMADI kesatish aralash yigitga qarab gapirdi.
-Ahir men sizga doringizni ichib yuring deganmanku nega hech ham oʻzingizga qaramaysiza opaa
-Xaru xavotirlanishni bas qil hammasi joyida qara men yahshiman.
-Xaru xavotirlanishni bas qil hammasi joyida qara men yahshiman.
-Ertagayoq yana tahlil topshirasiz opa bu bilan oʻynashib boʻlmaydi.
-Xaru hozir shu gap kirmaydigan qulogʻingga tarsaki tortaman keyin zora gaplarim qulogʻingga yetib borsa yahshiman dedim ahir Xaru Suin qilgan jahldan keyin oʻziga kelib opasiga qaradi. Chindan ham ancha yahshi. Xaru endilikda yigitga yuzlandi.
-Sizga opamni xonasini yonidagi xonani tayyorlab qoʻydim opamni oʻzi koʻrsatadi. Keyingi gaplarini Suinga qarata gapirdi qiz:
-Hozir yigitim keladi olib ketishga ancha kech boʻlib qoldi uyga borrishim kerak yahshi qoling oʻzingizga ehtiyot boʻling opa.Siz ham sol boʻling janob tuzalib keting Qiz shunday degancha yugirib goh sakrab oshxonadan balki uydan ham chiqib ketdi. Suin esa biroz vaqt ichida yigitga ovqat tayyorlab berdi. Yeb olgach Suin koʻrsatgan xonaga kirib biroz uhladi.
Yarim tun.Hamma uyquda. Koʻcha itlarning bir biriga ochakishib vovullashi mushuklarning bir biri bilan urushganda chiqadigan yovvoyi tovushlari bilan qoplangan. Qishloq aholisi uylarida tinchgina uhlashyabdi. Oʻsha uylarning birida bir yigit uyqusida alahlagancha gapirar edi-
Yoʻq kerakmas qanotlarimga tegmang ular oʻsib chiqishi uchun yana 1000yil kutishim kerak tegmang dedim tegmangg-,qattiq ovoz bilan gapirdiyu uygʻonib ketdi. Yonida turgan idishdagi suv stakanga ham solmasdan idishni oʻzi bilan ichib yubordi. Ammo bu ham chanqogini bosa olmadi. Oʻrnidan turgach xonasi yonidagi qizni xonasiga boshini suqdi va unga tikildi. Hayolida " Boʻlmaydi uni egasi bor" dediyu ortiga ham oʻgirilmasdan xonani eshigini yopib derazadan chiqdiyu qanotlarini yozib bir zumda 100lab kilometr masofani bosib oʻtdi.