Yugurib tor koʻchaga kirib qolgan qiz orqaga tez tez qarab qoʻyayotgani uchun oldidan kelayotgan bashang kiyingan yigitni koʻrmay qolib unga urildiyu yiqilishiga oz qoldi. Ammo oʻsha bashang kiyingan odam Suinni ushlab qola oldi. Suin yiqilish arafasida koʻzlarini yumib olgani uchun uni tutib qolishganini koʻrmadi. Koʻzlarini ochib qaraganida esa uni kelishgan yigit ushlab turardi. -Siiizz😳 Suin koʻzlarini.katta katta ochib gapirarkan yigit unga qarab hijolatomus jilmaydi. -Kechirasiz behosdan boʻldi. -Hech qisi yoʻq men sizning muhlisingizman Janob Min Yoongi iltimos men bilan rasmga tusha olasizmi dastxat ham qoʻyib bering. Iltimos iltimos iltimos... -Hoy sekinroq gapiring mayli qogʻoz ruchka bormi sizda --Yoʻq menda qogʻoz ruchka yoʻq lkn lablaringiz bilan dasxat qoʻyib bersangiz boʻladi -Yahshi uning uchun ham qogʻoz kerak boʻladi baribir -Qogozga emas... Haligi... Suin shunday deb barmoqlari bilan labiga tegib yerga qarab jilmaydi
Suin
Yoongi ham qizga imkon berib boʻsa olish uchun qizni yuziga egildi. Lablariga tegay deb turganida birdan Suin uni itarib yubordi va lablarini qoʻllari bn yopdi. Sal avval undan olingan qoʻpol bosa sabab uni menga tegishiga munosib emasman deb oʻylagan qiz undan uzoqlashib yugurib ketib qoldi. Yoongi esa unga qarab yovuzona jilmaydi. -Hali qoʻlimga tushasan oqqushimm Shu soʻzlarni aytdiyu mashinaga oʻtirib haydab ketdi. Haydayotganida keskin harakat qilgani uchun yarasi biroz qonashni boshladi. -Ayshsh kecha davolatishim kerak edi qaytganimda oyim qancha gapirgandiya
Min Yoongi
Flashback kecha: Uyiga qaytgan Yoongi Jungkook bilan boʻlgan suhbatdan ancha oʻziga kelgani uchun yotib dam olishni hohlab xonasiga kirdi. Ammo unga bugun tinchlik bermaslikka hamma tirishayotgandek onasi uni kutib oʻtirgandi. -Keldingmi oʻgʻlim nega ketib qolding nma boʻldi senga -Hech narsa boʻlmadi ona hammasi yahshi dam olmoqchiman iltimos xonadan chiqing -Ogllim oʻzinga ehtiyot bol hoʻpmi sen Black Swanni kelajagisan ahir -Oyi Black Swanni boshqaradigan odam bor men esa akam taxtga oʻtirgach oʻldirib yuboriladigan shaxzodaman holos -Hali hech nima hal boʻlgan emas. Bugun bor narsa ertaga yoq boʻlib qolishi ham hech gap emas. Oʻzingga hushyor bol --Oyii dam olmoqchiman chiqasizmi hozir siz bilan adi badi aytishishga holim yoʻq -Men sen bilan aytishish uchun emas seni kelajagingni hal qilish uchun keldim. -Qanaqa kelajak qanaqa hal qilish oyi menda kelajakni oʻzi yoʻq otam olamdan oʻtganidan soʻng bir hafta ham yashamaymiz buni bilasiz nafaqat men balki hamma ukalarim va akalarimni ham shu kun kutyabdi. -Unday boʻlmaydi ammangni qizi borku Mi Lian uni turmushga berishmoqchi ekanliklarini eshitib qoldim. Seni unga uylantirmoqchiman oʻgʻlim -Oyi Lian menga singlimdek unga hec qachon boshqa nazar bilan qaramaganman. Qaramayman ham unga boshqa shahzodangizni uylantirganingiz maʼqul men bir qizni men bilan baxtsiz boʻlishini hohlamayman. -Nega baxtsiz boʻlar ekan. Senga tegsa shukr qilsin. Boshqa shahzodalar kabi har tunni bitta kanizak bilan oʻtkazmaysan ular kabi koʻngilxushlik qilishga qiziqmaysan ham -Oyi men faqat sevgan ayolimga uylanaman. Sevmagan odamga uylansam birinchi kecha u uchun qancha qiyin oʻtishini bilasizmi? Menda hohish bolmasa ertaga tanasi yonib ketishinichi siz shularni oʻylab koʻryabsizmi oʻzi? Oyisiga jahl qilar ammo sal boʻlsada ovozini koʻtarmasdi. -Ogllim men.. -Oyi iltimos meni hozir jonim azoblanyabdi siz esa menga nima deyabsiz oʻzi -Mayli hec boʻlmasa tabib seni tekshirishiga qoʻyib ber -Oyi iltimos xonadan chiqing sizga yomon muomalada boʻlolmayman buni bilasiz meni majbur qilmang chiqing. -Hop oʻgʻlim ogʻriq bezovta qilsa chaqir hoʻpmi -Hop oyi hayrli tun -Tun qayerda qoldi allaqachon tong yorishay deyabdi.
Min Yoongi
Oyisini gapiga kirmagani uchun afsuslangan holda mashinasini koʻchada chang hosil qilgan holda haydab ketdi.
Ovqatlanib boʻlishgach qizni uyiga tashlagan Jungkook Black Swanga qaytar ekan hayoli Xaruga oʻzi haqida qanday aytishi va uni qanday qabul qilishi haqida oʻylardi. U Xaruga boʻlgan muhabbati sabab shu kungacha birorta ayolni toʻshagiga yaqinlashtirmagan. Onasi aytgani bilan befoyda edi. Unga uylanish uchun harakat qilar ekan. Xaru buni qanday qabul qilishini qancha oʻylasa onasi odam bolasini qanday qabul qilishini undan kam oʻylamasdi. Ikki oʻt orasida qolgan yigit doʻstidan maslahat olishga qaror qilib yoʻlida davom etdi. Black Swanning Yoongiga tegishli boʻlagiga oʻtarkan uni yoʻqligini va kutib tursa kelishini aytishdi. Jungkook esa Yoongini xonasida kutishni lozim topdi. U yerda oʻtirib Xaru bilan oʻtkan shirin damlarini esga oldi.
-Siz oʻsha qizga qaradingiz nima yubkasidan chiqib koʻrinib turgan oyoqlari shuncha chiroooylimidiki oʻtib ketgach ham koʻzingiz uni oyogʻida qoldi -Unday boʻlgani yoʻq uni ustiga oyogʻiga qaraganim yoʻq -Siz qaradingiz men koʻrdim siz qaraganingizni -Menga qara Xaru azizam men qaramadim deyabman ahir -Unda nima qildingiz men oʻz koʻzim bilan koʻrdim unga qaraganingizni -Men unga qaramadim hayolim senda qalbim ham koʻzim ham yuragim ham senda oʻzing ularni olib qoʻyib yana men hiyonatda ayblayabsanmi oʻgʻri xonim -Nimaaa men oʻgʻirlik qilganimni qayerda koʻrdingiz -Kormadim lekin his qildim. Sen meni qalbimni yuragimni hayolimni ogʻirlading. Yana oʻgʻrimasman deysanaa yolgʻonchi -Ha anaa anaa endi yolgʻonchiga ham chiqdim asta sekin hiyonat qilding ham dersiz balki boshqalar bilan..... -Asloo aslo bu tilingdan boshqa bu soʻz chiqmasin sen boshqalar yoʻq men borman uqdingmi. Gʻazabi qozigan yigit qizni lablarini koʻrsatkich va oʻrta barmoq bilan yopib burni burniga tegar darajada yaqindan shivirlab gapirardi. Uni shivirlashi Xaru uchun hamma ovozlardan ham balandroq eshitilardi hozir.
Jungkook
-Boshqalar haqida ogʻiz ochsang tilingni sugʻuraman. Boshqalarga qarasang koʻzlaringni oʻyaman. Oʻylasang miyyangni sugʻurib qaynatib yeyman. Boshqa odamlarni yoniga yetaklab boradigan boʻlsa oyoqlaringni chopaman. Qoʻl berib koʻrishsang qoʻling bilan butun tanangni boglayman. Zinhor meni yonimda boshqa degan soʻzni tilingga ola koʻrma.
Qiz ilk bor Jungkookni buncha jahli chiqqanini koʻrganidan hushi boshidan uchdi va yigit gaplarini tugatganidan song unga kipriklarini pirpiratib bir qaradi-yu hushidan ketdi.
Shularni oʻylab oʻtirgan yigit hatto Yoongini kelganini ham sezmadi. Yoongi esa uni nimalarni hayol qilyatganini bilish uchun unga tikilib otiraverdi. Hec narsani tahmin qilolmagach toqati toq boʻlgan yigit ichish uchun olib kelib qoʻyilgan suvni oldiyu Jungkookni yuziga qarata sepdi.
Jungkook
Jungkook birdan boʻlgan voqeadan esankirab atrofga alanglaganida Yoongi uni birdan itarib yiqitdiyu ustiga chiqib oldi. Qoʻllarini birlashtirib bogladiyu kursiga bogʻlab qoʻydi. Jungkook jahl bilan baqirarkan Yoongi unga parvo ham qilmay ishini davom ettirdi. -Nega kelding -Gaplashib olish uchun keldim har holda seni sogʻinganim uchun yoʻqlab kelmadim.
Min Yoongi
-Nima gaplashmoqchisan men bilan -Yech shu arqonni keyin aytaman -Yechmayman sen meni aytganimni qilmagan bir vaqtda men seni aytganlaringni qilaymi telbamisan -Nima boʻlsa ham qoning borda qonimga aralashgan -Asabimga tegma nima gap -Arqonni yechsang aytaman -Unda oʻtiraver -Hoy aka degan ham shunaqa boʻladimi -Aslida meni ham senga aytadigan gapim bor -Kel shu arqonni yech gaplashib olamiz Yoongi Jungkook bilan gaplashib olish uchun arqonni yechdi va xonadagi stol atrofida oʻtirishdi. -Aka men boshlay gapni -Seni shu bezliging hech qolmaydi a -Shu bezligim boʻlmasa qizlarni sevimlisi boʻlarmidim akaa -Suyulma nima gap gapir -Men bir qizni sevib qoldim -Tabriklayman kim u qiz? Seni toʻyingni boshlasak meni ham qulogʻim bir ikki oyga tinchirmidi -Ha uylanishgaku uylanaman. Lekin bitta kichikkina muammocha borda -Dushmanlarni qizi sevib qoldingmi, agar shunday boʻlsa bu muammochq emas gʻirt muammoni oʻzi --Yoʻq unday emas haligii u qizz haligiday -Chaynalmasdan gapirsangchi. Yoongini jahli chiqishni boshlaganini sezgani uchun gapni ochiq aytib qoʻya qoldi. -U qiz oddiy odam Yoongi eshitgan gapidan koʻzlarini katta ochib ukasiga qararkan nima deyishni ham bilmasdi. -Sen boshingga balo orttirishni hohlasang mayli lekin meni boshimga balo boʻlma yoʻqol sen gapirmading men eshitmadim endi esa ket -Yaa akaa men sizdan maslahat olishga kelsam siz meni haydayabsizmi unaqamasda endi oʻzingiz har doim jahlingiz chiqqanida men bilan suhbat qurganingizdan keyingina oʻzingizga kelardingiz demak men sizga ancha yordam berganman. Siz esa bitta maslahatni qizganyabsizmi yahshi emas - Yoʻqol ahmoq aql oʻrgatma menga oddiy odammish ammam senga ooddiy qizni olib beradi deb oʻylaysanmi? Shuning uchun yotogʻingga qizlarni kiritmayabsanmi -Unday emas men shunchaki bolalarim koʻp boʻlib boshqaruv uchun bir birini oʻldirishlarini hohlamayman bir onadan bolsa bir birini oʻldirmaydilar -Bekorlarni besh mingini yebsan qondosh aka uka boʻladimi bir onadan tugʻilgan boʻladimi baribir boshqaruv qoʻliga oʻtgan odam oʻzini joni uchun aka ukalarini oʻldirishga majbur Black Swan qonuni bu -Tupurdim bu qonunga -Yum ogʻzingni kimdir shu gapingni eshitib qolib seni Otamga yomonlasa nima boʻlishini bilasanmi -Juda yahshi bilaman -Ahmoq seni Black Swanga nisbatan qarshi deb odamlar orasiga quvishadi u yerda qancha yashay olaman deb oʻylaysan? Damlamasiz qancha umr kechirasan? -Oddiy odam turmush qurgan Black Swanlar uchun qanchalik foydali ekanligini bilasizmi? Yoki sizga bu haqida hech kim hech narsa aytmadimi --Hoʻsh nima foyda ekan oddiy odamdan -Oddiy odam bilan Black Swan turmush qursa ulardan dunyoga kelgan farzand oʻz aka ukalarini oʻldirmaydi, boshqaruv uchun ham kurashmaydi. Hatto oddiy odam bizdeklarni sevib qolib turmush qurishga rozi boʻlsa besh yildan soʻng oddiy odamlar bilan yashashga ham vaqt choʻziladi. -Nima senga ajratilgan vaqt yetamaybdimi --Yoʻq yetmayabdi sevgan qizim bilan vaqt oʻtkazishga yetmayabdi bu lanati chegara sabab ortga qaytishga majbur boʻlyabman. -Mendan nima hohlaysan -Onam bilan gaplashib tushuntiring aka sizni menda koʻra koʻproq yahshi koʻradilar ahir -Aljirama ona farzandini qolgan hammadan koʻra koʻproq yahshi koʻradi. -Hop gaplashasizmi -Ertaga gaplashishga boraman --Yoʻq aka bugun boring iltimos kutaverib charchab ketdim ahir -Menga qara meni sendan boshqa tashvishim yoʻqmi sen bilan kuni boʻyi ovora boʻlolmayman. -Hop aka unda ertaga ertalab gaplashing -Evaziga nima berasan -Hohlagan narsangizni -Yakkashox ovlab olib kelasan ammo oʻlmagan va yaralanmagan boʻlsin. -Aka bu nohaqlikku yakkashoxni yaralamay tutib boʻladimi? -Sevgilingmi yoki tirik yakkashox -Yahshi ammo ertaga olib kelishga vaʼda berolmayman. Bir hafta ichida olib kelishga harakat qilaman. -Kelishdik endi ket -Ertaga ertalab kelaman onam bn gaplashishing uchun seni uygʻotishga -Uyqumni buzsang gapimni gapirmadim deb hisoblayman -Men bilmayman soʻnggi gapingni eshitmadim ertaga ertalab kelaman Jungkook shunday deb yugurib ketarkan Yoongi orqasidan kulimsirab qoldi va uhlash uchun oʻrniga yotdi.
Min Yoongi
Yana oʻsha kompyuterlar bilan toʻlgan xona. Kompyuterlar markazida esa tekis sochlarini yoyib olib kimnidir kuzatyabdi. Ekrandan bir zum ham koʻz uzmasdan koʻrar ekan kuzatayotgan narsasi uni jahlini chiqarishni boshladi. Qoʻlidagi yeyotgan chipsni qattiq qutisiniaydalab yuborishgacha borgan qiz yigit haqida va uni yonidagi qiz haqida koʻproq bilishga intilardi. Yigitni taniydi. Hatto juda yahshi taniydi. Lekin nega uni kuzatishini oʻzi ham bilmaydi. Har kuni qandaydir ayollar bilan vaqt oʻtkazadigan bu yigitni kuzatib yonida paydo boʻlgan ayollar haqida maʼlumot toʻplaydi. Hozir ham yigit bilan kafega kirib ketgan qiz haqida maʼlumotlar toʻpladi. 20yoshda. Kim Seva Badavlat oilani oʻrtancha qizi. Va shu kabi maʼlumotlarni toʻpladi. Kafega kirayotganida qizda mayuslik aralash jahl bor esu. Chiqayotganida ikkisi ham mamnun holda bir biriga qarab kulib qoʻyishdi va ikkisi ikki tomonga ketishdi. Ari endilikda yigitga etibor bermay Seva ketgan tomon kameralarini tekshirdi. Qiz katta yoʻldan chiqib oxiri koʻrinmay qola boshladi. Ari esa uni ortidan borishni hohladi va boshiga kepka va niqob taqib qop qora rangda kiyinb oldi va kiyimiga mos krasivka kiyib olib mototsiklga minb haydab ketdi.
Yu Ari
Qizni ortidan uzogʻi 5daqiqada koʻrinmay qolgan yeriga borgach qaysi tomonga borishni oʻylanb turganida atrofida 10dan ortiq poyga mototsikllari paydo boʻldi va qiz tomonga bostirib borishni boshlashdi. Qiz chorasiz holda hammasiga bir bir qarab qoʻydi va shlemini yechib yoniga kelayotgan yigitni boshiga uloqtirdi. Mototsikl oʻtirgich yonidagi qattiq tayoqni oldiyu pastga tushib ular bilan urushish uchun tayyorlandi. Har bittasini kaltak bilan siylarkan qiz boladan kaltak yegani yigitlarga alam qilardi. Hammasini yerga yiqitib biroz nafas rostlash uchun yerga oʻtirganida kimdir keldiyu roʻmolcha bilan ogʻzini berkitdi. Hushidan ketganidan soʻng koʻtarib olib nariroqda qoʻyib kelgan mashinasi ichiga soldi. Mashina ichida ularni kutib oʻtirgan Seva esa yerga qarab kulardi. -Nega kulyapsan -Oʻzim shunchaki hech bir qizni ortidan yurmaydigan mashhur idol yigit bitta qizni ushlash uchun shuncha harakat qilsaya ochigʻi qoyil qoldim.
Park Jimin
-Ishing boʻlmasin --Yoʻq menga qara menga qiziqda bu qizni nima qilasan zoʻrlaysanmi oldirib tashlab ketasanmi. -Mashinadan tush va Arini mototsikilini haydab uyiga olib bor. Keyin meni uyimga kel. -Yana nima qilay aaa Park Jimin janoblari. Bu muomalangni ishchilaringga qilasan. Mototsiklga kelsak men seni malaying emasman sen minib kelganingni olib ketishim mumkin ammo qiznikini yugurdaklaringdan biriga olib ketishni buyur. -Qaysini bolsa ham olib menikiga bor. Bugun emas ertaga lekin -Qaysi biriga qasringgami yoki koʻp qavatli binoda joylashganigami -Koʻp qavatli binodagiga --Senda bir gap borrr menimcha sen uni tamini tatib koʻrishni hohlab uyingga olib ketmoqchisan --Senga bu yogʻi bilan ISHING. BOL-MA-SIN dedim Yigit gaplarini boʻgʻinlab gapirdi va qizni tushishiga imlab mashina eshiklarini ochdi. Qiz tushgach oʻz qasriga haydab ketdi. Yoʻlda ketarkan har zamonda orqa oʻrindiqdagi qizga qarab qoʻyardi. -Mening Black Swanimga hush kelibsan qora atirgulim.....
Park Jimin
Bir soatdan soʻng. Mashinani uyi oldida toʻxtatib ichiga kirdiyu oʻz xonasidagi shkaf ichini ochib raqamlar terdi va qizni koʻtarib olib tugʻilgan joyiga kirib bordi. U yerda ham hech kimga hisob bermasdan qizni yotoqxonasiga olb borib yotogʻiga qoʻydi va oʻzi yuvinish uchun chiqib ketdi. Yarim soatlarda qaytgan yigit yotoqda hec kim yoʻqligini koʻrgach xonaga ehtiyot boʻlib kirdi va eshik ortida uni qoʻlida guldon bilan qarshi olishga shay turgan qizni payqadi. Shu qadar tezlik bilan guldonni tortib olarkan qizni sochlari yigitni tezligi orqali vujudga kelgan shamolda yelpinb qoʻydi. --Meni urishga koʻzing qiyadimi qora atirgulim...