Qanotlarim ostida
Kichik va shinamgina uy. Bir birini qattiq yahshi koʻruvchi baxtli oila. Qizlarini hatto gard yurishidan saqlovchi ota. Otasidan qoʻrqish emas balki hurmat qilish kerakligini oʻrgatuvchi tarbiya qiluvchi ona. Va eshik ortidagi qingʻir qiyshiq yoʻllardan bexabar qizlar va endigina 5-sinfga koʻchgan bolakay. Bu oilani katta qizi maktabni bitirganiga deyarli uch boʻylabdi. Ikkinchi qizi ham bu yil bitirgan. Uchinchi qizini bitirishga esa hali vaqt bor. Janob Yan katta qiziga kelayotgan sovchilarni qizim hali yosh deb qaytarardi. Chunki uni yuz tuzilishi hamma qizlar kabi emasdi. Hattoki tarbiyasi va muomalasi ham qishlogʻidagi qizlardek emas. Sababi esa qizni onasi turk. Suin esa onasiga oʻxshaydi. Koʻzlari kattagina. Lablari ham shunga monand. Ammo unchalik qizil emas. Yuzi oʻrtacha kattalikda. Kulganida yuzining chap tarafida kulgich paydo boʻladi. Koreyada unga oʻxshagan qizlar unchalik koʻp emas. Deyarli uchramaydi ham. Maktab paytlari janob Yan Suin maktabda oʻqib yurgan paytlarida uni sinfdoshlari hatto katta sinfdagi yigitlardan himoya qilishiga majbur boʻlgan. Shuning uchun ham maktabni bitirganidan keyin oʻqishiga ruhsat bermadi. Suin taslim boʻlmay hec boʻlmasa tikuvchilikni oʻrganay deb turib olgach otasi noiloj rozi boʻldi. Ammo shunda ham mahalladagi tikuvchi ayoldan oʻrganishini talab qilgach Suin boshqa yoʻli yoʻqligini bilib rozi boʻldi.
Hozir ham tikuvchi ayolni uyiga borish uchun shoshilyabdi. Ertalab uhlab qolgani uchun nonushta ham qilmay ketayotgandi. Ammo oyisi uni urushib berdi.
-Ha sen yaramas qiz ertaroq turib nonushta qilib ketsang seni urushib beramanda aa "Nega bugun nonushta qilib qoʻyding" deb?!
-Oyijon ahir kech qolyabman. Hot dog tayyorlab oldim borgach Sejon opam bilan yeb olamiz
-Oʻzi yarim non chiqmaydi shu oʻlguring yana ogʻzingni toʻldirib "Birga yeb olamiz" deysana.
-Oyijon siz bugun chap tarafingiz bilan turdingizmi yoki meni yubormaslikka tirishyabsizmi aa.
-Oyi oʻtgan safar qilganlaringiz haliyam esimda.
-Oyi iltimos meni bilasiz dadamga aytib beraman sizni hozir ketishim kerak ahr
-Sen oʻzi shu tikuvchi xotinni uyiga borishni boshlaganingdan beri menga etibor qilish tugul hatto ertalab oʻzingga ham etibor bermayabsan. Nima qildi u senga shunchalik?
-Oyiiiii nima ham qilardi menga?! Iltimos oyijon chindan ham kechga qolyabman.
--Meni mazam boʻlmayabdi qizim bugun bormasangchi.
-Jonim onam meni oʻtgan safardan oldinggi safar "Mazam boʻlmayabdi" deb meni olib qolganizda dugonangizni oʻgʻli bilan uchrashuvga olib chiqqandiz;Undan oldin esa menga bozorlik qilishda yordam ber deb buvimni qoʻshnisini oʻgʻli bilan uchrashtirdingiz;Undan keyingisida esa qoʻshni ayolni ukasi uyimizga mehmonga kelib menga koʻz suzdi uni ham siz chaqirgandiz;Bularni hammasini dadamga aytib beraymi oyi yoki ketishimga ruhsat berasizmi?!. Kesatish ohangida gapirdi qiz. Yan xonim esa bu safar bahonasi oʻxshamasligini sezib unga chiroyli jilmaydi va ketishiga ruxsat berdi.
-Mayli qizim boraqol yahshi borib kel
-Hop oyi yahshi oʻtiring siz ham.
-Yahshi oyi keta qolay. Kech qolyabman.
Uyidan chiqib ketgach oyisi huddi qizini Sejon xola olib qoʻymoqchidek uni qizganishini eslab kulib qoʻydi. 10daqiqa yurib yurmay manzilga yetib kelgan qiz eshik ochiq boʻlgani uchun ichkariga kirib eng avval Sejon hola bilan biroz oʻynashishni hohladi va kimdirdan qochayotgandek qilib vahima bilan kirib keldi.
-Sejon opa Sejon opa yordam bering yordam bering iltimos Suinni baqirib kelishidan choʻchib ketgan Sejon qizni yoniga yugurib chiqib nima boʻlganini soʻray ketdi.
-Nima boʻldi senga Suin nimaga buncha baqiryabsan.?-Sejon opa meni.. m..meni quvib kelishyabdi iltimos yordam bering
-Qoʻrqma qizim biz uydamizku bostirib kela olishmaydi havotir olma. Qizga tinchlanishino aytib suv berdiyu ammo oʻzi qoʻllari qaltirashbi boshladi. Suin ham Sejonni ahvolini koʻrib yerga dumalab kulishni boshladi. Gap nimadaligini anglagak Sejon qizni yoniga borib ustiga chiqib olib qitiqlay ketdi
-Ha shumtaka hali senmi meni oʻyin qiladigan -, shu soʻzlarni aytib qizni ayamay qitiqlardi.
-Boʻldi Sejon opa taslimman boshqa qilmayman iltimos toʻxtangg-, qiz kulgidan oʻzini tiya olmay zoʻrgʻa tutilib tutilib shu gaplarni aytardi.
-Nega endi hali jazoyingni olmading. Qizni yanayam qattiqroq qitiqlay boshladi. Endi Suin ham bosh kelmay Sejonni qitiqlay boshlagandi. Uy ikkisini shodon kulgusiga toʻldi. Ikkisi ancha birga oʻynashgach holdan toyib toʻxtashdi va biroz dam olib Suin olib kelgan Hot Dogni va Sejon tayyorlagan shirguruchni yeb olishdi. Soʻngra buyurtma qilingan kiyimlarni tikishga kirishishdi. Suin hali yahshi bilmasdi ularni tikishni u har bir detalini Sejondan soʻrab keyin qilardi. Sejon ham erinmasdan hatto jahl qilmasdan hammasini Suinga oʻrgatardi.
Ular birgalikda ishlab kunni kech qilishganini ham bilmay qolishdi. Hatto tushlik qilish ham eslaridan chiqqan qizlar charchashgani bois biroz tin olib soatga qarashganida allaqachon soat 7bolganini koʻrishdi va Suin uyiga ketishga shaylandi. Ular bilan yana 2ta qiz ishlardi. Oʻsha ikki qiz Mina va Minsu dugona boʻlishgani uchun tushlik qilib kelishgandi. Ammo ularga hec nima demasdan ketishgandi. Hozir ham Suin ketishga harakat qildi ammo u ikkisi ketishga shoshilmadi. Shunda Suinni telefoniga sms kelganini bildiruvchi bildirishnoma ovozi yangradi. Suin telefonini yonida olib yurardi ammo tikishga qatnashni boshlagach undan deyarli foydalanmayman chalgʻitadi deb chekkada qoʻyib qoʻygandi. Hozir esa undan oldin Mina yugurib borib telefonni oldi va ekrandagi Sugani rasmiga qarab burun jiyirdi.
-Suin opaa nmaga shu sovuqni yahshi koʻrasiz Minsu ham gap nima haqida ketayotganini darrov sezib gapdan quru qolmay deb oraga suquldi.
-Chindan ham unda yahshi koʻrishga arzirli nima bor oʻzi
-Toʻgʻri aytasan Mnsu u Juda qoʻpol va hunuk
-Undan koʻra Jkni seving uni ekranga rasmini qoʻying
-Rostan ham hozir hamma uni sevib tomosha qilyabdi. Bu gaplardan Suinni jahli chiqib bichish stoliga bir musht tushurdiyu ikki qizga yeb qoʻygudek qaradi.
-Sen kimni sovuq deyabsan aa? Oʻzingni aftingni oynada koʻrganmisan? Kim qoʻpol ekan oʻzingni gaplaringni hec tahlil qilib koʻrganmisan? Kimni hunuk deyabsan? Sen mana shu sovuq qoʻpol va hunuk yigitchalik ham boʻlolmaysan! Yana uni sovuq hunuk deyishingga oʻlaymi?😏 . Qizlarga lab burib mensimagandek qaradi va davom etdi:
-Senlar birovni hunuk deyishdan avval sochingdagi yogʻni tozalab ol keyin kimgadir gap topsang yarashadi-,shu gaplarni aytish barobarida qizlarni yoniga borgan Suin ularga koʻrsatkich barmogʻini niqtab gapirdi.-Agar yana bir marta Yoongi haqida sovuq hunuk qoʻpol yoki shunga oʻxshash gaplar gapirganingizni eshitsam ikkingizni ham ayab oʻtirmayman. Gapini tugatgach Sejon bilan hayrlashib ikkisini turtib oʻtib ketdi.
Bugun kechqurun uyiga asabiy qaytgan Suinni koʻngliga ovqat ham sigʻmadi. Lekin dadasi oʻrnatgan tartibga koʻra "Iyagingda joning bolsa dasturxon boshida ovqatlan" ish kerakligi uchun biroz ovqatdan yegan boʻldiyu hamma tugatgach idishlarni yuvish uchun oshxonaga kirdi va tozaladi. Singillarim esa u yuvgan idishlarni artib taxlashardi. Hamma ishni tugatgach axlat tashlash uchun koʻchaga chiqqan Suin axlatni tashlayotib chayqalib chayqalib yugurib kelayotgan odamga koʻzi tushdi. Avvaliga uni mast deb oʻylab etibor qilmadi. Yomgʻir yogʻayotgani uchun koʻchada turishni hohlamay tezlik bilan ketayotganida oʻsha odam ingrab yiqilgani uchun qarashga majbur boʻldi. Qaragach esa shunchaki tashlab keta olmadi. Yoniga borib uni turtib koʻrdi. Shunda haligi odam Suinni qoʻlidan tortib ustiga qulatdi. Suin yiqilganida yigit ogʻriqdan ingrab yubordi. Qiz esa ingragan vaqtida yuziga qaragandi koʻzi aralash yuzidagi chandiqdan qoʻrqib ketdi. Ammo sezdirmasdan gap boshladi--Kechirasiz Janob men sizga yordam kerak deb oylab yordam berish uchun kelgandim. Suin kiyimidagi hoʻllikno yomgʻir sabab deb oylab biroz oʻrnidan turganida oʻsha odamning jarohat olganini koʻrdi.
--Janob Jarohat olibsiz. Shu paytda oʻsha odamdan sado chiqdi.
-Yordam ber ular kelishadi iltimos yordam ber.Qiz uni gaplarini tushunolmay unga termuldi qarasa yosh yigit edi. Uni turtib kim kelishi haqida soʻramoqchi boʻldi ammo endi foydasi yoʻq edi sababi oʻsha odam allaqachon hushini yoʻqotgandi. Suin esa begona uni ustiga yosh yigitni dadasidan soʻramasdan uyiga kiritishga qoʻrqib biroz oʻylandi. Shu vaqtda ketma ket kelayotgan mashinalarni ovozini eshitdi va yigitni qoʻlini yelkasiga qoʻyib bir qoʻli bilan belidan ushlab oldi va uyi tomon yoʻl oldi. Eshik yoniga kelganida esa uni allaqachon yopib qoʻyishibdi. Qiz yigitni eshik yonidagi devorga suyadiyu eshik qoʻngʻirogʻini chaldi. Eshikni onasi ochib hayron boʻldi. Bir devorga suyanib turgan yigitga qarasa bir qiziga qarardi. Suin " Keyin tushuntiraman " degandek ishora qildi va onasi bilan birgalikda Yigitni uyga olib kirishdi. Ichkaridan otasi chiqib qizini soʻroqqa tutdi.
-Bilmayman dada koʻchada yotgan ekan uni qidirib yurishibdi shekilli yordam bering deb hushini yoʻqotdi.
-Bu biror jinoyatchi yoki mafia boʻlsachi unda nima qilamiz.? Sen faqat oʻzingni yoki koʻchadagilarni emas singillaring va ukangni ham oʻylashing kerak.
-Ammo dada uni ham shu ahvolida yomgʻirda tashlab ketolmasdim.
-Yahshi qizim ertaga oʻziga kelganida hammasini qayta gaplashamiz.
-Yahshi dada. Qiz yana yigitni qoʻlini yelkasiga qoʻyayotganda soʻradi. Xaruga telefon qilib chaqirib berolasizmi ? Menmcha uni yarasi ogʻir edi.
-Yahshi qizim qoʻngʻiroq qilaman lkn sen uni yoniga bora koʻrma
-Hop dada siz telefon qiling men yertoʻlaga ketdim. Dada Min Hoga aytolmaysizmi kurashda foydalanadigan toʻshagini berib tursin. Har holda infeksiyadan saqlanishi kerak.