Game of Dangers
Ulkan va bepoyon Sahroi Kabir cho'liga ko'rk bag'ishlab turgan manzara, haybatli, zamon va makondan qo'rqmaydigan o'sha mashxur Piramidalar. Bir qarashda tushga o'xshaydi.
Mr. Kim: vanihoyat yetib keldik, hamma kerakli narsalarni o'zingiz bilan oldingiz shundaymi?
Mr. Kim atrofga nazar tashlab ularga biriktirilgan gidni axtara boshladi.
Miyeon: bolalar esdalik uchun rasmga tushaylik, qarang qanday ajoyib manzara!
Jeonghan: qani, hammangiz bir tekis turib oling, tabassum qilamiz tabassum, " Cheese"...
Aish bo'lmadi, qandaydur rasmiy bo'lib qoldi, Haein nega birov seni majburlagandek tushding?! Boshidan, "Cheese"...
Bu boshqa gap, ajoyib chiqdi,
Haein: qani ko'raychi, ahmoq bu yerda faqat o'zing ko'ringansan, boshqalar ekranga to'liq sig'ishmabtiku!
Jeonghan: noshukurlar, unda hammangiz o'zingiz hohlaganingizcha tushing!
Yiseul: Hae.. yo'q, Jisung meni suratga olib qo'y, manabu tepalikda
Jisung: yaxshi, o'zimni telefonimga olaman, qarshi emasmisan
Yiseul: keyin menga tashlab qo'yarsan.
Jisung har hilcha qilib uni suratga olarkan, Yiseul orqaga biroz tisarilgan ediki, xarsang toshga to'qnashib, pasga yiqilib tushdi.
Jisung: YISEUL!
U darhol Yiseulning ortidan tushdi, qolganlar ham qizning oldiga kelishdi.
Haein: ahvoling yaxshimi? Nima bo'ldi o'zi?!
Yiseulni mahkam bag'riga bosib, uni jarohatlangan yoki yo'qligini tekshirish uchun tanasini ko'zdan kechirib chiqdi. Zarb bilan yiqilgani bois oyog'i shikastlangan, tizzasi jarohatlangan.
Haein: Yo hudoyim! Kimda birinchi yordam qutisi bor, jarohatni bog'lash kerak!
Jungkook: M..mana menda bor, avval spirt bilan jarohatni tozalab, keyin bint bilan bog'la!
Haein bosh irg'ib huddi aytilgandek bajardi. Yiseul kuchli og'riqdan ingrab yuborgan zahoti Jisung uning qo'llaridan mahkam tutib oldi:
Tish, hozir o'tib ketadi, yaxshi bo'lib qolasan, menga qara, ko'zlarimga qara, endi esa chuqur chuqur nafas ol.
Yiseul: hh.hop, lekin oyog'imni qimirlata olmayapman
Hamma havotirdan bir birlariga qarab qolishdi.
Mr. Kim: qani bir ko'raychi , - qizning tovonini tekshirib, qimirlatib ko'rdi ,- og'riyaptimi?
Mr. Kim: sinmagan, payi cho'zilgan, malham surib, mahkam bog'lab qo'yish kerak, unga yordamlashasizlar, bir o'zi yurishga qiynaladi. Yiseul agar hohlasang sen shu yerda qolishing mumkin.
Yiseul: yo'q janob, shu yergacha kelib, ekspeditsiyaga qatnashmay qaytib ketolmayman axir, men yaxshiman bolalar
Jisung: senga o'zim yordamlashaman,
Yiseulning bir qo'lidan tutib ehtiyotkorlik bilan uni o'rnidan turgazdi va o'ziga suyab oldi.
Yiseul: demak endi mendan hafa emassan, yarashdikmi?!
Haein: jinnivoy, umuman olganda sendan hafa emas edim, shunchaki bundan buyon kechishing odatingni tashla
Yiseul: harakat qilaman, va'da berolmayman
Jungkook: bolalar ketdik, 1 chaqirim narida bizni gid kutib turgan ekan, hozirgina xabar oldim
Mr. Kim: uni ko'p kuttirmaylik,
Sunwoo: aytgancha, Haein qo'lingdagi sumkalarni ber o'zim ko'tarib olaman.
Uning kutilmagan murojatidan Haein savol nigohida qaradi va indamay, mamnuniyat bilan yelkasidan ryukzaklarni yechib, unga topshirdi.
Professor Kim va talabalarni sayyohlik agentligi gidi kutib oldi.
(Pov Avtor: Gid bilan muloqot ingliz tilida bo'lyapti)
Gid: Hayirli kun! Hush kelibsiz!
Gid: dastlabki qiladigan ishimiz, ichkariga kirish uchun ruxsatnoma chiptalarini olishimiz kerak edi. Ammo men avvaldan barchangizga chiplarni tayyorlab qo'yganman, mana marhamat, qabul qilib oling! Hammaning chiptasiga ism sharifi yozilgan.
Gid talabalarga chiptalarni tarqatarkan, Jungkook o'z chiptasini qo'liga olgandan so'ng, qiziqsinib so'radi:
Haligi, bilamizki uchburchak ichidagi ko'z ramzi "Illuminat" tashkiloti ramzi hisoblanadi, bu chiptalarda nega aynan bu ramzlar bor?
Gid: "Illuminat" va uning " Mason"lari o'tmishda qolib ketgan, bu yer aholisi orasida shunchaki bu kabi ramzlar ommalashib ketgan, e'tibor bersangiz hatto libos, uy-ro'zg'or buyumlarigacha bu ramzlar tushirilgan.
Jungkook: yaxshi, dizayni o'ziga tortar ekan.
Gid tasdiqlagandek bosh irg'ib qo'ydi va Maqbaralar tomon yo'lishdi.Bulutlar bilan hamnafas, go'yo osmonni o'pib turgan Piramidalar va Sfinks haqida ma'lumotlar berib borardi. Asosiy maqbara Fir'avn Xeops Dahmasiga yetganda ulkan darvoza oldida yetganda Gid to'xtadi va chiptalarni kirish eshigi oldidan skanerdan o'tkazib birin-ketin ichgariga kirishlarini aytdi. Gid yo'l boshlarkan, tobora maqbara qa'riga kirib borishar, ulardan biroz orqada Jisung va yaralangan Yiseul bir-birlariga tirgak bo'lgan holda harakatlanar edi.
Jisung biroz bo'lsada Yiseulning kayfiyatini ko'tarish maqsadida yelkasidagi ryukzagiga ishora qilgan holda:
Yigitning yelkasidan tutgan qo'li orasidan bir qoshini tepaga ko'targancha savol nigohi bilan ryukzakka qarab qo'ydi :
Sen uchun zarur buyumlar bo'lsa kerak
Yiseul: hozir sen uchun fol ochib beraman rozimisan?
Jisung uning ko'zlariga yana biroz maftun bo'ldi. Chunki ular ikkisining ko'zlari orasidagi masofa qisqa, Yiseulning yaralangani Jisungning foydasiga ishladi, bir tarafdan. Endi unga yanayam yaqinroq bo'ladi. Safar chog'i g'amxo'rlik qiladi, fursat topib tuyg'ularini izhor qilishi ham mumkin. Kim bilsin, balki, Yiseulda ham Jisungga nisbatan hissiyotlar uyg'onar? Turli hayollar og'ushiga yana cho'kib ketgan yigitning tarqoq hayollari Yiseulning ovozi tufayli jamlandi.
Yiseul barmog'ini Jisungning ko'ziga yaqin olib kelib shaqirlatdi:
Jisung: hhmm, hullas, sumkamda sen uchun maxsus yeguliklar olganman, anchaga yetadi. Uni boshqalarga bermasdan faqat ikkimiz yeyishimiz ham mumkin.
Yiseul: Yo Hudoyim! S. Sen! Bilasanmi kimsan?! Hozir men uchun farishtaning o'zisan! Sh.shoshma, shoshma! Sen qachondan beri menga bunchalik mehribon bo'lib qolding?
Jisung sir boy bermaslik uchun: endi tezroq harakat qilishimiz kerak boshqalardan qolib ketib, adashib qolmaylik! ....
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Po'mpalolarim Ep 5 maqqul keldi degan umiddaman, bugungi sayohatimiz shu yerda tugadi.