October 7

Game of Dangers

EPISODE 2

Mr.Kim qolgan masalalarni sayohat davomida ko'rib chiqamiz, agar bishqa savollar bo'lmasa, ketishingiz mumkin. Jamadonlaringizni yig'ishni boshlang! Hammangizni soat 7da aeroportda kutaman, 8da uchib ketamiz, endi esa ketishingiz mumkin...

...Uchib ketish kuni.

Haein allaqachon aeoportga vaqtidan oldin yetib kelgan edi. Oxirgi 10 daqiqa ichida Yiseulga 98 marotaba qo'ng'iroq qildi.

Haein: qayerda yuribtiyaaa bu qiz? Hozir boraman deganiga 1 soat bo'ldi.

Ikki qo'lini bo'g'lagancha yer tepinib turarkan, yon tarafdan sevimli ichimligini uzatgan qo'lni ko'rgach, ortga o'girildi.

Haein: aka?!

Jungkook: nega bir o'zing ketib qolding, qolaversa hali erta ?

Jeon Jungkook

Haein ichimlikni akasining qo'lidan olib, qopqoni ochganida idish ichidan mayin gazli pufakchalar otilib chiqdi, undan ho'plab ichdi va "ahhh" tortib, yuzini yengi bilan artgan holda.

Yiseulni deb erta chiqqan edim., - dedi va telifoniga qarab qo'ydi, unga 32chi javobsiz xabarini yozdi.

Junkook: ho'sh qayerda o'sha uyquchi malika, sumkangga berkinib olganmi?

Haein: akaaaa, ayb menda emas, qarang 32chi xabarni yozayapman, javob yo'q, lekin o'rganib ham qolganman,

Junkook: ancha sabrliman degin! ,- yuzi burushib turgan singlisiga qarab, o'zini kulgudan to'tatolmagach, Haeinni ham kulgusiga sababchi bo'ldi.

Jungkook: nonushta ham qilmagandursan, qani ketdik, mening ham qornim och

Haein: qanday qilib inson bu qadar ikkiyuzlama bo'lishi mumkina?

Junkook: gapingga sal tushunmay qoldim?!

Haein: boshqa qizlar oldida o'zingizni sovuqqon, bee'tibor tutasiz, aslida esa umuman boshqa insonsiz

Jungkoo: tiish, singiljon, buyog'i kattalarning ishi

Haein: kattamushaa? Atiga bir necha soat oldinroq tug'ilgansiz, - unga teskari o'g'irilib, yaqin atrofdagi kafe tomon yo'l olgan ham ediki, yo'lning narigi tarafidan taksi to'xtab va naqd ikki jamadon yuk bilan Yiseul tushdi. Haeinni ko'rib uzoqdan qo'l silkab baqirdi:

Hoooy, telefonim quvvati tugab qolibti, senga javob berolmadim, kelinglar yordamlashing

Yiseulning ahvolini ko'rib, Jungkook o'zini bosib tura olmadi, bir qo'li bilan og'zini yopgancha qiqirladi keyin esa tizzasiga urib, hoholab kulishni boshladi. Haein ikkisi unga e'tibor bermay kafega kirib ketishdi.

Yiseul: H,.Hooy, nima qilyapsiz? M.Meeenchii?

Erta tong bo'lgani sabab yo'l tirbant emas, mashinalar ham kam, chamadonlarini bitta bitta sudrab yo'lning bu tarafiga o'tib oldi,

Yiseul: sotqin, xiyonatkorlar, bularni shu yerga tashlab ketolmayman, o'zim bilan ham olib ketolmayman, aaaish jin ursin,

Jisung: hoy, Aqlli kim bilan gaplashyapsan?,

To'satdan yelkasiga urulgan qo'l sabab cho'chib ketgan qiz, bor alamini Jisungdan ola boshladi, uni boshi, qo'llari, yelkasi, duch kelgan yeridan yengil tarsakilar bilan siyladi.

Jisung: hoy, axmoq, shunchaki yordam bermoqchiydim, bas qilsangchi!

Jisung

Yiseul: gapni shundan boshlash kerak edi, manabu ikkisini olsang bo'ldi

Jisung: oddiy ekspeditsiya shuncha yuk olsang, sayohat uchun butun uyingni ko'tarib olsang kerak!

Yiseul: bu gapingni eshitmadim deb hisoblaymiz, ketdik - yuklarini ishonchli qo'lga topshirib o'zi Jisungdan oldinlab ketdi...

Biroz vaqtdan so'ng qolganlar ham birin-ketin kela boshlashdi. Hamma kelishilgan joyda yig'ilib Mr.Kimni kutib turishardi.

Miyeon: Darvoqe, yigitlar! Jeon egizaklari qayerda qolishdi?

Miyeon

Universiterda Haein va Jungkookning yaqin do'stlari ularni Jeon egizaklar deb atashar edi. Miyeonning bu savolini eshitiboq Yiseul:

Bu sotqinlar meni yuklarim bilan tashlab o'zlari ovqatlangani ketishdi, yaxshiyamki Jisung menga yordamlashdi.

Jisung: kxm, kxm, Sunwoo Haeinga qo'ng'iroq qil, bu yerga kelishsin.

Yiseul: shoshmachi, unga o'zim qo'ng'iroq qilaman

Jisung: sening telefoningni quvvati o'chmaganmidi?

Yiseul: aishsh , yaxshi o'zing qila qol.

Jeonghan: ana u yerda turgan yuklar kimniki? Kimdur ko'chib ketayaptimi?

Jeonghanga qo'shilib qolganlar ham Yiseulga qarab uning ustidan kulishdi. Tabiiyki, bu vaziyatda Yiseul ulardan jahli chiqib, yuzini burib oldi.

Jeonghan: hafa bo'lma, bizni bilasan, shunchaki hazillashamiz, - qo'lini uni yupatish uchun qizning yelkasi tomon cho'zgan ham ediki, Jisungning nigohlari uni to'xtatib qoldi, unga javoban "ho'p" deganday ikki qo'lini ko'tarib qo'ydi.

Sunwoo: Haeinga qo'ng'iroq qildim, kelishyapti, endi kimdur Mr.Kimga qo'ng'iroq qilsin, soat 7:30 samaliyot nechida jo'nab ketar edi?

Jeoghan: 8 da edi adashmasam

Jeonghan

Aka-singil do'stlari safiga kelib qo'shilishdi.

Jungkook: hamma yig'ildi, to'g'rimi? Janob Kimdan xabar yo'qmi?

Sunwoo: 5 daqiqada yetib kelar ekanlar, xabar qoldiribdilar.

Seun: demak, hayajonli onlar, tantaram- tadaaam, nihoyat uchib ketamiz, taxminan necha soat uchar ekanmiz?

Jungkook: Shimoliy Afrika va Janubiy Koreya o'rtasidagi masafani hisobga olsak, taxminan 10 soat uchsak kerak

Seun: zerikmaymiz degan umiddaman kimda qanday reja bor?

Yiseul: qolganlarni bilmadimu, meni qornim ochdi, 10 soat och o'tiramanmi, DAXSHAAAT!,- hayratdan ikki kaftini yanoqlariga yopib oldi

Jisung: Yoo Hudoyim! Bolalar 7 kishini o'zi ekspeditsiyaga borsak nima deysizlar, bu yerda bir kichikgina " yuk" ni qoldirib ketar edik?!

Miyeon: honey, tashvishlanma, parvoz vaqtida tamaddi qilish uchun sneyk berishadi albatta,

Mr.Kim: Hayirli tong bolalar! Kutib qolmadingizmi?

Jungkook: Sizga ham hayirli tong, Janob.

Mr.Kim: Chipta va shaxsiy hujjatlaringiz tayyormi?

Jeonghan: albatta, Janob

Mr.Kim: Hamma tayyor bo'lsa, birma bir ichkaridan registratsiyadan o'tishni boshladik!

Bolalar o'z o'rinlariga joylashayotgan paytda Yiseul Haein bilan o'tirmoqchi bo'lib, uning oldiga kelgandi, ammo Haein hali uni kechirgani yo'q, shu sabab unga teskari qarab oldi. Ularning ro'parasidan joy egallagan Jisung esa Yiseulni chaqirib olib, yonidagi o'rindiqqa joylashtirdi. Sunwoo kelganida esa unga pichirladi: Haein bilan o'tir! Sunwoo bosh irg'ib, rozilik bildirdi.

Sunwoo: Haein bu yer bo'shmi?

Haein: BU YER BA'ZI BIROVLARDAN TASHQARI BARCHA UCHUN BO'SH ,- deya Yiseulga eshittirdi.

Jungkook qo'lida ikki kishilik qahva bilan Seunning oldiga kelib joylashdi.

Seun

Hammadan oxirida kelgan Miyeon yon atrofdagi o'rindiqlarga qarab bo'sh joy izlar edi, hamma joyalashib bo'lgan.

Jeonghan: Miyeonaa, kel bu yer bo'sh,

Miyeon: yaxshi!

Mr.Kim talabalarga yuzlanib:

Hammangiz qulay joylashib oldingizmi?

~ Ha, Janob!

Unday bo'lsa, parvozni boshlaymiz, miriqib hordiq chiqaring, - deya o'zi ham joylashib oldi...

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Po'mposkalarim😁 2-chi qism tugadi. Eksklyuziv voqealarga yetib keldik azizlarim, keyingi qismlardan boshlab voqealar rivoji tubdan o'zgarishi sizlarni qalbingizdan joy olishiga ishonaman, tezroq chiqishi uchun esa reaksiya va koment ko'p bo'lishi kerak.

Haligi aytadiyu, sizdan ugina bizdan bugina deb!

AVtor: Hannie