ASTRAL
UNMEI: shunchaki kuzat! Boshqa chorang ham yo'q, qo'lingizdan hech nima kelmaydi!
Jusi hali hanuz hushsiz yotar, tepasida Astral undna ko'zmay o'tirar edi.
YUKIRO devorga suyancha sukut saqlardi, UNMEI esa sabrsizlikdan xonaning u burchagidan u burchagiga toqatsiz borib-kelardi. Jusining ongida esa uning ruhi va SINA ruhi chiqishi olmas edi.
Pov Jusi: ko'zlarimni ochgim kelyapti, ularning hamma gaplarini eshitib turibman, ammo javob qaytarolmayman, hatto barmoqlarimni ham qimirlata olmayapman, huddi zanjirband qilib qo'ydandeksan, menga nima qilding o'zi?
SINA: shunchaki tanang hozir mening nazoratim ostida, sen hozircha hech narsa qilolmaysan.
Jusi: nima uchun? Sendan so'rayapman nega meni va boshqalarni UNMEI jazolayapti?
SINA: buni shunchalar bilishni istaysanmi? Unda eshit, sening eng katta aybing o'zboshimcha ekanliging, sen faqat o'zini o'ylaydigan egoistsan! Senga boshqalar hayoti qiziq emas, faqatgina o'z hayoting haqida o'ylaysan, va yana bilishing kerak bo'lmagan olam haqida keragidan ortiq ma'lumotga ega bo'lib olding, biz haqimizda bu olam haqida tirik bo'la turib xabar topding? Seningcha sen yashashga arziysanmi? Eng alam qilarlisi nima aytaymi! Men va UNMEI qanchalik istasakda seni o'ldira olmayapmiz, nega bilasanmi? Chunki seni Oliy Ruh himoya qilayapti, garchi o'ldira olmas ekanmiz, bunga o'zingni majbur qiladigan holatga olib kelaman !
Jusi: mayli roziman, menga nima qilsang ham mayli, ammo hech qachon o'z jonimga qasd qilmayman! Meni istaganingcha azoblashing mumkin, lekin nega YUKIRO va Astralni qiynayapsiz? Bunga men aybdormanmi?
SINA: YUKIRO bilan mening ishim yo'q! UNMEIning ham chunki insonlar taqdirini hal qilishda ikkisining roli katta, ammo Astral...
SINA: u bir chala ruh, UNMEI necha yuz yillardan beri erisholmagan qudratga bu chala ruh 1 kechada erishib oldi, taqdirning tuhfasi emish! Uning rejasi Astralni bu olamdan nima qilib bo'lsada ketkazish, balkim butunlay o'liklar olamiga ravona qilar, u shuni ko'zlab yuribdi, sen esa bizning rejamizga tayyor qarmoq bo'lding!
SINA: hoy, axmoq qiz, nima ko'rmayapsanmi? Astral seni sevadi, seni qanchalik himoya qilayotganini o'z jonini xatarga qo'yayotganini nahotki ko'rmayotgan bo'lsang?
Jusining tanasi shu zahoti uyg'ondi. Ammo ruhi emas, tanani SINA ruhi boshqarar edi...
U ko'zlarini ochishi bilanoq Astral uni bag'riga bosmoqchi bo'ldi ammo SINA uni zarb bilan o'zidan itarib yubordiki, ustunga borib qattiq urildi. Bu voqeani ko'rgan UNMEI:
Va nihoyat uyg'onding, azizam! Hosh yangi tana senga yoqdimi?, - deya uning oldiga keldi.
Astral o'zini tezda o'nglab oldi va SINAni o'zining baquvvat qo'llari bilan bo'g'ib:
Jusiga nima qilding? U nega uyg'onmadi?
SINA: q.qo'yib yubor, unga hech nima qilmadim.
Astral: agar hoziroq uni uyg'otmasang, o'zim seni o'ldiraman!
SINA: o'ldirolmaysan! Tana o'lishi mumkin, ammo men boqiy mavjudodman!
G'azabdan battar bo'g'gan holda :
SINA: b..buni men qilolamayman, o'z i..irodasiga bog'liq, q..qo'yib yubor, Jusi ham qiynalishi mumkin axir!
Astral: la'nati iblis, - uni qo'yib yubordi.
UNMEI: bo'ldi bas qiling! u to'g'ri aytyapti, uyg'onish Jusining o'zini qo'lida.
Topshiriqga keladigan bo'lsak, meni diqqat bilan eshiting! Bugun o'lishi kerak bo'lgan inson So Mahim, bugun u 40 yoshga to'ladi. Kechki soat 21:45 da o'z uyida nafas yetishmovchiligidan vafot etishi yozilgan ekan. Ixtiyoringizda 8 soat vaqtingiz bor. Qani otlaning! SINAginam nima qilishni bilasan, ammo bir muommo bor, agar Jusining ruhi uyg'onib qolsa, sizlarga halaqit berishi mumkin, eslatib o'taman bu inson aytilgan vaqtda, aytilgan joyda va aytilgan sababga ko'ra shu bugun vafot etishi shart, muommo chiqadigan bo'lsa, leyin hammasi chigallashadi.
SINA : Xo'jayin, axir men bu ishni birinchi marta qilayotganim yo'qku!
UNMEI senga ishonaman, ammo Jusiga...
Astral Jusini o'z nazorating ostiga ol! Sizlarni ozod qilishim uchun muommo chiqarmanglar! Endi esa boraqoling!.....
Gavjum shahar ichida qotil va ikki olam orasida sarson qolgan ushbu ikki ruhni hech kim payqamaydi. Mashinalarning shovqini, insonlarning turli ovozi, mayin shabboda, velosiped signalining ovozlari, kichkintoylarning harhasha qilib yig'layotgani, Astralda allaqanday nastalgiya uyg'otdi. Tiriklar olamini, bu dunyoni sog'inganini angladi. Ko'zlarini yumib o'tmish xotiralari oqimiga g'arq bo'ldi : maktabga chiqqan ilk kuni, onasining mazali taomlari, sevimli o'qituvchisi, birinchi muhabbati, o'rta maktabdagi sho'xliklari, barcha barcha ko'z oldida birma bir gavdalanardi. Yaxshi xotiralarni unutib bo'lmaydi, va ularning ortidan tabiiyki, yomonlari ham eslanadi, Yomon xotiralar umrbod xotiraga muhrlanadi: kollej vaqtidagi kamsitilishlar, nochorligi sabab o'qishni tashlab pul topish uchun ertayu kech tinimsiz mehnat qilgani, tengdoshlari doimiy tarzda unga bosim o'tkazib, zo'ravonliklar qilishgani, qo'lini kesishga majbur qilishgani bu xotiralar ham birin ketin o'z oqimiga burib ketardi. Qiyinchiliklarga qaramay Universitetga o'qishga kirgani, ammo arzimagan xatosi sabab avtohalokat uyushtirib uni yo'q qilishmoqchi bo'lgani, lekin omadi kelib 1 yildan beri shifoxonada komada yotgan tanasi haqida o'ylay boshladi...
SINA: turgan joyingda uxlab qoldingmi?
Uning bu savoli Astralni xotiralar oqimidan uyg'onishga sabab bo'ldi.
Astral: shunchaki, bu yerlarni sog'inibman.
SINA: hissiyotlarga vaqtimiz yo'q! 7 soat qoldi, So Mahimni topishìmiz kerak.
SINA: Qurbonga duch kelganda men uni darhol sezaman. O'limi yaqin insonlarni payqay olaman. Menga ishonaver!
Astral: senga savolim bor edi.
SINA : Bu haqda yo'l yo'lakay gaplashib olamiz!...
Uzoq kuttirilgan 10 qism, fikrelani bildirasizlar degan umiddaman!