October 20

Game of Dangers

EPISODE 3

Episode 3
Hammangiz qulay joylashib oldingizmi?

~ Ha, Janob!

Unday bo'lsa, parvozni boshlaymiz, miriqib hordiq chiqaring, - deya o'zi ham joylashib oldi...


Haein erta turganligi sabab hech kimga e'tibor bermasdan qo'llarini bo'g'lab olib, uyquga ketdi. Sunwoo esa unga termulib o'tirar edi. Haein uyqusirab boshini qimirlatdi va uzun sochlari yuziga tushib, uni to'sib qo'ydi, bundan bezovtalanganida Sunwoo uning sochlarini quloqlari orqasiga ohista o'tkazib qo'ydi. Haein shirin uyqusida Sunwoo esa unga tikilishda davom etishdi...


Yiseul o'tirgan o'rnidan bezovtalanib, turmoqchi bo'lganda Jisung uni to'xtatib:
Hoy, nima qilayapsan? Hozir parvoz vaqti, turish mumkin emas!


Yiseul: sumkamni olmoqchi edim, bo'yim yetmayapti, olib ber?! Iltimoos
Uning bu qarashlarini inkor eta olmay, qoidani buzib bo'lsa ham Yiseul aytgan sumkani unga olib berdi.
Jisung: buni nima qilasan?
Sumkani ichini uzoq titkilab, qidirgan narsasini topdi :
TOPDIM!
Jisung: n.nima bu, shokolad?! , u o'zini kulgudan tutib tura olmadi. Sen shu uchun meni ovvora qildingmi?
Yiseul indamadi, va shokolad bo'lakchalarini har birini zavq bilan yeya boshladi.
Jisung: menga-chi?, bermaysanmi?
Yiseul chuqir ho'rsinib, yutunib oldida tili bilan lablarini yalagan holda Jisungga yuzlandi.


Yiseul: Menga qara agar yana bir marotaba yegulik borasida ustimdan kulsang, jiddiy aytyapman mendan yaxshilik kutma! Boshqalar nima deyishsa ham indamayman, Haein ham bu haqda biladi, sen esa bundan buyon ustimdan kulmaysan, tushundingmi?
Uning qat'iy gaplari va jiddiy nigohlari Jisungni biroz havotirga soldi.
Jisung: Hop, meni kechir, shunchaki hazillashmoqchi edim.
Yiseul javobsiz ko'zlarini yumib oldi, Jisung esa undan ko'zini uzmay:
Haein biladi deding, u nimani biladi, biron muommoying bo'lsa bemalol menga ham aytishing mumkin, seni eshitishga tayyorman!
Yiseul: shunchalik bilging kelyaptimi?
Jisung: albatta, ichingdagilarni aytsang yengil tortasan
Yiseul: m.menda ochlikka fobiya bor
Jisung: ya'ni?
Yiseul: bu g'alati eshitilishi mumkin, ammo men och qolishdan juda qo'rqaman, ya'ni qornim ochsa butun tanam zirqirab og'rib sovuq ter chiqa boshlaydi, ba‘zida hushimni yo‘qotishim ham mumkin, shuning uchun har doim o'zim bilan yegulik olib yuraman.

Jisung

Jisung: buni yashirmasliging kerak edi, bizni kechir! Seni bekor hafa qilibmiz, menda ham fobiya bor, buni hech qanday qo'rqinchli joyi yo'q!


Yiseul: senda qanday?
Jisung: Tripofobiya


Yiseul: mayda teshikchalar meni ham bezovta qiladi,


Jisung: ha aynan, ammo sendagi fobiya nimaning asorati? Bilsam bo'ladimi?


Yiseul: 6 yoshligimda onam vafot etganidan so'ng otam menga tarbiyachi yollagan edi, otam xizmat safariga ketgan vaqtlari u menga deyarli ovqat bermas edi, maqsadi mendan qutulib, barcha mulkimizga egalik qilish bo'lgan ekan, hatto 6 kun meni yerto'laga qamab qo'ygan, na suv va na ovqat, hech birisiz 6 kun tasavvur qilyapsanmi? Otam kelganlarida meni hushsiz holda yerto'ladan topganlar, necha kun o'sha ahvolda yotganimni eslay olmayman, menga aytishmagan. Hullas mening ham o'zimga yarasha kichik hikoyam bor,


Jisung: qani kel o'zimga, - uni mahkam quchib olmoqchi bo'ldi-yu, ammo hafsalasi pir bo'ldi.


Yiseul: hoy, aqldan ozdingmi?


Jisung: aa. Shunchaki , _ boshini qashlab, - sen bilan anchadan beri do'stlarmiz, ammo sen haqingda deyarli bilmas ekanman, gaplaring meni biroz to'lqinlantirib yubordi.


Yiseul: bo'ldi unut, Haein bu haqda biladi, ayni damda u bilan arazlashganmiz, uuffff zerikib ketdim, hamma o'zi bilan o'zi ovvora , bu yosh honimni qaranglar, _ Haeinga ishora qilib, _ miriqib uxlayapti, men esa yo'q!


Jisung: unda sen ham uxlashing mumkin


Yiseul: ammo, qanday, o'rindiqni orqaga yotkizolmayapman, sozlagich qotib qolibdi.


Jisung: ko'raychi, o'zim sozlab beraman.
U qo'llarini Yiseulning ustidan o'tkazib sozlagichni buray boshladi, rostan ham qotib qolibdi, ayni damda ularning orasida masofa bir necha santimetr holos, Jisungning issiq nafasi Yiseulning yuzlariga ufurib turar, ko'zlar to'qnash kelgan, ikkisi ham bir birining ko'zida o'z aksini ko'rishardi. Jisung uning ko'zlariga qaragan har bir lahzada unga g‘arq bo'lib, cho'kishni boshlagan edi. O'rindiq sozlagich ortga buralib, kutilmaganda o'rindiq va unga qo'shilib Yiseul ham ortga yotdi, Jisung ham hayollarini yig'ib noqulay vaziyatda chiqish uchun :
Ana bo'ldi, endi uxlayver, -- dediyu teskari qarab oldi.


Sunwoo ham Haeinga tikilgancha uxlab qolgan edi, Haein ko'zlarini ochib atrofga nazar tashladi, Janob Kim va Jungkookdan tashqari hamma uyquda. Ular allanimalarnidur muhokama qilib ketishmoqda, ularning suhbatiga sekin quloq soldi.
Mr. Kim: Taxminan 2 soatdan so'ng samalyot yoqilg'i almashtirish uchun yerga qo'nadi, biroz o'tib yana yo'lga chiqamiz, Jungkook sen talabalarni o'z nazorating ostiga olasan,


Jungkook: tushundim, Janob.


Pov Haein: Phhh, endi bizga u yetakchi bo'ladimi? Tavbaa, akam avval o'zini eplab olsin omadsiz haligacha bironta qiz bilan uddalab gaplasha olmasa, bu kelishgan yuz bilan, uning o'rnida o'zim bo'lganimda edii, dunyo taniydigan yulduz bo'larmidim?! Ehh, --peshonasini qo'llari bilan yengil uqalab o'tirarkan, Sunwoo alahsirab uni chaqira boshladi. Ovozi pastligi sabab Haein unga yaqin kelib quloqlarini tutdi va
Haein: meni chaqirdingmi? Biror gaping bormi?
Sunwoo ko'zini ochmagan holda: iltimos men bilan qol!
Haein: nimalar deyapti bu ovsar! alahsirayapsan, uyquda har baloni valdirayvaredimi hech!
Sunwoo ko'zlarini ochdi va Haeinga qarab ikki qo'li bilan uning yanoqlaridan tutdi va lablarini o'zinikiga bosdi. Bularning bari soniyalar ichida sodir bo‘ldi. Tipirchilab qochmoqchi bo'lib qilgan harakatlari Sunwooning mahkam quchgan baquvvat qo'llari sabab bloklandi. U butunlay Sunwooning asiriga aylandi. Janob Kim bilan suhbatlashib o'tirgan Jungkookning o'tkir nigohlari bu ikkisiga tushdi va shu zahoti:
HOY NIMA QILYAPSIZ! ,_ deya ularni to'xtadi,

Sunwoo darhol Haein qo'yib yubordi, uni o'zidan itarib, qo'llari bilan yuziga yengil tarsaki tushura boshladi. Haein bo'lib o'tgan vaziyatdan hanuz shok ahvolda bir nuqtaga termulgancha, qo‘li bilan o‘g‘zini mahkam yopgancha qoldi.

Jungkook o'rnidan turib, Sunwooning qarshisiga keldi, : BU NIMA QILGANING? SINGLIMDAN NIMA ISTAYSAN, AHMOQ? , _ deya unga musht tushirdi.

Sunwoo


Sunwoo: k.kechir, ,_ bosh barmog'i bilan labidan sizib chiqqan qonni artarkan,_ men alahsirab, uy.uyqisirab, bilmay qoldim,


Jungkook: ODAM HECH UYQUSIRAB KIMDANDUR BO'SA OLADIMI??


Mr. Kim: tish, hoy bolalar o'zingizni bosing, parvoz vaqti o'rnidan turish mumkin emas, Jungkook, joyingga qayt, nima muommoyingiz bo'lsa tushgandan so'ng hal qilasizlar!

Jungkook Haeinning qo'lidan qo'pollik bilan tutib o'rnidan turgazdi va Seunning oldiga o'tkazdi.

Haein: a.akaa, nimalar qilyapsiz!

O'zi Sunwooning oldiga joylasharkan:

Sen bilan yosh honim keyin bafurja gaplashib olamiz, AHMOQLAR, NIMA QILIQ BU!

O'zini asabiy ko'rsatishga urunmasin baribir uning yoqimtoy yuz ifodasi Haeinning tabassumiga sababchi bo'ldi. Ammo sezdirmaslikka harakat qilib, teskari o'girilib ko'zlarini yumib oldi.

Seun: akangdan hafa bo'lma, u seni rashk qilyapti, bu tabiiy holat.

Haein: bu ishni men atay qilmadim, anavi la'nati Sunwooni deb men baloga qoldim.

Pov Haein: sendan hech kim maslahat so'ragani yo'q, indamay o'tirsang bo'lmaydimi? Akamga zulukdek yopishib olgan suvilon! Hozir yana bir og'iz nimadur desa, bor alamimni shundan olaman! La'nati Sunwoo alahsirash bahonasida mendan bo'sa oldimi?! AHMOQ! Meni yoqtirarmikan?

Pov Avtor: darhol ortga Sunwoo o'tirgan o'rindiqa qaradi, unga biroz tikilib turdi ammo nigohlarini akasining g'azab aralash qarab turgan nigohlari chekladi, va unga tilini chiqargacha yana teskari o'girilib oldi.

Pov Haein: buni tekshirish kerak, lekin menday qizni yoqtirsa didi chakki emas! Shoshma nega men u haqida o'ylayapman? Bu bola meni aqldan ozdiradi! Qilgan ishini qaranglar!

Haein

Shovqin surondan ko'zlarini ochib, chuqur esnab olgan Jeonghan atrofdagilarga birma bir nazar tashlab chiqdi.

Jeonghan

Jeonghan: shu yerda ham tinchlik yo'q! Doim nimadur chiqarmarishmasa bo'lmaydi bular! Nima bo'ldi o'zi Miyeon?

Miyeon: Hullas Sunwoo uyqusiirab Haeindan bo'sa olibti, Buni Jungkook ko'rib qoldi va unga musht tushirdi, endi esa yaqin do'stini hafa qilib qo'ygani bois uning oldiga o'tirib olgan, ammo har doimgidek o'zini jiddiy ko'rsatishga urunyapti.

Jeonghan: n.nnimaa, - o'zini tutolmay ularga qarab kulishni boshladi, - men qanday qilib shuncha narsani o'tkazib yubordimaaa! Eeh!

Tizzasiga urib qo'ydi va Miyeonga yuzlanib:

Kxm, kxm, ha mayli, bilganini qilishsin! Hali samalyot qo'nishiga ancha bor, balki bironta film tomosha qilib ketarmiz?!

Miyeon: noutbugimda deyarli sen ko'radigan janrdagi filmlar yo'qda! Mendagilar hammasi cruel fantastik filmlar, ko'ra olasanmi?

Jeonghan: mm.mayli zerikmaslik uchun reklama bo'lsa ham ko'rgan bo'lardim.

Miyeon: yaxshi, qani ko'raylikchi nimalar bor ekan...

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Uzooooq kuttirilgan EPISODE 3 nihoyat nihoyasiga yetdi😁

4-Episode da yo'qotishga tayyor turing😉 ammo kimni? Bu haqda fanfic davomida bilib olasiz,

AVTOR: Hannie