October 5

Game of Dangers

Episode 1.

Seoul National University

O'quv yilining so'ngi semestri va bitiruvchi 4-kurslarning allaqachon o'z uylaridek qadrdon maskanga aylangan Universitetdagi so'nggi o'quv yillarini ham tugatish arafasida turishibdi.

Diplom ishi yuzasidan ma'ruza boshlanishiga 20 daqiqa vaqt borligi sabab, shu fursatdan unumli foylanib qolish maqsadida, katta zalning oxirgi qatorlaridan birida qo'llarini stol ustiga yostiq qilgancha Yiseul miriqib orom olar edi. Shu payt eshikdan, bir dunyo yegulik va ichimlik ko'tarib kelgan, uning eng yaqin dugonasi Haein kirib keldi. Tabiiyki, dugonasining bu ahvolini ko'rgan istalgan Haein kabi qitmir qizlar ularning oromini buzishga urunishadi. Qo'lidagi yeguliklarni atayin ovoz chiqarib, stol ustiga qo'ydi, ammo Yiseul qimir etmay uyqusini davom ettiraverardi. Bundan qoniqmagan Haein Yiseulning qulog'iga yaqin kelib :

JANOB KIM KIRDILAR, O'RNINGDAN TUR! , - deya baqirdi. Cho'chib uyg'ongan Yiseul, to'zg'igan sochlarini tartibga keltirgan holda atrofga alangladi, ammo bu yerda o'zi va Haeindan boshqa hech kim yo'qligini ko'rgach:

Yiseul

Hoooy, - chuqur nafas olib, esnagan holda, - aqldan ozdingmi? Atigi 20 daqiqa uxlab olmoqchiydim. - deya aigolay boshladi. Lekin bu uzoqqa cho'zilmadi, chunki mazali shirinliklar hidi uning uyqusini ochib yubordi.

Yiseul: mmmm, vaqtida keldingiz mening do'mboqqina, shiringina shirintoylarim, - endigina bittasiga qo'l uzatgandi ham, qo'liga tushgan yengil tarsaki sabab, ishtiyoqi so'ndi.

Haein: bularni senga bermayman!

Yiseul: qo'ysangchi, yosh bola bo'lma! Axir 4-chi kursmizaa, uyalsang bo'lardi, o'z dugonangdan ham qizg'onasanmi?

Haein: buni darrov arazlashini qaranglar! Senga bermay kimga ham berardim, jinnivoy, shunchasini o'zim yeya olmaymanku?!

Yiseul: undaaa bu boshqa gap!....

Haein

Maruzalar zaliga birin ketin barcha talabalar to'planishdi. Xonaga Janob Kim va bir nechta xodimlar kirib kelishdi.

Mr Kim: Hayirli kun talabalar! Sizlarga mamnuniyat bilan shuni aytmoqchimizki, hammangiz bitiruv ostonasida turibsizlar, Arxeologiya fakulteti sizlarga o'tgan 4 yil davomida ko'plab bilimlarni ulashdi va siz ham bundan qoniqdingiz degan umiddamiz! Orangizda 8 nafar omadli talaba diplom ishini yoqlash uchun ekspeditsiyaga chet elga, Universitet tomonidan jo'natilishi kutilmoqda.

Ushbu omadli 8 nafar talabalarni sizlarga o'qib eshittiramiz, hamda ismi chiqqan talabalarni bu yerga, bizning oldimizga tushishlarini so'rab qolamiz!

Mr.Kim

Ro'yxatni o'qib eshittirsam:

  1. Jeon Jungkook,

Yiseul: hoy, Haein seni akangni aytishdimi? Nima u shunchalik aqllimidi? , - deya Haeinni turtib, masxara qila boshladi.

2. Park Seun

3. Kim Sunwoo

4. Cha Miyeon

5. Han Jisung

6. Cho Jeonghan

7. Lee Yiseul

8. Jeon Haein

Marhamat talabalar, bu yerga kelishingizni so'raymiz!

O'z ismlarini eshitgan qizlar hayratdan bir birlariga qarab qotib qolishgan edi;

Haein: akamni aqlli deb kulayotganmiding? Mana endi biz ham shular safidamiz! , - ikkisi ham kulishib, o'nilaridan turishdi va aytilgan joyga qolgan talabalar bilan birgalikda borishdi.

Qolganlar esa ularni qarsak chalib, hursandchilik ila tabriklay boshlashdi.

Mr. Kim: Sizlarni bu yerda ko'rib turganimizdan hursandmiz! Ekspeditsiyamiz olis Misr mamlakatiga bo'ladi! , - barcha auvonch va hayajondan qarsak chala boshlashdi. Va Janob Kimning birgina qo'l ishorasi bilan hamma tinchidi. , Hamda ushbu ekspeditsiya rahbaringiiiiz.., ho'sh kim bo'ladi deb o'ylaysiz?

~bilmaymiz, Janob!

Mr.Kim: albatta Menda! Sizlarga o'zim rahbarlik qilaman. Endi esa Aziz talabalar biz sizlarni tark etamiz, siz sakkiztangiz men bilan yuring, sizlarga to'liqroq ma'lumot berishimiz kerak...

Yo'l-yo'lakay hamma bir-birini savolga tutib ketarkan, Haein o'z egizag akasi bilan bir jamoada ekanliginga ishongisi kelmas edi.

Pov Haein: Hmmm, Jungkookdek odam bunday ekspeditsiyalarga qanday rozi bo'ldi ekana? U judayam kibrli ko'ringani bilan o'z singlisiga mehribon, ammo o'ta ketgan surbet! O'ylaymanki, bu qiziqarli sayohat bo'ladi!

Yiseul: nimalarni o'ylayapsan?

Haein: shunchaki,

Yiseul: bilasanmi men Misr haqida juda ko'p kitoblarda o'qiganman, juda ha qiziqarli tarixga ega, ayniqsa million yillardan beri qad ko'tarib turgan Piramidalar har doim meni lol qoldirgan.

Haein: bu haqda men ham bilaman, Piramidalar qadimgi Misr Fir'avnlari o'zlariga atab qurdirgan maqbalardir.

Qizlarning suhbatini eshitib, ularga qo'shilgan Sunwoo Haeinga qaragan holda:

Haein eng boy Fir'avn esingdami?

Yiseul: MEN bilaman! Bu Tutankhamon edi. Ha ha huddi o'zi

Ularning suhbatiga Jisung ham aralashdi, Sunwooning yelkasidan tutgan holda:

Sfinksning uzunligi-chi? Kim biladi?

Yiseul: bu ham ossonku, 20 metr

Jisung uning boshini mahkam qo'llari orasiga qisib olib, hazilomuz tarzda, Yiseulning boshini qashladi va:

Sen buncha aqlli bo'lmasang-aa? Adabingni berib qo'yaymi?

Yiseul: aah, sochlariiim! Qo'yib yubooor. Bugun nima hammangiz aqldan ozdingizmi?

Sunwoo: Jisung uni tinch qo'ysangchi, bularni ko'rgan odam haliyam yosh bola deb o'ylaydi...

Yo'lak oxiriga yetganda, Janob Kim talabalarga yuzlandi:

Mr.Kim: Bolalar mana bu xonaga kiring!

Hamma birin ketin joylashib olishdi,

Mr.Kim: hozir sizlarga kerakli ma'lumotlarni aytib o'tmoqchiman. Biz Misrda taxminan bir oy bo'lishimiz mumkin. 2 kundan so'ng yo'lga chiqamiz. Chipta va Vizalar Universitet tomonidan tayyorlanib ertagayoq sizga taqdim etiladi. O'zingizga kerakli bo'lgan buyumlaringizni hozirlashingiz mumkin. Savollaringiz bo'lsa berishingiz mumkin.

O'qituvchi talabalarga yuzlanarkan, Seun va Yiseul murojat qilishdi.

Seun: Bizga gid yoki tarjimon yollanadi shundaymi? Biz u yerda qaysi tilda gapirishni bilmaymiz.

Mr. Kim: albatta, bizni aeroportdan tushganimizda maxsus hodimlar kutib olishadi. Senda qanday savol bor Yiseul?

Yiseul: bizga u yerda qulay yotoqxona va oziq ovqat bo'ladi, shundaymi?

Uning savoliga Jisung va Sunwoo baland ovozda kulib yuborishdi. Hatto Janob Kim va boshqalar ham o'zlarini tiyib tura olishmadi.

Yiseul: axir, men hammamizni o'ylayapmanda! Shinam yotoq va mazzali taomlarga nima yetsin, to'g'rimi Haein?

Haein yuzini undan berkitib, kulgancha teskari qarab o'tirardi:

Ayni damda men seni tanimayman, uyaltirding ahmoq, savolni qara?! , - deb shivirlab qo'ydi.

Mr.Kim qolgan masalalarni sayohat davomida ko'rib chiqamiz, agar bishqa savollar bo'lmasa, ketishingiz mumkin. Jamadonlaringizni yig'ishni boshlang! ...

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

1- episod tugadi. Xato va kamchiliklar uchun uzr. Zerikarli bo'lmadi degan umiddaman, fikringizni izohlarda qoldiring!

Avtor: Hannie.