Game of dangers
Hamma jim, o'z ishi bilan ovvora, kimlardur film tomosha qilayotgan bo'lsa, kimlardur miriqib orom olyapti, yana boshqalari esa bir-biridan arazlab sukut saqlab ketishmoqda. Janob Kim talabalarga yuzlanib, barchaga murojaat qildi:
Hosh bolalar, 30 daqiqadan so'ng samalyot yoqilg'i alishtirish uchun qo'nadi, 40 daqiqadan so'ng yana parvozni davom ettiramiz. Sizlarga Jungkookni biriktiraman, uning aytganlariga quloq solasiz.
...Samalyotga yoqilg'ini alishtirib bo'lgach, yana yo'lga chiqishdi.
Jungkook: do'stlar, bugun yarim tunga qadar manzilga yetib boramiz, hozir soat, ho'sh , - qo'l soatiga qarab qo'ydi va ,- 20:00 zerikmaslik uchun kimda qanday g'oya bor? Balkim qandaydur o'yin o'ynarmiz?
Mr.Kim: ajoyib fikr ! Bolalar qanday taklif bildirasiz?
Jeonghan: balki qo'shiq ijro qilarmiz?! Jisung gitarangni o'zing bilan ol degandim, umid qilamanki, iltimosimni yerda qoldirmagansan!
Mr. Kim: Jisung gitara chalishni bilasanmi?
Jisung: ha, bunga bolaligimdan qiziqaman, Jeo sen iltimos qilasan-u men yo'q deymanmi?! Albatta olib kelganman.
Jeonghan: ko'tarib kelganingni boshimga uramanmi, bizga ijro qilib berasan, bu buyruq!
Jisung: yaxshi, yaxshi nima desang shu! Yo'q deb ko'raychi bunga tirik qo'yarmikan?
Jeonghan: endi bizga hofiz kerak!
Hamma barobariga kulib yuborishdi,
Miyeon: shuni chiroyliroq aytishni iloji yo'qmi? Masalan, kim qo'shiq aytishni istaydi? Desang bo'ladiku
Sunwoo: NIMAA? M.Mmeni qo'limdan kelmaydi.
Jungkook: biz musiqa konsertida emasmiz, shunchaki 2 qator aytsang yetadi, shunchaki zerikmaslik uchun, rozimisan deb so'rab o'tirmayman!
Sunwoo: yaxshi
Jisung gitarasini olib chalishni boshladi, bir necha soniyalardan so'ng unga Sunwooning ovozi hamohang bo'ldi. Uning ijrosi, ovoz ohanglari shu qadar tasirli ediki, uni eshitayotganlarning hayollarini har hil oqimlarga olib ketdi.
Pov Haein: ko'zlarimni ochmay, o'zimni majburlikdan uyquga solib yotibman-u, lekin Sunwooning ovozini eshitib negadur butun vujudimni titroq egalladi, huddi yupun kiyimda sovuq havoda qolgandek etim jimirlab ketyapti, Sunwooning qo'shiq aytishga qobiliyati bor ekanligiga 4 yil birga o'qib endi e'tibor beribman. Haqiqattan ham yoqimli ovozi bor ekan. To'xta to'xta, nega men u haqida o'ylayapman, bugun juda ko'p o'ylab yubordim. Bu ahmoqning qilgan ishini o'ylayverish tabiiy holat aslida, yaramas! Hayollarimdan chiqib ket! Lekin, balki uni yoqtirib qolayotgandurman?! YO'Q! yo'q yo'q aslo, bemani hayollarga berilma! Balki chindan ham bo'lib o'tgan ish shunchaki alahsiraganligi uchundur, u umuman menga befarq bo'lishi ham mumkin...
... tun yarimlab qolgan, samalyot ham tobora yerga yaqinlashmoqda, uzoq vaqtli parvoz nihoyasiga yetish arafasida. Aeroportning uchish yo'lagidan ortidan iz qoldirgancha "South Korea- North Africa" reysli samalyot muvofaqqiyatli manzilga qo'ndi. Yo'lovchilar birin ketin maxsus zinadan tushgach, yengil mashqlar bilan mushaklarni yoyib, toza havodan chuqur-chuqur nafar olishdi. Yengil shabada yuzlariga ufurib, uyqularini uchirdi va tetik-bardam holda mehmonxonaga yo'l olishdi...
Mehmonxonada registratsiya qilgach 2ta xonaga : qizlarga hamda Janob Kim bilan yigitlarga, 2 ta kalit olishdi. Jungkook kalitlarni topshirarkan, Janob Kim:
miriqib dam oling! Ertaga soat 9da hammani shu yerda kutaman, bizga sayyohlik agentligidan gid yollangan, u bizni eskpeditsiya hududida kutib oladi. Hamma o'ziga kerakli narsalarni olsin, o'zingiz uchun yegulik ham oling, chunki maqbaralar ichiga kirib borganimiz sayin qiziqishimiz ortib tobora pastlab ketamiz bu tabiiy hol, ortga esa kechqurun qaytishimiz ham mumkin. O'ylaymanki ajoyib taasurotlar bilan qaytamiz. Hammada cho'ntak fonar va asosiysi yaxshi sozlangan kameralar bo'lsin. Endi esa hammaga hayirli tun!...
Erta tong...
Qizlar tunda sumka, jamadon va yuklarni eshik oldida qoldirib, bazo'r yotoqqa yetib kelishgan edi, soat 9ga yaqinlashib bormoqda, ammo hech biri uyqudan turmagan. Yigitlar esa aksincha, aslida Janob Kim bo'lmaganida ular ham qizlardan battar dong qotishgan bo'lar edi. Jungkook qizlarni uyg'otish uchun eshikni taqillatdi, hech kim javob bermadi. Eshik oldida 10 daqiqacha ularni uyg'otmaguncha taqillatib turaverdi, Seun ko'zlarini ochib, qizlarga birma bir qarab chiqdi. Hushini yig'ib, allaqachon tong otganini va anchadan buyon eshik taqillayotganini fahmladi va darhol: HOZIR HOZIR 10 DAQIQADA CHIQAMIZ!
QIZLAAAAR UXLAB QOLIBMIZ, 9DAN O'TIB KETIBTI, JANOB KIMNI OLDIDA UYATGA QOLDIK,
Hamma birdek ko'zini ochdi, Janob Kimning ismini eshitgan zahoti hamma o'rnidan turib tayyorgarlik ko'rishni boshlashdi...
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Yorobun, chagilarim ozimi, Episode 4 shu yerida tugadi. Ba'zi sabablarga ko'ra kam bo'lib qoldi, ammo davomi tez orada chiqishiga vada beraman.