January 8

Beautiful sadness

26 qism

Oradan 5 oy o'tdi.

Hananing qorni ancha kattalashgan oy kuni ham tez orada kelardi. Hananing qorni kattargani sari uning xotirasi yomonlashardi. Buni Taehyungga sezdirmaslikka qanchalik urunmasin bildirib qo'yardi. Taehyung bu haqida so'raganida homiladorligini bahona qilardi.

Tushlik vaqti.

-Taehyung juda semirib ketibman. Qarang qornimni qanday kattalashibdi)

Tarhyung bu gapga qotib qotib kuldi. O'zini kulgudan zo'rg'a tiyib:

-tug'ishingga 2 hafta qoldiyu semiribman deysanmi)

-tug'ishimga?)qiz hayronlik bilan

-ha. Unutdim dema faqat. Hazilniyam bobladingda)

Hana gapni burishga urundi. U bu safar kichik narsalarni emas aksincha muhim narsalarni unutayotgan edi.

-ha hazillashdim)qiz ham majbur kuldi.

-haligi Taehyung...)yigitga bo'lgan qo'ng'iroq gapni buzdi.

-hozir shoshmay tur)yigit javob berish uchun boshqa honaga o'tdi.

Bir necha daqiqada qizni yoniga qaytgan yigit uning oldiga o'tib oldi.

-nima demoqchi eding azizam)qizni yuzini yengil silab.

-sizga aytadigan gapim bor)

-xo'sh qulog'im senda)

-haligi men....haligi...anavi...)

-chaynalmay gapir)

-men kasalman)tez gapirdi qiz.

-qanaqa kasalsan)

-kun kelib barcha narsani unutaman. Sizni ham bolamizni ham, bu uyni ham va barcha xotiralarni ham)qiz yig'lamsirab gapirdi.

-buni bilaman)yigit hafsalasiz uh tortdi.

-nima)egilgan boshini keskin ko'tardi qiz.

-hammasidan xabarim bor)

-unda nega...)

-seni aytishingni kutgandim. Seni xafa qilishni istamagandim)qizni ko'tarib tizzasiga o'tqizdi yigit.

-endi nima bo'ladi. Men nima qilaman. Unga qanday qarayman) Hanani ko'z yoshlari otilib chiqardi.

-hammasi yaxshi umid bor. Senga hech narsa bo'lmaydi. Barcha narsani unutsang qayta o'rgataman, xotiralarni unutsang qayta yaratamiz va bolamizga kelsak ona mehri baridan ustun men ishonam sen bir bo'lagingni unutmaysan)qizni ko'zlarini o'zinikiga qaratdi yigit.

-biz uddalaymiz)oxirida qo'shib qo'ydi.

Hana ho'ngrab ho'ngrab yig'lay boshladi. Yuzini yigitning ko'ksiga qo'ydi.

-kechiring...kechiring meni Taehyung)

-bunday dema bunga sen aybdor emassan)yig'lamsirab gapirdi yigit ammo o'zini ushlab turdi.

Kech kirdi. Hana haliyam yigitni ko'ksiga yuzini ko'mgancha turardi. Taehyung uni yupatganday bo'lib yelkasini silardi. Hana uxlab qoldi. Yigit qizni yotoqxonagacha ko'tarib bordi. Yotoqqa sekin qo'yarkan, o'zi Hananing ro'parasidagi devorga suyanib o'tirdi. Qo'lini boshiga qo'yib tinmay la'natlardi. Nimani buncha la'natalayotganini o'zi ham bilmaydi. Bir tizzasini ko'tarib ikki qo'li bilan sochlarini to'zg'itardi. Endi u ham ko'z yoshlariga erk berdi. Ilk bora 8 yildan beri ilk bora u yana yig'ladi. Hanaga qaragani sari yuragi ezilar,ko'z yoshlari ortardi.

-endi nima bo'ladi. Men nima qilishim kerak. Nega yosh qiz buncha azob ko'rishi kerak.
Yo xudo nega bunchalik katta yukni faqat uni yelkasiga tashlaysan. Chidolmasachi...o'ziga nimadir qilsachi. Ji ursin... Jin ursin barini)

Erta tong

Belida biroz og'riq bilan uyg'ongan qiz tinmay ingrardi. Taehyung qizning g'ingshiyotganini sezib oldiga bordi.

-nima bo'ldi Hana)

-Taehyung belim juda og'riyapti. Chidolmayapman)

-nega nima bo'ldi. Hoy)

-shifokor....shifoxonaga olib boring meni ahhh)

-hozir....hozir...)yigit sarosimaga tushib qoldi. Telefonini oldida haydovchini chaqirdi.


-hammasi yaxshi azizam. Biroz chida)Taehyung qizni qo'lidan operatsiya xonasigacha tutib bordi.

-hech qayerga ketmang. Bo'lmasa sizni o'zim o'ldiraman)

Qizni olib kirib ketishdi. Operatsiya bir necha soat davom etdi. Taehyung bu vaqt ichida koridorda u yoqdan buyoqqa yurardi. Qo'llari beixtiyor qaltirar yonidagi odamlarni eshitmasdi.

Sokhyun tinmay ukasini tinchlantirishga urunardi.

-hammasi yaxshi bo'ladi. O'zingni bos)

Operatsiya xonasi eshigi ochildi. Shifokor chiqdi. Taehyung uni ko'rishi bilan oldiga yugurdi.

-nima...nima bo'ldi...)hovliqqancha.

-hammasi yaxshi o'tdi. Tabriklayman qizlik bo'ldingiz)

Taehyungning yelkasidan tog' tushib ketgandek o'zini yerga tashlashiga o'z qoldi.

-lekin...)shifokor davom etdi.

-nima...nima bo'ldi onasiga nimadir qildimi)

-bemor farzandini tan olmayapti)

-bu nima degani. Tan olmayapti degani nima)

-u farzandini unutgandek harakat qilyapti. Bu bola meniki emas deb baqir chaqir qilyapti)

-nima..)Taehyungning ko'zlari kattalashdi.

-oldiga kirsam bo'ladimi)

-ha albatta)

Taehyung operatsiya xonasiga kirdi. Xona markazida tinmay tipirchilayotgan xotinini ko'rib yuragi og'ridi. Kichkina qizaloq esa hali onasini hidini sezgan emas. Taehyung avval farzandini bag'riga oldi. So'ng xotini tomon qadam bosdi. Uning oldiga bordi. Unga biroz muddat tikildi. So'ng qizchani qizning yuziga yaqin tutdi

-qara)

-Taehyung bu kimni bolasi. Nega uni meni bolam deyishyapti. Axir men qachon tug'dim)

-shunchaki unga qara. Uni hidlab ko'r)

Taehyung mitti qizaloqni Hananing yuziga yaqinlashtirib chaqaloqning yuzini qizniki bilan birlashtirdi.
Tinmay yig'layotgan qizaloq onasini iforini sezib tinib qoldi.

-u yig'lamayapti)

-ha yig'lamayapti. U seni tanidi malikam)Taehyung chaqaloqni qizning qo'liga tutqazdi.

Hana kichkina qizchani bag'riga oldi.

-u juda kichkina. Bag'rimda yo'qolib qoladigandek)


-Ahjin jajji malikam kel buyoqqa ukang bilan biroz o'yna)Taehyung qizini erkalab chaqirdi.

-dada men 4 yoshdaman jajji emasman)

-bo'pti bo'pti kelaqol. Men oyingga qarayman)

Ahjin endigina tug'ilganiga 3 oy bo'lgan Suhonni yoniga kelib o'ynata boshladi. Taehyung oshxonada tushlik tayyorlayotgan xotinini oldiga borib belidan sekin quchoqladi.

-nihoyat xotinjon seni juda sog'indim)

-bolalar nima qilishyapti)Hana eri tomon o'girildi.

-ular o'ynashyapti. Biz ham biroz o'yin o'ynaylik)yigit qizning labi qadar egildi.

Hana jim qoldi. Taehyung yuzini qizning bo'yniga ko'chirdi. Endi tishlayman deganda mitti bolakayning yig'isi eshitildi.

-uhhhh chaqiryapti)xotinining istamaygina qo'yvordi yigit biroz araz qilgandek.

-siz kechqurun gaplashamiz)ayyorona jilmayib Suhonni oldiga bordi qiz.

Taehyung esa oshxonada Hananing ishini davom ettirdi.

Finally Final.