January 21

Beautiful sadness

26 qism

Hananing qorni ancha kattalashgan. Oy kuni ham yaqin edi. Hananing qorni kattargani sari xotirasi susayib borardi. Buni Taehyungga sezdirmaslikka qancha urunmasin. Barbir sezilib turardi. Yigit bu haqida so'raganida homiladorligini bahona qilib mavzuni o'zgartirishga urunardi. Bu biroz odamni xafa qiladi.

Tushlik vaqti.

-Taehyung juda semiribmanmi. Qarang qornimni qachon bunchalik vazn yig'dim)

Yigit bu gapga qotib qotib kuldi.

-jiddiy aytmayapsan shundaymi) kulgu orasida qizga tikildi yigit.

Ammo qizning jiddiyligidan yuzidagi tabassum tezda g'oyib bo'ldi.

-Hana axir 2 haftadan so'ng biz uch kishi bo'lamiz. Buni unutdingmi)

-ha shunday bilaman, Buni unutib bo'lmaydi. Shunchaki hazillashdimda)

-Hana bu hazil emas)

-xo'p nima qil deysiz. Nima qilay. Axir men...men...barini eslab qolishga urunyapman lekin negadir doim esimdan chiqyapti. Men ham charchadim bu holatdan)Taehyung yig'lashga shay turgan qizni bag'riga bosdi.

-bo'ldi bo'ldi tinchlan. Kechir meni)

-qachon...)qizning to'satdan berilgan bu savoli anchadan beri javob berilishi kerak bo'lgan savol edi.

-nima qachon) gap nima haqida ketayotganligini bilsada gapni boshqa tomonga burayotgan yigit javobdan qochardi.

-nima haqida aytayotganimni bilasiz Taehyung)

-ancha oldin)nihoyat oylab javobsiz qolgan savollarga bugun ayni shu damda javob beriladi.

-unda nega...)

-seni kutdim. Qachon tayyor bo'lsangiz o'shanda aytishingni bilardim. Shunchaki seni xafa qilishni xoxlamagandim)yigit qizni yelkalaridan quchgancha mehmonxona divaniga olib bordi. Divanga o'tirgach qizni tizzalari orasiga o'tqazdi.

-qulaymi) qizning bo'ynidan qo'llarini o'tqazib quchib oldi.

-ha juda ham)qiz yigitning ko'ksiga boshini qo'ydi.

-endi nima qilamiz)

-nimani)

-endi nima qilaman. Men nima qilaman. Bolam onasiz qolsachil

-hoy hoy bunday dema. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Umid bor hali. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid bor)

-sen Buni ham yengib o'tasan. Lekin bu safar yolg'iz emas)

Qiz biroz kuldi.

-bu dunyo menga nisbatan buncha adolatli bo'lmasaya)kinoyali ohangda.

-otamni oldi, onamni oldi, quvonchimni, baxtimni oldi, hatto hali go'dak bo'lgan ukamni oldi endi esa....)hech qanday hissiyotsiz, hech qanday ko'z yoshsiz gapirdi qiz.

-jim...bas qil)

-oxirida hayotimni. Men bularga arziydigan darajada gunohkor emasdim. Men ham boshqalar kabi oddiy go'dak edim) yuz ifodasi g'alati tarzda o'zgardi. Xuddi barcha hissiyotlari bloklangandek. Qayg'uni, quvonchni unutgandek.

-kechiring meni...kechiring Taehyung)

-bunga sen aybdor emassan)qizni qornini biroz silagancha.

-uni ismi nima bo'ladi)

-sen nima qo'ymoqchisan)yigit bu masalada qizga imkon berdi.

-Heain...)

-sokin dengiz kabimi)

-aynan. Meni jajji qizalog'im Haein)

-qizaloq?)so'roqli ohangda.

-ha nimadir bo'ldimi)

-qizligini qayerdan bilasan. Balki o'g'il bo'lar)

-yo'q bu aniq qiz bo'ladi)

-o'g'il bo'lsachi)Taehying erkalagan ohangda.

-onani ko'ngli sezadi. Men uni onasiman)

-ko'ryapsanmi. Sen uni tug'ilmasidan oldin shunchalar his qilyapsan. Mehring qanchalar baland. Unutsang ham ona mehri doim bo'ladi)

-shunga umid qilaman)

Kech kirdi. Hana hali ham yigitning ko'ksiga bosh qo'ygancha uxlardi. Taehyung huddi tinchlantirgandek yelkasini silardi. Yigit qizni yotoqxonaga olib borish uchun ko'tardi.

-voy, xudoyim bunchalar og'irlashibsan)bag'rida bolalarcha uxlayotgan qizga qarab siniq tabassum qilib qo'ydi Taehyung.