My love
Tanlov natijalari chiqdi. G'oliblar e'lon qilinmoqda. Nabi hayajondan biroz titramoqda.
G'oliblar e'lon qilindi. Ular Nabi va Taehyung edi. Nabi xursandligidan chinqirib yubordi. Akasini quchib oldi.
-aka men yutdim. Men yutdim)qayta qayta takrorlardi qiz.
Suho singlisini xursandligini ko'rib hovuridan tushdi.
-kechirdingizmi)Nabi sekin boshini ko'tarib akasiga yuzlandi.
-balki bu g'alabani nishonlarmiz. Hisob mendan)
Nabi rozi bo'ldi. Suho ham mamnun.
-Sen ham g'olibimizsan. Sen ham biz bilan borasan)Jungkook Taehyungni taklif qildi.
-haligi isming...)Jungkook Taehyung ismini aytishini kutdi.
-Taehyung...Kim Teehyung tanishganimdan xursandman)Taehyung qo'l uzatdi.
Jungkool javoban qo'l siqishgach Taehyung uning taklifini rad etdi.
-uzr so'rayman ammo boshqa safar. Meni boshqa rejalarim bor edi)
-ha mayli)Jungkook hali ham tabassum bilan.
Restoranga yetib kelgan uchlik stol atrofiga o'rnashishdi. Nabi menyuni qo'liga oldi biroz noqulay bo'layotganini yuzidan ma'lum edi.
-tabriklayman Nabi. Bugun istaganingizcha yeng meni hisobimdan bo'ladi)
Nabi nim tabassum bilan minnatdorchilik bildirdi.
Jungkook mehribon, rashkchi, salga jahli chiqadigan va biroz ramantik inson edi. Hozirda u otasining avtomabil kompaniyasini boshqaradi. Otasi saraton bilan kasallangani bois kompaniya to'liq Jungkookga topshirilgan.
-buyurtmalar ham keldi)Jungkook qorni ochqaganini sezdi.
-balki soju ham aytarmiz)Suhoga yuzlandi.
-ikkita Soju iltimos)Suho offitsiantga ma'lum qildi.
-Nabi sen ham biroz ich)Jungkook ovqatlanish mobaynida stakanidagi sojudan bir bir ho'plab qo'yardi.
-lekin men hali balog'atga to'lmaganman)Nabi biroz tortinchoqlik bilan.
-hoy...hoy...hoy...oqibatiga men javob bermayman. Bu birinchi marta ichishing)oraga Suho qo'shildi.
Nabi birinchi qadaqni ko'tardi. Ichgan zahoti yuzi burushib ketdi.
-achchiq...juda achchiq)stakanni yana to'ldirdi.
Jungkook kulib qo'ydi. Ikkinchi qadaq ham bo'shatildi. Uchinchisidan so'ng Nabi biroz mast bo'ldi. Qizargan yonoqlari allaqachon chegara kelganligini aytardi.
-aka shirinlik)akasiga suykala boshladi.
-Sen qiz bir kun shirinlik yemasang yasholmaysan-a)
-yaxshi yaxshi suykalma)Suho o'rnidan turdi.
-yo'q men shirinliklarni yoqtitmayman)
-yaxshi. Men hozir kelaman)Suhj ketdi.
-iyaaa shirinlikni yoqtirmaydigan inson ham bo'ladimi. Axir ular juda shirin)gaplarini cho'zib cho'zib aytardi Nabi.
-ha menga ular unchalik yoqmaydi)
Nabi bu gapdan biroz xafa bo'lgandek ko'rindi.
-menmi)barmog'i bilan o'zini niqtadi qiz.
-men 18 yoshdaman)ma'lum qildi.
-bu yoshda do'stlar ko'p bo'ladi
...)
-ha to'g'ri. Ammo menda faqat bitta bor. U ham bo'lsa o'g'il bola. Ammo u bilan do'stlashganimdan afsuslanmayman)
-ha ammo akang bunga qarshiga o'xshaydi)
-bilaman lekin u meni yagona do'stim)
-suhbatingizni buzmadimmi?)qo'lida patnis bilan kelgan Suho stolga o'rnashdi.
Nabi shirinliklarni ko'rib juda xursand bo'ldi. Ularni tezda yeb tugatdi. Jungkook bu orada kassada edi. Jungkook ishini bitirgach Suho va Nabiga yuzlandi.
-balki men bilan borarsiz)Suho singlisini yiqilmasligi uchun ushlab turardi.
-yo'q shartmas o'zimiz boramiz. Kechir seni olib borolmayman Jungkook)
-qo'ysangchi Suho qara singling tezroq uyiga borishni istaydi)Jungkool tinmay xarxasha qilayotgan Nabiga kulib qaradi.
-mayli sen bilan boramiz. Men hozir mashinani olib kelaman)Nabini yo'l chetidagi o'rindiqqa joyladi yigit.
-meni telefonim)Jungkook cho'ntagini qidirdi.
-ichkarida qoldi shekilli. Men hozir)qayta restoranga kirgan bo'ldi Jungkook.
Suho mashinani olib kelishga ketdi. Birozdan so'ng mashina keldi. Suho mashinani yo'lning narigi tarafiga qo'ydi.
-Suho...Suho keldi endi uyimizga ketamiz)baland kulgancha o'rnidan turib mashina tomon yurayotgan qiz katta yo'lni kesib o'ta boshladi. Birdan yo'lda katta yuk mashinasi paydo bo'ldi. Yon tarafiga tushayotgan faradan ko'zlari qamashgan qiz yo'lning o'rtasida to'xtab qoldi. Mashina katta tezlik bilan kelardi. To'xtashni iloji yo'q. Aniqrog'i endi bunga juda kech. Suho bu manzarani ko'rib mashinadan otilib chiqdi. Singlisi tomon bor kuchi bilan yugurib kela boshladi. Yuk mashinasi urulishga juda yaqin. Yana bir necha soniya va BOOM. Yuk mashinasi bir nimaga gursillab tegdi. Suho turgan joyida qotib qoldi. Harakat qilolmayotgandi.
Nabi oyoqlari bo'shashib yerga yiqilay deganda baquvvat tana bag'rida ko'rdi o'zini. Bir zum uni qutqargan insonga tikildi va uxlab qoldi. Yuk mashinasi rulni o'ngga burib ustunga borib tegdi. Hammayoq tutun. Haydovchi esa o'zini mashinadan tashlashga ulgurgandi. Jungkook Nabini qo'lidan ushlab o'ziga tortgandi. Uning hayotini saqlab qoldi.
Jungkook Nabini ko'tarib oldi. Uni mashinaga o'tkazayotib tikilib qoldi. Nabi juda chiroyli, bolalarcha uxlab yotardi.Junkook unga shunchalar mehr bilan tikilardiki...
-uning lablari, uning ko'zlari, uning bejirim puchuq burni, ifori... u shunchalar go'zalki)deya xayol surardi Jungkook lablarini tishlab.
-nima qilyapman o'zi)qizni mashinaga qo'ydi.
Suho ham bu orada ancha o'ziga keldi. U ham mashina tomon yura boshladi. U Nabining yoniga o'tirdi. Uni ko'zdan kechirdi. Hammasi joyida ekanligini ko'rgach ancha yengil tortdi.
-kechir Jungkook ancha muammo bo'ldi)Suho biroz hijolat bilan.
-yo'q...yo'q hammasi joyida)Jungkook tabassum bilan.
Jungkook mashinani haydab borar ekan. Suhoni bag'ridan uxlab yotgan qizning lablariga, bo'yniga, yarim ochiq ko'ksiga ko'z tashlab qo'yardi.
-hayollarimni yig'ib olishim kerak, nima haqida o'ylayapman o'zi u do'stimning singlisi. Jin ursin)yo'l bo'yi o'ziga bu xato ekanligini uqtirdi yigit.
Jungkook Suho va Nabini uyiga tashlab o'z qo'rg'oniga yo'l oldi. Suho xushsiz singlisini yotog'iga yotqizdi. Lekin qiz juda tez nafas olardi. Peshonasidan ter oqar, har nafas olganida ko'ksi tepaga ko'tarilardi.
-oyi..oyi Nabi isitmalayapti shekilli ko'rib qo'ying. Oyi...)
Yu xonim yugurib keldi. Baqir chaqirni eshitgan Janon Yu ham Yu xonimning ortidan keldi. Yu xonim Nabini uyg'otib dori berdi. So'ng sochiqni iliq suvda namlab peshonasiga qo'ydi.
-sizlar uxlayveringlar unga o'zim qarayman)Yu xonim Suho va Janob Yu xonadan chiqarib yubordi.
***
Erta tong. Nabi sekin ko'zlarini ochdi. Bir qo'li uvushib qolgani uchun o'sha tomonga burildi. Yu xonim kechasi bilan Nabiga qarab yotoq chetida uxlab qolgandi. Onasini uyg'otmaslik uchun oyoq uchida harakatlanib,yuvinish xonasiga bordi. Yuvinayotib kecha bo'lgan voqealarni miyyasida tartiblar boshladi. Ammo hech narsani eslay olmadi.
-hech narsa yodimda yo'q, nima bo'ldi o'zi. Kecha sojuga buyurtma berganimizni eslayman uyog'ini eslolmayman. Jin ursin ko'nglim ayniyapti. Boshim ham yorilay deyapti)
Vannadan chiqqach qiz o'zi uchun qulay kiyim kiyib oldi.
-qachon uyg'onding)ortidan kelgan ovozdan qo'rqib ketdi Nabi.
-kel nonushta qilamiz)Yu xonim pastga tushib ketdi.
Nabi ham tezda kiyinib pastga tushdi. Yu xonim Nabiga akasini chaqirishni aytdi. Nabi Suhoni xonasiga bordi.
-Suho...)Vanna eshigi oldida chaqirdi. Javob bo'lmagach yana urinib ko'rdi.
-aka nonushtaga chiqing oyim chaqiryaptilar)
-ha hozir)qisqagina javob qaytardi Suho.
Bir necha daqiqadan so'ng Suho beliga oddiy sochiq o'rab chiqdi.
-nima deysan boshimni balosi)Suho xonasiga kirib ketdi. Ortidan Nabi ham qolmadi.
-nima kecha burilib tur kiyinib olay)Suho kiyimlarini javondan oldi.
-men hech qanday ahmoqona ish qilmadim to'g'rimi)tezda ortiga burildi qiz.
Suho birdan jiddiylashdi. Yuz ifodasi sezilarli darajada sovuqlashdi. Qizga qadamma qadam yaqinlashib yuzi qadar egildi.
-Sen ahmoqmisan. O'lib ketishinnga oz qoldi. Jungkook bo'lmaganda mashina tagida majag'lanib ketarding)
-nima deyapsiz aka)Nabida yengil titroq turdi.
-eslolmayman deysanmi. Nima rostanmi. Seni yo'qotay dedim axir)
-Sen qiz yana bir marta mendan so'roqsiz ish qilsang yoki yana bir bor alkogol ichsang ayab o'tirmayman)ovozini biroz balandlatdi Suho. Nabi bundan qo'rqib ketdi.
Suho ham qizni qo'rqitib qo'yganini sezdi. Va o'ziga tortib bag'riga bosdi.
-boshqa meni bunday qo'rqitma. Men sensiz hech kimman. Bilasanmi shuni)