January 8

My love

1 qism

Muallif: Hana

Yozning so'ngi kunlari. Maktab boshlanishidan oldin Seul do'konlar talabalar bilan to'la.

-oyi qachon uyga qaytamiz)Nabi odamlar orasida noqulay bulayotgani uchun oyisiga xarxasha qildi.

-bir soniya shoshmay tur. Tengdoshlaring shu yerda ekan ular bilan suhbatlashib tur)Nabining onasi Yu xonim qizini boshqa qizlar tomon imladi.

-lekin men bunday qilolmayman)degancha do'kon tashqarisida onasini kuta boshladi.

Nabi odamlar bilan suhbatlashishni istamaydigan inson. O'z qobig'iga o'ralib, o'z dunyosida yashashni yoqtiradigan inson edi. U ham do'stlar orttirishni juda istaydi, ammo kim bilandir munosabat qurish u uchun oson ish emas. Allaqachon 18 yoshda bo'lsa uning do'stlari sanoqli deyarli yo'q desa ham buladi.Aslida unda ham ko'p do'stlar bor edi. U ham extrovert edi toki ko'p do'stlari xiyonat qilib ketmaguncha.

Nabi onasini kutarkan toqati toq bo'ldi. Nihoyat Yu xonim chiqdi.

Ular uyga kelishdi. Nabi eshikni taqillatdi. Eshik Nabining akasi Suho tomonidan ochildi.

-otam qayerda)Nabi uyda faqat Suho borligini ko'rib hayron qoldi.

-ishda)Suho qisqagina javob berib onasining qo'lidagi yuklarni oldi.

Janob Yuning biznesi kasodga uchragandan so'ng u qarzga botib ketdi. Oilada barcha bu qarzni yopish uchun ishlashga majbur faqat Nabidan tashqari. Janob Yu uning ishlashiga qarshi edi. Uning aytishicha Nabi hozir o'qishi kerak.

Otasiga yordam berish maqsadida Suho J&J kompaniyasiga ishga joylashdi.
Kompaniya boshlig'i Jeon Jungkookning tansoqchisi bo'lib.

Vaqt o'tgani sayin Suho Jungkookning sirdoshiga, yaqin do'stiga aylanib borardi.

-Suho bugun qanday rejalarimiz bor)Jungkook tabassum bilan.

-bugun hech qanday rejalar yo'q janob Jeon)Suho boshini eggancha boshliq stoli yonida tik turardi.

-hoy rasmiyatchilikni yig'ishtir deb necha marta aytish kerak. Biz do'stlarmiz. Do'stlar o'rtasida esa bunda murojaat qilinmaydi)

Suho 25 yoshli kelishgan yigit edi. Istarali, gavdali ustiga ustak ko'p qizlarning orzusi edi. Nabidan farqli ravishda u juda kelishuvchan, quvnoq, mehribon inson edi. Jungkook Suhoning oilasi haqida barcha narsani bilardi.

-Suho oilangda hammasi joyidami. Otang, onang, singling yaxshimi)

-ha ular yaxshi)qisqagina javob berdi Suho.

-ular haqida gapirib bermagansan. To'g'rirog'i singling haqida. Otangni ham bilaman onang haqida ham tushuncham bor. Lekin singling menga haligacha sir. U haqida
hech gapirmagansan)

-ha singlimmi) Suho qo'li bilan bo'ynini silagancha tabassum qildi.

-u juda qaysar qiz. 18da bo'lishiga qaramasdan do'stlari sanoqli. U odamlar bilan munosabat qurishdan qo'rqadi. Raqsga tushishni yaxshi ko'rardi. Kpop desa o'zini tomdan tashlashga tayyor)

-u juda sirli ko'rinadi)Jungkook o'yga toldi.


Yaqinda Yonsei maktabida raqs bo'yicha musobaqa o'tkaziladi. Ammo musobaqada faqat juftlik bo'lib ishtirok etish mumkin xolos.

Nabining maktabda yagona yaqin do'sti bor. Uning ismi Taehyung. U Nabi bilan boshlang'ich maktabdan beri do'st. Ular juda yaqin do'st.

-Taehyung men raqs musobaqasida qatnashmoqchiman)sokinlik bilan so'radi qiz.

-yaxshi, muammo nimada qatnashaver)

-gap shundaki bu musobaqada juftlik bo'lib ishtirok etish mumkin ya'ni sherik bilan)umid ko'zlari bilan qaradi qiz.

-mendan qatnashishimni so'ramoqchimisan)Taehyung qizning maqsadini tushundi.

-ha)

-boshqa tanlovim bormi)hafsaliz.

-yo'q)

-bilardim. Mayli musobaqa bo'lsa musobaqada)chuqur xo'rsinib qo'ydi yigit.

1 hafta davomida ular shug'ullanishdi. Taehyung raqsga usta yigit edi. Ya'ni u ham kpopga qiziqardi. Bu musobaqa haqida Nabi akasiga aytmagan edi. Chunki agar akasi buni bilsa bunga albatta ruxsat bermasdi. Suho juda rashkchi yigit.

Musobaqa kuni

Nabining navbati deyarli yaqin edi. U ota onasiga qo‘ng‘iroq qildi. Ammo ularning ishi chiqib, kelaolmasligini aytishdi. Nabi juda xafa bo'ldi.

Yu xonim Suhoga qo‘ng‘iroq qildi. Tanlovga borishini aytdi.

-qanaqa tanlov oyi)hayronlik bilan.

Jahli chiqqan Suho ishlarini tugatib tanlovga bormoqchi edi. Jungkook Suhoni bu ahvolda ko'rib ertaroq ketishi mumkinligini aytdi. Va o'zi ham bo'sh bo'lgani uchun borishini ma'lum qildi.

Nabi allaqachon sahnada. Ular raqsga tushishni boshlashdi. Maktabga yetib kelgan Suho Nabining sherigi o'g'il bola ekanligini ko'rib jahli chiqdi. Jungkook esa bu chiqishni maroq bilan tomosha qilardi.

Nabining chiqishi tugadi. Sahnada turar ekan Suhoning jahldan qizargan ko'zlari bilan to'qnashdi. Nabi bu chiqish uchun ancha tayyorlangandi. Va bu kutilgan natijani berdi. U mukammal raqsga tushdi. Ammo bu hursandchilik Suhoni ko'rishi bilan havotirga aylandi. Nabi Suho va Jungkookning yoniga keldi. Boshi egik. Nima deyishni o'ylayapti.

-bu chiqish juda ajoyib edi. Sen ajoyib raqqosasan va sheriging ham chakkimas)orqadan kelayotgan Taehyungga imlab gapirdi Jungkook.

-nega sheriging o'g'il bola ekanini aytmading. Yo'q shoshma nega mendan tashqari hamma bu narsa haqida biladiyu men bilmayman)

-aka u meni do'stim)titroq ovozda

-va men bu haqida sizga aytsam siz hayotda ruxsat bermasdingiz)

-biz shunchaki do'stmiz. Ortiqcha narsa yo'q)oraga Tarhyung qo'shildi.

-bunday narsa bo'lishini o'ylama ham) Suho ensanini qotirdi.

-albatta, meni allaqachon sevgan qizim bor)Taehyung Suhoni tinchlantirishga urundi. Garchi bu Nabini biroz xafa qilsa ham.

-unchalik jahl qilma Suho)Jungkook Suhoni yelkasidan urib qo'ydi.

Nabi akasi bilan band bo'lgani sabab Jungkookni payqamagandi ham. Nabi Jungkook bilan salomlashdi.