December 21, 2025

Beautiful sadness

25 qism

Uyga qizni ko'targancha kirib borgan yigit eshikni oyog'i bilan yopdida tepa qavatga yo'l oldi. Zinalardan ko'tarilar ekan quchog'ida uxlab qolgan qizga chuqur tikilardi.

Taehyung Hanani xonaga olib kirdi. Qizni ehtiyotkorlik bilan yotoqqa joyladi. Har bir teginish Hanani titratardi. U hali hamon qo'rquvdan yengil qaltiramoqda.
Yigit javondan kiyimlar oldi. Qizni oldiga cho'kdi. Ehtiyotkorlik bilan kiyimlarini almashtirdi. Nam sochiq olib keldi. Bilaklaridagi kishandan qolgan jarohatlarda qotgan qonni birma bir tozaladi. Har bir teginishida qiz og'riqdan g'ingshib qo'yardi. Qo'llar tozalangandan so'ng ularga malham surtildi. So'ng bog'lab qo'ydi. Yotoq yonida tizzalab o'tirgancha qizni yuzini ham artdi. Unga chuqur tikilib qoldi.

Bir ozdan so'ng qizning nafas olishi tezlasha boshladi. Sovuq qotayotgandek ko'rpaga o'rala boshladi. Boyadan beri uxlashga harakat qilayotgan yigit uyg'ondi. Qizni terlab ketganini ko'rib peshonasiga qo'lini qo'yib haroratini tekshirdi. Hana olov misol yonardi. Hana qo'llarini qornidan o'rab tinmay ingrardi. Taehyung nima bo'layotganini tushunmayotgandi. Birdan hayoliga Sokhyun keldi.

Telefonini oldi va qo'ng'iroq yuborildi.

Bir necha soniyada qarshi tomondan uyqusiragan ovoz eshitildi.

-eshitaman Taehyung yarim kechasi nima kerak senga)

-bezovta qilganim uchun uzur so'rayman aka yordaming kerak)

-yordam? Qanaqa yordam nima bo'ldi)

-Hana)

-unga yana nima qilding)

-iltimos...kelasanmi yo'qmi)

-yaxshi hozir boraman)

Taehyung Sokhyun kelguncha o'ziga qahva damladi.

Oshxonada o'yga tolgancha qahvasini icharkan, eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Bu Sokhyun edi.

-salom aka)uyga kir degandek ishora qilgan bo'ldi Taehyung.

-Hanaga nima bo'ldi. Yana nima qilding)tepaga ko'tarilarkan Taehyungni savolga tutdi Sokhyun.

-men hech narsa qilmadim. Buni bilishingiz shartmas)

Sokhyun xo'rsingancha Hananing xonasiga yura boshladi.

-u u yerda emas. Meni xonamda)degancha xonasiga kirdi Taehyung. Ortidan Sokhyun ham kirdi.

Sokhyun qizni sinchkovlik bilan ko'zdan kechirdi. Bu shunchaki oddiy shamollash deb unga isitma tushuruvchi dori yubordi.

-menimcha uni qorni ham og'riyapti. Bolam yaxshimi)yigit xona eshigiga suyangancha akasiga savol berdi.

-ha bola yaxshi. Shunchaki onasi biroz qattiq qo'rqqan. Unga yaxshi qara)Sokhyun avval xonadan so'ng butun uydan chiqib ketdi.

Taehyung ham qizni qarshisiga polga cho'kdi. Qo'lini qizning qorniga qo'yib biroz siladi.

-Sen ham onang kabi kuchlisan)


Yangi kun.

Vaqt deyarli tushlikka yaqin. Tanasidagi og'riqlar sabab zo'rg'a qovoqlarini ko'tardi Hana. Atrofga nazar soldi. Derazadan singib kirayotgan quyosh nurlariga bir muddat tikilib qoldi. Xayolida kechagi voqealarni tahlil qila boshladi. U yigitga bu narsani qanday tushuntirishni o'ylamoqda. Kechagi erkak qizga teginishga ulgurmagandi. Ammo kameralardagi tasvirlar buning aksini aytayotgandek edi. Hana o'rnidan turdi. Ko'zlari bog'langan qo'llariga tushdi. Alamli jilmaydida pastga tushdi.

Taehyung oshxonada qiz uchun yegulik tayyorlamoqda. Qiz yigitning oldiga keldi.

-xayrli tong)bazo'r jilmaygancha.

Yigit indamasdi.

-kecha siz notug'ri tushundingiz. O'sha erkak menga teginmadi. U shunchaki meni o'g'irlab ketgan odamga rol o'ynab berdi. Meni kechiring Taehyung)

Yigit hamon jim qo'lidagi ovqatlarni stolga joyladi. O'zi esa kostyumini olib ishga ketdi.

-jin ursin. Jin ursin ba'rini. La'nati shoshmang nega menga ishonmayapsiz) qiz Taehyungning ortidan yugurgancha qolib ketdi.

Eshikkacha borar ekan tashqaridagi qo'riqchilar soni sezilarli darajada oshganini payqadi.

Ortiga qaytib dasturxonga o'tirdi. Hech narsa yegisi kelmay ovqatga qarab turaverardi. Eshik ochildi. Buni eshitgan Hana Taehyung qaytdi deb u tomon o'girildi. Ammo bu Taehyung emas edi.

Bu qiyofa allaqachon tanish. Hananing deyarli onasiga aylangan inson Cho honim kelgandi. Hana Cho honimni ko'rib u tomon yugurib bordi.

-Cho honim)deya ayolni qattiq quchib yig'lab yubordi.

-Hana yaxshimisan. Nega yig'layapsan)ayol Hananing yelkalarini siladi.

-sizni juda sog'indim Cho honim. Bu uy meni siqyapti. Uni ham xafa qilib qo'ydim. Meni aybim yo'q)

-albatta...albatta kelaqol dasturxon atrofiga boraylik barini aytib berasan)

Hana indamay stolga o'tirdi.

-endi gapir nima bo'ldi)

-u mendan xafa lekin men aybdor emasman)

-aybdor bo'lmasang unda janobda qandaydir sabab borligi uchun xafadir. Balki umuman xafamasdir. Sen shunday o'ylayotgandirsan)

-bilmayman lekin u menga gapirmayapti)

-qizalog'im unga biroz vaqt ber hammasi yaxshi bo'ladi)

Hana xo'p degandek bosh chayqab qo'ydi.

-endi kiyin ko'rikka boramiz) Cho honim Hanani xonasi tomon imladi.

-nega)

-janob buyurdilar)

-yaxshi)degancha yuqoriga chiqib ketdi.

Vaqt allamahal bo'lib qolgan. Taehyungdan hali ham darak yo'q edi. Hana xonasida yotoq chetida eshikka ko'z tikkancha tizzalarini yig'ib kutardi.
Nihoyat yigit keldi. Kostyumini yelkasiga tashlagancha xonaga kirib keldi.

-nihoyat keldingiz)Hana biroz jilmayib.

Yigit hali ham jim. Kostyumini yotoqqa tashlab, kiyimlarini yengil kiyimlarga almashtirdi.

-menda hammasi yaxshi. Farzandimiz ham yaxshi ekan. Biroz qo'rqqanim uchun qornim og'riyotgan ekan)Hana yigitga qaradi.

Taehyung qizga bir muncha tikildi va bosh irg'agancha ish stoliga o'tirdi.

-qachongacha men bilan gaplashmaysiz Taehyung)ovozi qaltirab chiqqan qiz yig'lashdan o'zini zo'rg'a tiyib turardi.

Yigitni ortidan ergashgancha uning qarshisiga turib oldi. Yigitga bir muncha tikilib pastga cho'kdi. Va yig'lay boshladi. Ko'z yoshlarini tutib turolmadi. Ho'ngrab ho'ngrab yig'lardi.

Taehyung o'rnidan turib uning oldiga keldi. Bag'riga bosdi.

-nega meni bunday qiynayapsiz. Axir aytdimku u shunchaki rol o'ynagandi deb. Nega menga ishonmaysiz. Taehyung kechiring. Iltimos meni sukut bilan azoblamang. Jazolang, uring lekin jim turmang)yigitni ko'ksiga yuzini ko'mgancha yig'lardi.

-bo'ldi qil)qizni yuzini ozinikiga qarata gapirdi yigit.

-nega...nega ishonmayapsiz menga)ko'z yoshlar tinay demasdi.

-kim aytdi ishonmaydi deb)

-lekin nega...)

-men tinchlanishim zarur edi. Agar sen bilan o'shanda bu haqida gaplashganimda senga ham farzandimizga ham zarar berishim mumkin edi)

Qiz battar yig'lay boshladi.

-men...men o'ylagandimki...)

-nima deb o'ylaganding)yigit qizni yuziga yaqinlashib savolga tutdi.

-siz endi meni sevmaysiz deb, mendan sovigansiz deb o'ylagandim)

-axir buni iloji bormi Hana. Seni sevmay bo'ladimi. Sendan sovib bo'ladimi)yigit lablarini qizning peshonasiga bosdi.

-sizni yaxshi ko'raman Taehyung)qiz mungli ko'zlar ila boqdi.

-men ham)endi lablar pastga sirg'anib qizning lablarini silab o'tdi. Taehyung lablarini qayta qiznikiga bosdi.

Ishtiyoqi tobora mavjlanardi. Erkalab bo'sa olardi. Birdan lablarini oldi.

-nima bo'ldi)qiz qiziqsinib

-agar davom etsak bundan ortig'ini istab qolaman. Shuning uchun uxla) deya qizning yelkalaridan tutib yotoq tomon olib bordi. Sekingina itarib ustini yopib qo'ydi.

-sizchi)

-men biroz ishlayman)Hana bosh irg'ab ko'zlarini yumdi.