Beautiful sadness
Hananing qorni ancha kattalashgan. Oy kuni ham yaqin edi. Hananing qorni kattargani sari xotirasi susayib borardi. Buni Taehyungga sezdirmaslikka qancha urunmasin. Barbir sezilib turardi. Yigit bu haqida so'raganida homiladorligini bahona qilib mavzuni o'zgartirishga urunardi. Bu biroz odamni xafa qiladi.
-Taehyung juda semiribmanmi. Qarang qornimni qachon bunchalik vazn yig'dim)
Yigit bu gapga qotib qotib kuldi.
-jiddiy aytmayapsan shundaymi) kulgu orasida qizga tikildi yigit.
Ammo qizning jiddiyligidan yuzidagi tabassum tezda g'oyib bo'ldi.
-Hana axir 2 haftadan so'ng biz uch kishi bo'lamiz. Buni unutdingmi)
-ha shunday bilaman, Buni unutib bo'lmaydi. Shunchaki hazillashdimda)
-xo'p nima qil deysiz. Nima qilay. Axir men...men...barini eslab qolishga urunyapman lekin negadir doim esimdan chiqyapti. Men ham charchadim bu holatdan)Taehyung yig'lashga shay turgan qizni bag'riga bosdi.
-bo'ldi bo'ldi tinchlan. Kechir meni)
-qachon...)qizning to'satdan berilgan bu savoli anchadan beri javob berilishi kerak bo'lgan savol edi.
-nima qachon) gap nima haqida ketayotganligini bilsada gapni boshqa tomonga burayotgan yigit javobdan qochardi.
-nima haqida aytayotganimni bilasiz Taehyung)
-ancha oldin)nihoyat oylab javobsiz qolgan savollarga bugun ayni shu damda javob beriladi.
-seni kutdim. Qachon tayyor bo'lsangiz o'shanda aytishingni bilardim. Shunchaki seni xafa qilishni xoxlamagandim)yigit qizni yelkalaridan quchgancha mehmonxona divaniga olib bordi. Divanga o'tirgach qizni tizzalari orasiga o'tqazdi.
-qulaymi) qizning bo'ynidan qo'llarini o'tqazib quchib oldi.
-ha juda ham)qiz yigitning ko'ksiga boshini qo'ydi.
-endi nima qilaman. Men nima qilaman. Bolam onasiz qolsachil
-hoy hoy bunday dema. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Umid bor hali. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid bor)
-sen Buni ham yengib o'tasan. Lekin bu safar yolg'iz emas)
-bu dunyo menga nisbatan buncha adolatli bo'lmasaya)kinoyali ohangda.
-otamni oldi, onamni oldi, quvonchimni, baxtimni oldi, hatto hali go'dak bo'lgan ukamni oldi endi esa....)hech qanday hissiyotsiz, hech qanday ko'z yoshsiz gapirdi qiz.
-oxirida hayotimni. Men bularga arziydigan darajada gunohkor emasdim. Men ham boshqalar kabi oddiy go'dak edim) yuz ifodasi g'alati tarzda o'zgardi. Xuddi barcha hissiyotlari bloklangandek. Qayg'uni, quvonchni unutgandek.
-kechiring meni...kechiring Taehyung)
-bunga sen aybdor emassan)qizni qornini biroz silagancha.
-sen nima qo'ymoqchisan)yigit bu masalada qizga imkon berdi.-Heain...)
-aynan. Meni jajji qizalog'im Haein)
-qizligini qayerdan bilasan. Balki o'g'il bo'lar)
-o'g'il bo'lsachi)Taehying erkalagan ohangda.
-onani ko'ngli sezadi. Men uni onasiman)
-ko'ryapsanmi. Sen uni tug'ilmasidan oldin shunchalar his qilyapsan. Mehring qanchalar baland. Unutsang ham ona mehri doim bo'ladi)
Kech kirdi. Hana hali ham yigitning ko'ksiga bosh qo'ygancha uxlardi. Taehyung huddi tinchlantirgandek yelkasini silardi. Yigit qizni yotoqxonaga olib borish uchun ko'tardi.
-voy, xudoyim bunchalar og'irlashibsan)bag'rida bolalarcha uxlayotgan qizga qarab siniq tabassum qilib qo'ydi Taehyung.Taehyung qizni yotog'iga qo'ydi. O'zi esa qizning qarshisidagi devorga suyandi. Bir tizzasini ko'tarib ikki kafti bilan sochlarini to'zg'itdi. Ilk bora 8 yildan beri ilk bora u yana yig'ladi. Ovozsiz. Hanaga qaragani sari yuragi ezilar, ko'z yoshlari ortardi.
-nahotki hammasi shu tarzda yakunlansa, nahotki men uni yo'qotsam. Nima qilishim kerak. Nega aynan u nega hali yosh bo'la turib buncha dardni aynan u ko'taryapti. Chidolmasachi...o'ziga nimadir qilib qo'ysachi...jin ursin ba'rini)
Soat millari tungi ikkini ko'rsatmoqda. Hana dahshatli tush sabab uyg'onib ketdi. Atrofga nazar tashlar ekan. Devorga suyangacha boshini osiltirib uxlab qolgan yigitni ko'rib biroz tinchlandi. Qiz uning yuziga biroz tikilib turdi. Taehyungning yig'laganini ko'z yoshlari yuzida qurib ketganidan anglash qiyin emas edi.
-nega yig'ladingiz. Sizni juda ko'p azoblayabman shunday emasmi. Kechiring Taehyung...)
Hana o'rnidan turdi. Sekin qadam bosa boshladi. Tanasi anchagina o'g'irligi uchun harakatlanish mushkul edi. Ammo Hana ayni damda faqat bir narsani istaydi. Raqs. Anchadan beri u bu ishni qilmagandi. Ammo hozir u barini unutish uchun, dardlarini biroz bo'lsada aritish uchun u hozir raqsga tushishni istaydi. Hana xonadan chiqib ketdi. Koridor bo'ylab yurdi. Va o'z xonasi eshigi oldida to'xtadi. Bu xonada qancha xotiralar bor. Qizig'i shundaki butun xotiralar orasida bu xonada kulgu ovozi yangramagan. Baxtli kunlar bo'lmagan. Aynan shu xonadan bari boshlangan.
-nahotki shu xonada bari yakunlansa. Aynan shu yerda meni qancha og'ir kunlarim o'tgan. Shunchasiga chidadim nahot oddiy kasallikka kuchim yetmayapti. Nahotki bari shu yergacha bo'lsa) Hana eshik tutqichini buradi. Va ichkariga qadam bosdi. Bu yerda o'tgan onlarni yodiga soldi.
Balkonga chiqdi. Raqs tushishni boshladi. Bu safar harakatlar nozik emas. Ammo stressni kamaytirish uchun buni ahamiyati yo'q. Yana o'sha harakatlar. Balkonni chetigacha borib yana ortga qaytardi. Ayni damda shu yerdan tushib ketishni orzu qilmoqda. Hozir kimdir kelsayu uni shu yerdan itarib yuborsa. Yengillik. Qiz yengillikka erishadi. Ammo bularning aksi bo'ldi. Hana hayollaridan real hayotga qaytganida katta tana ustida o'tirgan edi.
-iltimos meni qo'yib yubormang. Yo'qsa...men...shu yerda...)
-bo'ldi qil. Seni aslo qo'yib yubormayman. Mendan ketolmaysan degandim yodingdami. Seni hayotingni barbod qilgan kunda, seni bulg'agan kunimda men qasam ichganman. U hech qachon mendan ketolmaydi deb)
-nega o'shanda shunchaki o'ldirib qo'ya qolmagansiz Taehyung. Agar o'shanda meni azoblab o'zimni o'ldirishga majbur qilganingizda hozir biz bu ahvolda bo'lmasdik)
-yana o'shandek vahshiy Taehyungni ko'rishni xoxlayman)
-meni yana azoblang Taehyung toki sizdan ko'nglim sovisin)
-sizdan nafratlanishni shunchalar xoxlayapmanki)
-hali hammasi yaxshi bo'ladi. Bu o'ladigan kasallik emasku. Sen shunchaki barini unutasan. Lekin kun kelib barchasini eslaysan)
-men uxlamoqchiman. Belim og'riyapti. Bolani ko'tarib yurish oson emas ekan)
-mayli kel bu yerga)Taehyung qizni qo'lidan tutib yurishga yordamlashdi. Hana bu tun o'zining xonasida uxlashga qaror qildi.
Hana tanasida biroz og'riqlar bilan uyg'ondi. Xonada yolg'iz ekanini ko'rdi. Sekin o'rnidan turdi pastga tushishga shaylandi. Zina oldiga kelganda zinapoyaga qarab to'xtab qoldi. Qanday tushishni bilmaydi. Qorni sabab zinadan tushish qiyin. Oyog'ini qayerga qo'yayotganini ko'rmayotgandi.
-Taehyung....)erini chaqirishga qaror qildi. Ammo qarshi tomondan javob bo'lmadi.
-Tae...)yana bir chaqiruv. Bu safar yigit ovoz berdi.
-men tusholmayapman. Yordam bering)
-zinadan tushishga yordam bering oyog'im osti ko'rinmayapti)
-yaxshi kel)shartta qizni ko'tarib oldi yigit.
-hoy ko'taring demadim. Tushishimga yordam bering dedim)
-Hana bitta qoldi. Shuni ich)qo'lidagi dorini qizning og'ziga yaqin keltirdi yigit.
-yo'q istamayman)qiz xarxasha qila boshladi.
-yaxshi majburlamayman. Nonushta qilib ol)
Qiz mamnun ovqatlanishni boshladi. Taehyung ishtiyoq bilan ovqatlanayotgan qizni jim kuzatardi. Qo'rqitadigan darajada juda sokin va siniq tabassum bilan.
Qiz ovqatlanib bo'lgach Taehyungga g'alati tikildi.
-nega bunday qarayapsan. Nimadir bo'ldimi)
-yo'q hech narsa shunchaki sizni kuzatib o'tirmoqchiman)
-tinchlikmi bugun juda g'alati gapiryapsan)yigit idishlarni yig'ishtirayotib
-balki xotiralarni saqlab qolishga harakat qilayotgandirman. Kun sayin siz va biz haqqimizdagi alamli, quvonchli, qayg'uli voqealar miyyamdan chiqib ketayotgandek)
-hammasi yaxshi, bu oddiy holat muhimi sen o'lmaysan shunchaki barini unutasan. Axir shifokor aytdim tug'ruqqacha hech narsa bo'lmasa bola tug'ilgandan keyin xavf butunlay qolmaydi deb)
-menga qanday uchrashganimizni aytib bering Taehyung)qiz biroz xojilat bo'lib gapirdi.
-bu uzoq hikoya yur tepaga chiqaylik kechgacha senga shu haqida aytib beraman. Ammo quvonchli kunlarni deyarli bo'lmagan doim meni la'natlagansan. Har kuni meni o'ldirish uchun shaylangan ko'zlar bilan boqgansan)