December 7, 2024

𝑰𝒊𝒌𝒌𝒊 𝒐𝒍𝒐𝒗 𝒎𝒖𝒔𝒊𝒒𝒂𝒔𝒊!

1𝐸𝑝

Salom, mening ismim Fealith. Men olov maʼbudasiman. 16 yoshimda bo‘lsam ham, ichimda yong‘in kabi yonib turadigan kuchni his qilib yashayman. Bu kuch menda tug‘ilganimdan beri bor. Olovni boshqarish — bu oddiy qobiliyat emas, balki u mening borlig‘imning bir qismi. Lekin bu haqida hech kim bilmaydi. Faqat bitta inson — mening dadam. U mening sirimni saqlaydi va mening bu kuchimni dunyodan yashirishga yordam beradi. Hatto oila aʼzolarim ham bu haqiqatdan xabardor emaslar. Men ko‘zlarimda chaqnayotgan uchqunlarni yashirishga harakat qilaman, lekin baʼzan bu juda qiyin bo‘lib ketadi. Olovning har bir chaqnashi mening yuragimdagi tuyg‘ular bilan birlashib ketadi, va men ushbu kuchni butunlay boshqarishga harakat qilaman. Buni boshqalarga aytishga qo‘rqqanim uchun, men har doim yolg‘izlik ichida yashayman.

Dadam menga doim bu sirni yashirishni aytadi. Sababi, olovni boshqarish qobiliyati oddiy insonlarning ko‘z o‘ngida qo‘rquv va xavotir uyg‘otadi. Ularning nazarida, men xavfli bir mavjudotga aylanib qolishim mumkin. Dadam menga doim
— Odamlar tushunmagan narsasidan qo‘rqadi, qo‘rqqan narsasini esa yo‘q qilishga intiladi— deb aytadi. U bu dunyoning shafqatsizligini juda yaxshi biladi, shuning uchun meni har doim ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi. Men olov bilan hech kimga zarar bermasligimni bilaman, lekin buni boshqalarga isbotlash deyarli imkonsiz. Shu sababli, men o‘z kuchimni yashirishga majburman, o‘zimga yaqin bo‘lgan insonlarni himoya qilish uchun. Men bilaman, bu meni ham, ularni ham xavfsiz saqlashning yagona yo‘lidir.

Lekin, ohirgi paytlarda olov menga bo‘ysunishdan bosh tortyapti. U avvalgiday tinch va itoatkor emas. Har safar uni chaqirmoqchi bo‘lsam, u nazoratimdan chiqib ketgandek bo‘ladi. Qo‘llarim orasida alangalar chaqnab, atrofimni boshqara olmaydigan darajada issiq to‘lqinlar qamrab oladi. Men qo‘rqaman... Balki olov mendan nimanidir talab qilayotgandir yoki ichimdagi biror narsa uni izdan chiqarayotgandir. Dadamning har safar meni ogohlantirib aytgan so‘zlari quloqlarimda yangraydi:
— Olov kuchdir, lekin nazorat yo‘qolganda, u yo‘q qiluvchi qurolga aylanadi." Men o‘z qobiliyatimni sir tutishga urinsam ham, bu nazoratni yo‘qotayotganim meni dahshatga solyapti. Balki, men ichimdagi bu qiyinchilikni yolg‘iz yengolmasman...

Fealith dadasining xonasiga asta qadam tashladi. Yuragi gup-gup urar, qo‘llari titrar edi. Eshikni sekin yopib, ichkaridan qulfladi. Xonaning qorong‘i sukunatida dadasi kitob o‘qib o‘tirgan edi. Fealith uning yoniga ohista o‘tirdi, ko‘zlari yoshga to‘lgan, lablari titrar edi. U dadasining qo‘lidan mahkam ushlab, yiqilib tushgandek quchdi.

— Dada… — deya shivirladi u yig‘idan so‘zlari buzilib. — Olov… Olov bugun ham falokat sodir qilishiga oz qoldi… Men uni to‘xtatolmadim…

Dadasi bir muddat sukutda qoldi. U qizining boshidan silab, tinchlantirishga urindi. Ammo uning ko‘zlaridagi tashvish yashirilmas edi.

— Fealith, — dedi u past ovozda, bir oz qaltirab. — Bu holat seni yutib yuborishiga yo‘l qo‘yma. Olov bizning ichki kuchimizdir, lekin agar sen nazoratni yo‘qotsang… u ham seni nazorat qiladi.

Fealith dadasining ko‘ksiga boshini qo‘yib, yig‘isini davom ettirdi.
— Lekin nima qilay, dada? Har safar uni chaqirsam, u menga itoat etmayapti. Men o‘z kuchimni yo‘qotgandekman…

Dadasi chuqur nafas oldi, so‘ng uni o‘ziga yaqinroq tortib, jiddiy ohangda gapirdi.
— Fealith, sening kuching olovdan ko‘ra ulug‘roq. Ammo bu sirni o‘zingdan boshqa hech kim bilmasligi kerak. Agar bu haqda xabar tarqalsa, seni boshqalar nazorat qilishga urinishadi. Olovning ichidagi sirni tushunishing uchun vaqt kerak, lekin shuni bil: men doim sen bilanman.

Fealith yengil bosh irg‘adi, ammo yuragidagi og‘irlikni yengil his qila olmadi. Dadasining so‘zlari taskin bersa-da, ich-ichida bu kuch uni qanday sinovlarga duchor qilishini his qilardi…

— Dada, men qo‘rqyapman... Bu meni yutib yubormaydi, deb qanday ishonaman? Axir men uni boshqarishga harakat qilayotganimda, u faqat men aytganimni bajarmayapti! — dedi Fealith, ovozida yig‘i aralashgina bir isyon sezilib.

Dadasi uning qo‘llaridan mahkam ushlab, so‘zida qat’iy edi.
— Sen qo‘rqishni bas qilishing kerak, Fealith. Olov qo‘rquvni his qiladi. U seni ojiz deb bilsa, o‘z hukmini o‘tkazishga intiladi. Sen unga hukmron bo‘lishing kerak. Aks holda, u seni hukmiga bo‘ysundiradi. Bu hayotning qoidasi.

Fealith o‘rnidan turib, xonaning narigi burchagiga yurib ketdi. Uning boshi qotgan, yuragida minglab savollar girdob bo‘lib aylanar edi. Nihoyat u ortiga o‘girildi.

— Qanday qilib, dada? Qanday qilib men unga hukmron bo‘laman? Meni qo‘rqitadigan kuchni qanday mag‘lub qilaman? Men bunga qodirmanmi? — dedi u, ko‘zlaridan yosh dumalab.

Dadasi bir oz sukut saqladi. So‘ng o‘rnidan turib, qizining yoniga keldi. Qo‘lini uning yelkalariga qo‘yib, so‘zida mulohaza aralashgan jasorat bor edi.
— Bu sening o‘zliging, Fealith. Sen olovdan emas, o‘zligingdan qo‘rqyapsan. Olov faqat bir vosita. Qachonki sen o‘z ichingdagi kuchni tushunsang, u seni emas, sen uni boshqarasan. Ammo buning uchun harakat qilishing kerak. O‘zing bilan kurashishing kerak.

Fealith dadasining bu gaplariga quloq solar ekan, uning yuragidagi qo‘rquv bir lahzaga bosildi. Ammo bu kurashning oson bo‘lmasligini bilardi. U astagina bosh irg‘ab, otasini quchoqladi.

— Dada, men urinaman... Lekin meni bu yo‘lda yolg‘iz tashlab ketmaysiz, to‘g‘rimi?

Dadasi jilmaydi.
— Men doim sening yoningdaman, qizim. Faqat esda tut: bu kurash faqat seniki. Faqat sen o‘zingni qutqarishing mumkin.

Fealith chuqur nafas olib, ko‘z yoshlarini artdi. U bu sinovdan o‘tishga qaror qildi. Ammo ich-ichida hali ham olovning qudratidan tashvishlanar edi…

Dadasi bir zum sukut saqlab, chuqur nafas oldi va qizining ko‘zlariga jiddiy boqdi.

— Fealith, men bilaman, bu senga oson emas. Ammo tushun, olov bilan kurashda yolg‘iz emassan. Men bilishimcha, dunyoda olovni boshqara oladigan faqat sen emassan, — dedi u, so‘zlarini ohista davom ettirib.

Fealith bu gapdan hayratga tushdi. Ko‘zlari kattalashib, dadasiga qaradi.
— Nima? Dada, yana kim bor? Men o‘zimni har doim yagona deb bilardim…

Dadasi asta o‘rnidan turdi va deraza yoniga bordi. Derazadan tashqariga boqarkan, yuzida bir oz xavotir aralash mulohaza aks etdi.
— Bir vaqtlar qora olovni boshqara olgan bir yigit haqida eshitgan edim. Uning kuchi sening olovingdan butkul boshqacha edi, ammo shunchalik qudratli va tahlikali ediki, u haqida gapirganlarning ko‘pchiligi hatto uning ismini tilga olishdan ham cho‘chir edi.

Fealith bu gaplarni eshitib, titrab ketdi.
— Qora olov? Bu nimani anglatadi? U kim? Va men nima qilishim kerak, dada?

Dadasi ortiga o‘girildi va qizining yoniga qaytib keldi. Uning ovozida qat’iylik bor edi.
— Sen uni qidirib topishing kerak, Fealith. Balki u sening olovingni nazorat qilish sirlarini biladi. Yoki, ehtimol, u sening kurashingda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Lekin bu oson bo‘lmaydi. U yigit oddiy emas. Uning o‘zi ham olovning tutqunida bo‘lishi mumkin.

Fealith bir lahzaga chuqur o‘yga cho‘mdi. U ichida qandaydir xavotir va hayajon uyg‘onganini his etdi.
— Ammo qanday qilib uni topaman? Dada, men hatto uni qaerdan qidirishni ham bilmayman…

Dadasi uning yelkasiga qo‘l qo‘ydi va muloyimlik bilan boshini irg‘adi.
— Sen olovning ishoralarini kuzat. U senga yo‘l ko‘rsatadi. Ammo ehtiyot bo‘l, Fealith. Qora olov yengilmaydigan kuch emas, lekin u sening eng xavfli sinoving bo‘lishi mumkin.

Fealith bosh irg‘ab, bu vazifani bajarishga qaror qildi. Uning ko‘zlarida endi qo‘rquv emas, balki qat’iyat porlab turardi.
— Men buni qilaman, dada. Men uni topaman va o‘z olovimni boshqarishni o‘rganaman.

Dadasi unga jilmayib, sochlarini siladi.
— Sen mening qizim, Fealith. Har qanday kuchni yengib o‘tasanki, bunga ishonaman.

Shu so‘zlar bilan Fealithning yangi sarguzashti boshlanish arafasida edi. U qora olovni boshqargan yigitni qidirib topishi va o‘z yo‘lini aniqlashi kerak edi…